Тарихий манбашунослик


Dmitriy Gladishev va Ivan Muravinlar Xiva xotiralari



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə79/88
tarix25.04.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#106924
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   88
Òàðèõèé ìàíáàøóíîñëèê

Dmitriy Gladishev va Ivan Muravinlar Xiva xotiralari
Sirdaryoning kuyi okimidagi shaxar va kishloklar, Orol dengizini o`rganish uchun 1740 yili davlat arbobi va tarixchi olim V.N.Tatishchevning tashabbusi bilan Xivaga poruchik D.Gladishev va kontr-admiral, er o`lchovchi I.Muravinlar yuborilgan.
Orskda olgan ko`rsatmaga binoan, ular 1717 yili Pyotr I zamonida Rossiya tobeligiga o`tgan Kichik Juz xoni Abulxayrxon (1695-1748 yy.) bilan uchrashishi zarur edi. Lekin, bu paytda Abulxayr Orolda edi. Mamlakatni esa Eron podshoxi Nodirshox bosib olgan edi. Shuning uchun Gladishev bilan Muravin Abulxayrxonning inisi Nurali va togasi Niyoz bilan birga Orolga jo`nab ketdilar va xon xuzuriga etib bordilar. Ertasi kuni Xivaga bordilar. O`sha vaktda Abulxayr xon deb e`lon kilingan edi. Gladishev bilan Muravin Shovotda 9 noyabr` kuni Nodirshox xuzurida bo`lganlar va unga Abulxayrxon bilan Xiva Rossiyaning tabakalari ekanligini aytib, Xivaga mexru shavkat kilinishini so`raganlar. Zobitlarning so`zlariga karaganda, ularning iltimosi ijobat topgan. Lekin ular Abulxayrxon bilan uchrasha olmaganlar. Shunday bo`lsa-da, Abulxayr shlxdan cho`chib 12 noyabrda rus zobitlari bilan birga Orolga kochib ketdi. Bu erda ko`p tortishuvdardan keyin Nurali xon deb e`lon kilindi. Abulxayr Gladishev bilan Muravinni olib Odam ato arigi bo`yida joylashgan eski o`rdasiga kaytdi. Gladishev va Muravin 1741 yilning aprel oyida u krdan Orskka kaytib keldilar. Ularning mazkur sayoxati paytida to`plagan ma`lumotlari «Gladishev – Muravin. Poezdki iz Orskka v Xivu i obratno 1740-1741 godax poruchikom Gladishevыm i geodezistom Muravinыm, IRGO, vыp.1U, -SPb.,1850, s.519-599» deb atalgan.
Gladishev va Muravin to`plagan ma`lumotlarning axamiyati shundaki, ularda Orol dengizining soxillari, Xorazmning Xiva, Shoxtemir, Xojayli, Xonka va Shovot shaxarlari xakida, shuningdek, o`zbek, kozok, korakolpok va turkman axolisi xakida ayrim ma`lumotlar keltirilgan.
Gladishev xamroxlari bilan Xivaga kelishi bilan uni xon karorgoxiga olib bordilar. Unda xon bilan birga Orol biylari va xonning amirlari o`ltirishgan ekanlar. Xon Gladishevdan so`radi: «Sen kaerdan bo`lasan?» Nladishev javob kildi: «Meni imperator xazrati oliylari jo`natdilar, marxamatli maktub bilan»,- dedi va maktubni xonga uzatdi. Xon maktubni olib, muxrini peshonasiga surdi va uni yozib (kotibiga) uzatib, «xammaning xuzurida o`ki!» deb buyurdi. Maktub o`kib bo`lingach, xuzurida o`ltirganlarga karab dedi: «Ko`rdilaringmi, umid boglab turgan oldimdagi chirogni ko`ryapsizlarmi? Shu nur yordamida sizlarni (Nodirshoxdan) ximoya kilmokchiman». Shundan keyin menga karab dedi: «Sening xakingda eshitganman. Yo`lda senga ozor etkazibdilar. Xuzurimga eson-omon etib kelishing uchun odam bilan maktub yubordim. Chunki, ma`lumki, Eron podshosi Nodirshox Xiva shaxrini egallash uchun kelayotir. Men esam o`zim xam, bu shaxar xam men kabi imperator xazratlarining ko`l ostida bo`lishni istaymiz. Men uning xuzuriga bormokchiman. Sening xam uning xuzuriga borishingga to`gri keladi. Imperator xazratlarining sen olib kelgan maktubini Xivadan unga yuboramiz, toki shaxsan men bilan janjallashib yurmasin». Gladishev xonga javob kildi: «Ien sizning xuzuringizga yuborilganman. Shunday bo`lgach, sizning amr-farmoningizda bo`laman».
Shundan keyin (Abulxayrxon) Gladishev odamlaridan ikki kishini, xususan er o`lchovchi Muravin bilan tarjimon Usmon Arslonovni ajratib olib va imperator oliy xazratlari jo`natgan maktubni ko`llariga berib, ularga maktub bilan to`rt odamni – orollik bir korakalpok va bir kozokni ko`shib, Eron podshoxi xuzuriga jo`natdi. Shox o`sha vaktda Xivadan 35 verst narida joylashgan Xonkada turgan edi. Ular shoxga «Abulxayr)xon imperator xazratlarining tabakasidir, ushbu shaxarni xam u o`z tobeligiga kabul kildi», dedilar. Xon eshitdiki, Eron shoxi Rossiya imperiyasi bilan ittifok tuzmokchi emish. Shu sababdan u Xivani va unga karashli erlarni talon-taroj kilmaydi», degan xabarni etkazishlari lozim edi».
D.Gladishevning Xivada istikomat kilib turgan rus asirlari xakida keltirgan ma`lumotlari xam o`ta muximdir. U yozadi: «O`sha erda asirda bo`lgan Yoyik kazagi Andrey Borodindan eshitdimki, Xivada Bekovich-Cherkasskiy ekspeditsiyasidan asirga tushib kolgan ruslar, kalmoklar va boshka erliklarning soni 3 000 kishiga etadi. U (Andrey Borodin) ularni yaxshi biladi. Baxorda ularni Xiva tevaragidagi ariklarni tozalashga xaydab boradilar. Orolda shunday asirlar soni 500 kishi. Taxminan shugcha asir Kozok va Korakalpok o`rdalarida yashab turibdilar...»
Sheldeltogda xam rus asirlari turadilar. O`sha togda kumush va oltin konlari bor. Kazilgan rudalarni tekshirib karaganlarida uning uchdan bir kismi sof oltin bo`lib chikdi. Buni aniklangan odam Shergozixonga borib aytdi. Xon uni tiriklayin ko`mib tashlashni buyurdi, «toki u bu gapni boshka birovga borib aytmasin, deb».
Xivaliklarning kasb-kori xakida xam Gladishev ayrim ma`lumotlar keltirgan: «Ular,-deb yozgan edi u,-bo`gdoy, arpa, jo`xori, tarik, kunjut, paxta va tamaki ekadilar. eri, ba`zi erlari kumlok, ba`zilari loykadan iborat, sugorib ekadilar. Uni xo`kiz bilan xaydaydilar...
Chorvalari: tuya, ot, mol, argumoklar va oddiy otlar, eshak, ko`y, echki.
Kushlari: o`rdak, tovuk.
Mevadan: olma, anor, uzum, tut, shaftoli, jiyda, olmurut.
Poliz ekinlaridan: kovun, tarvuz, turp, sholgom, karam, piyoz etishtiriladi.
Daraxtlar: sada kayragoch, terak, tol ...o`sadi. Shuningdek, tut meva beradi, bargi bilan pilla kurti bokiladi.
Xivada mis pul zarb kilinadi, miltik dori tayyorlanadi...
Kamish va beda etishtiriladi.
Daryolarida: Sirdaryo, Kuvondaryoda, Ulug daryoda kechuvlar bor. Ikki sajenlik, ikki yarim sajenlik kayiklar mavjud. Ularda 5 boshgacha ot yuklab o`tish mumkin...Sirdaryo bilan Ulug daryoda balik ko`p.
Kamishzorlarda bars, bo`ri, shagol,tulki kabi yirtkich xayvonlar yashaydi».
Rossiya uchun Orol dengizining iktisodiy va xarbiy-strategik axamiyati katta edi. Shuning uchun xam Orol flotiliyasining boshligi kontr-admiral A.I.Butakov (1816-1869 yy.) ga 1848 yili Orol dengizini o`rganish va uni tavsiflash vazifasi yuklatildi.
A.I.Butakovning kuzatishlari uning «Kundaliklar»ida (to`la nomi «Dnevnыe zapiski plavaniya po Aral`skomu moryu v 1848-1849 g.», podgotovka k pechati e.K.Betgera.-Tashkent: 1953) bayon etilgan. Uning yozishicha, «Orol dengizi tinch dengizlardan bo`lmay, ayniksa shamol turgan paytida panox topish kiyin». «Uning Garbiy soxilini suratga tushirishni Kumsuat ko`ltigidan boshladik. Kumsuatdan boshlab menga dengiz chukurlasha boshlaganday tuyuldi...» Butakov o`shanda Orol dengizini va uni bandargox kurish mumkin bo`lgan erlarini karichma-karich o`lchab chikdi. Umuman, kontr-admiral Butkvoning kuzatishlari, Rossiya xukumatiga kelajakda dengizda xarbiy va savdo floti kurish mumkinligini ko`rsatdi. Bu reja podsho Rossiyasiga Sirdaryo va amudaryoda xam kemalar katnovini yo`lga ko`yishga va bu bilan Koshgar va Xindistonga suv yo`lini ochib berish imkonini berar edi.



Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə