«тасдиљлайман»



Yüklə 5,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/63
tarix06.05.2018
ölçüsü5,08 Kb.
#42577
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   63

zifalari yo‘qligi sababli dindorlar ham unga najot so‘rab murojaat 
qilmaydi, Braxmaning sharafiga bag‘ishlangan diniy marosim va ibodatlar 
ham o‘tkazilmaydi. 
Hinduiylikning bosh xudolari qatorida ikkinchi xudo Shiva 
hisoblanadi. Shiva – vayron qiluvchi xudo, san’at va bilim, aysh-ishrat va 
ishqiy sarguzashtlar homiysi; hayotiy kuchlar, erkaklik ibtidosi va tabiat 
stixiyasining timsoli. U tabiat kuchlari kabi ziddiyatli xudo. Shiva 
odamlarga yomonlik qilib, uning oqibatlarini o‘zi bartaraf etadi, chorvaga 
homiylik qiladi yoki ularga ziyon yetkazadi. 
Shivaning ziddiyatli mohiyati uning qiyofasini tasvirlashda ham 
namoyon bo‘ladi. Uning peshonasida uchinchi, ya’ni vayron qiluvchi ko‘zi 
bor, lekin aynan shu ko‘zi bilan u odamlar ko‘ra olmaydigan narsalarni 
ko‘radi. Shiva tanasi atrofida ilonlar va bo‘ynida odamlarning bosh 
suyaklari osilib turgan holatda tasvirlanadi. Yovuz ruhlar u bilan doimo 
birga yuradilar. 
Shiva ko‘pincha muroqaba (kishining ongi, his-tuyg‘ulari, sezgilari, 
jismoniy faolligi kabilarni so‘ndirishi va nazorat qilishiga yordam 
beradigan amaliyot, usul va mashqlar tizimi) bilan shug‘ullanayotgan yog 
qiyofasida tasvirlanadi. U meditatsiyadan raqsga tushuvchi xudo holatiga 
o‘tishi mumkin. Raqs uchun ko‘ngilxushlik vositasi emas. Shiva raqs 
orqali dunyolarni va hayotiy kuchlarni yaratadi, butun olamning harakat 
tartibini belgilaydi va uni vayron qiladi. 
Vayron qiluvchi xudo o‘zining buyuk qudratini har doim ham 
namoyon qila olmaydi. Diniy rivoyatlarda aytilishicha, u buyuk kuchni 
meditatsiyalar davomida to‘playdi. Zero, Shivaning tarkidunyochilik 
yo‘lini tanlagan qalandarlarga homiylik qilishi sababli ularda shunday 
buyuk ilohiy kuch bor deb hisoblanadi. Uning ilohiy kuchi jinsiy 
munosabatlarda ham ko‘payishi mumkin va bu kuch uning xotinlariga ham 
o‘tadi. Shivaning juda ko‘p xotinlari uning qudratini namoyon qiluvchi 
ilohiy mavjudotlar sifatida qabul qilingan. Masalan, uning xotinlaridan biri 
– ma’buda Durga o‘nta qo‘lli dahshatli ayol qiyofasida tasvirlanadi. 
Ma’buda devlarga qarshi shafqatsiz kurashi bilan nom qozongan. U 
dindorlar orasida ulug‘ ona va ayollik timsoli sifatida ulug‘lanadi. 
Shivaning xotinlari qo‘rqinchli mavjudotlar qiyofasida tasvirlanib, 
odamlarni qo‘rquv va umid bilan saqlashda unga yordam bersa ham, uning 
xotinlari bilan o‘zaro munosabatlari muhabbat va sadoqatga asoslangan. 
Misol uchun, Shivaning birinchi xotini Sati erining sha’nini himoya qilib, 
o‘zini olovga tashlagan. Ehtimol, shuning uchun bo‘lsa kerak, hind 
ayollari orasida eri vafot etganidan keyin unga abadiy sodiq bo‘lib qolish 
 
87


uchun o‘zlarini olovga tashlash marosimi (Sati marosimi) mavjud bo‘lgan. 
Marosim XX asrning o‘rtalarigacha saqlanib kelgan va hozir ham uzil-
kesil yo‘q bo‘lib ketmagan. Shiva odamlarning kundalik hayoti bilan 
bog‘liq juda ko‘p sohalarga homiylik qilganligi bois unga hinduiylarning 
yarmiga yaqini e’tiqod qiladi. 
Xaloskor xudo Vishnu bosh xudolarning uchinchisi hisoblanadi. U 
Shiva kabi ziddiyatli ilohiy mavjudot emas. Vishnu odamlarga ilohiy 
haqiqatni yetkazadi va adolatning g‘alaba qozonishiga yordam beradi. 
Vishnu odamlarni zulmdan xalos qilishi bilan birga xavf-xatardan ham 
saqlaydi. O‘z vazifalarini bajarish uchun turli qiyofa (avatar)larda dunyoga 
keladi. Diniy manbalarda uning necha bor dunyoga kelishi to‘g‘risida har 
xil ma’lumotlar berilgan. 
«Mahobxorat» dostonida Vishnuning mingta qiyofasi to‘g‘risida 
hikoya qilingan. U azaldan Budda, Krishna va Ram kabi qiyofalari bilan 
odamlar orasida mashhur bo‘lgan. Umuman, odamlarga ko‘p qiyofali 
Vishnuning qaysi ko‘rinishi yaqin bo‘lsa, o‘shanisiga sig‘inishlari mumkin 
sanalgan. Vishnu to‘g‘risidagi diniy rivoyatlarning diqqatga sazovor jihati 
yana shundaki, unga binoan oxiratda dunyoda muttahamlarning 
hukmronligi o‘rnatiladi, ularning qalbida adolat va xudoga nisbatan 
ishonch va e’tiqod so‘nadi. Vishnu so‘nggi marta oq ot mingan chavandoz 
qiyofasida dunyoga kelib, insoniyatni halokatdan qutqaradi. O‘shanda 
adolatli jamiyat quriladi va insoniyatning oltin asri boshlanadi. Vishnuga 
o‘z vazifalarini bajarishda go‘zallik va baxt ma’budasi – Lakshmi va uning 
boshqa xotinlari yordam beradi. Ular o‘rtasidagi munosabatlar o‘zaro 
hurmat, sevgi va sadoqat asosiga qurilganligi qayd etiladi. Vishnu 
dindorlar orasidagi mavqei bo‘yicha Shiva bilan raqobat qiladi. 
Boshqa diniy tizimlardagi kabi hinduizmda ham dindorlarning axloq 
qoidalariga qat’iy amal qilishlari talab qilinadi. Bu qoidalar quyidagi 
ta’limotlarda ifodalanadi: 
1) dxarma (sanskrit tilida – qonun, majburiyat degan ma’nolarni 
anglatadi) – odamlarning burchi va majburiyatlarini belgilaydi. Dxarma 
qoidalari turli kastalarning burchlari va majburiyatlarini tartibga soladi, 
dindorlardan ushbu qoidalarning bajarilishini talab qiladi; 
2) artxa – dindorlar xulq-atvor qoidalarining majmuidan iborat
3) kama (braxmanizm va hinduizmda sevgi xudosi) – hissiy istak va 
mayllar qondirilishining ahamiyatini belgilaydi; 
4) moksha (sanskrit tilida – joydan-joyga ko‘chish, darbadarlik degan 
ma’nolarni anglatadi) – sansaradan xalos bo‘lish haqidagi ta’limot. 
 
88


Dxarma har bir tirik jonzodning ijtimoiy ahamiyatini belgilaydi, 
odamlarning xulq-atvorini tartibga soladi, ularni jamiyat va tabiat bilan 
uyg‘un holda yashashga da’vat etadi. Lekin dxarma qoidalarida 
odamlarning huquqdagi tengligi e’tirof etilmaydi, aksincha kastalar tuzumi 
muqaddaslashtiriladi. 
Dxarma kuch ishlatmaslik qoidasiga qat’iy amal qilishni talab etadi. 
Kuch ishlatmaslik odamdan nafaqat jismoniy majburlashdan voz 
kechishni, balki yomon niyatda bo‘lmaslik, xudbinlikni yo‘q qilish, g‘azab 
va nafratni tiyish, o‘z xatti-harakatlarini nazorat qilish kabilarni talab 
qiladigan qoidalardan iborat. Inson yomonlikka – yomonlik, zulmga – 
zulm bilan javob bermasligi kerak. Odam kechirimli bo‘lishi, ammo hayot 
oqimiga qarab yashamasligi lozim. Har kim mustaqil hayot yo‘lini tanlashi 
va belgilangan maqsadga erishishda qiyinchiliklarni matonat bilan yengib 
o‘tishi kerak. 
Hinduiylikda yerdagi hayot lazzatlaridan bahramand bo‘lishning 
ahamiyati qayd etiladi. Karma qoidalariga binoan, odam diniy va dunyoviy 
qoidalarga amal qilib yashashi bilan birga, hissiy quvonchlar va jinsiy 
istaklardan ham voz kechmasligi kerak. 
Insonlarning hurmati boyligiga qarab belgilanmaydi. Odamlarning 
hurmatini qozonishda boylikning muayyan darajada ahamiyati bor, lekin 
yashashdan maqsad boylik to‘plash emas, balki karmaning ta’siridan xalos 
bo‘lishdan iborat. Zero, kishining hayot yo‘li topgan davlatiga emas, balki 
odamiyligi va taqvodorligiga qarab baholanadi. Kishilarning o‘z ichki 
dunyosi va tabiat bilan uyg‘unlikda yashashlari rag‘batlantiriladi. 
Hinduiylikning diniy-axloqiy qadriyatlari kishini ijtimoiy faollikka, 
ijtimoiy norozilikka va sinfiy kurashga da’vat etmaydi. Ularga jamiyatda 
tenglikka intilib yashash, ijtimoiy adolatsizliklarga qarshi kurashish, sinfiy 
birdamlik kabilar xos emas. Bunday qarashlar karma qoidalariga va 
ruhning aynan qayta tug‘ilishda yuz berayotgan voqealar uchun individual 
javobgarligi haqidagi diniy ta’limotga zid keladi. Ijtimoiy hayotni 
yaxshilash uchun kurashish kuch ishlatmaslik aqidasiga ham mos 
kelmaydi. 
Hinduiylik dastlab jamiyatda kasta tuzumini mustahkamlashga 
yordam berishi bilan birga odamlarning siyosiy hokimiyatga munosabat-
lari va siyosiy faolliklarini rag‘batlantirmagan, kastalar o‘rtasidagi 
birdamlikka da’vat etmagan. Oqibatda, siyosiy hayotda o‘ziga xos bo‘shliq 
paydo bo‘lgan. Bunday vaziyatdan turli siyosiy kuchlar (asosan tashqi 
siyosiy kuchlar) ustalik bilan foydalanganlar. Hind jamiyati xalqning 
mentaliteti ta’sirida tashqi kuchlarning bosqiniga qarshilik ko‘rsatishga 
 
89


Yüklə 5,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə