Тарихий манбашунослик


I.D.Xoxlov elchiligi xujjatlari



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə72/88
tarix25.04.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#106924
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   88
Òàðèõèé ìàíáàøóíîñëèê

I.D.Xoxlov elchiligi xujjatlari. Ivan Danilovich Xoxlov XVII asrda o`tgan iste`dodli rus diplomatidir. Uning xayoti va faoliyatini o`rgangan yirik rus sharkshunosi olimi N.I.Veselovskiy (1848-1918 yy.) keltirgan ma`lumotlarga ko`ra, I.D.Xoxlov asli kozonlik bo`lib, aslzoda (boyarin) oilasida dunyoga kelgan. Uning xakidagi dastlabki ma`lumot XVI asrning 90- yillariga tegishli. I.D.Xoxlov o`sha vaktda ogasi Vasiliy bilan birga, davlat xizmatida bo`lgan va Kozondagi o`kchilar kismiga bosh bo`lib turgan. 1600 yili yurtiga kaytib ketayotgan Eron elchisi Pirkulibekni Kozondan Saratovgacha (shaxarga 1590 yili asos solingan) kuzatib ko`ygan.
1606 yili I.D.Xoxlov ogasi Vasiliy xamda voevoda Golovin bilan birgalikda Terekka, uning xalkini yangi podshox Vasiliy Ivanovich Shuyskiy (1606-1610 yy.)ga kasamyod kildirish uchun .boriladi. Lekin terekliklar yangi rus podshoxini tan olmaydilar, I.D.Xoxlovni bo`lsa kattik do`pposlab, kamab ko`yadilar. Ma`lum vakt o`tib terkliklar I.D.Xoxlovni sokchi ko`shib Astraxanga jo`natib yuboradilar. Shu tarika u Astraxanda etti yil, 1613 yilgacha kamokda o`tirdi. 1617 yili Astraxanda xokimiyat ataman I.V.Zarutskiy ko`liga o`tdi va u I.D.Xoxlovni ozod kilib, Eronga shox Abbos 1 (1587-1629/30 yy.) xuzuriga elchi kilib yubordi. Ataman Zarutskiy shoxdan pul, ozik-ovkat va askar bilan yordam berishini so`radi va Moskvani egallagandan keyin Astraxanni unga in`om kilajagini bildirdi. Shox Abbos I boshda bunga ko`ndi va atamanga 12 tuman nakd pul va katta mikdorda ozik-ovkat yuborishini va`da kildi. Lekin keyincha o`z elchisi xoja Murtazodan ataman Zarutskiy isyoni barbod bo`lgani va toj-taxt Mixail Fyodorovich ko`liga o`tganini, Eronga Rossiyadan Aleksey Buxarin va Mixail Tixanov boshlik yangi elchilar kelgani xakidagi xabarni eshitgandan keyin, fikridan kaytdi. Shox Rossiya elchilarini katta sovga-salomlar bilan kaytarib yubordi. O`shanda I.D.Xoxlovga xam ketishga ijozat berdi. Lekin, Vladimirga etganlarida podshoxning amri bilan uni tutib koldilar. 1615 yilning iyul` oyida, Astraxanda Zarutskiy isyoni bartaraf kilingandan keyin, I.D. Xoxlovning gunoxidan kechdilar va uni ko`yib yubordilar. I.D.Xoxlovning takdiri 1620 yilgacha kanday bo`lgani bizsha ma`lum emas.
Extimol, shu davr ichida u Kozon xokimi (voevodasi)ning xizmatida bo`lgan.
1620-1622 yillari u podshoxning farmoni bilan Markaziy Osiyoda, Buxoro va Xiva xonliklarida bo`ldi. 1622 yil 12 dekabr kuni Rossiyaga kaytgandan keyin I.D.Xoxlov bir muncha vakt Moskvada istikomat kildi, 1623 yilning boshlarida unga Kozonga kaytishiga ijozat berildi xamda voevoda Odoevskiyning xizmatida bo`ldi. Uni 1624 yilning 8 dekabrida yana Moskvaga chakirib oldilar va Buxoro va Xiva xonliklari xakidagi ma`lumotlarni tartibga solish xakida topshirik oldi.
I.D.Xoxlovning xayotga oid so`nggi ma`lumot 1629 yilga tegishli. O`sha yili Eron elchisi Muxammad Silibek va Eronning savdo karvonini Kozondan Moskvagacha va Moskvadan Kozongacha kuzatib ko`ygan.
I.D.Xoxlovdan ikki muxim xujjat; podshoxning maxsus topshirigi (nakaz) va I.D.Xoxlovning Buxoro va Xiva xonliklarining axvoli xakida podshoxga yozgan axboroti (Stateynыy spisok) kolgan.
Birinchi xujjatda elchilik zimmasiga yuklatilgan vazifalar xakida so`z boradi. Uning vazifasi eng avvalo, xar ikki xonlik xukmdorlarini Rossiya bilan do`stlashish, savdo va bordi-keldi alokalarini o`rnatishga ko`ndirish, xonlarni Rossiya kudratli davlat ekanligi va uning boshka nufuzli mamlakatlar bilan yaxshi munosabatda ekanligiga ishontirish, xonliklardagi rus asirlarini ozod kilish, xar ikkala xonlik o`rtasidagi mavjud munosabatlar, xonliklarning Eron, Turkiya va Gruziya bilan munosabatlar kanday ekanligini aniklash, tabiiy boyliklari va xarbiy kudratini aniklashdan iborat bo`lgan.
I.D.Xoxlovning Elchilar maxkamasi (Posolskiy prikaz)ga yozgan axboroti (Stateynыy spisok)ga karaganda, u o`ziga yuklatilgan vazifaning katta kismini bajargan.
Masalan, Imomkulixon o`z ixtiyoridagi 23 rus asirini ozod kilgan. Boy-badavlat kishilar, amirlar va savdogarlar ko`lidagi asirlar xususida Imomkulixon elchiga «ularni kidirishga xozircha fursat yo`k, xizmatkori (Toshkent xokimi Tursunxon) isyonini bostirgandan keyin imperator janobi oliylarining bu iltimosini bajaramiz va topganlarimizni o`zimiz yuboramiz», deb va`da bergan.
Xar ikkila xonlikdagi ichki vaziyat xakida xam Rossiya elchisi ko`p ma`lumotlar to`plashga muvaffak bo`lgan. Elchining axborotida, masalan, kuyidagilarni o`kiymiz; «...(biz Buxoroda bo`lgan paytda) Buxoro xoni bilan Toshkent xokimi o`rtasida urush borayotgan edi. Xon unga karshi o`zining katta amiri Nadr devonbegini 40 ming askar bilan jo`natdi. Shulardan 10 ming navkarini Toshkent xokimi urushda xalok kildi. Shundan keyin Imomkulixonning shaxzodalari borib Tursun sultonning yigitlarini maglubiyatga uchratdilar. Ikki o`rtadagi urush xali bir yoklik bo`lgani yo`k...»
Imomkulixon Rossiya elchisi kelib-ketgan vakt ichida o`zaro urushlar va isyonlar tufayli Balx bilan Samarkandda turdi. Shu vakt ichida elchiuni ikki marta borib ko`rdi,-birinchi marta, Buxoroga kelgandan o`n kun keyin, ikkinchi marta yurtiga kaytib ketishi, ya`ni 1622 yil 3 avgust oldidan. I.D.Xoxlovning axborotida o`kiymiz; «Xon o`sha vaktlarda Samarkandda emas edi. Inisi Nadr xuzuriga kochib borib turgan edi.» Imomkulixon Samarkandga I.D.Xoxlov Buxoroga kelgandan bir xafta o`tgandan keyin, kaytib keldi. Lekin kattik ogrib koldi. Rus elchisi bilan muzokarani Nadr devonbegi olib bordi. Muzokaralarda ko`tarilgan asosiy masala kalmoklar, no`gaylar, shuningdek rus asirlarini ozod kilish masalasi bo`ldi. Rus asirlari xususida Nadr devonbegi elchiga bueday javob berdi; «Imomkulixon sizga kuyidashilarni aytishimni buyurdi. Boshkalarini inshoallox, Tursun sulton bilan urush tugagandan keyin kidirtirib topadi va yurtiga jo`natib yuboradi. Sizning podshoxingiz xam shu tarzda ish tutib, ko`lidagi Imomkulixonning odamlarini bo`shatib yuborsin».
Buxoro va Xiva xonliklarining ichki axvoli xakida xam I.D.Xoxlov muxim ma`lumotlar to`plagan. Uning ma`lumotlaridan ma`lum bo`lishicha, mamlakat o`zaro urushlar iskanjasida kolgan, Balx, Toshkent va Samarkand ustida turgan noiblar markaziy xukumatga bo`ysunishdan bosh tortib, o`zlarini mustakil tutayotganliklari natijasida Buxoro xukumati kuchsizlanib kolgan.
Xiva xonligida xam aynan shunday vaziyat xukm surar edi. Bu erda Arab Muxammadxon (1602-1623 yy.) bilan uning o`gillari Avanesh va Il`bors o`rtasida toj-taxt uchun kurash borardi. I.D.Xoxlovning Elchilar maxkamasiga yozgan axborotida o`kiymiz; «Urganch zaminida isyon boshlangan. Arabxonning o`gillari Avanesh va Il`bors (otasini) tutib olib ko`ziga mil tortganlar. Arabxonning boshka o`gillari; Abulgozi bilan Sharif Sulton Buxoro xoni xuzuriga kochib ketganlar».
Rossiya elchisi Xiva xonligi xududlariga Yoyik (O`rol) kazaklari va kalmoklarning tez-tez kilib turgan talonchilik xurujlari xakida muxim ma`lumotlar keltiradi. Bu xakda I.D.Xoxlovning ma`lumotnomasida mana bularni o`kiymiz; «Ivan Bovatda (Bogotda) tutkinda turgan paytda Urganchga karashli ko`chmanchi xalk ustiga boskinlar rus kazaklari Trenka Us` va uning odamlari bostirib kirib, turkmanlarni talon-taroj kildilar, ko`p odamlarni o`ldirdilar, ko`plarini asir olib ketdilar...Urganch erlariga kalmoklar xam ko`p bor bostirib kirib, ko`plarini o`ldirgan».
Rossiya elchis xabarnomasida Buxoro, Xiva shaxar va kishloklarining umumiy axvoli xakida xam muxim ma`lumotlar keltiriladi. Ular elchi kelgan paytda ancha xarobalikka yuz tutib kolgan edi. Elchining so`zlariga karaganda, bunga tinimsiz o`zaro urushlar, toju taxt uchun kurash va kozok, kalmok va yoyik kazaklarining tez-tez kilib turgan xurujlari sabab bo`lgan. Ma`lumotnomada bojxona to`lovlari xaki I.D.Xoxlovda kimmatli ma`lumotlar uchratamiz. Bojxona xaki, birinchidan, mamlakatdan mamlakatga o`tgandagina emas, balki bir mamlakatning o`zida bir viloyatdan ikkinchi viloyatga o`tganda xam olingan. Ikkinchidan, u nakd pul bilan xam, mol bilan xam to`langan. Masalan, xar bir yukdan 33 parcha mato xajmida boj olingan.
Shuningdek, I.D.Xoxlov Buxoro va Xiva xonliklarining Xindiston va Eron bilan bo`lgan munosabatlari xakida xam ayrim ma`lumotlar to`plagan. Masalan, uning xabarnomasida bunday gap bor; «Imomkulixonning, Balx xoni Nadr Muxammadning kizilboshlar podshoxi shox Abbos bilan alokasi yomon. Ular (bir-birlari bilan) urush xolatidadirlar. Xozirgi paytda ular orasida urush bo`layotgani yo`k. Tinchlik xam o`rnatilmagan. Urushning yo`kligi sabab, shox bilan Xindiston o`rtasida (Kandaxor uchun) urush bormokda». Buxoro va Balx xonlari bilan Xindiston o`rtasida xam munosabatlar aynan shu vaktda yaxshi bo`lmagan. Buning sababini Rossiya elchisi bunday sharxlaydi; «Buxoro xoni Imomkulixon Xindiston podshosiga lochin yuborgan edi. Balx xoni Nadr Muxammadxon bo`lsa uni (Buxoro elchisidan) tortib oldi. Shu sababdan Xindiston podshoxi u bilan savdo alokalarini o`zdi, savdogarlarni Balx bilan Buxoroga yubormay ko`ydi, Buxoro savdogarlariga Xindiston mollarini olib ketishni man kildi...»
I.D.Xoxlovning guvoxlik berishicha, Xiva xonligi bilan Eron o`rtasidagi munosabatlar xam o`sha paytlarda yaxshi bo`lmagan. U, masalan, yozadi; «Urganchliklar shox Abbos bilan yaxshi munosabatda emaslar. Ivan (Xorazmda turgan) xonzoda Il`bars kizilboshlarga karashli Obivardga xujum kilgan, obivardliklarning otlari va tuyalarini tortib olgan. Shuningdek, 100 odamini asir kilib xaydab ketgan...»



Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə