«Tasdiqlayman» Oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari, dotsent


Amaliy mashg’ulot Don maydalash samaradorligini aniqlash



Yüklə 1,9 Mb.
səhifə208/254
tarix30.12.2023
ölçüsü1,9 Mb.
#167269
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   254
Зоология ва экология-fayllar.org

11 Amaliy mashg’ulot Don maydalash samaradorligini aniqlash
I. Ishdan maqsad. Valetsli stanokda don maydalash unumdorligini aniqlash.
II. Asosiy jihoz va uskunalar.

  1. A1-BZN valetsli stanogi (laboratoriya tegirmoni);


  2. Metall simli elak;


  3. Texnik tarozi;




III. Dastlabki tushunchalar.
Donlarni va oraliq mahsulotlarni maydalash jarayoni tayyor mahsulot miqdoriga va sifatiga, keyingi saralovchi uskunalarning unumdorligiga ta’sir qiladi.
Donni maydalash bu ko’p energiya talab qiluvchi jarayondir. Maydalash deb ezuvchi va ezib ishqalovchi tashqi kuchlar ta’sirida qattiq jismning parchalanishiga aytiladi. Maydalash jarayoni donning fizik va texnologik xususiyatlarini o’zgartiradi.
Bu jarayonning texnologik samaradorligi valetsli stanokka bog’liq. Qo’shimcha maydalash esa vыmol, entoleytor va detasher uskunalarida amalga oshiriladi.
Maydalashning 2 turi mavjud: oddiy maydalash va murakkab, ya’ni saralab maydalashdir. Oddiy un tortishda oddiy maydalash usulidan foydalaniladi, bunda zarrachalarning o’lchami va tarkibi bir xil bo’ladi. Navli un tortishda murakkab maydalash usulidan foydalaniladi, bunda hosil bo’layotgan zarrachalarning o’lchami va tarkibi turlicha bo’ladi.
Murakkab maydalash usuli maksimal darajada endospermani ko’p ajratib olishga qaratilgan bo’lib, oddiy maydalashga nisbatan ko’p energiya talab qiladi.
Maydalash jarayonini texnologik jihatdan baholashda 2 ta ko’rsatkich e’tiborga olinadi: miqdor va sifat ko’rsatkichlari. Miqdor ko’rsatkichi maydalangan mahsulot miqdori bilan o’lchanadi, ya’ni u “izvlecheniya” koeffitsiyentiga bog’liq bo’ladi. Sifat ko’rsatkichiga quyidagilar kiradi: un mahsulotidagi kul moddasi, miqdori rangi, un tarkibidagi kletchatka miqdori va kepak tarkibidagi un miqdori.
Don maydalash unumdorligi unga sarflangan ish va elektr energiya bilan o’lchanadi. Sarflanayotgan energiya miqdorini kamaytirish bilan unumdorlikka erishish mumkin. Buning uchun maydalash jarayonida:
a) maydalovchi ishchi organning yemirilishga chidamliligini orttirish;
b) texnologik ravishda maydalash tsikli sonini kamaytirishga erishish;
v) materialni deformatsiyalashga sarflanadigan quvvatni donlarga sifatli gidrotermik ishlov berish bilan kamaytirish.
Bundan tashqari, donning maydalanish unumdorligiga uning struktura- mexanik xususiyati va anatomik tuzilishining ta’siri katta.
Hozirgi vaqtda un zavodlarida don va oraliq mahsulotlar valetsli stanoklarda maydalanadi.
Ishlab chiqarish jarayonida maydalanish jarayoniga baho berishda dondan qancha mahsulot miqdori olish (izvlecheniya)ga e’tibor beriladi, u esa barcha texnologik jarayonlarda bir xil bo’lishi lozim.
Sistemadan qancha mahsulot ajratib olish miqdori 100 g namunani ma’lum nomerli elakda 3 minut davomida elash orqali aniqlanadi. Elakdan o’tgan mahsulot miqdori (foizlarda) sistemadan ajratib olingan mahsulot miqdorini bildiradi.
Tahlillar shuni ko’rsatadiki, bu usul ishonchli emas, chunki bu usulda elakdan o’tmay qolgan fraktsiya tarkibida qancha maydalangan mahsulot borligini bilmaymiz. Bu esa elektr quvvati sarfini hisoblashga imkon bermaydi. SHu bois valetsli stanokdagi mahsulotning maydalanish unumdorligini aniqlash uchun mukammal usul tanlash lozim.


Uslubiy ko’rsatmalar. Donning maydalanish unumdorligini aniqlash usuli un maydalanish qonuniga asoslangan bo’lib, bajarilgan A ish quyidagi formula orqali aniqlanadi:
(21)

bu yerda: A0 – maydalash jarayonida ishchi organlarning bajargan ishi;


m – maydalanish tsikllari soni;
E – mustaqillik moduli;
v – maydalangan mahsulot hajmi;
 - 1 sm2 yuza hosil bo’lishi uchun sarflangan energiya;
- maydalanishda hosil bo’ladigan mahsulot yuzasi;
i – maydalanish darajasi;
n – maydalanish darajasini aniqlovchi ko’rsatkich.
Bundan ko’rinib turibdiki, maydalanish unumdorligining ko’rsatkichlari sifatida maydalanish darajasi va energiya sarfini Qud (kJ/sm2) olish mumkin, bular maydalangan mahsulotning granulometrik tarkibiga bog’liq. Buni quyidagi formuladan topish mumkin:
(22)

bu yerda ; ya’ni mahsulotning maydalanishdan oldingi va keyingi hajmlari ayirmasi.


Maydalanish darajsi ni ga nisbatidan topiladi.
SHundan i va - bog’liq ko’rsatkichlar bo’lib, bularni barchasi tahlil qilinadi. Ikkala holda ham maydalangan mahsulotning umumiy hajmi topiladi.
ni eksperiment – hisoblash usuli bilan aniqlanadi. Bunda ma’lum mahsulot namunasidan (100 g) olib, elaklarda saralanadi. Har bir fraktsiyani alohida ajratish uchun 2 ta elakdan foydalaniladi. Zarrachalarning o’lchamlari elaklar nomerlari yig’indisining yarmiga teng bo’ladi. Masalan, agar yirik fraktsiya 1,2 nomer elaklardan o’tgan bo’lib, 1,0 elakdan o’tmay qolgan bo’lsa, zarrachalar o’lchami 1,1 mm ga teng bo’ladi.
Bitta zarracha hajmini aniqlashda, u sferik yoki kub shaklida qabul qilinadi. Har bir fraktsiyada mavjud zarrachalar soni quyidagicha topiladi:
(23)

mi – mahsulot fraktsiyasining massasi;


mj – bitta zarrachaning og’irligi;
pj – zarrachalar zichligi;
Vj – bitta zarracha hajmi.
Zichlik piknometrik usul bilan aniqlanadi.
Zarrachalar o’lchami va sonini (n) bilgan holda umumiy maydon aniqlanadi:
(24)
Maydalangan aralashma granulometrik tarkibining integral egri chizig’i tahlili.

yoki F1 larning taqqoslash hisobini olib borish uchun zarrachalar yuzasining massasini aniqlash lozim.


Buning uchun mahsulotni maydalashdan oldingi va keyingi granulometrik tarkibini aniqlash lozim. Tahlil qilinayotgan mahsulot elaklar yig’indisida saralanadi. Olingan natijalar asosida integral egri chiziq chiziladi.
Granulometrik tarkibga maydalangan mahsulot zarrachalari o’lchamining o’rta hisobi asos qilib olinadi (X).
Mahsulotlar tarkibida mayda zarrachalar qancha ko’p bo’lsa, jarayon shuncha unumdor bo’lib, quvvat sarfi ko’p bo’ladi. Bundagi maydalanish ko’rsatkichlari:
- mayda zarrachalarning;
- yirik zarrachalarga nisbati = () () mahsulot tarkibining granulometrik barobarlik koeffitsiyentini tashkil qiladi.
Zarrachalar qancha yirik bo’lsa, mahsulotning granulometrik barobarligi shuncha yuqori bo’ladi, ya’ni egri chiziq to’g’ri chiziqqa yaqinlashadi.

Ishni bajarish tartibi. YAngi hosil bo’lgan yuza F ni, maydalanish darajasi Fi va granulometrik tarkib egri chizig’ini aniqlash uchun 2…3 kg namuna olinadi. Bulardan 300…500 g namunani elaklarda saralab olinadi. Elaklarni tozalash uchun rezina shariklar qo’llaniladi. Olingan fraktsiyalar tarozida tortib o’lchanadi va maydalangan mahsulotlar zichligi 1400 deb olinadi. Keyin F va t aniqlanadi. Fraktsiya massalarini aniqlab, granulometrik tarkib egri chizig’i chiziladi va maydalanish koeffitsiyenti aniqlanadi. Bundan F1, F2, F3, F4 yuzalar rejalashtirish orqali aniqlanadi.

Ishlab chiqarish sharoitida valetsli stanokka tushayotgan yukni va un tortish tartibini aniqlash.


  1. Ishning maqsadi. Valetsli stanokka tushayotgan yukni va un tortish tartibini o’rganish.


  2. Jihoz va uskunalar. Valetsli stanok – rassev-analizator, xokandoz, elaklar to’plami, tarozi, mayda qadoq (tarozi) toshlar, mahsulotlar uchun turli hajmdagi tunuka bankalar, sekundomer, qo’l soati.


  3. Umumiy holat. Un tortish jarayonining asosiy ko’rsatkichi – ikkita qo’shaloq vallarga tushayotgan yuk va un tortish tartibi.


  4. Uslubiy yo’llanma. Un tortish tartibi «izvlecheniya» koeffitsiyenti orqali aniqlanadi.

Jaydari un ishlab chiqarishda un tortish tartibi barcha sistemalar uchun ma’lum sistemadan olingan un (“izvlecheniya”) miqdorini % hisobida ifodalash bilan aniqlanadi. Navli un olishda: umumiy “izvlecheniya”sidan, shlif. va razmol sistemalarda shu sistemaga kelib tushayotgan aralashmadan olingan (izvlecheniya) un miqdorining % ifodasi bilan aniqlanadi.



Topshiriq. 1. Valetsli stanokka tushayotgan yukni aniqlash. 2. Un tortish tartibini aniqlash. 3. Olingan natijalarni qoidaga solishtirib, xulosa chiqarish.

Ishni bajarish tartibi. Ishlab chiqarish sharoitida valetsli stanokka kelib tushayotgan yukni aniqlash uchun valets vallari tagidan chiqib kelayotgan aralashmadan ma’lum vaqt ichida (daqiqa) maxsus xokandoz (3-rasm) bilan namuna olinadi. Eng qulay xokandoz o’lchami uzunasiga 100 mm bo’lishi kerak. Buning uchun valetsli stanokning pastki eshigini ochib, xokandozni vallarning uzunasiga bir necha marotaba yurgizib namuna olinadi.
Valetsli stanokka tushayotgan yuk [kg (sm. sutka)] quyidagi formula bilan aniqlanadi:
(25)
bu yerda: s1 - vallar tagidan olingan aralashmaning massasi, kg.

Ma’lum sistemaning chiqishi “izvlecheniya”sini aniqlash uchun vallarni mahsulot bilan ta’minlab turuvchi vallar tagidan maydalanuvchi yuza ustidan bir necha marotaba namuna olinadi. Bir vaqtning o’zida vallar tagidan chiqayotgan aralashmalardan namuna olinadi. So’ng namunalardan 100 g miqdorida ajratib, rassev-analizatorda 3 minut elanadi. Elakdan o’tgan mahsulotni tortish natijalari 8 – jadvalga yozib quyiladi.


8-jadval

Sistema

Elak nomeri

Aralashmaning “proxod” fraktsiyasi massasi, g


“izvlecheniya”ning miqdori, K, %


Valetsli stanokka tushishidan oldin, K1


Valetsli stanokka tushgandan so’ng, K2












Olingan natijalar asosida «izvlecheniya» miqdori (%) quyidagi formula orqali aniqlanadi:


(26)

bu yerda: K1 – valetsli stanokka tushayotgan aralashmadagi «proxod» mahsulotning miqdori, g;


K2 – aralashma valetsli stanokdan chiqqandan so’ng olingan namunadagi «proxod» miqdori, g.
Hosil bo’lgan «izvlecheniya»ni qoida bilan solishtirib xulosa chiqariladi.

Yüklə 1,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   254




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə