«тасдиқлайман»


Tadqiqotning respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining ustuvor yo‘nalishlariga mosligi



Yüklə 289,15 Kb.
səhifə4/21
tarix19.05.2023
ölçüsü289,15 Kb.
#111505
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Seminar bayonnomasi Sanoyeva Gulbar (3)

Tadqiqotning respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining ustuvor yo‘nalishlariga mosligi. Mazkur tadqiqot ishi respublika fan va texnologiyalarni rivojlantirishning I. “Axborotlashgan jamiyat va demokratik davlatni ijtimoiy, huquqiy, iqtisodiy, madaniy, ma’naviy-ma’rifiy rivojlantirishda, innovatsion g‘oyalar tizimini shakllantirish va ularni amalga oshirish yo‘llari” ustuvor yo‘nalishiga muvofiq bajarilgan.
Muammoning o‘rganilganlik darajasi. Respublikamizda uzluksiz ta’limning turli bosqichlarida chet tillarini o‘qitish J.Jalolov, G.Mahkamova, G.Bakiyeva, K.Riskulova, G.Azizova, M.Yusupova, J.Bo‘ronov, I.Tuxtasinov, D.Hoshimova, E.Erkayev, X.Yusupova, T.Sattorov, M.Ruzmetova, G.Pirmanova, F.Rashidova, F.Ibragimovalar tomonidan tadqiq etilgan.
Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH)dan ingliz tili o‘qituvchilarining pedagogik faoliyatlarini turli innovatsion metodlar vositasida tashkil etish R.S.Arefeev, N.I.Arshinova, S.A.Balandin, S.N.Belakon, L.A.Borxodoev, M.V.Seliverstova, N.A.Suxova, O.I.Xalupo, E.N.Pikeeva, I.V.Robert, I.V.Chernetskaya, A.A.Yarulov, I.O.Dolgina, L.I.Skvorsov ishlarida tadqiq qilingan.
Xorijlik olimlardan H.Sweet, J.Dewey, L.Driscoll, G.Lozanov, E.Gateva, M.Berlitz, M.West, D.Bohlkelar ishlarida tahsil oluvchilarning o‘quv, biluv, faoliyatini tashkil qilish, til aspektlarini u yoki, bu jihatlarini o‘rganish, ta’lim jarayonini interfaol, dialogli muhit asosida tuzishga yo‘naltirish bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borilgan.
Dissertatsiya tadqiqotining dissertatsiya bajarilgan oliy ta’lim yoki ilmiy-tadqiqot muassasasining ilmiy-tadqiqot ishlari rejalari bilan bog‘liqligi Dissertatsiya tadqiqoti Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy tadqiqot rejasining PZ-20170923121 raqamli “ta’lim muassasalarida hamkorlik asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” nomli amaliy loyiha doirasida bajarilgan. (2017-2020 yy).
Tadqiqotning maqsadi oliy ta’limdagi fleshmoblardan foydalanishning texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.

Yüklə 289,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə