Тарихий манбашунослик


Xotiroti Mutribiy», «Tazkirat ush-shuaroyi Mutribiy» va «Nusxayi zeboyi Jaxongiriy»



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə57/88
tarix25.04.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#106924
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   88
Òàðèõèé ìàíáàøóíîñëèê

Xotiroti Mutribiy», «Tazkirat ush-shuaroyi Mutribiy» va «Nusxayi zeboyi Jaxongiriy»
«Xotiroti Mutribiy» («Mutribiy esdaliklari»), «Tazkirat ush-shuaroyi Mutribiy» («Mutribiyning shoirlar to`grisidagi tazkirasi») va «Nusxayi zeboyi Jaxongiriy» («Jaxongirning zebo tazkirasi») nomli asarlar muallifi XVI asrning ikkinchi yarmi-XVII asrning 30-yillarida o`tgan shoir va tazkiranavis olim Mutribiydir.
«Xotiroti Mutribiy» degan asaridan ma`lum bo`lishicha, u 1559 yili Samarkandda tavallud topgan, ota taraifidan bobosi Malik Argun va ona tarafidan bobosi Basriy zamonining mashxur shoirlari jumlasidan bo`lishgan. Mutribiy dastlabki ma`lumotni ona shaxri Samarkandda olgan, so`ng Buxoroga borib, xoja Xasan Nisoriyga shogird tushgan. 1620 yildan boshlab u asosan Samarkandda istikomat kilgan va Samarkand xokimi Xojibiy kushchining xizmaida bo`lgan. 1625 yilning kuzida o`gli Muxammad Alini o`zi bilan birga olib, Xindistonga jo`nab ketadi. Bu vaktda Mutribiy 69 yoshda bo`lgan va 1627 yili Samarkandga kaytib kelgan. Uning keyingi takdiri ma`lum emas.
Mutribiy uch asar muallifidir. Ulardan biri «Tazkirat ush-shuaroyi Mutribiy» bo`lib, unda movarounnaxrlik 320 shoir xakida kiskacha ma`lumot va she`rlaridan namunalar keltiriladi.
Ikkinchi asari «Nusxayi zeboyi Jaxongiriy» bo`lib, uni Mutribiy xali Xindistonga ketmay turib Samarkandda boshlagan va 1626 yili Loxur shaxrida tamomlagan. Asarda Movarounnaxr, Xuroson, Balx, Badaxshon va Xindistonda XVI asrning ikkinchi yarmida istikomat kilgan 292 shoir xakida ma`lumot keltiriladi va o`sha yiliyok Jaxongir podshoxga (1605-1627 yy.) takdim etiladi. «Xotiroti Mutribiy»da aytilishicha, tazkira podshox va uning yakinlariga ma`kul bo`lgan. Jaxongir suxbat oxirida Mutribiyga Xindistonda XVI asrning ikkinchi yarmida, ya`ni marxum otasi Jaloliddin Akbar davrida o`tgan shoirlar xakida to`plagan materiallarini bergan va undan mazkur tazkiraga o`z nomini ko`shishini iltimos kilgan. Ushbu materiallar ikkinchi tarzkiradan 16 varak joy olgan. «Nusxayi zeboyi Jaxongiriy»ning yaxshi ko`lyozma nusxasi 1665 yilda Shoxijaxonobodda ko`chirilgan va shu kunlarda «Indiya offis» kutubxonasida saklanmokda.
Mutribiyning uchinchi asari «Xotiroti Mutribiy» dkb ataladi va muallif uni 1627 yil 25 fevral kuni yozishga kirishgan. Asar muallifning Loxurda turgan paytida podshox Jaxongirning 24 majlisida ko`tarilgan masalalar xakida xikoya kiladi. Unda Movarounnaxrning XVII asrning birinchi yarmidagi ijtimoiy-siyosiy axvoli va madaniy xayoti, Samarkandning osori-atikalari va uning o`sha davridagi axvoli xakida o`ta kimmatli dalil va ma`lumotlar keltiriladi. Shulardan ba`zilarini keltirib o`tamiz.
Jaxongir podshoxni Buxoro va Balx xonlarining xamda ularga yakin amirlar va Juybor xojalarining shaxsiy xayoti, turmushi va fe`l-atvori ko`prok kiziktirgan. Shuningdek, u boshka Boburiy podshoxlar kabi, Buxoro va Balx xonlarining kiyofasini chizdirish bilan shugullangan. Masalan, 18-chi xotirotda kuyidagilarni o`kiymiz; «Kunlardan bir kuni podshoxning ostonasiga bosh ko`ygani borgan edim. Podshox kandaydir suratlarni dikkat bilan tamosha kilib o`tirgan ekan. Menga «o`ltir!», deb ishoratkildilar. So`ng suratlarni men tarafga o`girib so`radilar; «Dikkat bilan karab ko`rchi, bular kimlarning suratlari ekan?» Karab ko`rsam ularning biri Abdullaxon o`zbek (Abdullaxon soniy, 1583-1598 yy.), ikkinchisi (uning o`gli) Abdumo`minxonning surati ekan. Podshox mendan so`radi; «Suratlar asilmi, yoki sening boshka fikring bormi? Agar bo`lsa ayt». Men javob kildim; «Abdullaxon sal to`larok tasvirlangan. Bo`ynidagi chandik esa o`ng tomonda bo`lib kolgan. Aslida u ko`p xam to`la emas, bo`ynidagi chandik esa so`l tarafda». Podshox rassomni chakirtirdi va suratni men aytgandek kilib chizishni buyurdi. Shundan keyin podshox mendan «Abdulmo``minxonning surati xususida nima deysan?», deb so`radi. Javob kildim; «Abdulmo``minxonni bugdoy rangli kilib chizibdilar. Aslida u ok-sarikdan kelgan (yigit), sallani sal oldinga kilib o`raydi, bu ancha chiroyli chikadi», dedim. Podshox rassomni chakirtirdi va bu suratlarni xam men aytganday kilib chizishni buyurdi».
Xotirotlardan yana birida Mutribiy 1626 yili Buxorodan Xindistonga kelgan Buxoro xonining elchisi xoja Abduraxim bilan bo`lgan suxbatni keltiradi. Jaxongir podshox Juybor xojalariga zo`r xurmat-extiromi bo`lishiga karamay, Mutribiyga; «Nima uchundir, Imomkulixon Nadr devrnbegiday boobru mulozimlari bo`la turib, xuzurimizga navkarlarni yuboribdi?», degan.
Olimning Kobuldan Loxurga mexmon bo`lib kelgan Muxammad Xakim mirzo sharafiga uyushtirilgan ziyofat xakida yozgan xotirasi xam dikkatga sazovordir. Majlisda gap «musika» atamasining kelib chikishi, ma`nosi, shashmakom («Irok», «Xusayniy», «Segox» va boshkalar)ning tarixi xakida musikashunoslar o`rtasida bo`lgan baxs xakida boradi. Unda Mutribiy xam faol katnashgan.

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə