Тарихий манбашунослик


Mitropolit Xrisanfning esdaliklari



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə76/88
tarix25.04.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#106924
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   88
Òàðèõèé ìàíáàøóíîñëèê

Mitropolit Xrisanfning esdaliklari.
Xrisanf asli grek, venetsiyalik aslzoda dvoryanlardan, Afina yakinida joylashgan Yangi Pator cherkovining mitropoliti bo`lib xizmat kilgan. Xakikiy ismi sharifi Kontaripi. 1724 yili mukaddas patriarx Samuel tarafidan Istanbul atrofida joylashgan Xiroti nisan cherkoviga mitropolit etib tayinlangan. Podshoning tazyiki okibatida1784 yili Istanbulga ketib koldi. Ko`a vakt o`tmay, Xrisanf Livon ordeniga karashli cherkovlar bilan tanishish maksadida Shom-Suriyaga, u erdan Xalab-Aleppoga bordi. O`sha erda ingliz savdogarlari bilan tanishib koladi va ular bilan birga Frot-evfrat daryosi bilan Fors ko`ltigiga bordi va u erda kemaga tushib, Maskat orkali Xindistonning Surat bandargoxiga kelib tushdi. So`ng Xindiston, Kashmir, Kobul, Balx va Samarkand orkali Buxoroga bordi. Xrisanf O`rta Osiyoning bir kancha shaxarlarida bo`ldi, bir yil Xivada turdi.
So`ng 1792 yili Ashtarxonga bordi va bir fursat o`sha erda istikomat kildi. Keng ma`lumotli va kuzatuvchan bu odam tez orada Astraxanda ko`plarning dikkatini o`ziga tortdi. Ashtarxan episkopi uning xakida mukaddas sinodga axborot yuboradi. So`ng Xrisanf Moskvaga chakirtiriladi. Mukaddas Sinod uni xar taraflama tekshirib ko`rib va keng ma`lumotli odam ekanligiga ishonch xosil kilgandan keyin, Xrisanfni Kavkaz o`lkasiga, uni batafsil o`rganish uchun yubordi.
So`ng, 1796 yilning boshida, Ryazan`, Tambov va Kavkaz o`lkalarining general gubernatori graf Gudvich podshoyi oliy xazratlarining amri bilan Xrisanfni Peterburgga, Nevskiy monastriga mitropolit Gavriil xuzuriga jo`natib yuboradi.
Mitropolit Xrisanfning birdan poytaxtga chakirilishi, uni yaxshi bilgan sharkshunos V.V.Grigor`evning fikricha, Rossiyaning yakin orada Eronga bostirib kirish rejalari bilan boglik bo`lsa kerak. Rus xarbiy ekspeditsiyasining raxbari Valeriyan Zubovga sayyoxning Eron va O`rta Osiyo xakidagi keng bilimi kerak bo`lib kolgan. Oradan bir yil o`tgach,1797 yili Xrisanf mukaddas Sinodning farmoni bilan ekatrinoslav eparxiyasiga xizmatga jo`natildi. 1798 yilning 20 yanvarida Mitropolit Xrisanf Feodossiyaga jo`nab ketdi. Uning keyingi xayoti va faoliyati xakida boshka ma`lumotga ega emasmiz.
Mitropolit Xrisanfning O`rta Osiyoga kilgan sayoxati kundaligi bir paytlar rus xarbiy ekspeditsiyasiga boshchilik kilgan shraf Valeriyan Zubov ko`lida bo`lgan. Kundalik, ba`zi shaxar va viloyatlar o`rtisidagi masofa, axolisining umumiy soni xakidagi noanikliklarni xisobga olmaganda, katta kimmatga ega. Unda mamlakatning iktisodiy va siyosiy axvoli, xalkining turmush sharoiti, e`tikodi xakida, shuningdek, O`rta Osiyoda istikomat kilib turgan ous va eronlik asirlarning axvoli xakidagikiska, lekin o`ta muxim ma`lumotlarni uchratish mumkin.
Masalan, Buxoro xonligining yirik shaxarlaridan Samarkand, Buxoro va Balx xamda Xorazmning XVII-XIX asrlardagi poytaxti Xiva xakida Xrisanf mana bularni yozadi:
Samarkand xakida: «Samarkand shu kunlarda deyarli bo`sh kolgan. Uni egallab olgan baxaybat maxluk samarkandlik noib (Rajabxon) uni ilgarigidek obod kilish uchun kanchalik urinmasin, mexnati zoe ketdi. Eshitishimcha, uning tevarak atrofdaridagi toglarda konlar bor, tabiati yokimli...Tevarak atrofida xam o`zbeklar istikomat kiladilar».
Buxoro xakida: «Buxoro – to`k shaxar. Unda savdogarlar va boshka (boy-badavlat) odamlar ko`p. U asosan kumush,oltin, marvarid va kimmatbaxo toshlarga boy. Xon tez-tez Balx va mashxad ustiga talon-taroj yurishlari uyushtirib turadi. Buxoroliklar jon-jaxd bilan jang kiladilar».
Balx xakida: «Balx viloyati xakida gapirmasam guonxi azim bo`ladi. Agar Buxoro xukmdorlari tez-tez xujum uyushtirib, uni talon-taroj kilmaganlarida u obod, kudratli va boy viloyat bo`lur edi. Nodirshox vafot etgandan beri shu vaktgacha afgon podsholari ko`lida. Uning kal`asi chor tarafdan (suv yuilan to`ldirilgan xandak bilan o`ralgan) tepalikda joylashgan. Balx ataluvchi katta kal`asi bor. Kal`a xozirgacha mustakil. Axmadshoxdan boshka xech kimga bo`ysunmaydi. Devorlari pishik gishtdan...»
Buxoro xonligining mineral boyliklari xakida Xrisanf kuyidagi ma`lumotlarni keltiradi: «Buxoro bilan Balx o`rtasida baland bir tog bor. Unda kizil tusli marmar (parchalari)ga o`xshash tusdagi tuz konlari mavjud. O`sha viloyatda shunday toglar xam mavjudki, ularda xar turli ma`dan konlari bor. Bu toglarda o`zbeklarning ko`ngirot kavmi istikomat kiladi. Bu toglar shimolda Samarkandgacha, sharkda Badaxshongacha cho`zilgan.
Buxoroda istikomat kilib turgan asarlar xakida mana bu ma`lumot keltirilgan: «Buxoroda ko`p rus asirlari bor, eronliklardan 6000ga yakin asir bor. Ular xo`jayinlariga karshi ko`zgolon ko`tarish darajasiga etishgan».
Xiva shaxri xakida o`kiymiz: «erli axoli ikki toifadan: maxalliy kotliklar (Xrisanf ularni Kiditы deb ataydi) va boshka erlardan ko`chib kelgan ko`ngirotlardan tashkil topgan. Ular Kotdan chikkan vazir o`ldirilgandan beri o`zaro yovlashib keladilar. Kotliklar 5000 ga yakin xonadondan iborat. Ular o`ta kek saklovchi xalk. Kotliklarning tayyor ko`shini yo`k. (Zarur bo`lib kolganda) kelishib odam yollaydilar. Oyiga kimga o`n so`m, kimga bir so`m beradilar. Aytishlaricha, xivaliklarning xarbiy kuchi 20 000 kishini tashkil kilar emish. Lekin bu gap to`gri emas, masalan, o`tgan yili, men o`sha erda ekanligimda Avazbiy Inokning topshirigi bilan axolini xisob-kitob kilganlarida, mamlakatda xammasi bo`lib 3000 zrnadon borligi aniklangan. Lekin xukmdorga yaxshi ko`rinish uchun (ko`shin sonini) 20 000 kishidan iborat deb aytadilar. Ko`ngirotlilar jaxldor xalk. Boshliklari boy-badavlat kishilar,oddiy xalk esa kashshok... Xivaliklarning ko`pchiligi Astraxan va Buxoro bilan savdo-sotik olib boradi. Kotliklar kelgindilar (ko`ngirotliklar)dan kutilish uchun Rossiya bilan ittifok tuzishni xoxlaydilar, lekin (ruslarning urush ochmokchi bo`lib turgani xakida) tarkalgan xabarning okibatidan ko`rkar edilar. Mingkishlok turkmanlari xam shuni istar edilar, lekin kozoklar xavfidan ko`rkardilar». Bunday dalil va ma`lumotlarni mitropolit Xrisanfning xotrotlarida ko`p uchratish mumkin.
XVIII asrning 70-yillaridan boshlab Rossiya xukumati O`rta Osiyo xonliklari va Kozogistonning siyosiy, iktisodiy va xalkaro axvolini, xususan o`sha mamlakatlarga olib boradigan yo`llarni o`rganishda keng ma`lumotli va zexn-idrokli xarbiylardan xam ko`prok foydalana boshladi. Ular Rossiya xukumatiga bu xakda o`ta muxim ma`lumotlar to`plab berdilar. Ana shunday xarbiy mutaxassislardan ayrimlari va ular to`plagan ma`lumotlarga kiskacha to`xtalib o`tamiz.



Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə