Tasdiqlandi


mavzu: MATEMATIKAGA IXTISOSLASHTIRILGAN BOSHLANG`ICH SINFLARDA O`QITISH



Yüklə 13,8 Mb.
səhifə27/176
tarix15.06.2022
ölçüsü13,8 Mb.
#89559
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   176
2 курс Мажмуа МЎМ-20

mavzu: MATEMATIKAGA IXTISOSLASHTIRILGAN BOSHLANG`ICH SINFLARDA O`QITISH



  1. mavzu: Boshlang’ich sinfda matеmatika o`qitishning darsdan tashqari shakllari

R E J A:
1. Matematikadan sinfdan tashqari ishlarning mohiyati 2.Bоshlang’ich sinflarda sinfdan tashqari ishlarning turlari

  1. Bоshlang’ich sinflarda matematikadan sinfdan tashqari tadbirlar rejasi.

  2. Matematika o’qitishda mustaqil ishlar.



Matematikadan «sinfdan tashqari ish» deyilganda o'quvchilarning darsdan tashqari vaqtda tashkil qilingan, dastur bilan bog'liq bo'lgan material asosida ixtiyoriylik tamoyiliga asoslangan mashg'ulotlar tushuniladi.

    1. Matematikadan sinfdan tashqari ishlarning mohiyati va uning turlari

Sinfdan tashqari ishlar o'quvchilarning matematik bilimlarini chuqurlashtirsh va kengaytirish, murakkab misol va masalalarni yechishni mashq qilish, matematikaning hayot bilan bog'liq bo'lgan tomonlarini ochadigan va dasturga kirmagan ba'zi savollar bilan tanishtirishni maqsad qilib oladi.
Sinfdan tashqari ishlarning quyidagi turlari uchraydi: Matematik to'garaklar, olimpiadalar, qiziqarli matematik kechalar, matematik ekskursiyalar. Shuningdek, matematik gazetani chiqarish, matematik viktorina va burchaklarni tashkil qilish.
Sinfdan tashqari ishlar orqali quyidagilar amalga oshiriladi: bilimlarni va amaliy ko'nikmalarni chuqurlashtirish hamda kengaytirish; o'quvchilarning mantiqiy tafakkurlarini, topqirliklarini, matematik ziyrakliklarini rivojlantirish; matematikaga qiziqishlarini orttirish, qobiliyatli va layoqatli bolalarni topish, talabchanlik, irodani tarbiyalash, mehnatga muhabbat, mustaqillik, uyushqoqlik va insoniylikni tarbiyalash.
Sinfdan tashqari ishlar darslarga nisbatan ba'zi farq qiluvchi xususiyatlarga ega:

  1. O'z mazmuni bo'yicha matematika dasturiga taalluqli emas. Ammo beriladigan bilimlar o'quvchilarning kuchiga mos bo'lishi kerak.

  2. Sinfdan tashqari ishlar imkoni boricha barcha o'quvchilarni jalb qilishi, ya'ni qiziqarli bo'lishi zarur. Past o'zlashtiruvchi o'quvchilar ham qiziqish yordamida faol o'quvchilarga aylanishi mumkin.

  3. Sinfdan tashqari ishlar ixtiyoriylik tamoyiliga asosan tashkil qilinadi, lekin qiziqishni ta'minlash lozim. Bu mashg'ulotlarga baho qo'yilmaydi, ammo faol ishtirok etgan o'quvchilar rag'batlantiriladi.

  4. Mashg'ulot mazmuni va shakllariga qarab, 10-12 minutdan 1 soatgacha mo'ljallangan bo'lishi mumkin.

  5. Sinfdan tashqari ishlarning mazmuni va shakllarining turli- tumanligi.

Sinfdan tashqari ishlarga: qiziqarli matnli masalalar, o'tkir zehnlilikka oid masalalar, hazil masalalar, berilgan ma'lumotlari etishmaydigan yoki berilgan ma'lumotlari ortiqcha masalalar, mantiqiy masalalar, qiziqarli matematik voqealar, arifmetik rebuslar, o'yinlar, fokuslar, boshqotirmalar, tarixiy ma'lumotlar berish va boshqalar kiradi.
Maktab amaliyotida hozir quyidagilar uchraydi: matematik 10 minutliklar, soatliklar, matematika kechalari, matematika to'garak lari, ertaliklar, viktorinalar, tanlovlar, olimpiadalar.
Sinfdan tashqari ishlarni tashkil qilish va o'tkazish metodikasi
quyidagilarga asoslanishi kerak:

1. Darsda o'quvchilar olgan bilim, malaka va ko'nikmalarni hisobga olgan holda o'tkaziladi.


2. Sinfdan tashqari ishlar o'quvchilarning xohishi, havaskorligi, ijodkorligi tamoyillariga asoslanishi va ularning individual fikrlarini qoniqtirish maqsadida tashkil qilinadi.

3. Sinfdan tashqari ishlarni o'tkazish shakllari darslardan farq qilib, qiziqarli tomoni kuchli bo'ladi. Buping uchun zaruriy shart shuki, o'tkaziladigan ishning rejalashtirilishi va tizimliligining murakkabligidadir.


Quyida sinfdan tashqari mashg'ulotlar o'tkazish rejasini keltiramiz.
Matematika fanidan sinfdan tashqari tadbirlar rejasi




Tadbir shakli

Tadbir mavzusi

Tadbir maqsadi

O'qituvchi faoliyati

O'quvchi faoliyati

1

Matematik o'yinlar

Sehrli kvadrat

Tez va aniq hisoblash

O'yinniboshqarish,o'quvc hilarni qiziqtirish va sehrli kvadrat tarixi bilan tanishtirish

Mantiqiy flkrlash

2

Qiziqarli matematik soatlar

Rebuslar, fokuslar, Krоssvordlar

Matematika darslarida olingan bilimlarni
chuqurlashtirish

Turli rebuslami, krossvordlami tayyorlash

Rebuslar va krosvordlami topish

3

Matematik viktorina

Hamma narsalarni bilishni istayman

Murakkab masalalar

Turli murakkab masalalami tayyorlash va viktorinani boshqarish

Hamma masalalarni bilishga intiladilar

4

Matematika ertaligi

Tarixiy masalalar

Tarixiy misollarni o'rganish

Misollarni tayyorlash va ertaliklami boshqarish.

Misollarni













Tarixiy misollarga qiziqti- rish

yechishga harakat qilish

5

Matematik to'garaklar

Mashhur matematik olimlaming hayoti va faoliyati

Olimlarning matematikaga qo'shgan hissasi, mat.tarix.o`rg.

Matematika to'ga- ragini boshqarish va ssenariy yozish

Tarixiy materiallar to'plami


6

Devoriy

Qiziqarli

O'quvchila

Devoriy gazeta

Devoriy

gazeta

tarixiy hi

rning dun-

uchun material

gazeta




koyalar,

yoqarashini

to'plash

lami




olimlarning

shakllan-




chiqarish




ijodi va

tirishga er




va tari




hayotidan

ishish




xiy ma-




yangiliklar







teriallar-













ni o'rga













nish

7

Ekskursiya-

Tarixiy

Milliy gra-

Ekskursiya jaray

Matema

lar

muzeylarga

fika. Geo

onida tarixiy mate

tikadan




sayohallar

metrik

riallar bilan tan

yangi




ga olib bo

shakllar bi

ishtirish

bilim




orish

lan tanishti




larga ega







rish




bo'1 ish



Shuni ta'kidlash lozimki, individual va guruhli mashg'ulotlar tizimli ravishda o'tkazilmasligi, aksincha, asosiy ish sinfda bajarilishi kerak.


Sinfdan tashqari ish sinfdagi dars shakliga nisbatan bir qa- tor o'ziga xos xususiyatlarga ega:
1. O'z mazmuni bo'yicha u davlat dasturi bilan cheklanmagan, matematik material o'quvchilarning bilimlari va malakalariga mos ravishda berilishi kerak.
2. Boshlang'ich sinflarda bolalarning matematikaga nisbatan to'plangan turg'un qiziqishlari haqida hali gapirib bo'lmaydi.
3. Topqirlik, ziyraklik, tez hisoblashlar, yechishning samarali usullaridan foydalanish rag'batlantirilishi kerak.
4. Darslar 45 minutga rejalashtirilgan holda sinfdan tashqari mashg'ulotlar mazmuniga va o'tkazilish shakllariga qarab 10-12 minutga ham, bir soatga ham mo'ljallangan bo'lishi mumkin.
5. Sinfdan tashqari ishlar shakl va turlari (qiziqarli matematika soatlari, to'garaklar, viktorinalar va h.k.) qarab mazmunining turli tumanligi bilan xarakterlanadi.
Matematika minutliklarida, topshiriqlarga qiziqish uyg'otish va quvvatlash uchun bu topshiriqlar darslarda beriladigan oddiy matematik topshiriqlarga o'xshash bo'lmasligi kerak.
Mashg'ulot o'tkazish uchun har xil qiziqarli arifmetik va geometrik mazmo`nli masalalar, qiyinroq masalalar, hazil masalalar, masalalar tuzishga doir masalalar, qiziqarli kvadratlar, rebuslar, top- ishmoqlar va boshqalar material bo'lib xizmat qiladi. Matematik to'garak matematikadan tizimli sinfdan tashqari ishning eng ko'p tarqalganidan biri. Uning asosiy vazifasi - matematikaga alohida qiziqish ko'rsatgan
o'quvchilar bilan bajariladigan chuqurlashtirilgan ish.
Matematik to'garak ishi qiziqarli matematika soatlaridan quyidagilar bilan farq qiladi:
Matematika to'garagiga o'quvchilar tanlashda ularning matematikaga nisbatan alohida qiziqishlarini, moyilliklari va imkoniyatlarini hisobga olish kerak.
Mustaqil ravishda ko'rgazmali qurollar (abaklar, ba'zi o'yinlar uchun misollar yozilgan kartochkalar va boshqalar) tayyorlaydilar, matematika kechalari o'tkazishga tayyorgarlik ko'radilar va hokazo.
Matematika to'garagini o'tkazish uchun oldindan uning ish rejasini tuzish kerak. Namuna uchun ikkinchi yarim yillikda 1-sinfda o'tkazilgan ba'zi to'garak mashg'ulotlarining taxminiy rejalarini keltiramiz:

  1. mashg'ulot. 1. Rebuslarni o'ylab topish. 2. Qo'shishga oid qiziqarli masalalar. 3. 100 ichida raqamlashni bilishni tekshirishga oid mashqlar. 4. Topqirlikni talab

qiladigan masalalar. 5. Hazil masala. 6. Topishmoqlar. 7. Quvnoq sanoq (20 ichida) o'yini.

  1. mashg'ulot. 1. Rebuslarni o'ylab topish. 2. Topqirlikni talab qiluvchi she'riy masalalar. 3. Geometrik figuralarni tahlil qilishga doir mashqlar. 4. Hazil masala. 5. "Sonni to'ldir" o'yini.

  2. mashg'ulot. Dars tipidagi to'garak mashg'uloti.

Boshlang'ich sinf matematika darslarida tarixiy materiallardan foydalanish (imkoniyatlari) mazmuni.
Darhaqiqat, o'zbek xalqining buyuk mutafakkirlari ham uzoq o'tmishdayoq olib borgan tadqiqotlari va amalga oshirgan kashfiyotlarida insonlarni odobli, ma'naviyati yuksak, komil, mehnatsevar, vatanparvar bo'lib tarbiyalanishiga yangi g'oya va ta'limotlarni yaratganlar. Bular: Muso al-Xorazmiy (783-850), Abu Rayhon Ber- uniy (973-1048), Ibn Sino(980-1037); Umar Hayyom (1048-1131); Nasriddin at-Tusiy (1201-1274); Ulug'bek (1394-1449), G'iyosiddin al-Koshiy; Ali Qushchi (1402-1474); va boshqalaming bizga qoldirgan boy meroslari fikrimizga asos bo'ldi. Bu allomalarimizning asarlarida bolalarning o'qishi, mehnati, odobi va bu ishda muallimlarning vazifalariga katta e'tibor berilgan. Jumladan, Nasriddin at-Tusiy fikri bo'yicha o'qituvchi o'quvchilarni aql-zakovatiga ta'sir qilishi uchun o'quvchilar ishonchini qozonish va qalbidan joy olish mas'uliyatini his qilishi lozim. Abu Nasr Forobiy o'qituvchi faoliyatida yoshlarn- ing axloqiy me'yorlari, amaliy ko'nikma va malakalarini o'zlashtirishga yo'naltirilganligi asosiy vazifalardan biri ekanligini ifodalaydi. Ibn Sino flkricha, tarixiy manbalarni bilish olijanob va foydali faoliyatdir. U ilm narsalarning inson aqli yordami bilan o'rganilishi shaxs faoliyatida muhim hisoblanishini ta'kidlab o'tadi. Abu Rayhon Beruniy pedagogik ijodida tarbiyaning maqsadi, vazifalari va o'rni, inson, yosh avlodning rivojlanishi haqidagi flkrlari chin ma'noda insonparvarlik asosida qurilgan. Abu Rayhon Beruniyning pedagogik g'oyalaridan eng muhimi bilimni puxta va mustahkam egallash zarurligidir.
Ota-bobolarimizdan qolgan ilmiy merosni chuqur o'rganib, uni ta'lim va tarbiya jarayoniga tatbiq etish har bir ma'naviyatli va ijodkor mutaxassisning muqaddas burchidir.

Yüklə 13,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   176




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə