Тарихий манбашунослик



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə56/88
tarix25.04.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#106924
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   88
Òàðèõèé ìàíáàøóíîñëèê

«Muzakkiri axbob» («Axboblar (ya`ni do`stlar) zikrida» nomli tazkira muallifi xoja Baxouddin Xasan Nisoriy (vafoti 1596-1597 yy.), XVI asrda o`tgan yirik shoir va olimdir. U asli buxorolik, mashxur shoir Podshoxxoja (1450-vafot etgan yili noma`lum) oilasiga mansub. Xoja Baxouddin Xasan shoirlik bilan bir katorda, tibbiyot, tafsir, xandasa, falakiyot, musika va xattotlikni eshallangan. So`gd xokimi bo`lib turgan Shayboniy Rustam Sultonning sadri bo`lib xizmat kilgan, 1526 yildan keyin Balxda Kamoluddin ko`nok madrasasida xandasadan dars bergan.
Xoja Baxouddin Xasan o`zining «Muzakkiri axbob» nomli asari (1566-1567 yilda yozilgan) bilan shuxrat topgan. Asar Juyboriy xojalardan xoja Muxammad Islom (1493-1563 yy.)ga bagishlangan va XVI asrning birinchi yarmida Buxoroda o`tgan 261 turkiyzabon shoirlar xakida kiskacha ma`lumot keltirgan.
«Muzakkiri axbob» kiska so`zboshi, mukaddima, to`rt bob va xotimadan iborat.
So`z boshida mazkur asar muallifi oldiga ko`yilgan vazifa, uning mazmuni xakida ma`lumotlar keltiriladi. Unda aytilishicha, olim o`z asarini Alisher Navoiyning «Majolis un-nafois» tazkirasining davomi sifatida yozgan.
Mukaddima kismida she`riyatda kalam tebratgan Shayboniy sultonlar; Shayboniyxon, Ubaydullaxon, Abdullatif Sulton, Rustam Sulton, Abdulazizxon, Sulton Sa`id Sulton, Juvonmard Alixon, Do`stmuxammad Sulton, Abulgozi Sulton va Boburiylardan Xumoyun, Akbar, Komron Mirzo, Mirzo Askariy, Xindol, Xon Mirzalar xakida kiskacha ma`lumot va she`rlaridan namunalar keltirilgan. Asarda Shayyuoniyxonning 1487-1488 yillari Buxoroda kechgan xayoti xakida keltirilgan ma`lumotlar benixoyat kimmatlidir.
Aytilishicha, Shayboniyxon Buxoroga Temuriyzoda Sulton Axmad Mirzo (1469-1494 yy.) va Buxoro xokimi amir Abduali tarxonning taklifi bilan kelgan. Shayboniyxon bir yil ichida Buxoroning Omonkent kishlogida istikomat kilgan va xoja Baxouddin Nakshbandning nabirasi xoja MirMuxammad Nakshband o`sha vaktda bobosining Kasri orifondagi mozorida mutavalliy bo`lib xizmat kilar edi. Shayboniyxon undan nakshbandiylik ta`limotini o`rgandi. Piri Shayboniyxonga yakin orada ulug martabaga erishishini karomat kilgan. Tazkiranavis, «ko`p vakt o`tmay, 12 yildan keyin, Shayboniyxon Turkistondan to Domgongacha cho`zilgan katta mamlakatga ega bo`ldi», degan. Undan tashkari, mukaddimada shayboniyzodalardan Rustam Sulton, Abdulazizxon va Juvonmard Alixonlarning shaxsiy xayoti xakida xam kimmatli ma`lumotlar kedtiriladi.
Asarning birinchi bobida muallif o`zi shaxsan tanish bo`lmagan, tazkira tuzilmasdan ancha ilgari olamdan o`tgan, buxorolik 84 shoirning xayoti va ijodidan namunalar keltiriladi.
Ikkinchi bobda muallif bilgan, lekin tazkira yozilmasdan sal ilgari xayotdan ko`z yumgan 64 buxorolik shoir xakida ma`lumot keltiriladi.
Uchinchi bob tazkira yozidayotganda xayot bo`lgan 59 buxorolik shoir ijodiga bagishlanadi.
Va nixoyat,to`rtinchi bobda muallif bilan zamondosh, lekin u bilan tanish bo`lmagan 44 nafar movarounnaxrlik shoir ijodidan namunalar keltirilgan.
Xotimada muallif o`zining ota-bobolari xakida, xususan ulug bobosi Abdulvaxxobxoja, otasi Podshoxxoja va birmuncha vakt Shayboniy Rustamxonning xizmatida shayxulislom lavozimida bo`lgan inisi Abdussamadxoja xakida, shuningdek, ruboiynavis shoir Shoxxoja xakida zarur ma`lumotlar keltirgan.
Tazkirada, shoirlikni o`ziga kasb-xunar kilib olgan shoirlar bilan bir katorda, boshka kasb-xunar egalari, masalan, savdo-sotik, tabiblik, xattotlik, rassomlik, me`morlik va boshka xunarmand shoirlar ijodidan xam namunalar keltirilgan. Ularning orasida olimlar xam bo`lgan. Masalan, mashxur shoir Muxammad Solixning o`gli Mirzo Ulugbek xakida bunday ma`lumot keltirilgan; u XVI asrning boshlarida Niso viloyatining xokimi bo`lgan. Xasan Nisoriyning otasi Darun xokimi Podshoxxoja bilan do`st bo`lgan. Ular tez-tez bir-birlarini ziyorat kilib turganlar va shoirlarning majlislarini uyushtirib turganlar.
Ushbu asarda Shayboniy xukmdorlardan Ubaydullaxon zamonida Buxoro va Samarkandda bunyod etilgan masjid, madrasa va xonakoxlardan tashkari, ko`priklar, suv inshootlari va kutubxonalari xakida xam ma`lumotlar uchratamiz. Buxoroyi sharifda kurilgan Mir Arab madrasasi, Piri Marza kishlogida kurilgan chorbog, mextar Kosim tarafidan Ko`xak daryosi ustiga kurilgang ko`prik, Abdulazizxon tarafidan Buxoro shaxrida bunyod etilgan kutubxona shular jumlasidandir.



Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə