"tasdiqlayman" O‘quv va tarbiyavuy ishlar


Pedagogik g‘oyalarining rivojlanish tarixi



Yüklə 3,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/66
tarix20.10.2023
ölçüsü3,01 Mb.
#129172
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   66
O`QUV MAJMUA Xasanboy

Pedagogik g‘oyalarining rivojlanish tarixi

R E J A: 


1. 
Qadimgi Yunoniston va Rim davlatlarida ta’lim-tarbiya va pedagogik 
fikrlar. 
2. 
Ya.A.Komenskiyning pedagogika fani rivojiga qo‘shgan hissasi. 
3. 
I.G.Pestalotssi, R.Ouyen, A.Diserveglarning pedagogik g‘oyalari. 
4. 
K.D.Ushinskiy, L.N.Tolstoy va A.S.Makarenkolarning pedagogik 
faoliyatlari va qarashlari. 
Bizning bo‘lg‘usi pedagoglarimiz-tarbiyachi va o‘qituvchilarimiz faqat o‘zbek 
va O‘rta Osiyo xalqlari pedagogikasi tarixini o‘rganib qolmasdan, balki jahon xalqlari 
tarixidagi ilg‘or pedagogik qarashlarni, yirik pedagoglar va ularning g‘oyalarini ham 
bilishlari lozim. Bu ularning pedagogik mahoratlari yanada oshishiga yordam beradi. 
Shu bilan birga "Ta’lim to‘g‘risida"gi qonunimiz va "Kadrlar tayyorlash milliy 
dasturida" ham milliy qadriyatlarimiz bilan birga umuminsoniy qadriyatlarni ham 
o‘rganish va ularni ta’lim-tarbiya jarayoniga tadbiq etish talab etiladi. Shu maqsadda 
biz jahon xalqlarida pedagogika fani rivojlanishiga qisqacha ma’lumot berib o‘tsak. 
Jahon pedagogika fani yuzaga kelishi va rivojlanishi haqida gapirganda qadimgi 
Yunoniston va Rimdagi ta’lim-tarbiya, pedagogik fikrlarga to‘xtalib o‘tish lozim. 
Chunki bularda madaniyat, tarbiya, maktab va pedagogik fikrlar boshqa mamlakatlarga 
nisbatan erta rivojlangan. 
Qadimgi Yunoniston (Gresiya) uncha katta bo‘lmagan bir qancha quldorlik 
davlatlaridan iborat mamlakat bo‘lgan. Lakoniya (bosh shahri Sparta) va Attika (Afina) 
eng katta davlatlardan edi. Bularda alohida tarbiya tizimi vujudga kelib, Sparta va 
Afina tarbiya usuli deb ataldi. Ularning ikkalasi ham quldorlik davlati edi va ularda 
tarbiya tizimlari quldorlar uchun edi. 
Spartada tarbiya ishlari davlat qo‘lida edi. Bolalarni baquvvat, chiniqqan 
jangchilar, bulajak quldorlar qilib tarbiyalash vazifasi qo‘yilgan edi. Spartaliklarning 
bolalari 7 yoshgacha uyda yashab, 7 yoshdan "agella" tarbiya muassasiga 
joylashtirilgan. 18 yoshgacha shu yerda tarbiyalangan. Bu muassasalarga taniqli, 
obro‘li "pedanom" rahbarlik qilgan. 
O‘quvchilar jismoniy chiniqtirilgan, musiqa, ashula, diniy raqslar o‘rgatilgan. 
Davlat rahbarlari yoshlarga axloqiy va siyosiy tarbiya berardilar. Bolalar aniq va 
qisqa javob berishga o‘rgatilar edi. 18-20 yoshda efeblar safida harbiy xizmat 
o‘tardilar. Qizlarga ham harbiy-jismoniy tarbiya berilardi. 
Afinada eng barkamol kishi deb, ham jismoniy, ham ma’naviy jihatdan kurkli 
kishini hisoblaganlar. Aqliy, axloqiy, esetik va jismoniy tarbiyani birga qo‘shib olib 
borishga intilardilar. 7 yoshgacha bolalar uyda tarbiyalanardilar. O‘g‘il bolalar 7 
yoshdan maktabga qatnar, qizlar oilada tarbiyalanib, uy ishlari bilan shug‘ullanardilar. 
7-14 yoshda grammasits (savod o‘qituvchisi) va kifarits (musiqa o‘qituvchisi)
maktablarida o‘qirdilar. Mak tablar xususiy bo‘lib, pul to‘lanardi. Pulsiz erkin aholi 
ham o‘qiy olmasdi. Bu maktablarda "didaskal" (men o‘qitaman) o‘qituvchilar 
mashg‘ulot olib borardi. O‘g‘il bolani maktabga yetaklab boruvchi qulni "pedagog" 


deb atashgan. Maktablarda o‘qish, yozish, hisoblash o‘rgatilgan. Kifaritsda adabiy 
bilim, esetik mazmundagi materiallar o‘rgatilgan. 
13-14 yoshdan 2-3 yil "palestra" (kurash) maktabida tarbiyalangan. Palestrada 
o‘qish tekin bo‘lgan. Bularda ham axloqiy, siyosiy suhbatlar o‘tkazilib turilgan. 
Badavlat oila bolalari undan sung "gimnaziy"da o‘qigan. Ularda falsafa, siyosat, 
adabiyot o‘rgatilgan, ular davlat boshqaruvida qatnashganlar. 18-20 yoshda efeb safida 
xizmat qilganlar. 
Yunonistonda tarbiya nazariyasi ham yaratildi. Unga faylasuf olimlar Sokrat, 
Platon, Aratsu, Demokritlar asos soldilar. 
Sokrat (yer.av. 469-399) ning fikricha tarbiyadan qutilgan maqsad, buyumlar 
tabiatini o‘rganish bo‘lmay, balki kishining bilim olishi, axloqni kamol toptirish 
bo‘lmog‘i lozim. Sokrat notiq, faylasuf sifatida ko‘p ma’ruzalar bilan chiqadi. Shularda 
u tinglovchilarni savol-javob yo‘li bilan haqiqatni o‘zlari topishlariga undar edi. Bu 
"Sokrat usuli" yoki "fikr qo‘zg‘ovchi savollar usuli" deb nom oldi. 
Platon (yer.av. 424-347) Sokratning shogirdi. Uning nazariyasicha ideal 
aritsokratik davlat uch gurux: faylasuflar, jangchilar, dehqon va hunarmandlardan 
iborat bo‘ladi. Faylasuflar boshqaradi, jangchilar himoya qiladi, dehqonlar ularni 
boqadi. Bunday jamiyatga tarbiya orqali erishiladi, deydi. Uning fikricha tarbiya davlat 
tomonidan tashkil etilishi va hukmron sinflar manfaatini ko‘zlamog‘i kerak. U o‘z 
pedagogik tizimida Sparta va Afinaning tizimidagi ba’zi belgilarni birlashtirishga 
intiladi. 
Arastu (yer.av. 384-322) pedagogika nazariyasi rivojiga katta hissa qo‘shgan. 
Uningcha olamda tana va jon bor. Uch xil jon bor: o‘simlikdan tarkib topgan jon 
oziqlanish va ko‘payishda namoyon bo‘ladi; hayvonlardan tarkib topgan jon, o‘simlik 
xossalaridan tashqari, sezgi, itsaklarda namoyon bo‘ladi; aql ifodasi bo‘lgan jon 
tafakkur yoki bilish hislatlariga ega. Shu 3 jonga muvofiq 3 tarbiya: jismoniy, aqliy 
tarbiya bo‘lishi kerak. Tarbiyaning maqsadi, uning fikricha jonning oliy tamonlari- aql 
va irodani kamol toptirishdan iboratdir. 
Pedagogika tarixida 1-marta yosh davrlariga bo‘ladi. U yoshlikni 3 davrga: 
7 yoshgacha, 7 yoshdan 14 yoshgacha, 14 yoshdan 21 yoshgacha. 
Qadimgi Rimda boshlang‘ich va grammatika maktablari bor edi. Erkin aholi 
bolalari ham qisman xususiy maktablarda o‘qiy olardi. Bularda o‘qish, yozish, hisob 
o‘rgatilgan. Boy bolalar uyda ham o‘qitilgan. 
Grammatika maktablarida imtiyozli oila bolalari lotin tili, grek tili, ritorika 
(notiqlik)ni o‘rganganlar. 
Alohida ritorlar maktabi ham bo‘lib, bularda aslzoda bolalar pul tulab ritorika, 
falsafa, huquqshunoslik, grek tili, matematika, musiqa o‘rganar edilar. 
Mashhur Rim pedagoglaridan biri Mark Fabiy Kvintilian (42-118) edi. Uning 
"Notiq tarbiyalash to‘g‘risida" asaridan parchalar bizgacha yetib kelgan u grek rim 
falsafasi, pedagogikasini yaxshi bilgan. Ritorlar maktabida o‘qituvchilik qiladi. Asarni 
esa o‘z pedagogik tajribasi bilan bog‘lab yaratadi. 


U bolalarning tabiiy qobiliyatiga yuksak baho beradi. Uning fikricha befahm, 
qobiliyasizlar kamdan-kam uchraydi. Bola maktabda tarbiyalanmog‘i lozim. 
O‘qituvchi bolalarni sevishi, o‘zini yaxshi tuta bilishi, bolalarni bekorga jazolab va 
mukofotlayvermasligi, o‘zi bolalarga namuna bo‘lishi kerak. 
Buyuk slavyan pedagogi, "Chex qardoshlari" jamoasining rahbarlaridan biri Yan 
Amos Komenskiy (1592-1670) Janubiy Moraviyada tug‘iladi. Germaniyadagi
Gernborg, Geydelberg universitetlarida o‘qiydi. U vataniga xizmat qilishni butun 
insoniyatga xizmat qilish bilan birga qo‘shib olib borishga harakat qildi, xalqaro 
hamkorlikni talab qildi. 
Tengsizlik hukm surayotgan bir davrda barcha bolalarni bir xilda, teng holda ona 
tilidagi maktablarda o‘qishlari lozim deb hisoblaydi. Insonni ulug‘laydi. Maktabni 
"insonparvarlik utsaxonasi" deb hisoblaydi. Aholining kambag‘al qismi, xalq ommasi 
uchun tarbiya tizimini ishlab chiqadi. Umumiy boshlang‘ich ta’lim g‘oyasini olg‘a 
suradi. 
Komenskiy fikricha tarbiyaning 3 bosqichi bor: o‘zini va tevarak atrofdagi 
olamni bilish (aqliy tarbiya); o‘z-o‘zini boshqarish (axloqiy tarbiya); xudoni tanishga 
intilish (diniy tarbiya). 
Tarbiya rolini yuksak baholadi. Har qanday bolani odam qilish mumkin deb 
hisoblaydi.U inson tabiatiga asoslanib, bolani yoshini har qaysisi 6 yoshdan bo‘lgan 4 
davrga bo‘ladi: 
1. Go‘daklik davri- tug‘ilgandan to 6 yoshgacha bo‘lgan davr. 2. Bolalik davri- 
6-12 yosh; 3.O‘smirlik davri- 12-18 yosh; 4. Yetuklik davri (balog‘at)- 18-24 yosh. 
U yosh davrlariga tafsif beradi. ?ar bir davr uchun o‘qitish mazmunini belgilab 
beradi. 
Komenskiy ta’limining ko‘rsatmalilik prinsipini nazariy asoslab beradi. 
Didaktikaning "oltin qoidasi"ni bayon etadi. Ma’nosini tushunmay og‘zaki yodlashga 
onglilik prinsipini qarama-qarshi qo‘yadi. Ta’limning sistemalilik va izchillik 
prinsipiga alohida e’tibor beradi. O‘qitishda konkretdan absraktga, osondan qiyinga, 
umumiydan juz’iyga borish kerakligiga to‘xtaladi. Ta’limning bola yoshiga mos 
bo‘lishi qoidasini ham ilgari suradi. 
U maktabga o‘quv yili, uni choraklarga bo‘lishni, kanikulni kiritadi, o‘quv 
mashg‘ulotlarining sinf-dars tizimini nazariy ishlab chiqdi va amalda qo‘lladi. 
"Tillar va hamma fanlarning ochiq eshigi" (1631), "Hislar vositasi bilan idrok 
qilinadigan narsalarning suratlari" (1658) darsliklarini yozadi. 1632 y "Buyuk 
didaktika", "Onalar maktabi" asarlarini yozadi. 
Axloqiy tarbiyaga katta ahamiyat beradi. Donishmandlik, mu’tadillik, mardlik, 
odillik, kamtarlik, pokizalik, mehnasevarlikni tarbiyalashni tavsiya etadi. Axloqiy 
tarbiya vositalarini ko‘rsatadi. Intizomga katta ahamiyat beradi. Tan jazosini butunlay 
qoralaydi. 
Komenskiy o‘qituvchilikni "yer yuzidagi har qanday kasbdan ko‘ra yuqoriroq 
turadigan", juda faxrli kasb deb biladi. Shu bilan birga o‘qituvchilarga talablar qo‘yadi. 


Iogann Genrix Pestalotssi (1946-1827) Chveysariyaning Syurix shahrida vrach 
oilasida tug‘iladi. Uni onasi tarbiyalaydi. Qishloqqa bobosinikiga borib turadi, 
dehqonlarning og‘ir ahvoli bilan tanishadi, ularning ahvolini yaxshilash uchun 
kurashadi. 
Kollegiumning filologiya va falsafa bo‘limlarida o‘qiydi. 
1769 yildan sosial eksperiment boshlaydi. Qo‘rg‘on, yer sotib olib ("Neygof") 
dehkonlarga namunali ferma tashkil qilish tajribasini o‘rgatmoqchi bo‘ladi, lekin tezda 
sinadi. 
1774 yil "Neygof"da kambag‘allar muassasasi ochib, yetim bolalardan 50 tasini 
to‘playdi. O‘qishni mehnat bilan qo‘shib olib boradi. "Lingard va Gertruda" (1781-87), 
"Gertruda o‘z bolalarini qanday qilib o‘qitadi", "Son to‘g‘risida ko‘rgazmali ta’lim 
(XIX asr boshlarida) kitoblarni yozadi. 
1798 yil yana yetimxona ochib, 5 yoshdan 10 yoshgacha bo‘lgan 80 bolani 
tarbiyalay boshlaydi. Lekin bu ham tezda yopiladi. 
Olim bolalarga boshlang‘ich ta’lim berishning oqilona metodini ishlab chiqadi. 
Elementar ta’lim nazariyasini yaratadi. Bu jismoniy mehnat, axloqiy, esetik, aqliy 
tarbiya va o‘qitishni o‘z ichiga oladi. Axloq tarbiyasida oila va onaning o‘rnini 
ko‘rsatadi. 
Robert Ouyen (1771-1838) hunarmand oilasida tug‘iladi. Yoshlikdan mehnat 
qiladi. 20 yoshida korxona egasi bo‘ladi. Ishchilarni ahvolini yaxshilash choralarini 
ko‘radi. 1-6 yoshlilar uchun yasli, bog‘cha, maydonchalar ochadi, 6-10 yoshlilar uchun 
boshlang‘ich maktab, kattalarga kechki maktab ochadi. 
Maktabda ona tili, arifmetika, geografiya, tabiat, tarix, ashula, raqs o‘rgatilardi. 
Ko‘rsatmalilik keng qo‘llanilgan. U tarixda 1-maktabgacha muassasa va ishchilar 
uchun kechki maktab ochdi. 
1825 yil Amerikada "Yangi Garmoniya"- koloniyasini tuzadi. Hamma ishlaydi, 
bir xil kiyinib, yeb ichishadi, o‘qitish mehnat bilan qo‘shib boriladi, lekin 
muvoffaqiyasizlikka uchraydi. 
Adolf Diserveg (1790-1866) amaldor oilasida tug‘iladi. Gerborn, Tyubingen 
universitetlarida o‘qiydi. Reyn, Berlin o‘qituvchilar seminariyasiga boshchilik qiladi. 
O‘zi pedagogika, nemis tili, matematikadan dars beradi. "Nemis o‘qituvchilrini 
o‘qitish uchun qo‘llanma", "Yelementar geometriya" va boshqa darsliklar yozadi. 
Diserveg "Nemis o‘qituvchilarining muallimi" degan faxrli nomga sazovor 
bo‘ladi. U umuminsoniy tarbiya g‘oyasini himoya qiladi. Ongli inson, insonparvar 
shaxs tarbiyalash g‘oyasini ilgari suradi. "Inson- mening nomim, nemis- mening 
laqabim", deydi u. 
Shu bilan birga bola tarbiyasida o‘qituvchi o‘rni muhimligini ko‘rsatadi. 
Konsantin Dmitriyevich Ushinskiy (1824-1870) rus xalq pedagogikasining 
asoschisi. Tula shahrida dvoryan oilasida tug‘iladi. Moskva universitetining yuridik 
fakultetida o‘qiydi. 1846 yili Yaraslav yuridik liseyida ishlaydi, 1855 yildan Gatchina 
yetimlar insitutida, 1859 yildan Smolniy aslzoda qizlar insitutida inspektor bo‘lib 


ishlaydi. Bu yerlarda ta’lim-tarbiya ishlarini yaxshi yo‘lga quyadi, yangi fanlar, 
metodlar kiritadi. 
"Pedagogik adabiyotning foydasi to‘g‘risida", "Maktabning uch elementi", 
"Ijtimoiy tarbiyada xalq ruxi" maqolalarini, 1861 yil "Detskiy mir" xretsomatiyasini, 
"Ona tili", "Mehnatning psixologik va tarbiyaviy ahamiyati" kitoblarini yozadi. 
Axloqiy tarbiyaga katta ahamiyat beradi, uni hatto aqliy tarbiyadan ham utsun 
qo‘yadi. Axloqiy tarbiya vositalarini ko‘rsatadi: 1. Ta’lim, 2. O‘qituvchining shaxsiy 
namunasi, 3. E’tiqod, 4. Pedagogik mahorat, odob, 5. Ogohlantirish, 6.Rag‘batlantirish 
va jazolash. 
L.N.Tolstoy (1825-1910) ning pedagogik faoliyati 1848 yildan boshlanadi. 
"Yasnaya Polyana"da dehqon bolalarini o‘qitadi. Bu faoliyat to‘xtashlar bilan umrining 
oxirigacha davom etadi. "Yasnaya polyana" jurnalini chiqaradi. 1872 yil "Azbuka", 
1875 yil "Novaya Azbuka", va 4ta "O‘qish kitobi"ni nashr ettiradi. 
Tolstoy o‘z pedagogik tizimida "yerkin tarbiya" nazariyasini olg‘a suradi. Bu 
bola shaxsini hurmat qilishga asoslangan. Uning maktabida o‘qish, yozish, din darsi, 
tarix, arifmetika, tabiat fanlari o‘qitilgan. Qat’iy o‘quv reja, dastur, darslik bo‘lmagan. 
Uy vazifasi berilmagan. 
O‘qitishning metodlari ta’lim prinsiplariga oid qarashlari ham ahamiyatlidir. 
A.S.Makarenko (1888-1939) ukrain pedagogi. 1905 yildan o‘qituvchilikni 
boshlaydi. Poltava o‘qituvchilar insitutida o‘qiydi. 
1920 yili "M.Gorkiy" nomidagi mehnat koloniyasini tuzadi, jinoyatchi 
bolalardan 120 dan ortig‘ini tarbiyalaydi. 1927 yildan Harkovdagi "F.Dzerkenskiy" 
nomidagi kommunada ish boshlaydi. Mehnatga katta e’tibor qaratiladi. Turli narsalar 
yasashadi. 
1933-35 yillarda "Pedagogik poyema", "Ota-onalar kitobi" (1937), 1938 yilda 
"Minoradagi bayroqlar" asarlari chiqadi. 
U "jamoada va jamoa orqali tarbiyalash" g‘oyasini olg‘a suradi. Makarenko 
mehnat bilan birga axloq tarbiyasi, bolada or nomus, iroda, xarakter va intizom 
tarbiyalashga alohida e’tibor beradi. Jazolash va rag‘batlantirishga qo‘yilgan 
talablarini bayon etadi. U oila tarbiyasiga oid muhim masalalarni yoritadi. Bola 
tarbiyasida ertaklar, kitoblar, teatr, kino va o‘yinning ahamiyatini ko‘rsatib beradi. 
Bolaning esetik tarbiyasiga alohida ahamiyat beradi. 
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR 
1. 
Qadimgi Afina va Sparta tarbiya tizimidagi o‘xshashlik va farqlarni 
ko‘rsatib bering. 
2. 
M.F.Kvintilianning "Notiq tarbiyalash to‘g‘risida" asari va Rimdagi 
ritorlar maktabiga munosabatingiz qanday? 
3. 
Ya.Komenskiy yaratgan darslik va asarlaridan qaysilarini bilasiz, avval 
ham ular haqida eshitganmisiz, uta’limning qaysi prinsiplarini olg‘a suradi, ularning 


ahamiyati qanday? 
4. 
Komenskiy axloqiy tarbiya va o‘qituvchi haqidagi fikrlari va ularga 
sizning munosabatingiz qanday? 
5. 
I.G.Petsalosi eksperimentlarining mohiyati nimadan iborat edi va uning 
muvoffaqiyasizlikka uchrash sabablari? 
6. 
A.Diservegning umuminsoniy tarbiya g‘oyasini qanday tushundingiz? 
7. 
K.D.Ushinskiyning darslik va asarlari, uning pedagogika tizimida 
xalqchillik g‘oyasi, ona tiliga munosabati? 
8. 
L.Tolstoy "yerkin tarbiya" nazariyasining mohiyati nimadan iborat? 
9. 
A.S.Makarenkoning qaysi asarlarini o‘qigansiz, ularga munosabatingiz 
qanday? 
10. 
XIX asr oxiridagi "eksperimental", "progmatik" pedagogik oqimlar, 
ularning ijobiy va salbiy tamonlari. 
ADABIYOTLAR: 
1. Karimov I.A. Barkamol avlod-o‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. T.1998. 
2. Karimov I.A. Sog‘lom avlod - xalqimiz kelajagi. (Konstitusiya kuni 
munosabati bilan so‘zlagan nutqi). “Xalq so‘zi” gazetasi. 8 dekabr, 1999. 
3. Tursunov I., Nishonaliyev U. Pedagogika. T. 1996. 
3. Gʻoziyev E. Psixologiya. (o‘quv qo‘llanma) T. 1994. 
4. Vospitaniye i razvitiye detey v prosesse obucheniya.M.1981. 
3-Mavzu: 

Yüklə 3,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə