«тасдиқлайман»


Ovozlar: Yigʻilish ochilsin! Rais



Yüklə 289,15 Kb.
səhifə2/21
tarix19.05.2023
ölçüsü289,15 Kb.
#111505
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Seminar bayonnomasi Sanoyeva Gulbar (3)

Ovozlar: Yigʻilish ochilsin!
Rais: Ilmiy seminar yigʻilishini ochish toʻgʻrisida taklif tushdi. Uni ovozga qoʻyaman. Marhamat, tarafdorlar, qarshilar – yoʻq, betaraflar – yoʻq. Demak, Ilmiy seminar yigʻilishi ochiq deb eʼlon qilinadi.
Rais: Kun tartibida Sanoyeva Gulbar Rizoqulovnaning 13.00.01 Pedagogika nazariyasi. Pedagogika ta'limotlar tarixi ixtisosligi bo'yicha "Oliy ta’limda fleshmoblardan foydalanish texnologiyasi (ingliz tili o'quv mashg‘ulotlari misolida)" mavzusidagi pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi muhokamasi. .
Kun tartibi boʻyicha qanday takliflar bor?
Seminar aʼzolari: Tasdiqlansin.
Rais: Kun tartibini tasdiqlash haqidagi taklifni ovozga qoʻyaman. tarafdorlar, qarshilar – yoʻq, betaraflar – yoʻq. Kun tartibidagi masalani koʻrib chiqishga oʻtamiz.
Rais: Dissertatsiya mavzusi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy Attestatsiya Komissiyasi byulletenining 2022-yil 2-sonida B2022.2.PhD/Ped3441 raqam bilan roʻyxatga olingan.
Dissertatsiya Toshkent davlat pedagogika universitetida bajarilgan.
Ilmiy rahbar: Shaxzoda Abdullayeva Abdullayevna  , pedagogika fanlari doktori, professor.
Taqrizchilar: pedagogika fanlari doktori, professor Muhabbat Fayziyevna Xakimova, pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) dotsent Nodira Ahmedova Muxtorjonovna
Rais: Talabgorning shaxsiy hujjatlariga doir materiallar bilan tanishtirish uchun soʻz ilmiy kotib, pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori, dotsent v.b. Pulatova Durdona Ravshanovna.
Ilmiy kotib: Talabgorning shaxsiy hujjatlari OAK talablari darajasida rasmiylashtirilgan.
Sаnoyeva Gulbar Rizoqulovna 1986 yil 28 apreldа Buxoro viloyati shofirkon tumanida ziyoli oilada tavallud topgan.
Мillati – o'zbеk. Oilali. 1 nafar farzandi bor.
1992-2003 yillardа Buxoro viloyati Shofirkon tumanida 5- umumiy o'rta
ta'lim maktabini a'lo baholarda o'qigan.
2003-2007-yillarda Navoiy Davlat Pedogogika Instituti Xorijiy tillar fakultetini muvaffaqiyatli tugatgan.
2006 yil o'qish davomida O'zbekiston Respublikasi talabalari uchun ta'sis etilgan Navoiy nomidagi davlat stipendiyasi g'olibi bo'lgan.
2007-2009 yillarda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti ingliz tili va adabiyoti yo'nalishi bo'yicha magistraturani imtiyozli tamomlagan.
2009 -2012 yillar Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti mustaqil tadqiqotchisi bo'lgan.
2008-2010 yillar Qibray Moliya Iqtisodiyot kolleji "Tillar" kafedrasi o'qituvchisi lavozimida;
2010-2012 yillar Abdulla Qodiriy nomidagi Toshkent davlat madaniyat instituti "Tillar" kafedrasi o'qituvchisi lavozimida;
2012-2013 yillar Toshkent davlat Agrar Universiteti "Xorijiy tiillar "kafedrasi assistenti lavozimida;
2013-yildan hozirgi kunga qadar Jizzax Politexnika Instituti "Xorijiy tillar" kafedrasi katta o'qituvchisi lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.
Gulbar Rizoqulovnaning 30 dan ortiq ilmiy ishlari Respublika va Xorijiy jurnallarda nashr etilgan bo’lib, 5 dan ziyod o'quv uslubiy qo‘llanma va 2 ta o'quv qo'llanma muallifidir.
O'zbekiston Respublikasi OAK tomonidan falsafa doktori (PhD) dissertatsiyalari asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlarda 8ta maqola, jumladan, 4 ta respublika va 4 tasi xorijiy jurnallarda chop etilgan.
Himoya uchun tayyorlangan barcha hujjatlar O'zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi talablari asosida rasmiylashtirilgan.
Himoya uchun tayorlangan barcha xujjatlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi talablari asosida rasmiylashtirilgan.
Himoya uchun tayyorlangan barcha hujjatlar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi talablari asosida rasmiylashtirilgan.

Yüklə 289,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə