Тарихий манбашунослик


Rasmiy xujjatlar va ushbu davr to`grisidagi adabiyotlar



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə82/88
tarix25.04.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#106924
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   88
Òàðèõèé ìàíáàøóíîñëèê

Rasmiy xujjatlar va ushbu davr to`grisidagi adabiyotlar. Turkiston o`lkasining rus mustamlakachiligi va sho`ro xukmronligi davrida kechgan mazlumona xayoti tarixiy-ilmiy adabiyotlarda, kay nuktai-nazardan bo`lmasin, xarxolda, nisbatan to`larok ifoda etilgan, deyish mumkin. Bu adabiyotlarni mazmun va moxiyat e`tibori bilan to`rt davrga ajratish to`gri bo`ladi. Birinchi davr asosan 1917 yilgacha yozilgan tadkikotlarni, ikkinchi davr 20—50-yillarda, uchiinchi davr esa 50-yildan to 80-yillar birinchi yarmiga kadar yaratilgan asarlarni kamrab oladi. To`rtinchi davr oid adabiyotlar tarixshunoslikda «kayta kurish» deb nom olgan 80-yillarning ikkinchi yarmidan to O`zbekiston Respublikasining mustakillikka erishganiga kadar va mustakillik yillarida vujudga kelgan asarlar majmuidan iboratdir.


Mavzuni mustaxkamlash uchun berilgan savollar.
q. Bu davrga oid 3anday tarixiy manbalarni bilasiz?
w. Baeniy asarlarida ruslarning bos3ini 3anday tasvirlangan?
e. Rus tarixchilari Turkiston ulkasini zabt etilishini 3anday eritganlar?
r.Turkistonning tarixi zamonaviy adabietlarda 3anday eritilgan?


20-mavzu. O`zbekiston Sovet davridagi manbalar.


Reja:
1. Asosiy siyosiy-ijtimoiy vokealar.
2. Rasmiy manbalar.
3. Davr tarixi tadkikotlarda.
4. Sho`ro davri tarixiy xorijiy olimlar asarlarida.
5. Sho`ro davri tarixi zamonaviy tadkikotlarda.


Asosiy tushunchalar: Sovet, sho`ro, bol`shevik, kompartiya, s`ezd, dexkon, ishchi, pioner, komsomol, partiya, lenin, stalin.
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati.
1. Masal`skiy V.M. Xlopkovodstvo, oroshenie gosudarstvennыx zemel` i chastnaya predpriimchivost`. SPb, 1908; Turkestanskiy kray. SPb, 1913.
2. Krivoshein A.V. Zapiska glavnoupravlyayuщego zemledileim i zemleustroystvom o poezdke v Turkestan. SPb, 1912.
3. Safarov G.I. Kolonial`naya revolyutsiya (opыt Turkestana). M., 1921.
4. Galuzo P.G. Turkestan – koloniya. Ocherk istoriya Turkestana ot zavoevaniya russkimi do revolyutsii 1917 goda. M., 1929.
Yakin o`tmishimizning sobik sovet xokimiyati xukmronlik kilgan davri (1917-1991 yillar) mamlakatimiz tarixida o`ziga xos o`rin egallaydi. Bu davr, garchi tarixan kiska bo`lsa-da, lekin o`zining murakkabligi va ziddiyatliligi bilan ajralib turadi. 1917 yil oktyabrida bol`sheviklar zo`rlik bilan amalga oshirilgan to`ntarish sobik Ittifok xalklari, shu jumladan, O`zbekiston xalo`lari tarixida salkam 75 yil davom etgan yangi mustamlakachilik saxifasini boshlab berdi. Natijada chor mustamlakachilik imperiyasi o`rnini «kizil imperiya» egalladi. Yangi mustamlakachilik zulmi ostida yashagan o`lka xalklari bol`sheviklar «sotsialistik tajribasi»ning barcha mash`um mushkulotlarini boshdan kechirdilar. Eng achinarlisi shundaki, respublikadagi ijtimoiy-siyosiy tarixiy jarayonning o`ta murakkab va ziddiyatli kechishi ko`plab kurbonlar berilishiga, madaniy va ma`naviy yo`kotishlarga olib keldi.
Oktyabr` to`ntarishidan keyin O`zbekistonning Turkiston xududida bo`lgan anchagina kismi Turkiston Avtonom Respublikasi sifatida RSFSR tarkibiga ko`shib olindi. 1924 yilda zo`raki o`tkazilgan milliy-xududiy chegaralanish natijasida O`zbekiston SSR tashkil topib, SSR Ittifoki tarkibiga kiritildi. SSR Ittifoki o`z moxiyatiga ko`ra unitar (ko`shma) davlat edi. Okibatda O`zbekiston to`la-to`kis Moskvaga karam bo`lib koldi. O`zbekiston SSR fakat nimgagina mustakl edi. Respublikaning raxbar organlari Kompartiya Markaziy Ko`mitasi (MK) va Ittifok xukumati tomonidan tayinlanar, binobarin, ularga bo`ysunardi. Ular respublika va uning xalklari manfaatlari emas, balki Markaz (Moskva; umuman Sovet Rossiyasi.-Taxririyat) manfaatlari yo`lida siyosat yurgizishga majbur edilar. O`zbekiston xalklarining suveren xukuklari asosida ularning tub manfaatlarini ximoya kilishga karatilgan ularning tub manfaatlarini ximoya kilishga karatilgan vatanparvarlik kayfiyatidagi milliy raxbarlarning chikishlarini mustabid tuzum goyat kat`iyatlik bilan barxam toptirardi.
Mustabid tuzum O`zbekistonni Markaz tarkibidagi mustamlaka sifatida o`z iskanjasida doimiy saklab kolish va uni metropoliyaning xom ashyo bazasi va maxsulot bozori sifatidagi xolatini yanada mustaxkamlashga intildi. Bunday siyosat okibatida respublikaning iktisodiy rivojlanishi bir tomonlama kechdi, uning kishlok xo`jaligi tobora ko`prok paxtachilik yo`nalishiga ega bo`lib bordi, shu alfozda paxta yakkaxokimligi karor topdi. O`zbekiston sanoati asosan kishlok xo`jaligi extiyojlariga xizmat kilishga yo`naltirilgan edi. Sanoatda kishlok xo`jaligi maxsulotlariga dastlabki tarzda ishlov beradigan tarmoklar asosiy o`rinni egallardi. Respublika xom ashyosining pirovard maxsuloti Ittifok sanoat markazlarida ishlab chikarilar, binobarin, foydaning asosiy kismi xam o`sha erda kolardi.
Markazning O`zbekitondagi mustamlakachilik siyosati respublikaning madaniy rivojida xam o`zining yakkol ifodasini topdi. Garchi bu soxada birmuncha ijobiy siljishlarga erishilgan bo`lsa-da, o`lka xalklarining ma`naviy xayoti to`la-to`kis o`z davrining xukmron mafkurasi va siyosati ta`siriga olindi, baynalmilallik nikobi ostida respublikani ruslashtirishga intilish ro`y berdi. O`zbek xalkining milliy madaniy kadriyatlari oyokosti kilindi, O`zbek tili ikkinchi darajali tilga, rus tili esa davlat va asosiy muomala tiliga aylantirildi.
Darvoke, Markazning bunday mafkura siyosati tufayli xalkimiz xayotining barcha soxalariga putur etkazilganligini ta`kidlash barobarida respublika tarixiy o`tmishining sovet davrida xam bir kator ijobiy ishlar kilinganligini aytib o`tmaslik noxolislik bo`lur edi. Zero, o`sha yillarda xalkimizning fidokorona mexnati bilan ko`plab zavod va fabrikalar kurildi, millionlab gektar yangi erlar o`zlashtirildi, katta-katta kanallar kazildi, kishlok xo`jaligining moddiy-texnika negizi mustaxkamlandi, uning maxsulotlari xajmi ortdi. O`nlarcha oliy va o`rta maxsus o`kuv yurtlari ochildi, ularda xalk xo`jaligining barcha tarmoklari uchun mutaxassislar tayyorlandi, umumta`lim maktablari xunar-texnika bilim yurtlarining keng tarmogi tashkil etildi, ko`pgina madaniy-ma`rifiy muassasalar barpo kilindi. Natijada axolining ta`limiy va madaniy saviyasi oshdi. To`gri, bu yutuklarning barchasiga mustabid tuzum davrida aytish odat bo`lib kolgan «partiyaning dono siyosati» tufayli emas, balki xalkimizning sadokatli, fidokorona mexnati tufayli erishildi.
Birok, shuni aloxida ta`kidlash joizki, ogir va mashakkatli mexnatlar evaziga yaratilgan ana shu moddiy boyliklar o`zbek xalki, uning farovonligi uchun xizmat kilmadi. Aksincha, bu moddiy-ma`naviy boyliklar o`zbek xalkini kamsitish, milliy gururini oyokosti kilish, o`zligini unuttirish, kommunistik mafkurani yanada kuchaytirish uchun xizmat kildi. O`zbekiston xududida bunyod etilgan korxonalar (ayniksa, kimyo kombinatlari), keragidan ortikcha o`zlashtirilgan ko`rik va bo`z erlar, kazilgan kanallar, kurilgan suv omborlari respublikaning ekologik axvolini murakkablashtirdi, Orol dengizining kurib borishini tezlashtirdi, dexkonchilik erlari tarkibini o`zlashtirib yubordi, atrof muxitni, ichimlik suvini zaxarladi. Modomiki shunday ekan, Sovet davlati «eksperimentlari» natijasida barcha xalklar boshiga tushgan fojialar va kulfatlarni, mustabid tuzum, xukmron partiya tomonidan sovet xalklariga karshi olib borilgan zo`rovonlik va gayriinsoniy siyosatni xuch kachon oklash mumkin emas.

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə