«тасдиқлайман»


Rais: Hujjatlar yuzasidan ilmiy kotibga yoki talabgorga savollar bormi? Seminar aʼzolari



Yüklə 289,15 Kb.
səhifə3/21
tarix19.05.2023
ölçüsü289,15 Kb.
#111505
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Seminar bayonnomasi Sanoyeva Gulbar (3)

Rais: Hujjatlar yuzasidan ilmiy kotibga yoki talabgorga savollar bormi?
Seminar aʼzolari: Yoʻq.
Rais: Rahmat. Dissertatsiyaning asosiy mazmuni va olingan natijalarini bayon qilish uchun soʻz talabgor Sаnoyeva Gulbar Rizoqulovna ga beriladi. Reglament 20 daqiqa. Marhamat!
Sаnoyeva Gulbar :Assalomu alaykum, hurmatli Ilmiy seminar raisi va seminar aʼzolari, mehmonlar! Aziz hamkasblar! Sizning eʼtiboringizga “Oliy ta’limda fleshmoblardan foydalanish texnologiyasi (ingliz tili o’quv mashg‘ulotlari misolida)” mavzusidagi pedagogika fanlari falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyaning qisqacha mazmunini havola qilaman.
Jahon ta’limi va tadqiqot muassasalarida o‘qitishni yangi strategiyalarga moslashtirish, zamonaviy va istiqbolli mehnat bozori talablarini diversifikatsiyalash, ta’limiy axborot infrastrukturasi bazasini kasbiy faoliyatga aloqador parametrlar doirasida rivojlantirish, ta’lim oluvchilarning samarali bilim egallashlari va sifatli o‘quv-biluv faoliyati uchun zarur bo‘lgan didaktik tayyorgarligini shakllantirishning nazariy asoslarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-tadqiqotlar olib borilmoqda. YUNESKOning “Oliy ta’limni isloh qilish va rivojlantirish” dasturiy hujjati; BMTning “XXI asrda oliy ta’lim: yondashuv va amaliy choralar” Butunjahon deklaratsiyasi; Yevropa OTM ta’lim sifatining bir xilligini ta’minlash maqsadida qabul qilingan Bolonya deklaratsiyasi; bo‘lajak chet til mutaxassislarini, kredit-modulli ta’lim tizimini takomillashtirish, zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida o‘qitishning jahon ta’limi andozalariga mos eng ilg‘or uslublarini joriy etish, ta’limni raqamlashtirish muhitida oliy ta’limda fleshbomlardan foydalanish bo‘yicha yirik loyihalarni amalga oshirishda tizimli ishlar olib borilmoqda.
Jahon akademik muhitida o‘qitish modellarini texnologik taraqqiyot g‘oyalari bilan uyg‘unlashtirish, xususan, innovatsion ta’lim texnologiyalari va pedagogik modellardan foydalanish, “ta’lim jarayonlarini raqamli texnologiyalar asosida individuallashtirish, masofaviy ta’lim xizmatlarini rivojlantirish”1, bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarini CEFR (Common European Framework of Reference for Language) malaka talablari asosida tayyorlash, ularning lingvistik bilim, malaka va ko‘nikmalarini rivojlantirish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarga alohida e’tibor berilmoqda.
Respublikamizda amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar natijasida chet tillar o‘qituvchilarini tayyorlash tizimini xalqaro malaka talablari asosida tashkil etish va kredit-modulli texnologiyani joriy etish, HEMIS platformasi bo‘yicha ta’lim sifatini oshirish, elektron va mobil ta’limni jahon zamonaviy talablari asosida rivojlantirish, zamonaviy malaka talablariga asoslangan ta’lim jarayonlarini takomillashtirishning me’yoriy asoslari yaratildi va OTMlar uchun raqamli ta’lim resurslari fondini yaratish ishlari jadallik bilan davom etmoqda. Qator me’yoriy-xuquqiy hujjatlarda “chet tillar... kabi boshqa muhim va talab yuqori bo‘lgan fanlarni chuqurlashtirilgan tarzda o‘rganish”, “yuksak bilimli va intellektual rivojlangan avlodni tarbiyalash, oliy ta’lim muassasalarida kompetentli ilmiy-pedagogik kadrlar zahirasini yaratish”2 kabi ustuvor vazifalar belgilandi. Ushbu vazifalarning muvaffaqiyatli hal etilishi jarayonida intellektual bilimlar zahirasini puxta egallashga yo‘naltirilgan ta’lim fleshmoblari orqali mutaxassislikka oid kompetensiyalarni rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari kengayadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil “Chet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-1875-son, 2018 yil “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish to‘g‘risida” PQ-2019-son, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30 iyundagi “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish to‘g‘risida” PF-5106-son , 2019-yil 8 oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” PF-5847-son, 2022 yil 28 yanvardagi “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida” PF-60-son Farmonlari, 2020 yil PQ-4699-son “Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”, 2020 yil PQ-4623-son “Pedagogik ta’lim sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”, 2020-yil PF - 6079-son “Raqamli O‘zbekiston - 30” dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”, 2020-yil PF-6097-son “Ilm-fanni 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”, 2021-yil PQ-5117-son “O‘zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirishni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida” farmon va qarorlari3,  shuningdek, mazkur faoliyatga tegishli boshqa huquqiy-me’yoriy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirish mexanizmlarini takomillashtirishga ushbu dissertatsiya muayyan darajada xizmat qiladi.

Yüklə 289,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə