Тарихий манбашунослик


Mavzuni mustaxkamlash uchun beriladigan savollar



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə52/88
tarix25.04.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#106924
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   88
Òàðèõèé ìàíáàøóíîñëèê

Mavzuni mustaxkamlash uchun beriladigan savollar
q. Fors tilining tarixiy manbalarni yaratilishida 3anday urni bor?
w. Fors tilida yaratilgan 3aysi manbalarni bilasiz?
e. «Buxoro tarixi» asari xa3ida nima bilasiz?
r. «Ravzat us-safo» asari muallifi kim va u 3anday asar?


13-mavzu. Geografiya va kosmografiyaga oid asarlar
Reja:
1. Geografiya va kosmografiyaga oid asarlar.
2. Asarlarning tavsifi.
3. Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati.
4. Mavzuni mustaxkamlash uchun beriladigan savollar.


Asosiy tushunchalar: geografiya, kosmografiya, iklim, xudud, mamlakat, viloyat, o`lka.


Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati.
1. I.A.Karimov. «Yuksak ma`naviyat engilmas kuch»-T., 2008.
2. B.A.Axmedov. O`zbekiston tarixi manbalari.-T., “O`kituvchi”. 2001.
3. T.S.Saidkulov. O`rta Osiyo xalklari tarixining tarixnavisligidan lavxalar.-T., “O`kituvchi”. 1993.
4. Istoriya. Sostaviteli D. Yu. Yusupova, R.P.Djalilova. –Tashkent: “Fan”. 1998.
5. Rukopisnaya kniga v kul`turax narodov Vostoka. Kniga pervaya.-Moskva: ‘’Nauka’’. 1987.
6. B.A.Axmedov. Istoriko-geograficheskaya literatura Sredney Azii. XU1-XVIII vv. (Pismennыe pamyatniki).-T.“Fan”, 1985.
7. B.A.Axmedov. Tarixdan saboklar. –T., “O`kituvchi”. 1994.
8. Manbashunoslikdan ma`ruzalar majmuasi. Tuzuvchi A.A.Madraimov.-T., TDPU, 2001.
9. A.Murodov. Urta Osiyo xattotlik sin`ati tarixidan -Toshkent, Fan. 1971.


Geografiya va kosmografiyaga oid asarlar.
(Kiskacha umumiy ta`rif)
Mo``jam ul-buldon” Mashxur komusiy asar ”Mo``jam ul-buldon” muallifi ajoyib sarguzashtarni o`z boshidan kechirgan olim, sayyox va xattot Yokut Xamaviydir (1179 y. tug.). U asli Kichik Osiyolik (Rum) kul bo`lgan. Otasining ismi kim ekanligini bilmagani uchun o`zini Ibn Abdullox (Tangri kulining o`gli) deb atagan. Bolalik vaktida asirlar bilan birga Bagdodga olib kelingan va uni Xama shaxrida (Suriya) Askar ibn Ibroxim al-Xamaviy ismlik savdogar sotib olgan va unga Yokut deb nom bergan.
Kitobi Mullazoda” (“Mullazoda kitobi”) – Buxoroyi sharifning X1U-XU asrlardan kolgan osori-atikalari va mashxur ziyoratgoxlari, u erda dafn etilgan valiylar, shayxlar, umuman mashxur kishilar xakida ma`lumot beruvchi asar bo`lib, X1U asr oxiri-XU asr boshlarida yozilgan.
Muallifning ismi sharifi Axmad ibn Maxmud bo`lib, mo``in ul-fukaro (fakirlar tayanchi) taxallusi bilan mashxur bo`lgan.
Bu kitob yakin-yakinlargacha ko`pchilik tadkikotchilarga ma`lum emas edi. Bunga uning ko`lyozma nusxalari ma`lum bo`lmaganligi sabab bo`lgan. 1960 yili asarning forscha matni Texronda Gulchin Ma`oniy tarafidan chop etilgandan keyin ilmiy jamoatchilik orasida bu kitobga kizikish birmuncha kuchaydi. Asar 1992 yili rus tilida R.L.Gafurova tarafidan e`lon kilindi.
“Kitobi Mullazoda” - kabristonlarni erkak va ayollar ziyorat kilsalar bo`ladi va bu ziyoratni kanday ado etish xakidagi ikki maxsus bob va ikki kismdan iborat asar.
Kitobning birinchi kismida shaxar ichidagi va uning tashkarisida, shaxardan yarim farsax masofada dafn etilgan ulug shaxslar, shayxlar, din ulamolari va ularning mukaddas mozorlari xakida ma`lumot beradi. Bular ichida mashxur shayx, imom va iloxiyot olimi xoja Xafs kabir, xoja Abu Xafs ibn al-Zabarkan ibn Abdullox ibn al-Baxr al-Ijliy al-Buxoriy, 767-832 yy.), shogirdi xoja Abdullox Safidmuniy, Saffariya imomlarining mozorlari, Ismoliya imomlarining mozorlari, Talli xoja Chorshanbadagi mozorlar, Safidmun va xoja Jandi kishloklaridagi mozorlar shular jumlasidandir.
Kitobning ikkinchi kismida Buxoroyi sharifning mashxur kishloklaridan Fatxoboddagi mukaddas ziyoratgoxlar, masalan, shayx Abulmaoliy (1190-1261 yy.), uning ikki o`gli Xovand Jaloliddin va Xovand Mutaxiruddinlarning mozorlari va o`zlari xakida ma`lumot keltiriladi.
Shu kismdan joy olgan Buxoro sadrlari, Burxoniylar xakida keltirilgan ma`lumotlar xam o`ta muximdir.
Ikki ogiz so`z Buxoro sadrlari xakida. Aslida udar kim edilar? Buxoro sadrlari bir xonadonga mansub bo`lgan va muxtasib, rais lavozimini egallagan oliy nasab shaxslar edilar. «Kitobi mullazoda»da ularning kelib chikishi, shajaralari xakida, xayoti va vafot etgan yili xakida kimmatli ma`lumotlar keltiriladi.
Buxoroyi sharifda o`tgan buyuk shaxslar xoja Abubakr tarxon, mavlono Xofizuddin Kabir, Abu Abdullox Muxammad al-Buxoriy, etti kozi – Abu Zayd Abdullox Umar ibn Iso ad-Dabusiy, Abu Ja`far Muxammad ibn Amr ash-Sha`biy, Ismoil Mustamoliy va boshkalar xakida keltirilgan ma`lumotlar xam dikkatga sazovordir. Masalan, imom Abu Zayd Ubaydullox Umar ibn Iso ad-Dabusiy xam yirik fikx va iloxiyot olimi bo`lgan. Uning musulmon konunchiligiga oid «Omad ul-Akso» (“So`nggi xudud”) nomli asari o`z zamonasida juda mashxur bo`lgan.
Samariya” asari muallifi Abu Toxirxoja Samarkand kozisi Abu Sa`id ibn Abdulxayning o`glidir. Abu Toxirxoja otasi xam, bobosi mavlono Mir Abdulxay xam o`kimishli kishilar bo`lishgan. Mavlono Mir Abdulxay (1755-1827 yy.) Samarkandda kirk yil kozikalon mansabida turgan. Shu bilan birga u bir talay ilmiy asarlar yozib koldirgan. “Xavoshi shofiy bar sharxi Bayzaviy”, “Saxixi Buxoriy”ning forscha sharxi, “Zaburi Dovudiy”ning forsiycha sharxi, “Axloki Baxodurxon shular jumlasidandir. Otasi Abu Sa`idxoja (1849 yili 28 avgustda vafot topgan) xam keng ma`lumotli kishi bo`lgan. Fikx va kalom, diniy akidalarni isbotlash ilmida benazir bo`lgan.
“Samariya” 11 bob, mukaddima va xotimadan iborat bo`lib, Samarkand shaxrining bunyod etilishi, “Samarkand” deb atalishining sabablari, shaxarning geografik xolati, ob-xavosi, uning X1X asrning uchinchi choragiga kadar saklanib kolgan osori-atikalari vua mashxur kishilari xakida ma`lumot beradi.
Asarning o`zbekcha tarjimasi 1921 yili samarkandlik yosh, saloxiyotli olim Abdulmo``min Sattoriy tarafidan amalga oshirilgan edi. Lekin, ogir xastalik va 1925 yil 23 iyuldagi bevakt o`limiunga tarjimani chop kilishga imkon bermadi. Sadriddin Ayniy 1925 yili o`sha yillari maorif noziri bo`lib ishlab turgan Abdurauf Fitratning taklifi bilan, uni taxrir kilib, nashrga tayyorlagan edi. Lekin asar chop etilmay kolgan edi. S.Ayniyning ko`lyozmasi xozirda O`zR FA ShI fondida 600- rakam ostida saklanmokda.
“Samariya” asar B.Axmedov va A.Juvonmardiev tomonidan kayta nashrga tayyorlandi va 1991 yili Toshuketda chop etildi.
Majmu` al-garoyib” (“Garoyibotlar majmuasi”) 1569 yili Balx xoni Shayboniyxon Pirmuxammadxon 1 (1546-1566/67 yy.)ning topshirigi bilan yozilgan. Asar muallifi balxlik olim Sulton Muxammad bo`lib, uning xakida bizga kuyidagilar ma`lum. Otasi mavlono Darvish Muxammad Balxning o`kimishli va katta nufuzsha ega bo`lgan kishilaridan biri edi. Shayboniy xukmdorlardan Xurramshox sulton (1506-1511 yy.) va Kistinkora sulton (1526-1544 yy.) davrida Balxning muftiysi lavozimida xizmat kilgan. O`zbek tilida she`rlar bitgan. Uning she`rlaridan namunalar ”Majmu` al-garoyib”da keltiriladi. Darvesh Muxammad muftiy 1550 yil 19 fevralda vafot etgan.
Asar muallifi Sulton Muxammad Balxiy xam zamonasining keng ma`lumotli kishilaridan bo`lgan. U xususan tarix, geografiya, astrologiya, mineralogiya, iloxiyot, fikx va adabiyot ilmlaridan boxabar kishi bo`lgan. Otasi vafotidan keyin uning mansabida turgan Sulton Muxammad 1573 yil 12 may kuni vafot etgan.
”Majmu` al-garoyib” asarini yozishda Sulton Muxammad al-Balxiy o`zidan avval o`tgan olimlarning asarlaridan, shuningdek Balx mamlakati bo`ylab kilgan sayoxatlari paytida to`plagan ma`lumotlaridan keng foydalangan. Olim foydalangan asarlar ichida bizgacha etib kelmaganlari va kam ma`lum bo`lganlari ko`p. «Or al-mukaddimin» («Salaflarning fikrlari»), «Tarixi sakoliba»(«Slavyanlar tarixi»), «Anis ul-vaxdat va jolis ul-xilvat» («Yolgizlar do`sti va xizvatda o`tiruvchilar suxbatdoshi») kabi asarlar shular jumlasidandir.
”Majmu` al-garoyib” ilm axli orasida keng tarkalgan asar. Uning xozirgacha saklangan ko`lyozmalari 80 dan ortik. Uning ma`lumotlaridan juda ko`p olimlar foydalangan. Ulardan “Abdullanoma” asari muallifi Xofizi Tanish Buxoriy, “Ajoyib at-tabakot” kitobining musannifi mavlono Muxammad Toxir va XU11 asrda o`tgan olim Maxmud ibn Vali shular jumlasiga kiradi.
Asarning ayniksa 3, 11, 12- va 18- boblari muximdir. Ularda Buxoro, Balx, Tamgach, Marv,Siyovush, Sogoniyon, Termiz, Tibat, Turkiston, Samarkand va Bulgor kabi yirik shaxarlar va ulkan mamlakatlar, Murgob, Vaxsh, Jayxun, Ko`xak, Chirchik daryolari, dunyoda yuz bergan muxim vokealar, mashxur shayxlar, olimlar va xukmdorlar, Balx va Badaxshonning mineral boyligi xakidagi kismlari muxim axamiyotga ega.
”Majmu` al-garoyib” asarining tankidiy matni tayyorlangan edi, lekin chop etilgani yo`k. Afgonistonda yuz bergan so`nggi yil vokealari tadkikotchi va uning ilmiy faoliyatiga salbiy ta`sir ko`rsatgan ko`rinadi.
Ajoyib at-tabakot” (“er katlamlarining ajoyibotlari”)-daliliy ma`lumotlarga boy, kam o`rganilgan geo-kosmografik asar. Bir kancha tarixiy, geografik va kosmografik asarlar xamda sayyoxlarning esdaliklari va muallifning shaxsiy kuzatuvlari asosida yozilgan bo`lib, O`rta Osiyoning XU!-XU11 asrlardagi tarixi va geografik sharoitiga oid ma`lumotlarga boy.
“Ajoyib at-tabakot” mavlono sayyid MuxammadToxir tarafidan Balx xoni Ashtarxoniy Nadr Muxammadxon (1606-1642 yy.)ning topshirigi bilan yozilgan. Muallif asarning mukaddimasida keltirilgan ayrim ma`lumotlarga karaganda, mazkur xon saroyida xizmat kilgan olimlar jumlasiga kirgan.
“Ajoyib at-tabakot”ning yozilish tarixini kuyidagi dalillarga asoslanib belgilash mumkin. Muxamad Toxir asarining “Balx” kismida Xoja xayron Kishlogidagi xazrat Ali (656-661 yy.) mozori tepasiga kurilgan xashamatli bino xijriy 886 yilda shoir va tarixchi olim Kamoliddin Binoiy va uning otasi Muxammad Sabz tarafidan kurilganligini aytadi va shundan beri 172 yil o`tdi, deb yozadi. Shu 172 ga 886 (bino kurilgan yili)ni ko`shadigan bo`lsak, 1648 yil kelib chikadi. Shunga asoslanib, asar xijriy 1058, melodiy 1648 yili yozilgan deb aytish mumkin.
Muxammad Toxir o`z asarini yozishda «Majmu` ao-garoyib»dan tashkari al-Battoniy (852-929 yy.), Abu Rayxon Beruniyning «Konuni Mas`udiy», «Javoirnoma», shuningdek, Abulmalik Marvarudiy, Nosiriddin Tusiy, Narshaxiy va boshka olimlarning asarlaridan foydalangan.
“Ajoyib at-tabakot” kam o`rganilgan, nashr etilmagan. Uning uchinchi kismi, tabaka katta ilmiy kimmatga ega. Unda O`zbekistonning Samarkand, Toshkent, Andijon, Termiz va boshka shaxarlari, shuningdek Sharkiy Turkiston-Koshgar va Afgoniston xakida kimmatli ma`lumotlar uchraydi.
O`zR FA Sharkshunoslik instituti fondida ushbu asarning uchta ko`lyozma nusxasi (rakamlari № 411,2380 va №9654) mavjud. Ularning yana bir kimmatli tomoni shundaki, chiroyli nasta`lik xati bilan bitilgan, unvon va sarlavxalari rangli va tillo suvi berib yozilgan, Ka`ba va paygambarimiz Muxammad alayxissalomning Madinadagi muborak kabri tasviri xam keltirilgan.
Kitobda shaxarlar tavsifi baxoli imkon to`lik berilgan. Namuna sifatida Balx va Kubodiyon shaxarlari xakida berilgan tavsifni keltiramiz.
“Balx – ulug shaxar, Xurosonga karaydi, to`rtinchi iklimga kiradi. Uni kadimgi Eron podshoxlaridan Kayumars kurgan, Taxmuras obod kilgan, Luxrasip kaytadan kurib, tevarak atrofini pishik devor bilan o`rattirgan. Bir rivoyatga ko`ra, uni birinchi bunyod kilgan kishi Kobil ibn Odam..., boshka rivoyatga ko`ra shox Gishtosip Ayyub paygambarning amri bilan kurdirgan...Uchinchi rivoyatda keltirilishicha, (uni) Minuchexr ibn Iroj bino kilgan. “Tarixi Balx” kitobida yozilishicha, Balxning kal`asi (ko`p bor) vayron kilingan va 22 marta kaytadan tiklangan. Balxning eng so`nggi imoratibir vaktlar Xuroson xokimi bo`lib turgan Abu Muslim Marvoziy tarafidan kurdirilgan. Undan keyin shaxid etilgan Abdulmo``minxon shaxarning garbiy va janubiy taraflardagi devorni ta`mirlatgan. Uning uzunligi 20 mign kadam.
Shaxar ikki kismdan; tashki shaxar (shaxri birun) va ichkm shaxar (shaxri darun)dan iborat.
Ichki shaxar arkdan iborat. Ark shaxarga asos solingandan beri ulug podshoxlar va kudratli xonlarga makon bo`lib xizmat kilgan...Xozirgi kunlarda xam shunday. Balx shaxri Mexrobi sangin deb ataluvchi bir masjid bor. Ushbu rivoyatni aytuvchining xikoya kilishicha, shaxarga mo``minlar xukmdori xazrat Alining (xudo undan rozi bo`lsin), maktubini olib kelganlarida, uni balandrok bir joydan ovoza kilmokchi bo`ldilar, toki uning mazmunidan xamma yuaxtiyor bo`lsin. Baxtga karshi shu payt kattik shamol turib, maktubni uchirib ketdi. Bir payt mo``minlar Makkani ziyorat etib yurganlarida bir (sexrli) tosh va undagi yozuvga ko`zlari tushgan. Yozuvja (xazrat Alining) o`sha maktubi bitilgan ekan. (Shu sabadan) toshni mukaddas xisoblab, (Balxga) olib kelganlar va o`sha masjidning mexrobiga o`rnatgan ekanlar. Boshka bir rivoyatda bunday gap bor; toshni olib kelganlaridan keyin uni uch kismga bo`lganlar va bir bo`lagini o`sha masjidda (Muxrobi sanginda) koldirganlar, yana bir parchasini tashki shaxarning (shaxri birunning) janubiy tarafida, shaxardan bir milya narida joylashgan Masjidi xoja No`x gunbadon masjidiga olib borib o`rnatganlar.
Ma`lumki, No`x gunbadon nur taratuvchi manzil bo`lib, Ka`b al-axbor xazratlarining, undan xulo rozi bo`lsin, eikr etilgan mozorda yuino kilingan. No`x gunbadon masjidi go`zal va mustaxkam bir binodir. Aytishlaricha, Chingizxon xuruji paytida Balxob daryosini shaxarga burib yuborganlar. Ushanda masjid olti oy suv ostida kolib ketgan. Lekin uning koldiklari xali xanuz saklanib kolgan. Zikr etilgan toshning uchinchi kismini shaxarning kun chikish tarafida, undan ikki farsang narida joydashgan Xoja Xayron kishlogida bino etilayotgan masjidning mexrobiga o`rnatdilar. Kishlokning kun chikish tarafida, undan 100 zira` masofada mo`minlar amiri Ali ibn Abu Tolibning kabri topilgan. Va xak yo`lga tushib olganlar namunasi janob mavlono Binoiyki, ma`lumotli va binokorlik ilmida tengi yo`k kishi edi, avvalgi binokorlarning xarakati bexuda ketgan va bino bo`sh kurilgan deb xisoblab, xijriy 886 yili, padari buzrukvori bilan birgalikda o`sha mukaddas mozorda pishik gishtdan baland bir bino kurdi. Lekin, o`sha bino, kurilganiga 170 yil o`tganiga karamay, uning biror joyi buzilmagan. (Allox tarafidan) magfiratli kilingan marxum Vali Muxammadxon (1601 yili) Balxga xukmdor etib tayinlangandan keyin balandligi taxminan 30 zira`, aylanasi bir jarib bo`lgan bir oliy bino kudirdi va uning (tevarak-atrofini) obod kildi. Atrofida (go`zallikda) Chmn sanami bilan bellasha oladigan bir chorbog va uning ichida 18 ta chamanzor kurdirdi. O`sha chorbogning shimoliy tarafida jannat bulogiga o`xshagan bir xovuz xam kurdirdi.
Balxning tashki shaxarida (shaxri birunda) va valiylar kutbi xoja Abu Nasr Porsoning obod mozori bor. Bu mozorning aylanasi taxminan 15 jarib. Ushbu mukaddas makbaraning kun botish tarafida ikkita katta masjid bor. Xar chorshanba kuni, peshin namozidan keyin, o`sha saodatli makbara tevaragida donishmand kishilar, ulamo va shuaro ibodat uchun yigilishadi. Sufiylar bosh egib, yarim oxangda (bir birlari bilan) suxbatlashadilar, ulamolar baxslashadilar, shuaro mushoira va xazil-mutoyibaga bel boglaydi. Suxbat shu zaylda kechgacha davom etadi.
Va yana o`sha tashkari shaxarda (shaxri birunda) shayx Shakiki Balxiy xazratlarining, shuningdek jabrlangan xoja Isxok va boshka valiylarning makbaralari joylashgan.
Va yana shaxarning kunbotar tarafida Sulton Ibroximning to`ngich o`gli Adxam Sokaning nurga cho`mgan makbarasi joylashgan. Shu kunlarda bu makbara Xoja rushnoyi nomi bilan mashxur.
Va yana mazkur shaxarning janub tarafida xoja Sulton Axmad Xazraviya janoblari va ul kishining yosdikdoshi Bibi Fotimaning ma`kullangan makbaralari joylashgan.
Va yana shaxarning kunchikar tarafida xoja Ukkosha janoblarining makbul makbarasi joylashgan.
Kubodiyon. Movarounnaxrning katta kishloklaridan, to`rtinchi iklimga kiradi. Kaykubod ibn Iroj asos solgan. Aytishlaricha, Zol o`gli Rustam Kaykubodnio`sha erdan Eronga olib kelib taxtga o`tkizgan. Bu viloyat kadimda Kubodobod deb atalgan. Keyincha Kubodiyon nomi bilan shuxrat topgan. Xozirgi paytda oliy xazrat, Alloxning erdagi soyasi Nadr Muxammadning adlu exsoni tufayli u kadar obod bo`ldiki, xar kimning u viloyatdan o`tadigan bo`lsa elkasi devor va daraxtlarning soyasiostida bo`ladi. Ob-xavosi yumshok. U erda turli navdagi shirin-shakar mevalar ko`p etishtiriladi. Xususan, anori ko`p mashxur. U viloyatda kovun va uxum sotish odati yo`k. Ularni bir xarvardan kam bo`lsa pulga sotmaydilar va sotib olmaydilar, balkim xarkim istiganicha olishi mumkin.Egalari bunga monelik kilmaydilar.
Xalki mexribon va mexmondo`st. Mexmon uchun aloxida xona tutadilar. Odamlari o`kishga ixlosmand, aksariy kishloklarda madrasa va mudarris bor».
“Ajoyib at-tabakot” asarida Toshkent, Andijon, Fargona, Samarkand va O`zbekistonning boshka shaxarlari xakida xam mana shunday ma`lumotlarni uchratamiz.
Mazkur asarning yana bir muxim tarafi shundaki, unda kimmatbaxo toshlar va metall va ularning konlari xakida xam e`tiborga molik ma`lumotlar bor.
Shuni xam aloxida ta`kidlab o`tish lozimki, mazkur asarda Abu Rayxon Beruniyning “Javoxinoma” asarining bizning zamonamizgacha etib kelmagan nusxalarida tushib kolgan parchalar uchraydi. Bu parchalar buyuk olimning mazkur yirik asarini kaytadan nashr kilishda juda zarurdir.
Dili garoyib” o`zbek tilidagi geo-kosmografik xildagi, ko`p jixatdan umumlashtirma asar bo`lib, 1831-1832 yili xivalik olim Xudoyberdi ibn Ko`shmuxammad tarafidan Raxmonkuli inokning topshirigi bilan yozilgan. Muallif o`zini bir joyda So`fizoda deb ataydi. Shunga karaganda, otasi Ko`shmuxammad ibn Niyozmuxammad Xiva masjidlarining birida so`filik kilgan va Kubroviya tarikatiga mansub bo`lgan.
Xudoyberdi ibn Ko`shmuxammad keng ma`lumotli, arab va fors tillarini yaxshi bilgan kishi bo`lib, asosan tarjimonlik bilan shugullangan. U asosan tarixiy va geografik asarlarni o`zbek tiliga tarjima kilish bilan shugullangan. Masalan, u Shermuxammad Munisning topshirigi bilan Sharafuddin Ali Yazdiyning “Zafarnoma” asarini 1823-1826 yillari forschadan o`zbek tiliga kiskartirib tarjima kilgan.
“Dili garoyib” umumlashtirma asar, ya`ni Maxmud ibn Valining “Baxr ul-asror” va mavlono Muxammad Toxirning “Ajoyib ut-tabokot” asarlariga taklid kilib yozilgan va unda anik ma`lumotlar kam uchraydi. Undagi Xorazm va uning shaxarlari xakidagi ma`lumotlar kimmatlidir. Misol tarikasida ba`zilarini keltiramiz;
Xorazm mamlakati. U katta mamlakat. Bir tarafdan Sayxun daryosi bilan, ikkinchi tarafdan xozirgi paytda Bakirton nomi bilan mashxur bo`lgan Ok ko`rgon bilan, uchinchi tarafdan cho`l bilan va to`rtinchi tarafdan bir xamonlar Faridun tarafidan kazdirilgan naxrning shimoliy tarafida joylashgan O`nguz otli manzil bilan tutash. Xorazmning yana bir tarafida Saroy sulton joylashgan. Bu xadlar orasida katta-kichik kal`alar va kentlar joydashgan. Xorazmning janubiy tarafida Kizilkum bo`lib, unda saksovul o`sadi.
Kadimda Xorazmning o`n to`rt darvozali shaxarlari ko`p bo`lgan. Shulardan biri Jurjoniya, ikkinchisi Utganch bo`lgan.
Jurjoniya. Jurjoniyaga suv Sirdaryodan olib kelingan. Bu shaxarning joylashgan o`rnini kuyidagicha belgilaganlar. Uning kunchikish tarafida Baglon va shimol tarafida Okcha dengizi, kunbotishida Gurlan, janub tarafida Kot joylashgan. Ularning (Gurganjning) xarobalikka yuz tutishi, aytishlaricha, suv bo`lmay kolishi sabadan bo`lgan. Sirdaryodan kelib turgan suv ziroatiga etmay kolgan. Shu sababli uch kirni oshib naxr kazdirib Amudaryoning suvini burib olib kelganlar. Amu Gurganjni suv bilan ta`minlab, Unkuzning janubidan Urganjga karab okar va janub bo`ylab okishni davom ettirib va janubiy-sharkiy tarafdan Abulxon toglarni aylanib o`tib, O`girchagacha etgan va so`ng Mozandaron dengiziga borib kuyilgan.
Jurjoniyaning tevarak-atrofi maxkam kilib mustaxkamlangan joylar, ekinzorlar va boglar bo`lgan. Vakt o`tishi bilan Jurjoniya kal`si suv ostida koldi va shaxar xarobalikka yuz tutdi. Aytishlaricha, undan fakat bitta minora kolgan, keyincha uni Boynazar so`fi ismlik bir avliyo buzdirib tashlatib, o`rniga masjid kurdirgan. Bu masjid xozir xam o`z o`rnida turibdi. Yazir alayxissalom va Yumalok avliyo kabrio`sha erda. Saksondan oshgan va bularning xammasini ko`rgan yoki (kimdandir) eshitgan keksalarning so`zlariga karaganda, minorani buzayotganlarida unda bir yozuvga ko`zlari tushgan. Yozuvdan ma`lum bo`lishicha, mazkur minora shu joydagi jum`a masjidining kichik minorasi bo`lgan, tevarak-atrofdagi odamlarni namozga chorlovchi minoraning balandligi 100 karidan kam bo`lmagan. Bu erda “Kur`on” tilovat kiluvchi kori, imom, muazzin (so`fi) va farroshning maoshi xar biriga 300 okchadan belgilangan. Masjid yonida madrasa, bozor va karvonsaroy xam bo`lib, ularning barchasi suv ostida kolgan.
Xorazmning yana bir shaxri Gurganj bo`lib, Chingizxon tarafidan vayron etilgan. Ushbu zolim kelganga kadar uning 12 jum`a masjidi bo`lib, ...ularning xar biri uch tanobdan maydonni egallagan edi. Uning tevaragida daraxtlar ichida cho`mgan (obod) namozgoxlar bo`lib, ularning xar biriga (namoz kunlari) uch-to`rt lak xalk to`planar edi. Ularning xar birida 1000 dan olam xizmat kilgan.
Shaxar axolisining katta kismini Ya`kub paygambarning ...avlodlari tashkil kiladi. Uning o`gli Shamunning mukaddas mozori xozirda Xoja eli (Xojaydi) deb atalmish Mizdaxkandadir.
Shu kunlarda Urganch vayronagarchilikka yuz tutgan, jabr etgan shayx Najmiddin Kubro va Xoja Ali Azizon janoblarining makbaralari Gurganchdadir.
Xorazmning yana bir shaxari Ramldir. Unga (kadimgi Eron podshoxlaridan) Som ibn Narimon asos solgan...Uni otasining kemasiga o`xshatib kurdirgan. Xozirda Xivak nomi bilan ma`lum. Aytishlaricha, bu so`zda (“Raml” so`zida Paxlavon Maxmud xazratlari vafot etgan yili tarixi yashiringan. Shu bois bu tarixni shaxarga nom bo`lib kolgan...Va yana aytadilarki, Xivak ko`p bor vayron kilingan va kayta tiklangan. U a`lo xazratlari xonning (Alloxkuli`onning) otasi (Allox tarafidan magfirat kilingan Abulgozi Muxammad Raximxon va uning ogasi marxum Kutlug Murod inok tarafidan obod kilingan. Ularning sa`y-xarakati bilan shaxarda oliy madrasa bino kilingan. Bunga nomi yukorida zikr etilgan inokning katta xizmatkorlaridan biri Sher devonbegi va vaziri a`zam Muxammad Rizo devonbegilarning xissalari katta bo`lgan. Jannatmakon xonning amri bilan yana bir karvonsaroy, tim va ularning o`rtasida (yana bir) katta madrasa kurildi. (Xivak) kal`asida sayyid Alouddin Xivakiy va uch yuz mashxur shayx dafn etilgan. Shaxar tashkarisida shayx Abulvafo Xorazmiy janobalri, yonida esa mingdan lrtik avliyolar dafn etilgan.



Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə