«тасдиклайман» фермер хужалиги 2011 й



Yüklə 324,38 Kb.
səhifə4/38
tarix17.05.2022
ölçüsü324,38 Kb.
#87230
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38

Uzbekiston iktisodiyoti

Uzbekiston davlati mustakillikka erishgach uz oldiga “bozor iktisodiyotiga asoslangan, ochik tashki siyosatga ega bulgan kuchli xukukiy –demokratik davlat va fukarolik jamiyati barpo etish”dek oliy maksadni kuzlab, uzining yangi tarakkiyot yulini belgilab olib, rivojlangan mamlakatlar katoriga kushilish borasida ijobiy ishlarni amalga oshirmokda.

Kuzlangan maksadga erishish uchun tanlab olingan asosiy beshta prinsipdan iborat bulgan “Uzbek modeli” (Iktisodning siyosatdan ustuvorligi, Konunning ustuvorligi, Davlatning bosh isloxotchilik roli,  Kuchli ijtimoiy siyosat, Bozor iktisodiyotiga boskichma-boskich utish)ning barcha mamlakatlar, shu jumladan AKSH, Angliya, Fransiya, Germaniya, Rossiya, Xitoy, YAponiya kabi rivojlangan mamlakatlar tomonidan tan olinishi, davlat byudjetining ijtimoiy soxa va axolini ijtimoiy kullab-kuvvatlashga karatilgan umumiy xarajatlari mustakillikka erishgandan buyon 50-55 foiz atrofida ajratilayotganligi (biror bir mamlakatda, xattoki rivojlangan mamlakatlarda byudjet xarajatlarining    50 foizi atrofida  buncha salmokda ajratilayotgani yuk), 2009 yilda 56,5 foizni tashkil etgan bulsa, bu kursatkich 2010 yilda 59 foizdan oshganligi, utgan yilda axolining real daromadlari 26,5 foizga, oylik ish xaki, pensiya, nafaka va stipendiyalar urtacha 40,0 foizga oshganligi buning yakkol dalilidir.

Xattoki, Prezidentimiz I.Karimov tashabbusi bilan davlatimizda ijtimoiy siyosatni kuzlab, yillarning aloxida nomlanishi, “Inson manfaatlari yil ” (1997 yil), ”Oila yili” (1998 yil), “Soglom avlod yili” (1999 yil),  “Ayollar yili” (2000 yil), “Ona va bola yili” (2001 yil), “Kariyalarni kadrlash yili” (2002 yil),  ”Obod  maxalla yili” (2003 yil), “Mexr va muruvvat yili” (2004 yil),  “Sixat salomatlik yili” (2005 yil), “Xomiylar va shifokorlar yili” (2006 yil), ”Ijtimoiy ximoya yili” (2007 yil), “YOshlar yili” (2008), “Kishlok  tarakkiyoti va farovonligi yili” (2009) va 2010 yilning “Barkamol avlod yili” deb nomlanishi, yillarning aloxida nomlanishi  orkali maxsus davlat dasturlarini kabul kilish va amalga oshirish, mamlakatimizda, shu jumladan kishloklarda maktablar, litseylar, kollejlar, yullar, kishlok vrachlik ambulatoriyalari kurilishi, axolini ichimlik suvi, tabiiy gaz, elektr energiyasi bilan ta’minlash borasida olib borilgan ishlarning nakadar tugri ekanligini tan olgan Rossiya Federatsiyasi, Kozogiston va boshka mamlakatlarning bizning mamlakatimizda olib borilayotgan ijtimoiy siyosat tajribasini bizdan kurib uz mamlakatlarida kullayotganligi, jumladan, yillarning aloxida nomlanishi, kishloklarda maktablar, litseylar, kollejlar, yullar, kishlok vrachlik ambulatoriyalari kurilishi, axolini ichimlik suvi, tabiiy gaz, elektr energiyasi va xakazolar bilan ta’minlash kabi masalalarga  yakin yillardan boshlab e’tibor berilayotganligi va ish olib borayotganligi buning yakkol dalilidir.

Kishlok axolisi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, ularning farovonligini ta’minlash, eng avvalo, kishlok xujaligi soxasida amalga oshirilayotgan xukukiy isloxotlarning amaliy natijalari bilan boglikdir. Agarda 1989 yildan 2010 yilgacha bulgan davrga, kariyb 20 yillik tariximizga nazar tashlaydigan bulsak, ana shu vakt mobaynida mamlakatimizda kishlok xayotini, kishlok xujaligi soxasini rivojlantirish, kishlokdagi ijtimoiy va iktisodiy masalalarni xal kilishga karatilgan  Uzbekiston Respublikasining 57 ta konuni,  Uzbekiston Respublikasi Prezidentining 100 ga yakin farmon va karorlari,  va Uzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 100 dan ortik karorlari kabul kilinganligiga guvox bulamiz.

Uzbekiston davlatining mamlakatda, jumladan, kishlokka doir olib borayotgan ijtimoiy siyosati zamirida odamlarning turmush darajasini kutarish, ularning unumli ishlashi, farovon yashashi uchun xar tomonlama kulay sharoit yaratish, vatanga, elga sidkidildan xizmat kiladigan jismonan soglom, ma’nan barkamol insonni tarbiyalash singari ezgu maksadlar mujassam.

Dunyoning kupgina tarakkiy topgan, bugungi kunda barkaror rivojlanib kelayotgan davlatlari tajribasi shuni kursatmokdaki, avvalo, uzining xususiy mulkiga ega bulgan shaxs va bunday shaxslardan iborat bulgan toifa bu boylikni yanada kupaytirish, asrab-avaylash,  uzini va oilasini bokish, shu bilan  birga, davlat va jamiyat zimmasida bulgan kupgina vazifalarni amalga oshirishga uz xissasini kushadi. Eng muximi, uz yurtida tinchlik va osoyishtalikni saklash xamda  ximoyalash uchun astoydil jon kuydiradi. Kishlok xujaligi xam boshka barcha soxalar kabi aynan mulk egalariga-tadbirkor va ishbilarmon insonlar, ayniksa, fermerlarga suyangandagina tarakkiy etadi.

Uzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 23 martdagi “SHaxsiy yordamchi, dexkon va fermer xujaliklarida chorva mollarini kupaytirishni ragbatlantirish chora-tadbirlari tugrisida”gi karori bu boradagi muxim xujjat buldi. Ma’lumki, kishlok xonadonini mol-xolsiz tasavvur etish kiyin. CHorva kishlok axlining turmushida mexnat va daromadlarining asosiy kismini belgilaydi. SHu nuktai nazardan karaganda, mazkur karor mamlakatda odamlar turmush darajasini oshirish va ish bilan ta’minlashda katta axamiyat kasb etmokda.

Biz kuyida ushbu karorining uch bandiga tuxtalib utmokchimiz. Agar karor ijrosi borasida amalga oshirilayotgan ishlarning kulamiga nazar tashlasak, bu jarayonda kishlok axlining xam, joylardagi mutasaddilarning xam, saxovatli insonlar, beminnat xomiylarning xam faol ekanligi namoyon buladi. Masalan, shaxsiy yordamchi va dexkon xujaliklarida koramol bokish bilan band bulgan shaxslar ish bilan ta’minlangan axoli toifasiga kiritilishi va konunga muvofik pensiya bilan ta’minlanish xukukiga ega bulishi fukarolarning ish bilan bandligidan tashkari, kelgusi xayotida pensiya olishga zamin 

Mazkur karorda shaxsiy yordamchi va dexkon xujaliklariga koramol sotib olish uchun imtiyozli mikrokreditlar ajratish xususida xam aloxida band mavjud. SHunga kura, axoliga jami  44,8 mlrd sum mikdorida mikrokredit ajratish rejalashtirilgan bulib, xozirgi kungacha 41,4 mlrd. sum kredit berildi. Anikrok aytadigan bulsak, 25166 nafar fukaro koramol sotib olish uchun imtiyozli kredit oldi. Demak, davlat kishlok axolisiga moddiy madad berish orkali axolining turmush darajasini yaxshilab olish uchun kumaklashmokda.

Mazkur karorda ta’kidlanganidek, kam taminlangan oilalarga xomiylar tomonidan koramollar berish buyicha Korakalpogiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyat xokimlari tomonidan ishlab chikilgan tadbirlar ma’kullangan. Bu tadbirga kura, mamlakat buyicha extiyojmand, kam ta’minlangan oilalardan  20272 nafariga xomiylar xamda nodavlat xayriya tashkilotlari tomonidan bepul koramol berish rejalashtirilgan bulib, xozirgi kungacha  18674 xonadon ana shunday beminnat xomiylik yordamini olib buldi.

Kishlok xayotini obod etishda ularning kiyofasini uzgartirish, bugun kishlok joylarda yashayotgan odamlarning turmush sharoitini zamon talablariga moslashtirish, kerak bulsa, uni shaxar sharoitiga yakinlashtirish goyat muxim urin tutadi. SHu maksadda Uzbekistonning kishlok joylarida kurilish ishlarini olib borishi uchun 2009 yilning uzida “Kishlokkurilish bank” orkali kariyb 60 milliard sum mablag yunaltirildi. 2010 yilda esa ana shu maksadlar uchun kushimcha ravishda yana salkam 530 milliard sum mablag yunaltirish  kuzda  tutilgan  bulib,  buning 256 milliard sumdan ziyodi davlat tomonidan ajratiladi.  Bu boradagi ishlar 2010 yilda yanada keng kulamda davom ettirilib, mamlakatning 159 kishlok tumanlarida 7 ming 630 ta yangi uy-joy barpo etiladi. Ularni 2011 yilning avgust-sentyabr oylarida uz egalariga topshirish rejalashtirilgan.

Aytish joizki, mamlakat raxbariyati tomonidan ishlab chikilgan rejalarda nafakat shinam va obod uylar kurish, ayni paytda bolalar bogchalari, umumta’lim va musika maktablari, sport inshootlari, tibbiyot muassasalari, maishiy xizmat ob’ektlari,  yullar, bir suz bilan aytganda, kishlok axlining xar tomonlama munosib va kulay xayot kechirishi uchun zarur barcha sharoitlarni uz ichiga oladigan zamonaviy turar-joy mavzelarini kompleks barpo etish anik belgilab berilgan. 

Utgan davr mobaynida bu yunalishda eng muxim masalalardan biri bulgan kurilish materiallari ishlab chikarishni kengaytirish buyicha xam muayyan ishlar kilindi. Bu xakda gapirganda, avvalo, kurilish materiallari ishlab chikaradigan 31 ta,  jumladan, 2 million kvadrat metr zamonaviy tom yopish materiallari ishlab chikaradigan 6 ta korxona, shuningdek,  gips,  alebastr,  gipsokarton  kabi kurilish va pardozlash materiallari, yigma konstruksiyalar tayyorlaydigan yangi korxonalar foydalanishga topshirilganini kayd etish lozim. SHular katorida yiliga 81 million dona gisht ishlab chikarish kuvvatiga ega bulgan 12 ta yangi zavod ishga tushirildi. YAngidan barpo etilgan bu korxonalarda tayyorlanadigan kurilish materiallari, xususan, gisht narxini pasaytirish maksadida ularga xar tomonlama imtiyoz va sharoitlar tugdirib berilmokda.

Bundan tashkari, xududlarimizda, avvalo, kurilish materiallari sanoati, ozik-ovkat, engil sanoat va boshka tarmoklarda kichik biznes soxasida faoliyat olib boradigan 480 dan ortik yangi ishlab chikarish korxonalari tashkil etildi.

YUkori darajadagi xalkaro standartlarga javob beradigan, mamlakatimizning barcha xududlarini uzaro ishonchli boglaydigan va mintakaviy xamda jaxon bozorlariga chikishni ta’minlaydigan Uzbekiston milliy avtomagistralini kurish va rekonstruksiya kilish buyicha keng kulamli dasturni amalga oshirish xam  davlatimizning doimiy e’tiborida bulmokda.

Utgan yilda 217 kilometrlik avtomobil yuli foydalanishga topshirildi, 538 kilometr yul va 19 ta kuprik kapital ta’mirlandi. Bu ishlarni amalga oshirish uchun Respublika yul jamgarmasi xisobidan 280 milliard sumdan ortik mablag yunaltirildi. 

Kishlokda mexnat kiluvchi fermerlar va axolining daromadini oshirish maksadida erlarning meliorativ xolatini yaxshilash dasturini amalga oshirish doirasida 2009 yilda 840 kilometrlik kollektor-drenaj tarmoklari, 250 ta drenaj kuduklar, 15 ta melioratsiya nasos stansiyalari va inshootlari kurildi xamda rekonstruksiya kilindi. Utgan yili erlarning meliorativ xolatini yaxshilashga karatilgan loyixalarni amalga oshirish uchun 130 milliard sum mablag yunaltirildi.

Natijada 240 ming gektardan ortik sugoriladigan erlarning meliorativ xolati yaxshilandi va bu kishlok xujalik ekinlari xosildorligini, fermer xujaliklarining daromadini oshirish imkonini beradi.

Utgan yili kurilgan amaliy choralar natijasida mamlakatimizda 940 mingdan ziyod yangi ish urinlari yaratildi, ularning 500 mingga yakini kishlok joylarda tashkil etildi. Kichik biznes soxasida 390 mingdan ziyod, shu jumladan, xizmat kursatish soxasida 270 mingdan ortik yangi ish urinlari ochildi. 

Sanoat korxonalari bilan kooperatsiya asosidagi kasanachilikni xamda pudrat shartnomasi asosidagi uy mexnatini ragbatlantirish axoli bandligini ta’minlashning muxim yunalishlaridan biridir. Ana shunday mexnat faoliyatini rivojlantirish natijasida 130 mingga yakin ish urni yaratilganini aloxida kayd etish lozim.

Bugungi kunda kishlok joylarida uyali aloka xizmati abonentlari soni 5 millionga etgani, bu esa mamlakat buyicha  umumiy kursatkichning 30 foizini tashkil etayotgani va ushbu rakam tez sur’atlar bilan usib borayotgani, shuningdek, birgina 2009 yilda 4 ming 200 ta kishlok maktabi  internet tarmogiga ulangani Uzbekistonda ulkan ishlar amalga oshirlayotganidan darak berib turibdi.

Eng asosiysi, bunday xizmat turlarining rivojlanishi axoli extiyojini kondiribgina kolmasdan, ayni paytda kishlok joylardagi litsey va kollejlarni bitirgan minglab yigit-kizlarni ish bilan ta’minlashga xizmat kilyapti. 2009 yilda fakat kishlok joylarda 460 mingta, jumladan, xizmat kursatish va servis soxasini rivojlantirish xisobidan kariyb 380 mingta yangi ish urni yaratildi.

Kishlokda turmush madaniyati va sifatini oshirish xakida gapirganda, dunyo buyicha eng utkir va dolzarb masalalardan biri bulgan inson salomatligini asrash, onalik va bolalik muxofazasi, soglom avlod tarbiyasi, tibbiyot muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustaxkamlash, axolining tibbiy madaniyatini oshirish bilan boglik muammoga aloxida tuxtalib utish lozim buladi. Bu soxada Uzbekistonda amalga oshirilayotgan ishlar dikkatga sazovordir. Masalan, birgina utgan yilning uzida barcha kishlok tumanlarining markaziy shifoxonalari umumiy kiymati 12 million dollar  bulgan  tibbiy anjomlar, 44 ta “UAZ”  sanitariya mashinasi, 280 ta “Damas-ambulans” tez yordam mashinasi bilan ta’minlandi, kishlok vrachlik punktlariga 1 million dollar mikdorida tibbiy laboratoriya anjomlari etkazib berildi.

Eng muximi, utgan yil davomida Uzbekistonda 3 million 750 ming nafar kishlok axolisi malakali tibbiy uґrikdan, 22 ming nafardan ziyod xomilador ayol maxsus skrining tekshiruvidan utkazilgani, 400 ming nafar bemor shifoxonalarda davolanib, uz salomatligini mustaxkamlagani davlatimizning ijtimoiy siyosatining muxim yunalishlaridan biridir.

Bugungi kunda Uzbekistonda ta’lim-tarbiya soxasida tom ma’noda tarixiy axamiyatga ega bulgan, dunyo jamoatchiligi xakli ravishda e’tirof etayotgan isloxotlar amalga oshirilmokda. Bundan 12 yil oldin Kadrlar tayyorlash milliy dasturi kabul kilingan edi. 2004 yilda uning tarkibiy kismi sifatida Maktab ta’limini rivojlantirish umummilliy davlat dasturi ishlab chikildi. 

Bu dasturlar doirasida mamlakatda, jumladan kishloklarda minglab litsey va kollejlar, maktablar kurish va ularni rekonstruksiya kilish, eng yuksak talablar asosida jixozlashdek  keng  kulamli  ishlar amalga oshirildi. Utgan davr mobaynida ana shu litsey va kollejlarni 1 million 446 mingdan ziyod ukuvchilar, jumladan, 1 million 55 ming nafardan ortik kishlok yoshlari bitirib, xozirda ishlab chikarish, kishlok xujaligi, boshkaruv va ijtimoiy soxalarda, barcha jabxalarda mexnat kilmokda.

Birgina 2009 yilning uzida mamlakatda jami 1 ming 957 ta maktab kurilgan va rekonstruksiya    kilingan   bulsa,   ularning  1 ming 622 tasi aynan kishlok joylaridadir. SHular  katorida barpo etilgan 214 ta akademik  litsey va  kasb-xunar  kollejining 170 tasi kishlok tumanlarida bunyod etildi.

Aynan kishlok joylardagi ana shu bilim dargoxlarini kurish, rekonstruksiya  kilish,  ta’mirlash va jixozlash uchun jami 895 milliard sum mablag sarflandi.

Eng muximi, bu amalga oshrilayotgan ishlar bir-birini tuldirib, Uzbekiston davlati mustakillikka erishgach uz oldiga kuygan  oliy maksad ya’ni “bozor iktisodiyotiga asoslangan, ochik tashki siyosatga ega bulgan kuchli xukukiy –demokratik davlat va fukarolik jamiyati barpo etish”  borasida uzokni kuzlab ijtimoiy siyosatni amalga oshirmokda. Bu esa mamlakatimizning tinchligini, osoyishtaligini, barkarorligini va tarakkiyotini  ta’minlamokda.

Kishlok xujaligi korxonalarini kayta tashkil kilish jarayonida kishlokda xususiy mulk sinfi shakllandi. Bundan tashkari, shurolar davrida iste’molining 80 foizi import xisobidan ta’minlab kelingan mamlakatimiz uta kiska fursat ichida galla mustakilligiga erisha oldi. Natijada, galla etishtiriladigan maydonlar salkam ikki baravar yoki 703,6 ming gektarga, sugoriladigan erlarda esa bevosita 2,8 baravar yoki 875,6 ming gektarga oshdi. Paxta ekin maydonlari 268,1 ming gektarga kiskardi. Sugoriladigan erlarda kishlok xujaligi ekinlarini etishtirish ilmiy asoslangan parametrlarga yakinlashtirildi: ekin maydonlari tarkibida galla ekinining ulushi 40,6 foizga, paxta maydonining ulushi esa 43,6 foizga etkazildi. 

Uzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 20 oktyabrdagi “Ozik-ovkat ekinlari ekiladigan maydonlarni optimallashtirish va ularni etishtirishni kupaytirish chora-tadbirlari tugrisida”gi Farmoni mazkur jarayonni yana davom ettirishni nazarda tutadi. Unga binoan paxta etishtiriladigan maydonlar kiskartirilib, boshokli don ekinlari maydonini kariyb 50 ming gektarga, shuningdek, sabzavot, moyli usimliklar va boshka ozik-ovkat ekinlari maydonini yanada kengaytirish kuzda tutiladi.

Demografik jarayonlar xamda er-suv resurslari takchilligi yanada murakkablashib borayotgan bir sharoitda, xosildor ekin maydonlari tarkibining bozor munosabatlari talablaridan kelib chikib uzgartirilishi sabzavot, kartoshka maxsulotlari mikdorining kupayishi bilan bir katorda, don va dukkakli usimliklar, sabzavot, poliz, meva va uzum maxsulotlarining turlari xamda assortimenti kengayishiga asos bulib xizmat kildi.

Mustakillik sharofati bilan moyli ekinlarga bulgan munosabat ijobiy tomonga uzgardi. YA’ni, paxta yakkaxokimligi sharoitida ilgari mamlakatimizda etishtirilmagan yoki etarli e’tibor berilmagan kungabokar, saflor, soya va kand lavlagi kabi moyli ekinlar maydonlari sezilarli darajada kupaydi. Ushbu ekinlarni kayta ishlovchi maxsus ishlab chikarish korxonalari tashkil etildi.

Erishilgan natijalarni rakamlar bilan aytadigan bulsak, istiklol yillarida don maxsulotlarini etishtirish 5,3 baravar, kartoshka — 2,1 baravar, sabzavot, meva, uzum — 1,2 baravar, chorvachilik maxsulotlarini etishtirish urtacha 1,2—1,3 baravarga kupaydi.

Xukumatimiz tomonidan ishlab chikilgan va amalga oshirilgan siyosat natijasida don maxsulotlari importi 2,5 baravarga kiskardi, axoli jon boshiga don ishlab chikarish esa urtacha 1,9 baravarga oshdi.

Uzbekiston tashki savdo aylanmasining umumiy eksporti xajmida ozik-ovkat maxsulotlarining ulushi 1997 yilda atigi 3,2 foizni tashkil etgan bulib, 2007 yilda u 8,5 foizga etdi. Va aksincha, davlatning ozik-ovkat importiga karamlilik darajasi kiskarishi kuzatilmokda. YA’ni 1997 yilda ozik-ovkat maxsulotlari importi 12,5 foizni tashkil etgan bulsa, 2007 yilda mazkur kursatkich 7,9 foizga tushdi. Bunday natijaga nafakat meva, sabzavot-poliz, konserva kabi maxsulotlarni keng xajmda ishlab chikarilishi xisobiga, balki un-non, gusht va boshka maxsulotlar ishlab chikarish xisobiga xam erishildi.

Mamlakat agrar sektori ertapishar va kechpishar meva xamda sabzavot, poliz, yongok, pista-bodom kabi maxsulotlarni ishlab chikarishda katta saloxiyatga ega. Ular buyicha takliflar ichki talabdan yukori bulib, eksport xajmini oshirish uchun kulay imkoniyat yaratadi.

SHu bois, kishlok xujaligi ishlab chikarishi samaradorligini oshirish maksadida dexkon va fermer xujaliklari etishtirgan meva-sabzavot maxsulotlarini sotib olish, ichki va tashki bozorga olib chikish va kayta ishlashda kumak berishni tashkil etish maksadida fermerlarning agrofirma kabi ixtiyoriy uyushmalari yana kaytadan tashkil kilindi. Agrofirmalar xorijiy davlatlarga kishlok xujaligi maxsulotlarini eksport kilish xajmlarining kupayishiga muayyan xissa kushishmokda. Masalan, birgina 2007 yilning uzida mavjud 195 ta agrofirmaning 64 tasi yil davomida 6 ming tonnaga yakin maxsulot eksport kilishga erishdi.

Aloxida ta’kidlash lozimki, Uzbekiston nafakat xujaliklararo va agrosanoat kooperatsiyalari xisobiga ozik-ovkat xavfsizligini ta’minlamokda, balki u Xamdustlik davlatlari ozik-ovkat bozoriga xam uzining munosib xissasini kushib kelmokda.

Xukumatimiz agrar soxaning barkaror rivojlanishi uchun katta kumak berib kelmokda. Kishlok xujaligi maxsulotlari ishlab chikaruvchilarni davlat tomonidan kullab-kuvvatlanishi uz ichiga kuyidagi asosiy yunalishlarni oladi: kishlok xujaligi ishlab chikarishini rivojlantirishda yakka tartibdagi ishlab chikaruvchilar axamiyatini kuchaytirish; ularning xukuk va majburiyatlarini ximoya kilish; dexkon va fermer xujaliklariga samarali faoliyat olib borishlari uchun amaliy yordam berish; kichik va xususiy biznesning iktisodiy asoslarini mustaxkamlashda kullab-kuvvatlash; ularni axoli turmush tarzini oshirish va iktisodiy usishning muxim omiliga aylantirish; iste’mol bozorlarini kishlok xujaligi maxsulotlari bilan tuldirish va ulgurji savdo tizimini yanada rivojlantirish; mamlakat xududlarida import urnini bosuvchi maxsulotlar xajmini kupaytirish va eksportni davlat tomonidan kullab-kuvvatlash.

Xulosa kilib aytadigan bulsak, jaxonda iktisodiy va ozik-ovkat inkirozlari tobora chukurlashayotgan bir davrda mamlakatimizda ozik-ovkat xavfsizligini ta’minlash uchun etarli darajada chora-tadbirlar amalga oshirilmokda. Bunday agrar siyosat mamlakatimiz axolisi turmush darajasining oshishiga xizmat kilayapti.  




Yüklə 324,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə