Тарихий манбашунослик


«Samarkandga Amir Temur saroyiga sayoxat kundaliklari» (1403-1406 yy.)



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə71/88
tarix25.04.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#106924
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   88
Òàðèõèé ìàíáàøóíîñëèê

«Samarkandga Amir Temur saroyiga sayoxat kundaliklari» (1403-1406 yy.)
Lui Gonsales de Klavixoning «Samarkandga Amir Temur saroyiga sayoxat kundaliklari» asarida XV asr boshidagi Movarunnaxrning ichki axvoli, uning obod shaxar va kigloklari, xususan Shaxrisabz va poytaxt shaxar Samarkand xakida, Amir Temur saroyidagi udumlar, soxibkironning xotinlari va ularning jamiyatda tutgan o`rni xakida muxim ma`lumotlar keltiriladi.
Masalan, Kesh (Shaxrisabz) xakida Klavixoning «Kundaliklar»ida kuyidagilarni o`kiymiz; «Ertasi kuni, 1404 yilning 28 avgust payshanba kuni, tushlik paytida Kesh deb atalmish katta bir shaxar oldiga kelib to`xtadik. Shaxar xar bir tarafini soy va ariklar kesib o`tgan tekislik erda joylashgan ekan. Shaxarning tevaragi obod kishloklar va boglar bilan o`ralgan edi. Uning tevarak atrofi xam tekis bo`lib, ko`pgina obod kishloklar, naxrlar, o`tloklar bor. Yozda bu er juda chiroyli. Sugoriladigan erlarida bugdoy, uzum, paxta, kovun-tarvuz etishtiriladi, katta mevali daraxtlar o`sadi. Shaxar paxsa devor va chukur xandak bilan o`ralgan, darvozalari karshisida osma ko`priklar o`rnatilgan. Temurbekning asli Keshdan. Otasi xam shu erda tugilgan. Katta imoratlar va masjudlar ko`p. Imoratlardan biri, Temurbek xali kurib bitirmagan juda katta saroy, uning ichida katta bir makbara joylashgan. Unga Temurbekning otasi dafn etilgan. Yana bitta makbara xam bo`lib, uni Temurbek o`zi uchun kurdirgan. Lekin u xali bitkazilmagan. Aytishlaricha, u bundan bir oy oldin Keshda bo`lganida uni ko`rib yoktirmagan, chunki eshiklari past kilib kurilgan ekan. Temurbek uni kaytadan ko`rishni buyurgan. Xozir kurilishda ustalar ishlab turibdi. Bundan tashkari, mazkur makbara ichida xozir uning Jaxongir ismli to`ngich o`gli yotibdi. Masjid bilan makbaraning devor va shiplari oltin, lojuvard va koshinlar bilan koplangan, saxni katta va unga daraxtlar ekilib, xovuzlar kurilgan. U erga Temurbekning amri bilan xar kuni, otasi va o`glining ruxini yo`klab yigirmata pishirilgan ko`y go`shti yuborilib turiladi. Elchilarni ushbu masjidga olib bordilar va ularning oldiga dasturxon yozib, ko`p go`sht va mevalar tortib ziyofat kiladilar. Ziyofatdan keyin ularni katta bir kasrga olib borib joylashtirdilar.
Ertasiga, jum`a kuni, elchilarni Temurbekning amr-farmoni bilan kurilayotgan katta bir saroygva olib bordilar. Aytishlaricha, unda yigirma yildan beri ustalar va ishchilar tinim bilmay ishlab turibdilar. Saroyga kirish yo`li uzun, darvozalar baland. Kirishda, darvozalarining o`ng va so`l tarafida pishik gishtdan kurilgan va xar xil nakshin koshinlar va naksh bilan bezatilgan peshtok bor. Peshtok ostidagi supalarda Temurbek saroyda bo`lgan paytlarda sokchilar o`tirgan. Birinchi darvozaning ketidan ikkinchi darvoza keladi va ulardan o`tib saroyning saxniga o`tiladi. Ustiga ok marmar yotkizilgan va atrofi bezatilgan ayvonlar bilan o`ralgan katta xovliga kiriladi. Xovli o`rtasida katta xovuz bor. Xovlining saxni eniga uch yuz kadam keladi. Saroyning eng katta xonasiga shu xovli orkali kiriladi. Unga katta yo`lak va oltin suvi berilgan, lojuvard va koshin bilan koplangan, katta san`at bilan ishlangan udkan va baland eshik orkali kiriladi. Eshik tepasida, uning o`rtasida, kuyosh fonida turgan sher tasviri tushirilgan. Bu Samarkand podshosining gerbidir...Shu eshik orkali to`rtburchak, oltin, lojuvard va boshka rangdagi koshinlar bilan kolangan kabulxonaga kiriladi...»
Klavixoning bu xikoyasida Amir Temur Shaxrisabzda kurdirgan maxobatli va go`zal Oksaroy kishini ko`z oldida namoyon bo`ladi. Lekin, Klavixo bo`lgan paytda, saroy kurilishi xali oxiriga etkazilmagan edi. Shuning uchun uning asl moxiyatini, ne maksadda kurdirilganligini birdan anglash kiyin bo`ladi. Jumbokni taxminan 90 yil o`tib ketgan Zaxiriddin Muxammad Bobur echib bergan. Uning so`zlariga karaganda xazrat soxibkiron Keshni boshda poytaxt kilmokchi bo`lgani uchun oksaroyni xam podshoxning axlu oilasi bilan, turar joyi xamda davlat muassasalari joylashgan rasmiy karorgox sifatida kurdirgan. «Boburnoma»da, masalan, mana bunday deyilgan; «Temurbekning zobu budi Keshdin (bo`lgoni) uchun shaxar va poytaxt kilurga ko`p sa`y va extimollar kildi, oliy imoratlar Keshga bino kildi. O`zining devon o`ltirur uchun bir ulug peshtok va uning yonida va so`l yonida tavochi beklar o`lturub devon so`rar uchun, ikki kichik peshtok kilibdur. Yana savrun eli o`ltirur uchun bu devonxonaning xar zil`ida kichik-kichik tokchalar kilibdur. Muncha oliy tok olamda kam nishon berurlar. Derlarkim, Kisro tokidin bu biyirokdur».
Klavixo Amir Temurning otasi va xotinlari xakida xam o`ta kimmatli ma`lumotlar keltirgan. Masalan, amir Taragay baxodir xakida bunday deydi; «Temurbekning otasi oliyjanob odam bklgan, chigatoy urugidan. Maishati o`rtacha bo`lgan. Uch-to`rt yigit bo`lib, Shaxrisabzdan ko`p xam olis bo`lmagan kishloklarning birida yashagan.»

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə