Тарихий манбашунослик



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə58/88
tarix25.04.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#106924
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   88
Òàðèõèé ìàíáàøóíîñëèê

«Muzakkiri al-asxob» («Do`stlarni eslatuvchi kitob») tazkirasining muallifi XVII asrda o`tgan yirik shoir va olim Malexo Samarkandiydir. Bu asarda VII asrda yashab ijod etgan 200 dan ortik movarounnaxrlik shoirlarning kiskacha tarjimai xoli va asarlaridan parchalar keltirilgan. Kitob 1682-1692 yillar orasida yozilgan.
Malexo Samarkandiyning xakikiy ismi Muxammad Badi` ibn Muxammad Sharif Samarkandiy bo`lib, u 1641 yili Samarkandda o`kimishli fakix va o`ziga to`k oilada tavallud topgan. Otasi Muxammad Sharif Samarkand kozisi, so`ng muftiy maxkamasida xizmat kilgan. 1670 yili vafot etganida, uning boyligi Abdulazizixonning (1645-1680 yy.) amri bilan o`gli Muxammad Badi`ga koldirilgan. Bo`lgusi olimning xayoti kiyinchilik va muxtojliksiz, yaxshi kechgan. Shuning uchun xam u yaxshi o`kigan va ko`p erlarga sayoxat kilish imkoniga ega bo`lgan.
Muxammad Badi` boshlangich ma`lumotni Samarkandda olgan. Ko`p ilmlarni, fikx, falsafa, iloxiyot va mantikni otasidan, she`r ilmini kozi Lutfulloxdan madrasada olgan. U madrasada tafsir, astronomiya, tarix va adabiyotni xam o`rgangan. «Xususan,-deb yozadi u o`z tazkirasida,-«Chagminiy sharxi» va Ali Kushchining forscha risolasini o`sha mavlono Lutfulloxdan o`rganganman». Malexo 11 yoshida she`r yoza boshlagan va ba`zi kiyin atamalarni izoxlay olgan.
Olim 1670 yili, otasi vafotidan keyin, Eron bo`ylab sayoxat kilgan va uch yil mobaynida mamlakatning o`sha vaktdagi poytaxti Isfaxon va katta shaxarlari Nishopur, Koshon, Mashxad va boshka shaxarlarida bo`lgan, o`sha yillari bo`lajak asar uchun ma`lumotlar to`plangan. 1673 yili u ona shaxri Samarkandga kaytib keldi va etti yil mobaynida Samarkand va Buxoro shaxarlarida fikx, tafsir va xadis ilmlaridan olgan ma`lumotini Kozi xoja Mirakshox raxbarligida chukurlashtirgan. 1689 yili Samarkand xokimi Ibroximbiy uni Shaybniyxon madrasasiga mudarris etib tayinlaydi. Olim o`z asarini shu erda tamomladi. Uning kachon vafot etgani ma`lum emas.
«Muzakkiri al-asxob», unda tilga olingan shoirlarning asarlaridan boshka juda ko`p, turli mavzudagi asarlarda keltirilgan ma`lumotlarni o`rganish asosida yozilgan. Manbalar ichida Mirxondning «Ravzat us-safo», imom Abulfazl Muxammad as-Samarkandiyning «Kandiya», Yaxyo Sibak Nishopuriyning «Gabistoni xayol», Ali ibn Xusayn Voiz al-Koshifiyning «Rashaxot ul-ayn ul-xayot», mulla Sodik Samarkandiyning «Riyoz ush-shuaro», Mir Said Sharif Rokimning «Tarixi kasira», xoja Samandar Termiziyning «Dastur ul-muluk» asarlari xam bor. Shuning uchun asarda she`riyat ilmidan tashkari, tarixiy va geografik ma`lumotlar xam ko`p.
Tarixiy ma`lumotlardan Xiva xoni Anushaxonning 1681 va 1686 yillari Buxoro xonligi xududlariga bostirib kirishi, 1681 yili Buxoro atrofidagi tumanlar va Buxoro shaxristonining bosib olinishi, 1686 yili Samarkand, Karshi va Shaxrisabzning bosib olinishi va buning oki oid ma`lumotlardanbatida xalk va xukumatning ogir axvolga tushib kolishi xakidagi ma`lumotlar dikkatga sazovordir.
Asarda mamlakatning ijtimoiy-iktisodiy axvoliga oid ma`lumotlar xam uchraydi. Xunarmandchilik, misgarlik, kimuxtgarlik, bo`yokchilik-sabbotiy, gilkorlik, kavushdo`zlik, zardo`zlik, kassoblik, karbozfurushlik, attorlik, zarkashlik, bazzozlik, temirchilik, xirgoxtaroshlik, nakkoshlik, sarroflik, jomaboflik, muxrgarlik va boshkalar, xoja Ubaydulla Axror avlodining mol-mulki xakida ma`lumotlar uchratamiz. Ashtarxoniylar davlati tuzilishi, xususan otalik, mustavfiy, parvonachi, miroxur, dodxox, to`ksabo, sipoxsalor, sudur, fakix, a`lam, muftiy, kozi askar, rais, kitobdor, mudarris, mutavaliy, yuz boshi, miri xazar, vokeanavis va boshka mansablar xakida o`ta kimmatli ma`lumotlar mavjud.



Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə