«тасдиқлайман»


Rais: Rahmat. Marhamat talabgor, rasmiy taqrizchi koʻrsatgan eʼtirozli fikrlariga javob berishingiz mumkin. Sаnoyeva Gulbar Rizoqulovna



Yüklə 289,15 Kb.
səhifə18/21
tarix19.05.2023
ölçüsü289,15 Kb.
#111505
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Seminar bayonnomasi Sanoyeva Gulbar (3)

Rais: Rahmat. Marhamat talabgor, rasmiy taqrizchi koʻrsatgan eʼtirozli fikrlariga javob berishingiz mumkin.
Sаnoyeva Gulbar Rizoqulovna: avvalo, ishimizni diqqat bilan oʻqib, oʻz taqrizlarini berganliklari uchun Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti “Innovatsion ta’lim ” kafedrasi mudiri pedagogika fanlari doktori, professor Muhabbat Fayziyevna Xakimovaga oʻz minnatdorchiligimni bildiraman. Dissertatsiya ishiga bildirilgan taklif va mulohazalar inobatga olindi va bartaraf etildi.
Rais: Soʻz taqrizchi Nizomiy nomidagi TDPU “Ingiliz tili amaliy kursi” kafedrasi dotsenti.,p.f.f.d(PhD) Nodira Ahmedova Muxtorjonovnaga, marhamat!
Respublikamizda amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar natijasida chet tillar o‘qituvchilarini tayyorlash tizimini xalqaro malaka talablari asosida tashkil etish va kredit-modulli texnologiyani joriy etish, HEMIS platformasi bo‘yicha ta’lim sifatini oshirish, elektron va mobil ta’limni jahon zamonaviy talablari asosida rivojlantirish, zamonaviy malaka talablariga asoslangan ta’lim jarayonlarini takomillashtirishning me’yoriy asoslari yaratildi va OTMlar uchun raqamli ta’lim resurslari fondini yaratish ishlari jadallik bilan davom etmoqda. Qator me’yoriy-xuquqiy hujjatlarda “chet tillar... kabi boshqa muhim va talab yuqori bo’lgan fanlarni chuqurlashtirilgan tarzda o’rganish, “yuksak bilimli va intellektual rivojlangan avlodni tarbiyalash, oliy ta’lim muassasalarida kompetentli ilmiy-pedagogik kadrlar zahirasini yaratish kabi ustuvor vazifalar belgilandi. Ushbu vazifalarning muvaffaqiyatli hal etilishi jarayonida intellektual bilimlar zahirasini puxta egallashga yo’naltirilgan ta’lim fleshmoblari orqali mutaxassislikka oid kompetensiyalarni rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari kengayadi. Shu ma’noda tadqiqotchi Sanoyeva Gulbar Rizoqulovna tomonidan tanlab olingan ushbu dissertatsiya mavzusi bugungi kun ta’lim tizimida, xususan oliy ta’lim tizimi uchun muayyan darajada xizmat qiladi.
Mazkur tadqiqot ishi respublika fan va texnologiyalarni rivojlantirishning I. “Axborotlashgan jamiyat va demokratik davlatni ijtimoiy, huquqiy, iqtisodiy, madaniy, ma’naviy-ma’rifiy rivojlantirishda, innovatsion g‘oyalar tizimini shakllantirish va ularni amalga oshirish yo‘llari” ustuvor yo‘nalishiga muvofiq bajarilgan.
Tadqiqotning maqsadi oliy ta’limdagi fleshmoblardan foydalanishning texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
Tadqiqotning vazifalariga quyidagilarni kiritish mumkin:
fleshmob texnologiyasini ta’lim jarayoniga tatbiq qilishning didaktik bosqichlarini aniqlash;
verbal muloqot doimiyligini oshirish asosida fleshmoblardan foydalanish samaradorligini takomillashtirish;
fleshmoblardan foydalanishning konseptual, indikativ modellarini tа’limiy texnologiyalargа ustuvorlik berish asosida takomillashtirish;
fleshmoblardan foydalanish bo‘yicha ishlab chiqilgan me’zonlar asosida didaktik tizimlar tarkibini takomillashtirish.
Shu ma’noda tadqiqotning ilmiy yangiligida quyidagilar aks etadi:
oliy ta’limda fleshmoblardan foydalanish texnologiyasi suhbatdoshining fikrlarini tinglashga ustivorlik berish, mohiyatini anglash, saralash va ingliz tilida shaxsiy pozisiyasini konstruktiv interpritatsiya qila olish ko‘nikmalarini oshirish samaradorligini ta’lim maqsadlariga transformatsiyalash asosida aniqlangan;
oliy ta’limda fleshmoblardan foydalanish samaradorligi talabalarning mustaqil ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirishning gnostik imkoniyatlari, raqamli texnologiyalardan foydalanish motivlari va verbal muloqot davomiyligini dinamik ravishda oshirish asosida takomillashtirilgan;
oliy ta’limda fleshmoblardan foydalanish modeli ingliz tili mashg‘ulotlarida axborotlarni jadal tarzda taqdim qilish, ijodiy-rivojlantiruvchi muhitni yaratish, yangi bilimlarga qiziqishni orttirish hamda talaba shaxsiga ta’sir etuvchi ichki va tashqi, endoterik va ekzoterik motivlarni aniqlash asosida takomillashtirilgan;
fleshmoblardan foydalanish texnologiyasini rivojlantirish mezonlari o‘zlashtirilgan bilimlarni hayotiy vaziyatlarga samarali qo‘llash, fanlararo qisqa va uzoq muddatdagi fleshmoblarga shaxsiy qadriyatli faoliyat algoritmini intensiv kiritish asosida takomillashtirilgan;
Dissertatsiya mavzusi bo‘yicha jami 12 ta ilmiy ish nashr etilgan. Doktorlik dissertatsiyalarining asosiy ilmiy natijalarini nashr etish uchun O’zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan tavsiya etilgan ilmiy nashrlarda 4 ta maqola, shulardan 2 tasi respublika, 2 tasi xorijiy jurnallarda chop etilgan.
Dissertatsiya kirish, uch bob, 9 paragraf, boblar yuzasidan xulosalar, umumiy xulosa, foydalanilgan adabiyotlar va ilovalardan iborat bo‘lib, ishning asosiy matni 120 sahifani tashkil etadi.
Dissertatsiyaning birinchi bobi "Oliy ta’limda innovatsion texnologiyalardan foydalanishning nazariy-konseptual asoslari" deb nomlangan bo’lib, mazkur bobda fleshmob texnologiyalarining mohiyati, ularni ta’lim jarayonida qo’llash ijtimoiy pedagogik zaruriyati, shuningdek, ta’lim jarayonida fleshmob texnologiyasidan foydalanishning mavjud holati tahlil etilgan, yangilanayotgan O‘zbekistonda ta’lim jarayoniga, xususan chet tillardan biri-ingliz tilini o’zlashtirishga yangicha nigoh, yangicha nazar tashlash zaruriyati yuzaga kelganligi ilmiy jihatdan asoslab berilgan.
Ta’kidlash joizki, ta’limiy fleshmoblarda talabalarni faollashtirish va diqqatini jamlash maqsadida muayyan so‘z va iboralar qo‘llaniladi. O‘qituvchi uzundan uzoq jumlalar, murakkab so‘z birikmalari, qiyin iboralarni ishlatmasdan, aynan shunga talabalarni ham tayyorlaydi. Fleshmoblarda nutq aniq, jonli, emotsional - obrazli, talaffuzi jihatidan erkin ifodali, his - hayajonli bo’lib, unda stilistik, grammatik, fonetik nuqsonlar uchramasligi lozim.
Fleshmob texnologiyasini didaktik jarayonga tatbiq qilar ekan, o‘qituvchi talabalarni fikrlash faoliyatiga yo‘naltirib, o‘quv materialini ongli ravishda o’zlashtirishga erishishiga zamin hozirlaydi. O‘qituvchi talabaning bilish faoliyatini tashkil qilish yo’lida, u ta’lim jarayonida uch maqsadni amalga oshirishi lozim. Bu maqsadlar o’qituvchi va o’quvchilar faoliyatini birlashtiradi.
Fleshmob texnologiyalarini ta’lim jarayoniga tatbiq etishda o’qituvchi talabalarning qadriyatli kasbiy tarbiya tizimiga: kasbiy xulq-atvor (kasb axloqi); kasb madaniyati; kasb burchi va mas’uliyati; kasbiy bilimdonlik; kasbiy tayyorgarlik; kasbiy o‘z-o‘zini tarbiyalash; kasbning sharafli va jamiyat rivojida tutgan o’rni hamda kasbiy g’oyani anglab yetish; kasbiy qadriyatlar; kasb sifatlari; kasb fazilatlari; kasbiy erkinlik; kasbiy qiyinchiliklarni yengib o‘tish; kasbiy raqobatbardoshlik; kasbiy faollik, kasbga sodiqlik kabilarga alohida e’tibor berishi zarur. Talabalarda qadriyatli motivatsiyani rivojlantirishda talabalarning kasbiy malakalarini shakllantirishga yo’naltirilgan chet til o’rgatishning mohiyati qo‘shimcha kasbiy bilimlarni olish va kasbiy ahamiyatli shaxsiy sifatlarni shakllantirish maqsadida maxsus fanlar bilan integratsiyalashuvidan iborat holda qaraladi va bu jarayonga innovatsiyalarni kiritish muhim bo’lib hisoblanadi.
Dissertatsiyaning ikkinchi bobi “Fleshmoblardan foydalanishning tashkiliy-didaktik mexanizmlari” deb nomlanadi. Unda fleshmob texnologiyalari asosida talabalar uchun qulay, erkin, hissiy ko’tarinkilik muhitini yaratish, ingliz tilidan mashg‘ulotlar uchun zarur didaktik, kognitiv, vizual vositalarni oldindan tayyorlab, talabalarning motivatsiyali faoliyatini boshqarish masalalariga e’tibor qaratilgan. Shuningdek, bobda fleshmob texnologiyalari orqali talabalarda mustaqil fikrlash va kommunikativlikni rivojlantirishga yo’naltirilgan mexanizmni tashkil etish masalalari o’z aksini topgan.
Dissertatsiyaning asosiy mazmuni hisoblangan mazkur bobda fleshmoblardan foydalanish mexanizmi, uning tarkibiy qismlari shuningdek, tadqiqot uchun tavsiya etilgan pedagogik-didaktik model aks etilgan bo’lib, uning ustuvor mexanizmlari keng yoritib berilgan. Shu bilan birgalikda bobda talabalarda qadriyatli, faoliyatli motivatsiyani rivojlantirishda fleshmoblardan foydalanish modeli mohiyati yoritilgan bo’lib, ushbu andoza asosida talabalarning bilim o’zlashtirish usullari, vositalarini tanlash, o’quv faoliyatini boshqarish usullarini o’rganish, subyektning o’ziga, shaxsiy faoliyatiga va bilimiga baho berish, o’zgalarning u haqidagi fikrlari va ular o’rtasidagi hamkorlik faoliyatiga oid munosabatlarni baholash kabi ko’nikmalarni shakllantirishga ustuvorlik berilgan.
Talabalarda faoliyatli motivatsiyani rivojlantirishda fleshmoblardan foydalanish texnologiyasi va uning samaradorligi” deb nomlangan uchinchi bobda talabalarda mustaqil fikrlashga yo’naltirilgan fleshmoblardan foydalanish mazmuni, o‘tkazilgan pedagogik tajriba-sinov ishlari, ishlab chiqilgan metodika o‘z aksini topgan.
Tajriba-sinov ishlari 2019-2020, 2020-2021, 2021-2022 o’quv yillarida Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti, Navoiy davlat pedagogika instituti hamda Jizzax davlat pedagogika universitetlarida xorijiy tillar fakultetlari (ingliz tili yo’nalishi)da olib borildi. Tajriba-sinov ishlariga jami 603 nafar talabalar jalb qilingan. 2019-2022 yillarda o‘tkazilgan tajriba-sinov ishlarida talabalarda mustaqil fikrlashga yo’naltirilgan fleshmoblardan foydalanish samarali ekanligi aniqlangan.
Tadqiqot ishlarining amalga oshirganlik bo‘yicha umumiy samaradorlik ko’rsatkichi 1.13 barobariga yuqori ekanligini, hozirgi kunda tadqiqot ishi borasida samarali ishlar amalga oshirganligidan dalolat beradi.
Tadqiqot ishi bo‘yicha, boblar yuzasidan xulosalar va umumiy xulosa va tavsyailar ishlab chiqilgan va dissertatsiya va avtoreferatda o‘z aksini topgan.
Yuqorida bildirilgan ijobiy fikrlar bilan birgalikda mulohazali taklif va kamchiliklar mavjud bo’lib, tadqiqotchi tomonidan e’tiborga olinsa maqsadga muvofiq bo’lar edi:

  1. Muammoni o’rganilganlik darajasini qayta tahrir talab etiladi. Boshqa avtoreferatlarni ko‘ring Chet til bo‘yicha oxirgi himoya qilgan olimlar ishini ham o‘rganish maqsadga muvofiq.

  2. 1.1 paragraf nomini o‘zgartirish talab etiladi chunki 1.1 paragrafda hech qanday pedagogik shart-sharoit ko‘rmadim, bu paragraf ko‘proq fleshmoblardan foydalanishning hozirgi holatiga to‘g‘ri keladi lekin shunda ham DTS bilan malaka talablar va dasturlar tahlili kiritilishi lozim shunda yanayam yuqorida aytib o‘tilgan fleshmoblardan foydalanishning hozirgi holati deb nomlanishi dolzarblashadi.

  3. Dissertatsiyaning 33-34 betlaridagi kasbiy kompetensiya tarkibiy qismlari sizning ishingizga bog‘liqli joyini ko‘rmadim bu kompetensiya tarkibiy qismlari pedagogikada bor narsa qaysi biri sizni ishingizni rivojlanishiga hissa qushgan shuni batafsilroq yoritsangiz. Izoh yo‘q, albatta tarkibiy qismlar keltirildimi ular haqida tahlil ham zarur.

  4. 1.2 Talabalarda qadriyatli motivatsiyani rivojlantirishda fleshmoblardan foydalanish dolzarb ijtimoiy-pedagogik muammo sifatida deb nomlangan paragrafda olimlar fikri kengroq yoritilishi kerak. Olimlar fikri berilgan yetarli emas va ushbu berilgan olimlar fikri ko’proq chet tili bn bog’liq fleshmoblar bo‘yicha birorta olimlar fikrini ko’rmadim. Fleshmoblardan foydalanish dolzarb ijtimoiy-pedagogik muammo sifatida deb nomlangandan keyin uning o’rganilganlik darajasini ko’rsatish lozim. 1.2 paragrafni 1.1 ga olib o’tish lozim

  5. 1.3.Fleshmoblardan foydalanishning ilmiy-konseptual tahlili va amaliy-pragmatik mexanizmlari deb nomlangan paragrafda ko’proq xorijiy til yoritigan paragraf nomi bo‘yicha ma’lumot yetarli emas agar mexanizm yetarli yoritilsa ishning dolzarbligi oshardi. Barcha rasm va jadvallar raqamlanishi noto’g’ri. 50 betda rasm nomlangandan keyingi jumla noto’g’ri boshlangan.

  6. 2.1 paragraf nomiga munosib tizimlashtirilmagan. Darsliklar, dasturlar DTS lar tahlili keltirilgan didaktik xususiyatlar yetarli yoritilmagan. 61-62-63-64-65-66-67-68 betdagi ishlanmalar 3.1 ga o‘tkazilsa maqsadga muvofiq bo’lardi. 69-70-71 betlar metodlar bo’yicha topshiriqlar pedagogik shart-sharoitda berilsa maqsadga muvofiq bo’lardi.

  7. Oliy ta’limda fleshmoblardan foydalanish shart-sharoitlari deb nomlangan 2.2 paragrafni Oliy ta’limda fleshmoblardan foydalanish pedagogik shart-sharoitlar deb nomlansa maqsadga muvofiq bo’lardi va qo’shimcha sifatida ushbu paragrafga pedagogik shart sharoit deb nomlangandan so’ng vositalar, metodlar va shakllar kengroq yoritilishi lozim.

  8. Talabalarda qadriyatli, faoliyatli motivatsiyani rivojlantirishda fleshmoblardan foydalanish modeli deb nomlangan 2.3 paragrafda model berilgan lekin modeldan oldin u haqida nazariy tushuncha yo‘q osmondan tushganday bo‘lib qolgan nazariy tushuncha qo‘shilib bog‘liqlik bo‘lsa maqsadga mufoviq bo‘lardi. Model sxemasidan keyin ham model yuzasidan tushuntish olib borilmagan.

  9. 3.1 paragraf nomi noto‘g’ri berilgan va 5 betdan iborat bu juda kam. 3.1 bilan 3.2 paragrafni birlashtirish lozim. 3.1 paragrafdagi 112-113-114-115 betlardagi testlarni ilovaga olib o‘tilishi kerak.

  10. Umumiy xulosalarni yangilikdan va paragraflardan kelib chiqib qayta korrektirovka talab etiladi.

Ta’kidlab o’tganimizdek, tadqiqotchi Sanoyeva Gulbar Rizoqulovna tomonidan olib borilgan tadqiqot ishidagi bu kamchiliklar ishning ilmiy mazmuniga ta’sir etmaydi, lekin e’tiborga olinsa foydadan xoli emas.
G.R.Sanoyeva tomonidan taqdim etilgan dissertatsiya ishi yakunlangan, mustaqil ilmiy tadqiqot ishi bo’lib, pedagogika nazariyasi, pedagogik ta'limotlar tarixi sohasidagi muhim ahamiyatga ega bo’lgan muammolardan birini yechilishiga xizmat qiladi. Ilmiy tadqiqot ishi muallifning yetarli darajadagi ilmiy-nazariy salohiyatga ega ekanligini tasdiqlaydi. Dissertatsiya mustaqil tadqiqot sifatida ilmiy jihatdan yakunlangan va tadqiqot avvalida qo’yilgan ilmiy faraz o’z isbotini topgan.
Dissertant Sanoyeva Gulbar Rizoqulovnaning “Oliy ta’limda fleshmoblardan foydalanish texnologiyasi” (ingliz tili o‘quv mashg‘ulotlari misolida)” mavzusidagi 13.00.01Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta'limotlar tarixi ixtisosligi bo‘yicha pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasini keyingi bosqichlarga kamchiliklarni bartaraf etish bilan tavsiya etish mumkin.

Yüklə 289,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə