«тасдиқлайман»


Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati



Yüklə 289,15 Kb.
səhifə7/21
tarix19.05.2023
ölçüsü289,15 Kb.
#111505
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   21
Seminar bayonnomasi Sanoyeva Gulbar (3)

Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati Tadqiqot natijalarining ilmiy ahamiyati oliy ta’limdagi ingliz tili o‘quv mashg‘ulotlarida fleshmoblardan foydalanishga mo‘ljallangan metodik tavsiyalar ishlab chiqilib, bo‘lajak mutaxassislar orasida ingliz tilidagi nutq kompetensiyalarining uslubiy yondashuvlari va pedagogik shartlarini takomillashtirishga qaratilganligi bilan izohlanadi.
Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati nazariy tahlillar natijasida olingan materiallardan Ta’limda fleshmoblardan foydalanish” nomli elektron trenajyor ishlab chiqilganligi, bo‘lajak mutaxassislarning kasbiy malakalarini rivojlantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan modeldan talabalarni boshqa yo‘nalishlarda o‘qitishda ham foydalanish mumkinligi bilan belgilanadi.
Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’limdagi ingliz tili o‘quv mashg‘ulotlarida fleshmoblardan foydalanish bo‘yicha ishlab chiqilgan nazariy va amaliy takliflar asosida:
oliy ta’limda fleshmoblardan foydalanish texnologiyasi suhbatdoshining fikrlarini tinglashga ustivorlik berish, mohiyatini anglash, saralash va ingliz tilida shaxsiy pozisiyasini konstruktiv interpritatsiya qila olish ko‘nikmalarini oshirish samaradorligini ta’lim maqsadlariga izchil transformatsiyalash asosida aniqlashga oid takliflar Samarqand davlat chet tillari institutida bajarilgan OT-Atex-2018-519 raqamli “Kompyuter imitatsion modellar asosida virtual resurslar Web ilovasini dasturiy ta’minotini yaratish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023- yil 27-fevraldagi 02-07-710/04-raqamli dalolatnomasi). Natijada, ingliz tili o‘quv mashg‘ulotlarida fleshmoblardan foydalanish texnologiyalari pedagogik imkoniyatlarini aniqlashga sharoit yaratilgan;
oliy ta’limda fleshmoblardan foydalanish samaradorligi talabalarning mustaqil ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirishning gnostik imkoniyatlari, raqamli texnologiyalardan foydalanish motivlari va verbal muloqot davomiyligini dinamik ravishda oshirish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot institutida bajarilgan XTI-2015-1 raqamli “Boshlang‘ich sinflarda chet tillarni o‘qitishni jadallashtirish metodikalarini yaratish va joriy etish” loyihada foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 27-fevraldagi 02-07-710/04-raqamli dalolatnomasi). Natijada ingliz tili o‘quv mashg‘ulotlarida fleshmoblardan foydalanish modelini takomillashtirish imkoni kengaytirilgan;
oliy ta’limda fleshmoblardan foydalanish modeli ingliz tili mashg‘ulotlarida axborotlarni jadal tarzda taqdim qilish, ijodiy- rivojlantiruvchi muhitni yaratish, yangi bilimlarga qiziqishni orttirish hamda talaba shaxsiga ta’sir etuvchi ichki va tashqi, endoterik va ekzoterik motivlarni aniqlash asosida takomillashtirishga oid takliflar Samarqand davlat chet tillari institutida bajarilgan OT-Atex-2018-519 raqamli “Kompyuter imitatsion modellar asosida virtual resurslar Web ilovasini dasturiy ta’minotini yaratish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan(Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 27-fevraldagi 02-07-710/04-raqamli dalolatnomasi). Natijada oliy ta’limda fleshmoblardan foydalanish texnologiyasini takomillashtirish samaradorligi oshgan;
fleshmoblardan foydalanish texnologiyasini rivojlantirish mezonlari o‘zlashtirilgan bilimlarni hayotiy vaziyatlarga qo‘llay olish, fanlararo qisqa va uzoq muddatdagi fleshmoblarga shaxsiy qadriyatli faoliyat algoritmini intensiv kiritish asosida takomillashtirishga oid takliflar O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot institutida bajarilgan XTI-2015-1 raqamli “Boshlang‘ich sinflarda chet tillarni o‘qitishni jadallashtirish metodikalarini yaratish va joriy etish” loyihada foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 27-fevraldagi 02-07-710/04-raqamli dalolatnomasi). Natijada ingliz tili o‘quv mashg‘ulotlarida fleshmoblardan foydalanish modelini takomillashtirish imkoni kengaytirilgan.

Yüklə 289,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə