Тарихий манбашунослик


V.A. Daudov va Muxammad Yusuf elchiligi to`grisida manbalar



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə74/88
tarix25.04.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#106924
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   88
Òàðèõèé ìàíáàøóíîñëèê

V.A. Daudov va Muxammad Yusuf elchiligi to`grisida manbalar
Vasiliy Aleksandrovich Daudov asli fors (eronlik) bo`lib, 1653 yili Kozonda xristianlikni kabul kilgan, Rossiya davlatining xizmatiga kirgan xam stol`nik va voevoda lavozimida xizmat kilgan. Muxammad Yusuf esa asli musulmon (tatar). U xam ruslarning xizmatida bo`lgan.
Avvalo shuni aloxida aytib o`tish kerakki, xar ikkala elchi – V.A.Daudov va M.Yu.Kosimov Buxorogacha yuirga borishgan bo`lsalar-da, elchilar maxkamasidan aloxida-aloxida topshirik olganga o`xshaydilar, chunki V.A.Daudov va M.Yu.Kosimovga berilgan yo`riknoma (nakaz) bizgacha etib kelmagan. U 1800 yilgacha Rossiya tashki ishlar maxkamasining arxivida saklanar edi. 1806 yili o`tkazilgan tekshirish paytida u turgan joyidan topilmagan. Shu sababdan V.A.Daudov va M.Yu.Kosimov kanday vazifalarni ado etganliklarini anik bilmaymiz. Buni V.A.Daudovning elchilik maxkamasidan olgan yo`riknomasi (nakaz)dan taxminan bilib olish mumkin. Ular kuyidagilar:
1.Buxoro va Xiva xonliklarining Moskva xukumati bilan diplomatik alokalarini rivojlantirishga xoxishi bormi-yo`kmi, shuni aniklash;
2.Xonliklarda yashab turgan rus asirlarini ozod kilish;
3.Ikki davlat, Rossiya, Xiva va Buxoro xonliklari o`rtasidagi savdo va elchilik karvonlarining xavfsizligini ta`minlash uchun Kaspiy dengizining kun chikish tarafida, dengiz soxilidagi Saratosh tepaligida kemalar to`xtaydigan bandargox kurishga Xiva xonining roziligini olish;
4.Amudaryoning boshi va o`zani, daryo soxilida istikomat kilib turgan xalklar, ularning mashguloti va turmush tarzi xakida ma`lumot to`plash;
5.Buxorodan Xindistonga olib boradigan yo`llar, Xindiston xukumatining Rossiya bilan savdo va diplomatik alokalarini o`rnatishga xoxishi bor-yo`kligini M.Yu.Kosimovga berilgan topshirikda aniklash.
Elchilik Buxoro va Xivada, yo`lga ketgan vaktni ko`shib olaganda, Buxoroda 1675 yilning 15 mayidan – 1676 yil 2 oktyabrigacha bo`lgan.
Elchilik Buxoroga 1676 yil 20 yanvar kuni kelib tushgandan keyin M.Yu.Kosimov o`z vazifasini ado etish uchun Xindistonga jo`nab ketdi.
Garchi V.A.Daudov va M.Yu.Kosimov elchiligining xisoboti («Stateynыy spisok») 1800 yildan keyin yo`kolgan bo`lsa-da, tadkikotchilar N.Selifontov, V.V.Bartol`d va A.B.Pankov asarlaridan (Ocherk slujebnoy deyatel`nosti i domashnoy jizni stol`nika i voevodы XU111 stoletiya Vasiliya Aleksandrovicha Daudova. Letopis` zanyatiy Arxeograficheskoy komissii, vыp.5, SPb.,1871, s.1-41; V.V.Bartol`d, Istoriya izucheniya Vostoka v evrope i Rossii, soch.T.1X,-M.: 1977,s.372; A.B.Pankov. K istorii torgovli Sredney Azii s Rossiey v 1675-1725 g.g.,-Tashkent: 1926) ma`dum bo`lishicha, Buxoro va Xiva xonlari Rossiya bilan savdo-diplomatik munosabatlarini rivojlantirishga tarafdor ekanliklarini bildirganlar va shunga xarakat kilganlar. Tez orada Kaspiy dengizi soxilida Karagan bandargoxining kurib ishga tushirilishi va Buxoro xoni o`z xo`jaligida xizmat kilib turgan rus asarlaridan 38 tasini ozod kilganligi xam yukorida bildirilgan fikrga dalil bo`la oladi.
Xiva xoni Anushaxon bir tarafdan turkmanlar bilan kalmoklar va kozoklarning tez-tez Xiva xududlariga kilib turgan talonchilik yurishlari, ikkinchi tarafdan Buxoro va Xiva o`rtasidagi ziddiyatlar natijasida Rossiyaning iktisodiy va xarbiy yordamiga mutoj edi. V.A.Daudovga Buxorodan kaytishida Xivada Anushaxon otaligi mana bu gaplarni aytgan: «Anushaxon Vasiliyga Xiva xoni yakinda podshox oliy xazratlari ulug knyaz Aleksey Mixaylovich do`stlik va xamkorlik munosabatlarini davom etishi va xar ikki tomondan savdo karvonlari bordi-keldi kilib turishi (zarurligi) xakida maktub oldilar. (O`z navbatida) Xiva xoni xam podshox oliy xazratlari ulug knyaz bilan shunday alokalarni avvalgidan xam ziyoda bo`lishini istaydilar».
M.Yu.Kosimov elchiligiga kelsak, unga Buxorodan Xindistonga olib boradiganyo`llar va Xindiston podshosi Avrangzeb (1658-1707 yy.)ning Rossiya bilan diplomatik alokalarni o`rnatishga mayli bormi-yo`kmi ekanligini aniklab kelish topshirilgan edi. Shuning uchun xam u Buxoroga kelganlaridan ko`p vakt o`tmay, Xindistonga jo`nab ketdi. M.Yu.Kosimov fakat Kobulgacha bordi. «Shox (Avrangzeb) ulug podshox bilan do`stona alokalar o`rnatishni istamagani» uchun orkaga kaytishga majbur bo`ldi va 1677 yili Moskvaga kaytib keldi.



Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə