«тасдиқлайман»



Yüklə 289,15 Kb.
səhifə9/21
tarix19.05.2023
ölçüsü289,15 Kb.
#111505
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   21
Seminar bayonnomasi Sanoyeva Gulbar (3)

Ta’lim fleshmoblari - bu oldindan rejalashtirilgan o‘qitish aksiyasi bo‘lib, unda talabalarning katta guruhi loyihalashtirilishi lozim bo‘lgan, oldindan belgilangan o‘quv harakatlarini bajaradi. Fleshmob aqlli mobning bir turi.
Martmob - raqamli texnologiyalar bilan bog‘liq, muloqot qilish qobiliyatlarini rivojlantirishga mo‘ljallangan “aqlli tizimlar” faoliyati. Ushbu konsepsiyani Govard Reynxold o‘zining 2002 yilda "Aqlli to‘dalar: Keyingi ijtimoiy inqilob" kitobida taqdim etgan.
Dunyo miqyosida til o‘rganishni Fleshmob texnologiyasi orqali egallash zaruratining oshishi, talabalarda ingliz tilida so‘zlashuv texnikasini rivojlantirish zaruratini ko‘rsatmoqda.
Hozirgi davrda sodir bo‘layotgan innovatsion jarayonlarda ta’lim tizimi oldidagi muammolarni hal etish uchun yangi axborotni o‘zlashtirish va o‘zlashtirgan bilimlarini o‘zlari tomonidan baholashga qodir, zarur qarorlar qabul qiluvchi, mustaqil va erkin fikrlaydigan shaxslar kerak. Shuning uchun ham, bugungi kundagi oliy ta’lim tizimidagi pedagogik jarayonning bosh xususiyatlardan biri uning raqamlashtirilishi bilan belgilanadi.
Ingliz tilini o‘qitishda o‘zga tildagi nutq faoliyati turlari (tinglab tushunish, gapirish, o‘qish, yozuv)ni egallash nazarda tutiladi, ya’ni o‘zgalar fikrini idrok etib tushunish va o‘z fikrini og‘zaki va yozma ifodalash haqida so‘z yuritilmoqda. Demak, ta’limiy fleshmoblar orqali tayyorlanayotgan kadrlarning kommunikativ qobiliyatlari, so‘zlashuv madaniyatini rivojlantirish, ularda kirishimlilik, empatiyaga moyillik kabi sifatlarni tarkib toptirish muhim ahamiyat kasb etadi va bo‘lajak mutaxasisslarning kasbiy professiogrammasida tayanch komponentlardan bo‘lib hisoblanadi.
Ingliz tilini o‘qitishda samarali pedagogik metodlardan foydalanish, xorijiy tillarni o‘rganishning o‘ziga xos jihatlari, psixologik mohiyati, ingliz tiliga asoslangan muloqot jarayonini tashkil etish omillari, yo‘llari, metodik ta'minoti masalalari O.A. Dolgina, A.Yu. Malofeev, R.P. Milrud, N.N. Naydenova, R.S. Nemov, N.D. Galskova kabi olimlar tomonidan tadqiq etilgan. J.J.Jalolov, T.K.Sattarov, G‘.T. Maxkamova kabi olimlar talabalarda kommunikativ kompetensiyalarni shakllantirish, bo‘lajak chet tili o‘qituvchilarining sotsiolingvistik malakalarini rivojlantirish muammolarini tadqiq qilishgan. Biroq, ta'limiy fleshmoblardan foydalanib, ingliz tili mashg‘ulotlarini tashkil etish masalalari alohida tadqiqot predmeti sifatida o‘rganilmagan.
Ta’limiy fleshmoblarda talabalarni faollashtirish va diqqatini jamlash maqsadida muayyan so‘z va iboralar qo‘llaniladi. O‘qituvchi uzundan uzoq jumlalar, murakkab so‘z birikmalari, qiyin iboralarni ishlatmasdan, aynan shunga talabalarni ham tayyorlaydi.
Fleshmoblarda nutq aniq, jonli, emotsional - obrazli, talaffuzi jihatidan erkin ifodali, his - hayajonli bo‘lib, unda stilistik, grammatik, fonetik nuqsonlar uchramasligi lozim.
Rivojlangan mamlakatlar - AQSH, Buyuk Britaniya, Germaniya, Xitoy kabilarda ta’lim tizimida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va vositalarining rivoji zamirida ta’lim iste’molchilari tomonidan ta’limiy fleshbomlardan foydalanish orqali tillarni o‘zlashtirish shakllariga bo‘lgan ehtiyoj oshib bormoqda hamda bu yo‘nalishda keng qamrovli tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Mamlakatimizda ham yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashning qator ustuvor vazifalari belgilab berildi. Binobarin, tarbiya va o‘qitish usullari, axborot - kommunikatsiya texnologiyalari hamda xorijiy tillarni puxta o‘zlashtirish, “ta’lim jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llash ko‘nikmalariga ega professional pedagog kadrlar tayyorlash muhim masala ekanligi belgilab berildi”.
Didaktik fleshmoblar ta’lim oluvchilarning o‘quv faoliyatida va kundalik hayotidagi vaziyatli muloqotlarda, kelgusidagi kasbiy faoliyatlarida faol ishtirok etishdagi zaruriy ko‘nikma va malakalarini rivojlantirishni nazarda tutadi.Bunda o‘quv motivatsiyasi muhim rol o‘ynaydi.
Talabalarning ingliz tilini o‘zlashtirishlarida motivlar xohish-istaklar rivojlangan bo‘lishi kerak.
Fleshmob texnologiyasini didaktik jarayonga tatbiq qilar ekan, o‘qituvchi talabalarni fikrlash faoliyatiga yo‘naltirib, o‘quv materialini ongli ravishda o‘zlashtirishga erishishiga zamin hozirlaydi. O‘qituvchi talabaning bilish faoliyatini tashkil qilish yo‘lida, u ta’lim jarayonida uch maqsadni amalga oshirishi lozim. Bu maqsadlar o‘qituvchi va o‘quvchilar faoliyatini birlashtiradi.

Yüklə 289,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə