Тарихий манбашунослик



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə70/88
tarix25.04.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#106924
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   88
Òàðèõèé ìàíáàøóíîñëèê

Marko Polo xotiralari. evropalik sayyox Marko Polo (1254-1324 yy.)ning 1271-1275 yillari Mo`guliston va Xonbalik (Xitoy)ga sayoxat kilgan. U 17 yil davomida Xitoyning ko`p viloyatlarini borib ko`rgan. U Samarkandda xam bo`lgan va bu xakda mana bu ma`lumotlarni koldirgan; «Samarkand katta, mashxur shaxar. Unda sarasinlar bilan xristianlar xam istikomat kiladilar». Marko poloning kitobida Oltin O`rda va Chigatoy ulusiga karashli shaxarlar, ularning xalki xakida xam kimmatli ma`lumotlar keltirilgan. Uning asari 1298 yili yozilgan va bir kancha evropa tillariga tarjima kilingan. Asarning ruscha nashri 1955 va 1990 yillari amalga oshirilgan.


«Iogann Shil`tbergerning evropa, Osiyo va Afrika bo`ylab kilgan sayoxati»
Bavariyalik ritsar`, kurchi Iogann Shil`tberger Amir Temur davriga oid o`z esdaliklarini yozib koldirgan. U asli nemis jangchisi bo`lib, 1396 yilning 15 sentyabridagi Turklar va evropaliklar umumiy ko`shini o`rtasidagi jangda asir olingan va keyinchalik kariyb 8 yil Boyazid 1 ning xizmatida bo`lgan.
1402 yilgi Ankara yonida bo`lgan urushda Iogann Shil`tberger Amir Temur tarafidan asir olindi va Samarkandga olib ketildi. Amir Temur vafotidan (1405 y.) keyin u dastlab Shoxrux, so`ngra Mironshox va uning o`gli Abubakr mirzo xizmatida bo`ldi. Shundan boshlab uning Osiyo va Afrika mamlakatlari bo`ylab jaxongashtaligi boshlandi. Iogann Shil`tberger kariyb 31 yil mobaynida kilgan «sayoxat»i paytida ko`rgan-bilganlarini esdalik sifatida yozib koldirgan. Unda juda ko`p noanikliklar, ayrim vokealarni bo`rttirib yoki kamsitib yozishlar bor. Shunga karamay, Iogann Shil`tbergerning kundaliklarida kimmatli tarixiy ma`lumotlar, muxim dalillarni uchratamiz. Bir-ikkita misol;
1)Temuriylar, xususan ularning Ozarbayjondagi noiblari, masalan Abubakr Mirzo Oltin O`rda xukmdorlarining o`zaro kurashlariga aralashib turganlar.
2)XU asrning boshida Oltin O`rdaning ichki axvoli va bunda kudratli amir edigey (Idiku O`zbek)ning nomi ko`rsatib o`tiladi.
3)Ozarbayjon, Dashti kipchok va uning xalki xakida muxim ma`lumotlar keltiriladi. Masalan, Ozarbayjon xakida bunday ma`lumotlar bor; Tabriz Eronning bosh shaxarlaridan. Uning savdodan oladigan foydasi tamom bir xristian davlati topadigan foydadan ortik. «Sultoniya, Ray, Maroga, Axlat, Gilon xam ushbu mamlakatning yirik shaxarlaridan... Rayning xalki boshkalardan shu bilan fark kiladiki, u Muxammadga emas, balki Aliga imon keltiradi. Ularni rofiziylar deb ataydilar». Dashti kipchok va uning xalki xakida Iogann Shil`tbergerning «Esdaliklari» da mana bunday gaplar bor; «Men, shuningdek, Buyuk Tataristonda xam bo`ldim. Xalki don ekinlaridan fakat tarik ekadi. Ular umuman non va vino istimol kilmaydilar. Vino o`rniga ot va tuyaning sutini ichadilar, shu va boshka xayvonlarning go`shtini uydilar ...Yana shuni xam aytish kerakki, xon saylashda uni ok kigizga o`tkizib, uch marta ko`tarib erga ko`yadilar, so`ng chodir atrofida aylantirib, keyin ichkariga olib kiradilar va taxtga o`tkazadilar.»
Umuman, bu kitob Sharkiy evropa, Kichik Osiyo, Eron, Movarounnaxr, Dashti kipchok, Irok, Suriya va Misr mamlakatlari tarixi va xalki xakida ayrim, dikkatga sazovor ma`lumotlar beradi. Iogann Shil`tbergerning mazkur asari «Iogann Shil`tbergerning evropa, Osiyo va Afrika bo`ylab kilgan sayoxati (1394-1427 yy.)» deb ataladi va uning rus tilida (nemischa nashri 1859 yili amalga oshirilgan) uchta yaxshi nashri bor. Birinchis Odessa Universitetining profkssori F.K.Braun tarafidan 1867 yili, ikkinchisi Ozarbayjon Fanlar Akademiyasi akademigi Z.M.Bunyodov 1984 yili va uchinchisi 1997 yili Toshkentda amalga oshirilgan.



Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə