Tasdiqlandi



Yüklə 13,8 Mb.
səhifə29/176
tarix15.06.2022
ölçüsü13,8 Mb.
#89559
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   176
2 курс Мажмуа МЎМ-20

atrofda mavjud predmetlar.

  • o'lchov asboblari

  • tasviriy ko'rgazma qurollar

  • Ко'rgazma qurollarning turlari: jadvallar, hisoblash asboblari

    Matematika darsligi boshlang'ich sinf maktab dasturi bilan bog'liq holda tuziladi va har bir sinf uchun alohida tuziladi.


    Darslik boshlang'ich matematika kursining asosiy mazmunini aniq tizimda tushunarli qilib bayon qilingan kitob. Darslikning asosiy vazifasi o'quvchilarning mustaqil bilim olishlarida darsda olgan bilimlarini mustahkamlash va chuqurlashtirishda yordam beradigan birdan-bir o'qitish vositasidir. Darslik mazmuni o'rtacha o'qiydigan o'quvchining o'zlashti-rishiga mos qilib tuziladi. Iqtidorli bolalarga darslikdan boshqa murakkabroq tuzilgan o'quv qo'llanmalaridan foydalanishga to'g'ri keladi.
    Darslikda, eng avvalo, nazariy material, keyin unga bog'liq bo'lgan amaliy material o'rin oladi. Bundan boshqa mashqlar tizimi ham berilgan, ular O'quvchilarning bilimini mustahkamlash va rivojlantirishda katta rol o'ynaydi.
    Darslikdan tashqari o'qituvchilar uchun qo'llanmalar ham yaratiladiki, o'qituvchi darsning samaradorligini oshirishda undan foydalanadi. Masalan, masalalar to'plami metodik va o'quvchilar bilan individual ishlash uchun qo'llanmalar tavsiya qilinadi.
    Darslikda berilgan ko'pchilik mazmun va matnli masalalar faqat ta'lim maqsadlarini hal qilishi kerak, degan fikr mutlaqo noto'g'ri. Chunki bu mazmun va mashqlar ko'pgina tarbiyaviy ishlarni ham amalga oshiradi. Masalan, kishilaming turmush va mehnatlari, xalq xo'jaligi rejalari, ularni bajarishga intilish, tadbirkorlikning mohi- yati, mehnat unumdorligi, xom ashyo, vaqtni tejash, narx, savdo, texnika va boshqalar to'g'risida ma'lumotlar beradi.
    Darslikda tavsiya qilingan har xil turdagi mashqlar boshlang'ich sinfda matematika o'qitish orqali amalga oshiriladigan tarbiyaviy masalalarning bajarilishi uchun imkoniyat yaratadi.
    Mashqlar tizimi shunday tuziladiki, bu orqali o'quvchilar bilimlarni kuzatish, taqqoslash orqali kuzatiladigan faktlarning farqli to- monlarini aniqlaydi, xulosalar chiqaradi. Darslik maxsus yo'nalish- dagi vazifalarni tavsiya qilishi lozim.
    Darslik matematika o'qitishda o'quv jarayonini ta'minlash-ning asosiy vositasi bo'lib xizmat qiladi va davlat dasturiga to'la mos qilib tuzilgan bo'ladi.
    Darslik o'qituvchiga o'z ishini ratsional rejalashtirishga yor- dam beradi, chunki u har qaysi mavzuning o'quv materialini mus- tahkamlashni yoritgan bo'ladi, materialni o'rganish uchun tayyor- garlikni o'z vaqtida ta'minlaydi, shuningdek, ilgari o'tilgan materialni tizimli ravishda va uzluksiz mustahkamlash va takrorlashning manbaidir.
    Darslikning mazmuniga kiradigan u yoki bu savollar dasturda ko'rsatilgan bo'lishi kerak. Darslikning asosiy xususiyati shundaki, u dasturning talabini ochishi, uni konkretlashtirishi, dasturda ko'rsatilgan savollar qanday darajada qaralishini o'zida aks ettirishi kerak.

    Yüklə 13,8 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   176




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

        Ana səhifə