Тарихий манбашунослик


Mavzuni mustaxkamlash uchun berilgan savollar



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə66/88
tarix25.04.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#106924
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   88
Òàðèõèé ìàíáàøóíîñëèê

Mavzuni mustaxkamlash uchun berilgan savollar.
q. Ageografiya suzning ma`nosini aytib bering?
w. Dindorlar, xaetiga oid 3anday adabietlarni bilasiz?
e. Diniy adabietlarning tarix fani urganishdagi axamiyati nimada?


17- mavzu. Memuar asarlar
Reja:
1. Memuar asarlar xususiyati.
2. Memuar asarlar tavsifi.
Asosiy tushunchalar: me`muar, xotira, taassurot.


Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati.
1. I.A.Karimov. «Yuksak ma`naviyat engilmas kuch»-T., 2008.
2. B.A.Axmedov. O`zbekiston tarixi manbalari.-T., “O`kituvchi”. 2001.
3. T.S.Saidkulov. O`rta Osiyo xalklari tarixining tarixnavisligidan lavxalar.-T., “O`kituvchi”. 1993.
4. Istoriya. Sostaviteli D. Yu. Yusupova, R.P.Djalilova. –Tashkent: “Fan”. 1998.
5. Rukopisnaya kniga v kul`turax narodov Vostoka. Kniga pervaya.-Moskva: ‘’Nauka’’. 1987.
6. B.A.Axmedov. Istoriko-geograficheskaya literatura Sredney Azii. XU1-XVIII vv. (Pismennыe pamyatniki).-T.“Fan”, 1985.


Memuar asarlar xususiyati
Memuar asarlar deb, mualliflarning shaxsiy xotiralari asosida yozilgan kitoblarga aytiladi. Ularda aksariyat xollarda muallif o`zi shaxsan ko`rgan, ishtirok etgan yoki zamondoshlaridan o`zi eshitgan vokealarni bayon etadi. Bu asarlarda aksariyat xollarda vokea xodisalar to`gri yoritiladi. Ba`zan muallifning shaxsiy kelib chikishiga karab vokealar turlicha talkin kilinishi mumkin.
Memuar asardagi vokea xodisalar bayonini boshka yozma manbalar bilan solishtirib so`ngra xulosa chikarish zarur. Bunday asarlarda ba`zi xollarda vokea xodisalarni garazli bayon etish xollari xam uchraydi. Umuman tarixiy vokea-xodisalarni chukur va atroflicha o`rganish uchun memuar asarlardan xam tankidiy foydalanish mumkin.
Memuar asarlar tavsifi. «Mujmali Fasixiy» («Fasixiyning (tarixlar) majmuasi») XV asrning ko`zga ko`ringan tarixchilaridan Fasix Axmad Xavofiyning asaridir. Muallifning to`la nomi Fasix Axmad ibn Jaloliddin Muxammad bo`lib, u 1375 yili Xirtda yirik mansabdor oilasida tugilgan, 1405-1424 yillarida Alouddin Ali tarxon va Shoxrux devonida xizmat kilgan. U 1440-1441 yillari Shoxruxning suyukli va nufuzli xotini Gavxarshod begimning amri bilan kamokka tushib koldi. 1441 yil 2 noyabrida ozod kilingandan so`ng fakat ilm bilan mashgul bo`lgan va 1442 yili o`zining yirik-tariziy biografik asari bo`lmish «Mujmali Fasixiy» asarini yozib tamomlagan va Shoxruxga takdim etgan. Tarixchining vafot etgan yili ma`lum emas.
Fasix Axmad Xavofiyning mazkur asari ko`pgina tarixiy, adabiy, biografik, geografik asarlar, masalan, al-Mas`udiy, ibn al-Asir, ibn Xallikon, Nisoviy, Juvayniy, Rashididdin, Faxriddin Banokatiy, Vassof, Xofizi Abru, robi`a Fushanjiy, Ibn Yamin Faryumadiy, Salion Sovajiy va boshkalarning asarlari asosida, shuningdek, muallifning kuzatish va taftishlari natijasida to`plagan boy daliliy ma`lumot asosida yozilgan.
Asarda Odam Atodan to muallif zamonigacha Elon va Movarounnaxrda bo`lib o`tgan muxim tarixiy vokealar, mashxur olimlar, shoirlar, adiblar va boshka tanikli kishilarning tarjimai xoli, shugingdek, yirik suv inshootlari xamda dikkatga sazovor yuinolar, masjid, madrasa, sardoba, karvonsaroy, xammom va boshkalarning kurilishi xakida kiskacha, lekin benixoyat kimmatli daliliy ma`lumotlar keltirilgan. Vokealar yyilma-yil, xronologik tartibda berilgan. Bu xol asardan foydalinishni birmuncha osonlashtiradi.
«Mujmali Fasixiy» so`z boshi-debocha, kirish-mukaddima, xotima va ikki kism-makoladan iborat. Debochada tarix fanining xosiyoti va uni o`rganishning axamiyati xakida gap boradi, asarning nomi va mundarijasi keltiriladi. Mukaddimamda dunyoning yaratilishidan to Muxammad paygambarning tugilishigacha bo`lgan davr ichida kechgan vokealar xakida ma`lumot beriladi.
Birinchi makolada Muxammad paygambarning to`gilishidan to uning Makkadan Madinaga xijrat kilishi, 622 yiligacha bo`lgan davrni o`z ichiga oladi.
Ikkinchi makolada juda katta davr 622 yildan to 1442 yilgacha musulmon olamida yuz bergan vokealar bayon etiladi.
Xotima maxsus Xirot shaxariga bagishlangan.
Fasix Axmad Xavofiy va uning mazkur asari XIX asr o`rtalaridan beri ilmiy jamoatchilikning dikkat-e`tiborini o`zisha jalb kilib kelmokda va mashxur sharkshunos olimlarning bksak baxosiga sazovor bo`lgan.
«Mujmali Fasixiy»ning matni 1961-1963 yillari Eronda Maxmud Farrux tomonidan, ikkinchi makolaning ruscha tarjimasi D.Yusupova tomonidan Toshkentda 1980 yili chop etilgan.

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə