Tasdiqlandi



Yüklə 13,8 Mb.
səhifə30/176
tarix15.06.2022
ölçüsü13,8 Mb.
#89559
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   176
2 курс Мажмуа МЎМ-20

Ко'rgazma qurollarga qo 'yiladigan talablar
Ko'rgazma samarali bo'lishi uchun ba'zi bir talablarga rioya qilishi kerak. Ko'rgazmali qurollarga qo'yiladigan umumiy talablar: mazmunining ilmiyligi, o'quv dasturiga mosligi, o'quvchilarning yosh xususiyatlariga mos bo'lishi. Yasalishi va ichki ko'rinishining ko'rish masofasiga mosligi, bajarilishning tozaligi, foydalanish qulayligi, matematikani tushuntirishga foydaliligi. Matematika o'qitishdagi ko'rgazma manbalari mazmun jihatdan sodda va aniq bo'lishi kerak. Bu ko'rgazma qurollar matematika o'qitish bosqichlarida ketma-ket quyidagi tartibda qo'llaniladi:
a) atrofdagi mavjud narsalar (sinf xonasidagi narsalar, o'simliklar), b) o'quvchilarga yaxshi tanish bo'lgan narsalaming tasvirlari va rasmlari, c) shu narsalaming shartli tasvirlari, d) sxemalar va hokazo.





Bilimlarni nazоrat
qilish turlari

Jоriy

Оraliq (tematik

Yakuniy

100




Mavzu: 0z komplеktli maktablarda matеmatika o`qitish xususiyatlari
Reja:

  1. Оz kоmplektli maktablar haqida.

  2. Оz kоmplektli maktablarda ish xususiyatlari.

  3. Оz kоmplektli maktablarda dars jadvali.

  4. Оz kоmplektli maktablarda uktish vоsitalaridan fоydalanish.

Оz kоmplektli maktablarda matematika o`qitishni tashkil qilishning o`ziga xоs xususiyatlari. Matematika darsi. Uning dars jadvalidagi o`rni, bоshqa darslar bilan alоkasi. o`quvchilarning mustaqil ishlari va ularni tashkil qilish xususiyatlari. Mustaqil ishni tashkil qilish uchun dars ishlanmasi va mashqlar to`plamini tuzish.

Oz komplektli maktablar haqida


Mamlakatimizda, xususan bizning Respublikamizda qishloq joylarda kichik va aholi yashaydigan uzoq punktlar mavjud bo'lib, bu joylarga bir sinfga belgilangan me'yordan anchagina kam bo'lgan 7 yoshli bolalar bo'Iganda oz komplektli maktablar ochiladi.Bu shunday maktabki, unda bir o'qituvchi bir vaqtda bir necha sinfda ishlaydi. Bu sinflarda soni 3 tadan 30 tagacha o'quvchi bo'lishi mumkin. Bir o'qituvchi hamma (I-IV) sinflar bilan bir vaqtda ishlaydigan maktab bir komplektli maktab deyiladi.
Ikkita o'qituvchi, uchta (ba'zan to'rtta) sinf bilan ishlaydigan maktab ikki komplektli maktab deyiladi. Ikki komplektli maktablarda uch sinfni ikki komplektga birlashtirishning ushbu variantlarini amalga oshirish mumkin: 1- va 2-sinflarni bir komplektli qilib birlashtirish (bu holda birinchi sinf bilan uchinchi sinf o'qituvchisi ishlaydi), 1- va 3-sinflarni, 2- va 4-sinflarni bir komplektga birlashti- rishning mos variantlari tanlanadi.
Oz komplektli maktablarda ishlash o'qituvchi va o'quvchilar uchun bir qator qiyinchiliklar va to'siqlar bilan bog'liq:

    1. O'qituvchi har kuni darsga tayyorlanishi va turli fanlardan eng kamida 8 soat dars o'tishi kerak. Oz komplektli maktablarda darslar bo'yicha reja tuzish oddiy maktabda bir sinf bilan ishlashga qaraganda ko'p vaqt talab qilishi bilan ishlash darajasi qiyin. Har kuni 8 yoki 12 ta reja ustida ishlash qiyingina bo'lmay, balki bularni o'zaro koordinatsiyalash anchagina vaqt talab qilishi bilan, ularga optimal pedagogik samara beradigan ularni bir butun birlashtirish zarurligi bilan ham qiyindir. Bularning hammasi o'qituvchidan tegishli bilimlarni bilishdan tashqari, maksimal darajada kuch, sabot, uyushqoqlik, matonat, qat'iyatlikni talab qiladi.

    2. O'quvchilarning bir necha sinfga diqqat e'tiborini taqsimlashi juda qiyin.

    3. O'qituvchi bir sinf bilan darsning yarmi yoki 1/3 qismi davomida shug'ullanishga, darsning qolgan vaqtida o'quvchilar mustaqil ishlashiga to'g'ri keladi.

    4. O'quvchilar mustaqil ish bajarayotgan vaqtda o'qituvchi boshqa sinf bilan band bo'ladi.

    5. Bir sinf o'quvchilari, ayni vaqtda o'qituvchi rahbarligida ishlayotgan boshqa sinf o'quvchilarining xalaqit berishiga qaramay, mustaqil ishlayverishlari kerak.

Shunga qaramay oz komplektli maktab o'quvchilari uchun bir qator afzalliklari ham mavjud:

  1. Sinf o'quvchilari sonining kamligi (ba'zan 2-3 ta o'quvchi). Bu o'qituvchiga tez- tez so'rab turish, o'quvchilar bilimlaridagi kamchilliklarni topish va ularni tuzatish imkoniyatlarini beradi.

  2. Oz komplektli maktablarda o'quvchi daftarlarini tekshirishga oz vaqt sarflaydi, u bu daftarlar orqali o'quvchi qanday va nimadan qiynalayotganini oson aniqlaydi.

  3. Oz komplektli maktablar maktab xususiyatiga ko'ra o'quvchi darsning taxminan 1/3 qismida mustaqil ishlashga to'g'ri keladi. Buning o'quv maqsadlaridan tashqari,




Demak, 1-sinflar ikki darsni oldin o'qiydi va ikki dars oldin tugatadi. O'qituvchi uchun eng og'ir soatlar 3 chi va 4 chi soatlardir.
O'z komplektli maktablarda o'quv ishini rejalashtirish tegishli metodik qo'llanmalar orqali o'qituvchilarga yetkazilmoqda.
Uch sinfda bir vaqtda o'tkaziladigan bir predmetli (matematika) darsining taxminiy rejasini keltiramiz: 1-sinfda «sondan yig'indini ayirish» (mustahkamlash); 2-sinfda
«21 dan 100 gacha bo'lgan sonlarni og'zaki raqamlash» (ya'ni tushuncha berish), 3- sinfda «1000 ichida og'zaki raqamlash» (ya'ni tushuncha berish). (L.Sh. Levenberg va boshqalar. «Boshlang'ich sinflarda matematika o'qitish metodikasi»).
Hamma narsadan oldin oz komplektli maktablarda sinf doskasi o'lchamini kattalashtirish kerak. Buning sababi bir necha sinf bilan ishlash sharoitida doskaga, birinchidan, bir necha topshiriq materiallari yoziladi va ikkinchidan, bir necha sinf uchun yoziladi. Shu bilan birga topshiriqlar umumiy maktabdagiga qaraganda to'laroq bayon qilinadi. Chunki, o'quvchilar ulardan o'qituvchining tushuntirishlarisiz foydalanishlari kerak. Oz komplektli maktablar ish tajribasida bu maqsadlarda qo'shimcha yengil ko'chma, osma (yoki tagliklarga o'rnatilgan) doskalar, uzaytirilgan sinf doskalaridan (tortib turiladigan pardalar bilan taminlangan), olib qo'yiladigan (ochiladigan qopqoqli) maxsus doskalardan foydalaniladi.
Oz komplektli maktabda o'quvchilarni o'qitishda har xil jadvallar ham muhim rol o'ynaydi. Bunda, asosan, umumiy ta'lim maktablari uchun mo'ljallangan jadvallarning o'zidan foydalanish mumkin.
Oz komplektli maktablar uchun ma'lumotlari o'zgartiriladigan jadvallarning ahamiyati, ayniqsa, katta. Masalan, sodda masalalaming (murakkab masalalarning) qisqa yozuvlari namunalarini o'z ichiga oladigan jadvallarni cho'ntakli qilib tayyorlash maqsadga muvofiq, bu cho'ntaklar son ma'lumotlarni unga teskari masala bilan almashtirish natijasida maqsadni amalga oshirish imkonini beradi.
Oz komplektli maktabda algoritmik jadvallarga, ya'ni algoritmik qoidalami o'z ichiga olgan jadvallarga katta o'rin berish kerak.
Tarqatma-didaktik materiallardan foydalanish ham mustaqil ishlarni muvaffaqiyatli bajarishga imkon beradi. Ko'pchilik hollarda bular topshiriqli kartochkalardan iborat bo'ladi.
Oz komplektli maktablar barcha maktablar uchun belgilangan dasturlar bo'yicha ishlaydigan va asosan boshqa maktablarga o'xshash usullardan foydalanadilar, lekin bu yerda darsning tashkil etilishida muhim farqlar bor. Oz komplektli maktabda bolalarni o'qitish va tarbiyalash o'qituvchidan katta mahorat talab qiladi.
Ikkita sinf bilan o'tkaziladigan mashg'ulotlarni rejalashtirishda o'qituvchi quyidagi masalalarni hal etishi kerak:

  1. o'qituvchi rahbarligida o'tkaziladigan mashg'ulot vaqtini ratsional taqsimlash;

  2. o'quvchilarning mustaqil shug'ullanishlarini to'g'ri tashkil etish;

  3. mustaqil ishlarni qachon va qanday tekshirishni oldindan to'g'ri rejalashtirish;

  4. bir sinfdan ikkinchisiga o'tishni qanday amalga oshirishni hal etish.

Bu masalalarni hal etish uchun o'qituvchi dars jadvalida matematika darsining o'rnini, darsning turini belgilab olishi, darsning minutlar bo'yicha taqsimlangan puxta va aniq rejasini tuzib olishi lozim.
Dars jadvalida matematika, odatda, birinchi yoki ikkinchi soatga qo'yiladi. Matematika darsini boshqa sinfdagi xuddi shu dars bilan birgalikda bo'lishi eng maqbuldir.
Oz komplektli maktablarda darsning mazmuni va turiga qarab mashg'ulotlarni birgalikda olib borishning ushbu to'rt turi farq qilinadi:

    1. barcha sinflarda yangi material o'rganiladi;

    2. bir sinfda yangi material o'rganiladi, ikkinchi sinfda esa mashqlar bajariladi;

    3. ikkala sinfda malakalarni mustahkamlash va rivojlantirish darsi o'tkaziladi;

    4. ikkala sinfda amaliy ishlar yoki ekskursiya o'tkaziladi.







      1. ilоva


Yüklə 13,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   176




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə