«тасдиқлайман»


Tadqiqot natijalarining aprobatsiyasi



Yüklə 289,15 Kb.
səhifə8/21
tarix19.05.2023
ölçüsü289,15 Kb.
#111505
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   21
Seminar bayonnomasi Sanoyeva Gulbar (3)

Tadqiqot natijalarining aprobatsiyasi. Dissertatsiya tadqiqotlari natijalari 2 ta xalqaro va 2 ta respublika ilmiy-amaliy konferensiyalarida muhokama qilingan.
Tadqiqot natijalarining e’lon qilinganligi. Dissertatsiya mavzusi bo‘yicha jami 12 ta ilmiy ish nashr etilgan. Doktorlik dissertatsiyalarining asosiy ilmiy natijalarini nashr etish uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan tavsiya etilgan ilmiy nashrlarda 4 ta maqola, shulardan 2 tasi respublika, 2 tasi xorijiy jurnallarda chop etilgan.
Dissertatsiya tuzilishi va hajmi. Dissertatsiya kirish, uch bob, xulosa, 120 sahifa matn, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati va ilovalardan iborat.
DISSERTATSIYANING ASOSIY MAZMUNI

Ishning “Kirish” qismida dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zaruriyati asoslangan va muammoning o‘rganilganlik darajasi tahlil qilingan. Dissertatsiya mavzusi bo‘yicha xorijiy ilmiy-tadqiqotlar sharhi bayon etilgan. Tadqiqotning maqsadi, vazifalari, obyekti va predmeti aniqlangan; ishning fan va texnologiyalarni rivojlantirishning muhim yo‘nalishlariga mosligi ko‘rsatilgan; tadqiqotning ilmiy yangiligi, natijalarining ishonchliligi, ilmiy va amaliy ahamiyati asoslangan. Shuningdek, olingan natijalarning amaliyotga joriy etilishi, e'lon qilinganligi, ishning tuzilishi borasidagi ma'lumotlar o‘z ifodasini topgan.


Dissertatsiyaning birinchi bobi “Oliy ta’limda innovatsion texnologiyalardan foydalanishning nazariy-konseptual asoslari” deb nomlangan bo‘lib, mazkur bobda fleshmob texnologiyalarining mohiyati, ularni ta’lim jarayonida qo‘llash ijtimoiy pedagogik zaruriyati, shuningdek, ta’lim jarayonida fleshmob texnologiyasidan foydalanishning mavjud holati tahlil etilgan, yangilanayotgan O‘zbekistonda ta’lim jarayoniga, xususan chet tillardan biri-ingliz tilini o‘zlashtirishga yangicha nigoh, yangicha nazar tashlash zaruriyati yuzaga kelganligi ilmiy jihatdan asoslab berilgan.
Oliy ta’lim jarayonida raqamli texnologiyalar sharoitida ingliz tilini o‘rgatish bugungi kunning eng dolzarb, ilmiy qiziqish uyg‘otadigan, ham xorijiy ellarda, ham mamlakatimizning o‘zida ko‘plab ilmiy tadqiqotlar olib borilayotgan ko‘p tarmoqli sohalaridan biri sanaladi.

Yüklə 289,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə