Yormani boshqa zararkunandalar bilan zararlanishi. Uni elakdan o’tkazmasdan aniqlanadi. Bir kilogramm yorma qora qog’oz bilan qoplangan stolga yoyiladi va zararkunandalar bo’yicha sonini aniqlash uchun sanaladi.
Temir aralashmalar miqdori. Zararkunandalar aniqlanga-nidan keyin shu namunadan temir aralashmalarni aniqlash uchun ham foydalaniladi. Shuning uchun elakdan o’tgan va unda qolgan qoldiqlar qo’shiladi va yaxshilab aralashtiriladi. Tahlil xuddi unda temir aralashmalarini aniqlash singari usulda o’tkaziladi.
Yormalar raqami. Yormani zararkunandalar bilan zararlani-shi va ularda temir aralashmalar miqdori aniqlanganidan keyin ajratilgan o’rtacha namunaning qismi (1 kg) namunaning qolgan qismiga qo’shiladi, yaxshilab aralashtiriladi va tahlil uchun namuna ajratiladi.
Yormaning yirikligi yoki raqamini hamda boshqa aralashmalar miqdorini aniqlash uchun namunalar olinadi. (g):
po’sti tozalangan, butun va bo’lingan no’xat 100
grchixali mag’iz, arpali, perlovkali
№ 1, № 2 va № 3, arpali № 1,
tozalashda maydalangan no’xat 50
guruchli, arpali, perlovkali (nedodir) 25
arpa yormasidagi puchlar (nedodir) 10
qorakuya miqdorini aniqlash uchun 200
Namunada mineral aralashmalar topiladigan bo’lsa, unda qo’shimcha namuna (400 gr) ajratiladi va ularning miqdori aniq-lanadi. Har biri 25 gr namunalarni bo’lgich yoki qo’lda ajratiladi. Qo’lda namunalarni ajratish ayniqsa mannali, makkajo’xori yorma-lari va suli yaproqchalari uchun ma’quldir. Yirikli yoki raqami, uringan mag’iz va ularni aniqlash uchun ajratilgan namunalar tegishli standartda belgilangan elaklar to’plamidan o’tkaziladi (22.1.-jadval).
22.1.-jadval
Ba’zi yorma turlari uchun elaklar o’lchami
Yorma turi
|
Elak materiali va teshik razmeri
|
Grechixa yormasi
|
Yuqoridagisi 1,6x20 mm cho’zinchoq teshikli, quyidagisi № 08 temir simlik
|
Yuzasi tozalangan no’xat
|
Diametri 2, 5; 1,5 va 1,0 mm aylana teshikli
|
Silliqlangan tariq
|
Diametri 1,5 mm aylana teshikli va № 056 temir simlik
|
Silliqlangan № 1, 3, 2, 4, 5 makkajo’xori
|
Diametri 4,0; 3,0; 2,5; 2,0; 1,5 mm aylana teshikli
|
Sholi
|
Temir simlik, aylana diametri 1,5 mm teshikli
|
Grechixa yormasini (mag’izli va o’rta shakldagi) tekis satxga qo’lda, silkitmasdan elakdagi uzunlik bo’ylab yo’nalishda harakat qilib elanadi. Mag’izni elashdagi harakat ko’lami 10 sm, elash vaq-ti 3 daqiqa, o’rta shakldagi esa 1 daqiqa davom etadi. Shuningdek, elash mexanizmlaridan ham foydalanilsa bo’ladi.
Makkajo’xori yormasi laboratoriya elash mexanizmida 10 daqi-qa davomida, har daqiqa 180-200 aylanishda elanadi. Elak teshik-lari yorma bilan tiqilib qolmasligi uchun elakka diametri 1 sm, qalinligi 0,3 sm, og’irligi 0,4 g ga bo’lgan 5 ta rezina xalqacha qo’yiladi.
Boshqa yormalar laboratoriya elash mexanizmida 3 daqiqa davo-mida, har daqiqada 120 aylanishda elanadi. Qayd etilgan sharoit-larni inobatga olgan holda yormalarni qo’lda elash ham mumkin.
Alohida elaklarda qolgan qoldiqlar va quyidagi elakka o’tgan-lar 0,01 aniqlikda texnik torozilarda tortiladi va olingan namu-na og’irligiga nisbatan 0,1 aniqlikda foizda ifodalanadi. Ikki xil elakda qolgan va undan o’tgan miqdorga qarab, yormaning yirikligi va uni u yoki bu raqamga mansubligi DAST ga binoan aniqlanadi.
Misol. 50 g perlovka yormasiini elashda 3,5 mm diametrli elakdan o’tishi va diametri 3,0 mm elakda qolishi 41,2 g yoki 82,4% ni tashkil etadi. DASTga binoan bu yorma 1 raqamiga taalluqli, chunki ikki xil elakdan yormani o’tishi va qolishi har bir elakda kamida 80% bo’lishi kerak (22.2.-jadval).
22.2.-jadval
Dostları ilə paylaş: |