Тарихий манбашунослик


Filipp Nazarovning esdaliklari



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə77/88
tarix25.04.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#106924
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   88
Òàðèõèé ìàíáàøóíîñëèê

Filipp Nazarovning esdaliklari
Filipp Nazarovning xayotiga oid ma`lumotlar juda kam, 1789 yili Omsk shaxrida Osiyo bilim yurtini tugatib, 1804 yili Tobol`sk guberniyasidagi Irtish chizigidagi Charlakovsk chegara postiga tarjimon bo`lib xizmatga kirgan. Undan keyin xizmat yuzasidan boshka chegara punktlariga xam borib ishlagan. Ko`konga jo`nab ketishi (1813 yil) oldidan «Aloxida Sibir` polki»da tarjimon bo`lib xizmat kilgan.
1813 yili Garbiy Sibir` general-gubernatori Glazemanning maxsus topshirigi bilan Peterburgdan yurtiga kaytishda yo`lda, Petropavlovsk (Shimoliy Kozogiston)da o`ldirilgan Ko`kon xonining elchisi bilan boglik janjalni tinchitish uchun Ko`konga yuborildi. Shu bilan birga uning xotira yozuvlaridan ma`lum bo`lishicha, unga Ko`konga Sibir` orkali olib boriladigan yo`llar, yo`l ustidagi shaxar va kishloklar, xonlikning iktisodiy va siyosiy axvoli, uning mudlfaa saloxiyatini kuzatish xam yuklatilgan.
Filipp Nazarov Ko`konga sibirlik rus savdogarlari karvoniga ko`shilib, 1813 yil 16 may kuni jo`nab ketdi. Karvon Kozogiston cho`llari va Janubiy Kozogistondagi Suzok va Chimkat orkali Toshkentga, undan 1813 yil oktyabr` oyi boshlarida Ko`konga kirib bordi. U Ko`konda bir yil atrofida turdi va 1814 yilning avgust oyida, Ko`kon xoni Umarxon (1810-1822 yy.)ning elchisi bilan birga Petropavlovsk shaxriga kaytib ketdi.
Filipp Nazarov bir yil mobaynida xonlik poytaxti Ko`kondan tashkari, Margilon, Andijon, Namangan, Yangikurgon va Xo`jand shaxarlarida bo`ldi va bu shaxarlar, ularning xalki xamda mashguloti xakida kimmatli ma`lumotlar to`pladi.
Bulardan ayrimlarini namuna sifatida keltiramiz:
«Ko`kon katta va axolisi ko`p shaxar. Unda 400 ga yakin masjid bor. Tekislikda joylashgan, xon saroyidan boshka mustaxkam biron imorati yo`k. Tevarak atrofi obod kishloklar, buloklarga mo`l jilga va ekinzorlar bilan o`ralgan. Zamini tuzli, ko`chalari tor. erga ko`prok paxta ekiladi.Uylari guvala va loydan kurilgan. Shaxar o`rtasida toshdan bunyod etilgan uchta bozor bor. Bozorlarda savdo xaftasiga ikki marta bo`ladi. Xon saroyi oldida argumoklari uchun pishik gishtdan kurilgan katta otxona joylashgan.
Ko`kon va unga karashli erlarda paxta etishtiradilar, ipak kurti bokiladi. etishtirilgan paxta va ipakdan mato to`kiydilar va uni buxoroliklarga rossiyadan keltirilgan mollar evaziga, masalan, temirga, susar terisi, to`tiyo, bo`yok, kozon, temir va po`latdan yasalgan uy-ro`zgor buyumlari va boshkalarga almashadilar».
Margilon. Shaxarning aylanasi taxminan 300 verst. ermozordan boshka xech kanday xarbiy istexkomi yo`k. Unda 20 000 askar turadi. (Margilondagi) uylar xam loydan kurilgan, ko`chalari tor, uylarining derazasi yo`k...Bozorlari kator rastalardan iborat, xaftada belgilangan ikki kun aoli kelib ertadan kechgacha savdo-sotik kiladi. Shaxarda xar turli korxonalar ko`p. Ularda Eronda ishlab chikarilgan parchalar, baxmal, shark gazmollari ishlab chikariladi va Buxoro va Koshgarga olib borib sotiladi. Koshgardan esa choy, chinni idishlar, kumush, xitoy atlasi, bo`yok va boshka zarur xitoy mollari olib keladilar...Shaxarliklar to`k va osuda turmush kechiradilar...
Bizlarni Margilondan bir kuzatuvchi bilan kechik shaxar Andijonga jo`natdilar...Andijon Koshgar bilan chegaradosh. Tevarak-atrofi obod kishloklar, mevazor boglar bilan o`ralgan. Axolisi ipak kurti bokish, paxtadan ip-gazlama ishlab chikarish va dexkonchilik bilan shugullanadi. Yakin atrofda ko`chib yurgan kirgizlar bilan savdo-sotik olib boradilar. Andijonda xokimning uyidan boshka biron mustaxkam ko`rgon yo`k. U erda 10 000 askar turadi.
Namangan. Andijonda ikki kun turib, u erdan Namanganga bordik. Yo`lda Ko`kon xokimiga karashli va ariklar bilan o`ralgan (ikki betida) kamish o`sib turgan jilgalarni ko`rdik. Jilgalarda ov o`ilish uchun bu erga xokimning o`zi, mulozimlari bilan kelib turadi.
Namanganning xam xokimning maxkamasidan boshka, mustaxkam imorati yo`k. Shaxarda 1 500 ga yakin kishi istikomat kiladi...Kogoz ishlab chikaradigan korxonalari bor, tut daraxti kup o`sadi. Tut mevalarini Ko`konning barcha shaxarlariga olib borib sotadilar. Shuningdek, (tevark-atrofdagi) kirgizlar bilan xam savdo-sotik olib boradilar. Yo`lda bir-birlariga tutash juda ko`p kishloklarga duch keldik. Yangiko`rgonning xam, ichiga 200 askar sigadigan shaxar boshligining xovlisidan boshka, biron mudofaa inshootini uchratmadik.
Yangiko`rgonda bir necha kun tunab, shaxardan 10 verst narida okib turgan Sirdaryodan o`tdik va taxminan 12 verst yo`l bosib Korakalpok degan joyga borib tushdik. Xalki gilam va jundan mato to`kir ekan.
1814 yili Ko`konga kaytdik...
Ko`kon va unga karashli boshka shaxarlarda ukumat savdogarlar o`lchov va tarozidan urib kolmasdiklari ustidan kattik nazorat o`rnatgan. Ko`konda bo`lganimda bir odamni matoni gazga solishda urib kolgani uchun yalangoch kilib, kamchilab shaxar aylantirganini ko`rdim. Kamchi zarbidan u tez-tez «men gazdan urib koldim», deb kichkirib bordi. Ko`konliklar sud ishini xech kanday yozuvsiz olib boradilar. Ikki kishi guvoxlik bersa va jinoyatchi kasam ichsa bas. O`grilik kilgani uchun ko`lini kesadilar...»
Filipp Nazarov va uning xamroxlari Ko`kon xonligiga karashli Xo`jand shaxrini xam borib ko`rganlar. Masalan, Xo`jand xakida uning esdaliklarida kuyidagilarni o`kiymiz: «Xo`jand xajm jixatdan Ko`kondan kichik emas. U Buxoro tarafdan ba`zi erlari nurab kolgan devor bilan, boshka tarafdan Sirdaryo bilan ximoyalangan. Shaxardan arik va kanallar o`tkazilgan. Ko`kondagiga o`xshash korxonalari va xodik chikaradigan erlari ko`p...»
Filipp Nazarovning esdaliklari «Filipp Nazarov: Zapiski o nekotorыx narodax i zemlyax Sredney Azii» nomi bilan ikki marta 1821 va 1968 yillari nashr etilgan.
Rossiya xarbiylari O`rta Osiyo xonliklarini garb tarafdan, Astraxan, Kaspiy va Orol dengizi orkali xam taftish kildilar. N.N.Murav`yov (1819-1926 yy.), G.I.Danilevskiy (1842-1843 yy.) va A.N.Butakov (1848-1849 yy.) ekspeditsiyalari shunday maksadlarga xizmat kilgan.



Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə