«тасдиқлайман»


Tadqiqotning amaliy natijalari



Yüklə 289,15 Kb.
səhifə6/21
tarix19.05.2023
ölçüsü289,15 Kb.
#111505
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Seminar bayonnomasi Sanoyeva Gulbar (3)

Tadqiqotning amaliy natijalari quyidagilardan iborat:
Mazkur tadqiqot quyidagi jihatlari bilan ilmiy va amaliy ahamiyat kasb etadi:
oliy ta’limdagi ingliz tili o‘quv mashg‘ulotlarida fleshmoblardan foydalanishning pedagogik asoslari yaratilgan va intellektual mulk sifatida e’tirof etilgan (O‘zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi, № DGU 342233, 2022); mazkur ishlanma ta’lim oluvchilarning ingliz tilidagi iboralarni o‘zlashtirib olishlariga, natijada, ularning so‘z boyligini oshirishga, kelgusi kasbiy faoliyati uchun zarur bo‘lgan kompetensiyalarini rivojlantirishga, ta’limda chet tillarni o‘rganishning amaliy faoliyatiga tegishli huquqiy me’yoriy hujjatlarda belgilangan vazifalarni hal etish mexanizmlarini takomillashtirishga xizmat qilgan;
“Ta’limda fleshmoblardan foydalanish” nomli o‘quv-metodik qo‘llanma yaratilgan (O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirligi huzuridagi intellektual mulk agentligi, № DGU 10187, 2022). Uning tadqiqot natijasi sifatidagi amaliy ahamiyati talabalarning mingga yaqin inglizcha atama va tushunchalarning o‘zbekcha tarjima va izohlarini o‘zlashtirish orqali so‘z boyligini oshirishga xizmat qilgan;
mutaxassislik fanlari modullarining mazmuni fleshmoblardan foydalanish orqali takomillashtirilgan; ular samaradorligini oshirish imkoniyatlari innovatsion ta’lim texnologiyalari asosida aniqlangan;
soha yo‘nalishi ixtisoslik fanlarining tuzilmaviy tarkibi, jumladan, mavzularga dahldor lingvistik matnlar, lisoniy mashqlar va amaliy topshiriqlar ishlab chiqilgan.
Tadqiqot natijalarining ishonchliligi. Qo‘lga kiritilgan natijalarga tizimli yondashilganligi, insonparvarlik tamoyilariga tayanilgan shaxsga yo‘naltirilgan, faoliyatli yondashuvlariga tayanilganligi, falsafa, psixologiya, sotsiologiyaga oid bilimlarga asoslanilganligi, pedagogik tadqiqotning empirik va nazariy usullari majmuini qo‘llanilganligi, tajriba-sinov ishlari samaradorligi matematik-statistik tahlil metodlari vositasida aniqlanganligi, xulosa, taklif va tavsiyalarning amaliyotga joriy etilganligi vakolatli tashkilotlar tomonidan tasdiqlanganligi bilan izohlanadi.

Yüklə 289,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə