Тарихий манбашунослик


Mavzuni mustaxkamlash uchun berilgan savollar



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə69/88
tarix25.04.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#106924
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   88
Òàðèõèé ìàíáàøóíîñëèê

Mavzuni mustaxkamlash uchun berilgan savollar.
q. Memuar suzning ma`nosini aytib bering?
w. #anday memuar adabietlarni bilasiz?
e. Memuar adabietlarning tarix fani urganishdagi axamiyati nimada?


18-mavzu. Sayyoxlar va elchilarning esdaliklari


Reja:
1. Sayyox va elchilarning esdaliklarining umumiy xususiyatlari.
2. Sayyox va elchilarni esdaliklari tavsifi.


Asosiy tushunchalar: Sayyox, elchi, xotira, kundalik, rasmiy kabul.....


Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati.
1. I.A.Karimov. «Yuksak ma`naviyat engilmas kuch»-T., 2008.
2. B.A.Axmedov. O`zbekiston tarixi manbalari.-T., “O`kituvchi”. 2001.
3. T.S.Saidkulov. O`rta Osiyo xalklari tarixining tarixnavisligidan lavxalar.-T., “O`kituvchi”. 1993.
4. Istoriya. Sostaviteli D. Yu. Yusupova, R.P.Djalilova. –Tashkent: “Fan”. 1998.
5. Rukopisnaya kniga v kul`turax narodov Vostoka. Kniga pervaya.-Moskva: ‘’Nauka’’. 1987.
6. B.A.Axmedov. Istoriko-geograficheskaya literatura Sredney Azii. XU1-XVIII vv. (Pismennыe pamyatniki).-T.“Fan”, 1985.
7. B.A.Axmedov. Tarixdan saboklar. –T., “O`kituvchi”. 1994.
8. Manbashunoslikdan ma`ruzalar majmuasi. Tuzuvchi A.A.Madraimov.-T., TDPU, 2001.
Sayyoxlar va elchilarning esdaliklari
Arab, Xitoy va Rossiya elchilari va sayyoxlarining esdaliklarida xam tariximizni chukur va atroflicha o`rganish uchun zarur daliliy ma`lumotlar ko`p. Shu bois esdaliklar xam muxim tarixiy manba xisoblanadi.
Shuni e`tiborga olib, ulardan ayrimlariga kiskacha to`xtalib o`tishga karor kildik.
Markaziy Osiyo Rossiya va uning sarmoyador guruxlarini xar jixatdan; xarbiy strategik, ya`ni uning Xindiston va Xitoyga yakinligi, zaminning boyligi va xalkining soddadil va mexnatsevarligi bilan ko`p vaktlandan beri kiziktirib kelgan. Markaziy Osiyo bilan kizikish, uni Rossiyaning mustamlakasiga aylantirish yo`lidagi xarakat podshox Mixail Fyodorovich (1613-1645 yy.) davridan boshlandi va ikki yuz kirk besh yildan keyin, 1865 yili Ko`kon, Buxoro va Xiva xonliklarini bo`ysundirish bilan yakunlandi.
Rossiya xukumati o`zining bu siyosatini amalga oshirish uchun Markaziy Osiyoni yaxshi bilgan, keng ma`lumotli diplomatlari va xarbiylaridan foydalangan. Ular ogizda savdo va madaniy alokalarni rivojlantirish uchun, aslida esa mamlakatdagi xarbiy-siyosiy vaziyatni o`rganish, Xiva, Buxoro va Ko`kon xonliklarining ko`shni davlatlar; Xindiston, Eron, Turkiya va Xitoy bilan kanday munosabatda ekanligini aniklash va Markaziy Osiyo shaxarlariga olib boridigan yakin va kulay yo`llarni belgilash uchun yuborildi.
Darslikda 1620 yildan to rus armiyasining Markaziy Osiyoga bostirib kirishigacha kechgan ikki yuz yil mobaynida mamlakatimizga Rossiyadan kelib ketgan ba`zi elchiliklar va xarbiy mutaxassislarning faoliyatiga kiskacha to`xtalib o`tiladi.
Risola” nomli asarni X asrning birinchi yarmida yashab o`tgan arab sayyoxi va jugrofiy fanlar bilimdoni olim va yozuvchi Axmad ibn Fadlan yozgan. Ibn Fadlanni 921-922 yillari Bulgor, ya`ni Volga bo`yi podshoxining iltimosiga binoan, bulgorlar orasida islomni mustaxkamlash, bulgor podshoxligini ko`shni xazar xokonlarining xujumidan ximoya kilish uchun kal`alar bino kilishda yordam berish uchun xalifa Muktadir (908-932 y.) Bagdoddan yuborilgan elchi bilan uning kotibi vazifasida Bulgorga yubordi. Bagdod elchilari Bulgorga Xamadon, Ray, Domgon, Nishopur, Marv, Poykand, Buxoro, Xorazm, Ustyurt, Yoyik (Urol) orkali bordilar.
Ibn Fadlan ana shu sayoxat vaktida ko`rgan va eshitganlari xakida “Risola” deb ataluvchi bir kitob yozib koldirgan. Asar etnografik ma`lumotlarga boy, unda turli xalklar, ularning turish-turmushi, mashgulotlari xususida kimmatli ma`lumotlar bor.
Ibn Fadlanning ushbu asari XII-XIII asrlardan buyon jamoatchilikning dikkat e`tiborini tortgan, tarixchi olimlar undan birinchi manba sifatida foydalanganlar. “Risola”ning aslidan ayrim parchalar Yokut Xamaviyning “Mo``jam ul-buldon” asarida saklanib kolgan. 1923 yili uning kiskartirilgan taxriri ko`lyozmasi Mashxad kutubxonalarining birida topilib, asarni yakindan, bevosita o`rganishga yo`l ochildi.
Ibn Fadlan “Risola“cining arabcha matni 1823 yili Peterburgda, Yokut Xamaviy asarida saklangan parchalar asosida va 1959 yili Damashkda nashr kilingan. Asar rus tilida (tarjimon A.P.Kovalevskiy) 1939 yilda nashr kilingan.
Risolat ul-avval” (“Birinchi risola”) nomli kitob muallifi Abu Dulaf, X asrda yashab o`tgan adib, sayyox va geograf olimdir. Uning to`la Mas`ar ibn Muxalxil al-Xazrajiy al-Yanbuiydir. Madinaning mashxur xazraj kabilasiga mansub bo`lib, asli Kizil dengizning port shaxri Yanbulikdir.
Abu Dulaf X asr boshlarida Buxoroga kelgan va shoir sifatida Nasr 11 ibn Axmad Somoniy (taxm. 914-943) xizmatiga kabul kilingan. 942 yili Buxorodan kaytayotgan Xitoy elchilariga xamrox bo`lib, Sharkiy Turkiston orkali Xitoy poytaxtiga borgan, u erdan Xindistonga o`tgan. Muallif Buxorodan Xitoy va Xindistonga kilgan safari vaktida ko`rgan-bilganlari xakida “Risolat ul-avval” asarini yozgan.
Olimning Ozarbayjon, Armaniston va Eronning shaxarlari va osori atikalari xakida “Risolat ul-uxro” (“Ikkinchi risola”) asari xam Eronda o`sha vaktda yozilgan. Ulardan ayrim parchalar Yokut Xamaviy xamda Zakariya ibn Muxammad Kazviniy asarlari ichida saklangan. Bu parchalar nemischa tarjimasi bilan birga F.Vyustenfel`d (1942) xamda K.Shlyotser (1844) tomonidan chop etildi.
Abu Dulaf va uning asarlari mashxur sharkshunos olimlar dikkat e`tiborini kozongan. “Risolat ul-uxro” rus tiliga tarjima kilingan (1860).

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə