Тарихий манбашунослик



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə81/88
tarix25.04.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#106924
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   88
Òàðèõèé ìàíáàøóíîñëèê

Maxalliy manbalar. Bu davrda «Afzal at-tavorix», «Tarixiy Umarxon», «Risolai askariya», Xakimxon Turani «Mumtaxab ut-tavorix», Mulla Niyoz Muxammadning «Tarixiy Shoxruxiy», Avaz Muxammad attorning «Tarixiy jaxonnamoiy», Muxammad Solixning «Tarixiy jadidayi Toshkand», Mullo Yunusjon Munshiyning «Amiriy Lashkar Alimkul tarixi» kabi asarlar Ko`kon xonligida, «Tuxfat ul-xoniy», «Tarixiy amir Xaydar», «Fatxnomai sultoni», «Mangitlar xonadoni tarixi», «O`zbek podshoxliklari zikri», Mirzo Abdullazim somining «Tarixi Salitin mangitiya», «Tarixiy Salotini mangitia uzbakiia va ashtarxonia», «Shajarai xusravi Komkor» nomli asarlar Buxoro amirligida, Munisning «Firdavs ul-ikbol», Muxammad Rizo Ogaxiyning «Riyoz ud-davlat», «Zubdat ut-tavorix», «Jomi` al-vokioti sultoniy», «Gulshan ud-davla», Bayoniyning «Shajarayi Xorazmshoxiy», «Xorazm tarixi», «Ikboliy Feruziy» tarixiy asarlar Xorazmda yaratildi. Xorazmda yaratilgan tarixiy asarlar o`zbek tilida yaratilganligi bilan dikkatga sazovor. Bundan tashkari Xorazmlik olim va tarjimonlar ko`plab tarixiy asarlarni o`zbek tiliga tarjima kilganlar. Umaman mustamlakachilik arafasida va bu davrda ko`plab maxalliy tarixchilar bo`lib o`tgan siyosiy vokealarga o`z munosabatlarini bildirganlar. Bugungi kunda ushbu manbalardagi kimmatli ma`lumotlarni boshka manbalar bilan kiyosiy o`rganish asosida tarixni xolis va odilona yoritish mumkin.
Rossiya manbalari. Mustamlakachilik davriga oid Rossiya manbalari deganda birinchi galda Chor Rossiyaning rasmiy idoralari, tashki ishlar vazirligi rus amaldorlarining xotiralari xamda rus tarixchilarning asarlarini tushunamiz.
Chor Rossiyaning ramiy idoralarining Turkistonni zabt etilishi va mustamlakaga aylantirilishiga oid ko`plab kimmatli ma`lumotlar mavjud. Ammo ular yaxlit xolda chop etilmagan. Bu manbalarda O`zbekiston yangi tarixining birinchi jildi «Turkiston Chor Rossiyasi mustamlachiligi davrida» (Tashkent 2000 g.) ma`lum darajada foydalanilgan. Lekin ularni katta tarixiy ilmiy axamiyatga egaligini nazarda tutgan xolda chop etilishini maksadga muvofikdir.

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə