«тасдиљлайман»



Yüklə 5,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/63
tarix06.05.2018
ölçüsü5,08 Kb.
#42577
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   63

ojiz bo‘lib qolgan. Mavjud vaziyatdan dastlab qo‘shni davlatlar
keyinchalik ingliz bosqinchilari ustalik bilan foydalanganlar. 
Hinduiylik ta’limotida jannat va do‘zax to‘g‘risidagi g‘oya mavjud. 
Bu g‘oya hinduiylikning sansara ta’limotiga zid keladi. Shunday bo‘lsa-da, 
jannat va do‘zax to‘g‘risidagi g‘oya qabul qilingan va uning mazmuni 
tarixiy taraqqiyot ta’sirida o‘zgarib borgan. Dastlab narigi dunyoda faqat 
jannat mavjud deb tasavvur qilingan. Jannatga tushish uchun ruhning 
sinovlardan o‘tishi talab qilinmagan. Ma’lumki, Hindistonda qadimdan 
vafot etgan odamning jasadi o‘tda kuydirilgan. Mayitni kuydirish 
marosimi olov xudosi – Agniga sig‘inish bilan bog‘liq. Olov xudosi 
marhumning savobi va gunohlarini aniqlab, keyingi taqdirini hal qilgan. 
Bu jarayon dastlab juda sodda tasavvur qilingan. Unga binoan, olovda 
insonning tanasi kuydirilib gunohlaridan tozalangan, kishining gunohi va 
qusurlari kulda qolgan. Olov bilan soflangan ruh narigi dunyoda tana va-
zifasini bajaradigan yupqa qobiq hosil qilib jannatga tushgan. Ruh 
jannatda ajdodlari bilan birgalikda baxtli va farovon yashagan. Lekin 
keyinchalik do‘zaxning narigi dunyoda ham mavjudligi haqidagi g‘oya 
vujudga kelgan. Odamlarning hayotligi davrida qilgan gunohlari evaziga 
do‘zaxda jazolanishlari belgilangan. 
Hinduiylikda do‘zax juda ko‘p ko‘rinishlarga ega deb tasavvur 
qilinadi va ular bir-biridan jazo berish usullari bilan farqlanadi. Masalan, 
braxmanni o‘ldirgan odamlarning ruhi eng qo‘rqinchli do‘zaxga tushadi. 
Bu do‘zaxga tushgan kishining oyog‘i ostida doimo olov yonib turadi. 
Boshining ustida cho‘g‘dek qizitilgan temir turadi. Diniy urushlar, 
to‘qnashuvlar va janjallarni keltirib chiqargan odamlar vafot etganidan 
keyin tushadigan do‘zaxda ular yomon chiqindilar bilan to‘ldirilgan 
daryoga tashlanadi. 
Hinduiylikdagi jannat va do‘zax to‘g‘risidagi qarashlar ajdodlar ruhiga 
sig‘inish marosimining mavjudligiga ham zid keladi. Chunki odam vafot 
etganidan keyin uning ruhi qayta tug‘ilish zanjirini uzib tashlab, nirvanaga 
erishmas ekan, dunyoga to‘xtovsiz qaytib kelaveradi. Ruhning turli 
mavjudotlarga ko‘chishi sababli kim-kimning ajdodi ekanligini aniqlab 
bo‘lmaydi. 
Yuqorida qayd qilinganidek, ajdodlar ruhi bu dunyoga qaytib kel-
masligi, ya’ni narigi dunyoda qolishi mumkin. U dunyoda qolgan ruh tana 
vazifasini bajaruvchi yupqa qobiqqa joylashadi va jannatga tushadi. 
Ruhning o‘zi yupqa qobiqni yarata olmaydi. Muammo hal etilishi uchun 
yerda qolgan qarindoshlari marhumning xotirasiga bag‘ishlangan maxsus 
diniy marosimlarni bajarishlari kerak. Aks xolda ruh tanasiz qoladi va 
yerga qaytib kelib, odamlarga ziyon yetkazishi mumkin. Shu bois 
 
90


marhumning yaqin qarindoshlaridan belgilangan marosimlarni to‘liq 
bajarish talab qilinadi. Ajdodlar ruhiga bag‘ishlangan marosimlarni 
bajarmagan kishi hatto vorislik huquqidan ham mahrum qilinishi mumkin. 
Bunday marosimlarning vafot etgan har qanday kishi uchun o‘tkazilishi 
shart bo‘lsa-da, ruhi qayta tug‘ilishdan to‘xtagan kishilar uchun ayniqsa 
muhim sanaladi. 
Hinduiylikda ko‘pdan-ko‘p diniy marosimlarni bajarish ishlariga 
braxmanlar rahbarlik qiladilar. Ruhoniy braxmanlar qadimgi davrdagi 
braxmanlar kastasining vorislaridir. Hinduiylikda ham ular asosan 
imtiyozlarini saqlab qolganlar. Ular davlat tashkilotlari, xususiy firma va 
boshqarmalarda yuqori lavozimlarda xizmat qiladilar.  
Braxmanlar ijtimoiy hayotning din talablari asosida tashkil etilishini 
nazorat qiladilar. Bu talablarning eng asosiylari jamiyatning kastalarga 
bo‘linishi va odamlarning o‘z kastasi qoidalariga so‘zsiz amal qilishlaridir. 
Braxmanlar kastasi vakillari ijtimoiy hayotning turli sohalarida faol 
ishtirok etsalar-da, ularning asosiy vazifasi jamiyat boshqa qatlamlarining 
diniy ehtiyojlarini ta’minlashdan iborat. Yuqorida qayd etilganidek, barcha 
muhim diniy marosimlar braxmanlar rahbarligida bajariladi. Diniy 
marosimlar asosan ibodatxonalarda o‘tkaziladi. Odamlar ibodatxonalarga 
xudoning butini e’zozlash, ibodat qilib, ehson berish niyatida keladilar. 
Braxman har bir dindorning ehsonini qabul qiladi va uni ilohga yetkazish 
bilan bog‘liq marosimlarni bajaradi. 
Hinduiylikda kishining maqsadga erishishida braxmanning vo-
sitachiligi bilan birga g‘ayritabiiy kuchlarning xayrixohligiga erishish 
zarur deb hisoblangan. Bu esa diniy tizimda sehrgarlik amaliyoti – 
tantrizm (sanskrit tilida «tantra» – fikrni jimjimador qilib ifodalash, sir 
tutilgan matn, sehrgarlik)ning saqlanib qolishiga shart-sharoit yaratgan. 
Sehrgarlik usullari bo‘lmish tantralardan muqaddas afsunlar – mantralar 
vujudga kelgan. Hinduiylar mantralarda ilohiy kuch mavjud ekanligiga, 
ularni o‘qish bilan g‘ayritabiiy kuch (shakti)ni chaqirish va uning 
yordamida maqsadga mo‘jizaviy ravishda erishish mumkinligiga 
ishonganlar. Zero, mantra ovoz shakliga kirgan Braxma deb hisoblangan. 
Har bir kasta o‘z mantrasiga ega bo‘lib, hayotiy muammolar paydo 
bo‘lganda mantralarni o‘qib, g‘ayritabiiy kuchlarni yordamga chaqirgan. 
Hinduiylikda mantralar bilan birga tumorlar, sehrli diagrammalardan 
ham foydalaniladi. Ular afsungarlik ashyolaridir. Odamlar o‘z hayotiy 
muammolarining hal etilishida braxmanlarning maslahatlari, xudolarga 
sig‘inish va ehsonlar berish yordam bermaganidan keyin so‘nggi vosita 
sifatida sehrgarlarning yordamlaridan ham foydalanadilar. Sehrgar ijtimoiy 
mavqei jihatidan braxman bilan raqobat qila olmaydi. Albatta, braxmanni 
 
91


sehrgar bilan tenglashtirish noo‘rin, lekin sehrgar ham jodularini bajarish 
vaqtida braxman murojaat qiladigan xudolarning madadiga tayanadi. 
Hinduizm diniy tizimining o‘ziga xos marosimlari va bayramlari 
mavjud. Ularning ko‘pchiligi shonli sana va bayram kunlariga to‘g‘ri 
keladi. Xudoga bag‘ishlab o‘tkaziladigan tantanalarda millionlab dindorlar 
ishtirok etadilar. Bayram tantanalari vaqtida ommaviy diniy marosimlar va 
namoyishlar uyushtiriladi, muqaddas joylarga haj safarlari tashkil etiladi. 
Bunday ommaviy bayramlarga Shiva, Ram, Krishna, Durga-pudja 
sharafiga o‘tkaziladigan bayramlarni, chiroqlar bayramini, donishmandlik 
ma’budasi Sarasvati, boylik va savdo-sotiq homiysi Ganeshi sharafiga 
o‘tkaziladigan bayramlarni misol keltirish mumkin. Shivaga bag‘ishlangan 
bayramlar har oyda tantanali o‘tkaziladi.  
Umum Hindiston bayramlari bilan birga ma’lum mintaqa, shahar, 
tuman, hatto qishloq aholisi nishonlaydigan mahalliy bayramlar ham 
mavjud bo‘lib, ular diniy afsonalar va hinduiylik xudolariga ibodat qilish 
bilan bog‘liq. 
Bayramlarda diniy e’tiqodi, tabaqasi, millati va jinsidan qat’i nazar 
barcha aholi ishtirok etadi. Bunday bayramlar milliy ongni 
shakllantiruvchi va ularning birligini mustahkamlovchi muhim vosita 
vazifasini bajaradi. 
Hinduiylik ta’limotining rivojlanishida islom dinining ta’siri alohida 
ahamiyatga ega bo‘lgan. Hindiston zaminida ta’limotning mohiyati 
jihatidan o‘zaro kelishishi qiyin bo‘lgan diniy e’tiqodlar to‘qnashgan. 
Hinduiylik mahalliy xalqlarning madaniyati va ruhiyatini o‘zida aks 
ettirib, odamlarda mo‘tadillik, bardoshlilik va o‘z ichki dunyosi bilan 
uyg‘unlikda yashash kabi xislatlarni shakllantirgan. Islomga, diniy 
bag‘rikenglik bilan birga, muayyan darajada g‘ayrimusulmonlarga 
nisbatan murosasizlik, odamlarni din talablariga so‘zsiz bo‘ysunishga va 
rahbarlarga ko‘r-ko‘rona ishonishga da’vat qilish kabilar ham xosdir. 
Lekin hinduiylik va islom ta’limotlarida jiddiy tafovutlar mavjudligiga 
qaramay xalqlarni e’tiqodiga ko‘ra bir-biridan ajratuvchi, ular o‘rtasida 
ishonchsizlik qo‘zg‘atuvchi qarashlarga nisbatan ularni o‘zaro yaqin-
lashtiruvchi jihatlar ustunlik qiladi. Bu esa dinlar o‘rtasida o‘zaro 
muloqotni vujudga keltiradi. 
Islomda mavjud bo‘lgan odamlarning Olloh oldidagi tengligi, insonni 
oliy qadriyat deb bilish kabi g‘oyalar, axloqiy qadriyatlarga alohida e’tibor 
mahalliy xalqlarda, ayniqsa aholining o‘rta va quyi tabaqalari vakillarida 
qiziqish uyg‘otgan. Boburiylar sulolasining hukmronligi davrida siyosiy 
hokimiyatni musulmonlar nazorat qilganligi sababli, mahalliy aholining 
yuqori tabaqaga mansub vakillarining ham siyosiy manfaatlardan kelib 
 
92


Yüklə 5,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə