«тасдиқлайман»


Rais: Rahmat. Marhamat, talabgor, rasmiy taqrizchi koʻrsatgan eʼtirozli fikrlariga javob berishingiz mumkin. Sаnoyeva Gulbar



Yüklə 289,15 Kb.
səhifə19/21
tarix19.05.2023
ölçüsü289,15 Kb.
#111505
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Seminar bayonnomasi Sanoyeva Gulbar (3)

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Rais
Rais: Rahmat. Marhamat, talabgor, rasmiy taqrizchi koʻrsatgan eʼtirozli fikrlariga javob berishingiz mumkin.
Sаnoyeva Gulbar: Avvalo, tadqiqot ishimizni diqqat bilan oʻqib, oʻz taqrizlarida fikr-mulohazalarini berganliklari uchun Nizomiy nomidagi TDPU “Ingiliz tili amaliy kursi” kafedrasi dotsenti.,p.f.f.d(PhD) Nodira Ahmedova Muxtorjonovnaga oʻz minnatdorchiligimni bildiraman. Dissertatsiya ishiga bildirilgan taklif va mulohazalar inobatga olindi va bartaraf etildi.
Rais: Endi norasmiy soʻzga chiqishlarga oʻtsak, marhamat pedagogika fanlari doktori, dotsent Mamarajabov Mirsalim Elmirzayevich:
Tatqiqotchi Sаnoyeva Gulbar Rizoqulovnaning dissertatsiya mavzusi haqiqatdan ham dolzarb, dissertatsiya mazmunli yozilgan, ishning maqsadi, asosan, oliy ta’limdagi fleshmoblardan foydalanishning texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqarishga qaratilgan va juda yaxshi maʼruza qildingiz. Dissertatsiya qiymatini oshiruvchi bir necha tavsiyalari taʼkidlab oʻtmoqchiman.

  1. Avtoreferatda obyekti, predmeti va usullari kiritilmagan.

  2. Dissertаtsiyaning birinchi bobida nazariy asoslar bo‘yicha kimlar ya’ni qaysi olimlar tomonidan ishlar qilinganligi keltirilmagan.

  3. Dissertatsiyaning uchinchi bobidagi tajriba sinovida umumiy statistikani to‘liq ko‘rib chiqish maqsadga muvofiq bo‘lardi.

  4. Avtoreferatda keltirilgan model to‘liq tahrirdan o‘tish kerak va ichki modellar bir biriga bog‘lanmagan.

Rais: Rahmat! Yana kimda qanday fikrlar bor? Marhamat pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent Panjiyev Qurbonniyoz Berdiyevich:

  1. Dissertatsiya mavzusi juda dolzarb va muhokamali muammo koʻtarilgan.Shu bilan bir qatorda dissertatsiya ishiga ayrim takliflarimmi taʼkidlab oʻtmoqchiman. Tadqiqot ishida keltirilgan rasmlar, jadvallar va ilovalarni OAK talablari asosida shakllantirish maqsadga muvofiq bo‘lardi.

  2. Xulosalar yuzasidan keltirilgan ilmiy tavsiyalarni kengaytirish tavsiya etiladi.

  3. Dissertatsiyada avtoreferatdagi ilmiy, lug‘aviy va stilistik xatoliklarni bartaraf etish lozim.

4. Model qaytadan koʻrib, mukammal holga keltirilishi maʼquldir.
Rais: Rahmat! Yana kimda qanday fikrlar bor? Onlayn qatnashuvchilardan soʻzga chiqadiganlar bormi? Demak, boshqa fikrlar boʻlmasa, oʻzim yakuniy fikrlarni bildiraman.
Dissertatsiya bilan tanishib chiqdim, mavzu dolzarb. Ish haqiqatdan dolzarb muammoga qaratilgan, katta koʻlamdagi ish amalga oshirilgan. Pedagogika ilmini rivojlantirishga katta xizmat koʻrsatishi aniq. Dissertatsiya va avtoreferatni qaytadan tahrirdan va OAK talablari asosida rasmiylashtirilishi, boblarning mazmunidagi ba’zi zarur bo‘lmagan jihatlarni ilova qismiga olish tavsiya etamiz maqsadga muvofiqdir. Xulosa qilib aytganda ish boʻyicha umumiy fikrim juda yaxshi. Xulosa qilib aytganda, ishni koʻrsatilgan kamchiliklarni bartaraf etib, himoyaga olib chiqilishga tavsiya qilinadi.
Shu fikrni qoʻl koʻtarib tasdiqlab berishingizni soʻraymiz, qarshilar bormi? Betaraflar bormi? Demak, endi rasmiy opponent va yetakchi tashkilotni belgilaymiz. Rasmiy opponentlar filologiya fanlari doktori, professor Jumaboyeva Jamila Sharipovna, pedagogika fanlari doktori, professor Xakimova Muhabbat Fayziyevna va yetakchi tashkilot sifatida Farg‘ona davlat universiteti tavsiya etilmoqda. Maʼqulmi?

Yüklə 289,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə