Тарихий манбашунослик


Nikolay Murav`evning Turkmaniston bilan Xivaga sayoxati



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə78/88
tarix25.04.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#106924
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   88
Òàðèõèé ìàíáàøóíîñëèê

Nikolay Murav`evning Turkmaniston bilan Xivaga sayoxati
Nikolay Murav`ev (1794-1866) – maxalliy xarbiy mutaxassis, 1812-1814 yillari Rossiyaning Eron va Turkiyaga karshi olib borgan urushlarida ishtirok etgan, 1816-1828 yillari Kavkaz armiyasida xizmat kilgan. 1819-1820 yillari rus armiyasining Kavkazdagi bosh ko`mondoni general ermolovning topshirigi bilan Boku - Kaspiy dengizi - Chelekan orli - Korakum orkali Xivaga borgan.
N. Murav`ev kuzaturvchan odam edi. Mazkur safari xakida yozib koldirgan asarida («Puteshestvie v Turkmeniyu i Xivu gvardeyskogo general`nogo shtaba kapitana Nikolaya Murav`yova», ch.1-11;-Moskva: 1822) Xiva xonligi xakida muxim xarbiy, iktisodiy, tarixiy va etnografik ma`lumotlar to`plagan.
Asarda Xiva xonligining xududi, yirik shaxarlari, xalki va uning mashguloti va mudofaa sadoxiyati (xarbiy kudrati) xakida dikkatga sazovor ma`lumotlar keltiriladi. Unda xususan kuyidagilarni o`kiymiz:
«Xiva xonligi shimolda Orol dengizi va uning shimolida joylashgan cho`l bilan chegaradosh. Cho`lda kozoklar istikomat kiladilar. Shimoli-garbiy tarafi cho`l va kumliklardan iborat. Bu xududda turkmanlarning Taka kavmi istikomat kiladi.
Garbiy tarafi 800 verstga cho`zilgan saxro bo`lib, u erlarda Kaspiy dengizi atrofidagi kavmlar istikomat kiladilar».
Xiva xonligining beshta katta shaxari bor. Ular Xiva, Yangi Urganch, Shovot, Kot va Gurlan.
«Xiva»-poytaxt shaxar. Aytishlaricha, kadimda Xivak deb atalgan. Amudaryo o`z o`zanini o`zgartirmasdan avval, bunyod etilgan. U katta shaxar. Mashxur imoratlari madrasa, xon saroyi va ibodat kiladigan masjid bo`lib, masjid gumbazi feruza rangli koshin bilan koplangan. Xonning xovlisi ko`p xakm katta bo`lmay, unda xam bir necha kichik masjid mavjud. Uylari loydan kurilgan, ko`chalari tor. Shaxarda bir necha kichik do`konlar xam bo`lib, (bozorida) xaftada ikki marta oldi-sotdi bo`ladi. (Xivada) 3000 ga yakin xonadon bo`lib, xalki 10 000 jon atrofida. Shaxar xonlikdagi boshka shaxarlar singari, ekinzorlar va katta bog-roglar bilan o`ralgan. Bog o`rtasida kichik-kichik kal`alar va uylar joylashgan».
Yangi Urganch – shu kunlarda xonlikning yangi poytaxti, xon noibi Kutli Murod inokning turar joyi. U Xivadan kattarok, xonlikning tamom savdo-sotigi shu erga to`plangan, axolisining ko`pchiligini sartlar tashkil kiladi. Do`konlari ko`p va gavjum bo`lgan bu shaxarda Shark mamlakatlarida etishtiriladigan xar xil kimmatli matolar, zeb-ziynat mollarini xarid kilish mumkin. Xaftada bir necha kun savdo-sotik bo`ladi. Yangi Urganchliklar boshka mamdakatlarga va xonlikning boshka shaxarlariga xam o`z mollarini olib borib, savdo-sotik kiladilar. Yangi Urganch mustaxkam devor bilan o`ralgan».
«Shovot bilan Kot bir kadar kichikdir. Birinchisida 2000 ga, ikkinchisida 1 500 ga yakin xalk yashaydi. Xar ikkala shaxar xam mustaxkam devor bilan o`ralgan.
Xonlikning beshinchi shaxri Gurlan deb ataladi. Unda tijorat axli ko`p. Uylari loydan kurilgan va garib. Masjiddan boshka yaxshi binolari yo`k. Devorlarining asosi toshdan. Uylari loydan bo`lishiga karamay, pishik kilib kurilgan...
(Xorazmda) savlo-sotikda shaxardan kolishmaydigan katta kishloklar xam ko`p. Buxoro yo`lida joylashgan Xazorasp, Kipchok, Ko`ngirot, Oksaroy, Xon kal`a, Moyjoygil va boshkalar shular jumlasidandir.
Yangi Urganch Ko`xna Urganch o`rnida emas, undan olisrokda, Xivaning garbiy tarafida, katta masofa ulugvor imoratlarning vayronalari, pishik gisht va toshdan yasalgan buyumlarning parchalari bilan to`lib toshib yotibdi. O`sha joylarda xozir xam oltin topish mumkin. Bu xol Amularyoning eski o`zani bo`ylarida (kadimdan) shaxar va xonadonlar bo`lganidan guvoxlik beradi. Shulardan Luazan kal`asi, Kizil kal`a, Shlxsanam, O`tin kal`a va boshkalarning xarobalari xozir xam ko`zga tashlanib turibdi. Xivaning garbiy tarafidagi cho`lda saklanib kolgan uylar va naxrlarning izlari kadimdan bu erlarda madaniyati gullagan Xiva yoki Xorazm davlati bo`lganidan darak beradi...
Xiva xonligida istikomat kilgan xalk ko`prok galla etishtirish va bogdorchilik bilan mashgul. Ularning daromadi asosan galladandir. Xamma erlarda obod kishloklar, kanal va ariklarning bo`ylarida ekinzorlar, uzumzorlar va serxosil boglar...
Ularning egalari boy-badavlat va farovon xayot kechiradilar. etishtirilgan galla va meva istexmol talabi darajasidan ortikrok. Galla va mevaning iste`moldan oshib kolgan kismini tevarak-atrofda ko`chib yurgan kabilalarga, kozoklar va turkmanlarga, Abulxon va Mingkishlok xalkiga olib borib sotadilar.
Xivaliklar ko`prok bugdoy ekadilar va galla ularning yurtida yaxshi bitadi. Uning katta kismi sotuvga yuboriladi. (Xivaliklar) bugdoydan boshka yana sholi ekadilar, lekin ko`zlangan mikdorda xosil ololmaydilar, chunki sholi suvda o`sadi, suv esa kam. Shunga karamay, xivaliklar uni ekadilar, chunki undan tayyorlangan taom o`ta shirin bo`ladi...Lekin uni sotishga chikarmaydilar, o`zlariga zo`rga etadi. Xonlikda kunjut xam yaxshi o`sadi. Undan moy oladilar va ko`p kismini ko`shni yurtlarga olib borib sotadilar. Xarakat kilsalar uni bundan xam ko`prok mikdorda etishtirish mumkin. Kunjut moyi xonlikda ko`prok etishtiriladi. Lekin arpa bilan kanop Xivada yaxshi o`smaydi. Shu sabadan uni kam ekadilar. Uanop moyi o`rniga kunjut moyini ko`prok ishlatadilar...
Ot emi uchun ko`prok yulgun deb atalgan o`t ishlatiladi. Urugi ovkat uchun ishlatiladi, lekin uni ko`p kaynatish kerak bo`ladi. Bu taom ko`ja deb ataladi...
Boglarida ko`p mikdorda turli navli uzum etishtiriladi. Axoli uni kuritib sotadilar. Biz uni kigmish deb ataymiz. Uni uzumning shunday atalgan navidan tayyorlaydilar, uning urugi bo`lmaydi.
Xivaning boglarida ko`p mikdorda turli navli olma xam etishtiriladi, olmurut, bodom, nok, gilos, olcha, tut va anor, shuningdek, boshka mevalar etishtiriladi.
Sabzavotdan, Rossiyada o`sadigan karam, sholgom va kartogkadan boshka xam sabzavot etishtiriladi. Piyozi yirik bo`ladi.
Xivaning kovuni va tarvuzi katta va shirin bo`ladi.
Xiva xonligida bundan (galachilik, bogdorchilik, polizchilik va chorvachilikdan) tashkari, xunarmandchilik bilan xam shugullanadilar. Ular o`zlari uchun zarur bo`lgan kiyimlardan tashkari, o`zlari ishlab chikargan ipak va ip matolardan va Buxorodan sotib olib kelingan matolardan kiyim-kechak tikadilar. Ular to`kilgan gazmol chiroyli va nafis bo`lmasa-da, pishikligi bilan ajralib turadi. Korxonalar yo`kligi sababli kiyim-kechak bilan o`zlarini zo`rga ta`minlaydilar, boshka yurtlarga mol chikarolmaydilar. Xivalik turkmanlar tuya junidan chodir, arkon, chiroyli va pishik shilamlar to`kiydilar. Xivaliklar (bundan tashkari) chiroyli ipak belboglar xam tikadilar. Lekin, u xam, boshka ko`l maxsulotlari singari, chetga chikarilmaydi, Xivaning o`zida koladi. Xivaliklar boy-badavlat va to`kin-sochin yashamaydilar, pullari kam. Topgani kundalik tirikchilik va xonga solik to`lashdan ortmaydi.
Umuman olganda, xivaliklar xunarmandchilikda ko`p xam madakadi emaslar. Umuman temir idish va buyumlarni yasamaydilar, ularni rus asirlari yasaydilar. Garchi mis o`sha erdagi konlardan kazib olinsa-da, undan buyumlar yasashni bilmaydilar. Misdan yasalgan idish-tovok va boshka buyumlarni rossiyadan olib keladilar. Oyna xakida esa xech narsa bilmaydilar, ko`pchilik uni xatto ko`rmagan xam. Shu sabadan Xivada oyna juda kam va kimmat».
Xiva xonligining xarbiy axvoli xakida Nikolay Murav`yov mana bu ma`lumotlarni keltiradi:
«Muxammad Raximxon saltanat kursisiga o`lturgunga kadar kabilalar orasida avjiga mingan o`zaro urush-talashlar va tashkaridan kilingan boskinlar okibatida xalk, (ayniksa) badavlat kishilar o`zini boskin va talon-tarojdan saklash uchun uylarini mustaxkamlab kal`aga aylantirganlar. Bu mustaxkamlangan (kichik) kal`alar, yoki ko`rgonlar ko`pincha o`zlarining dalalari, yoki boglari o`rtasida kurilgan. Uning ichida turar joylar, xovuzlar, ko`rgon soxibi va xizmatkorlarining uylari, tegirmon, kushxona, molxona, omborxona va boshkalar favkulodda yuz bergan xodisalar vaktida 100-150 kishini saklaydigan narsalar bor.
Bu kal`alar to`rt burchakli, paxsadan bino kilingan, ba`zilarida devor tagiga tosh ko`yilgan. Devorining past kismi to`rt arshin, tepa kismi yarim arshin, balandligi – uch sajen atrofida, devor tashkarisida, (xar er-xar erda) paxsadan dumalok suyanchiklar ko`yilgan. Devorning tepa kismiga ko`ngiralar kilingan.
Xonlikning yukorida tilga olingan beshta shaxari Xiva, Yangi Urganch, Shovot, Kot va Gurlan xam mustaxkam paxsa devor bilan o`ralgan. Shu sababdan xivaliklar ularni kal`a deb ataydilar...Kal`alarda bironta xam zambarak yo`k, ularda askar xam yo`k. Shaxarlarini axolining o`zi ximoya kilishi kerak bo`ladi.
Xivaliklarda muntazam ko`shin yo`k. Urush chikib kolgudek bo`lsa, ko`shin o`zbeklar va turkmanlardan tuziladi. Ko`shin asosan sipoxiylar tabakasidan. U xonning buyrugi bilan belgilangan erga to`planadi va asosan otlik askardan iborat bo`ladi.
N.Muravbyovning esdaliklarida o`zbeklarning fel-atvori, tabiati va kiyofasi xakida e`tiborga loyik ma`lumotlar keltirilgan. Unda xususan o`kiymiz: «O`zbeklar umuman aklli va yokimli, xazil-mutoyibani yaxshi ko`radigan, biron ishga jazm kilgudek bo`lsa, karorida kat`iy, to`gri so`z, yolgonni va egrilikni yomon ko`radigan, ruxi tetik, xushbichim va jismoniy kuchli xalk...



Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə