"tasdiqlayman" O‘quv va tarbiyavuy ishlar



Yüklə 3,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/66
tarix20.10.2023
ölçüsü3,01 Mb.
#129172
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   66
O`QUV MAJMUA Xasanboy

: Shaxs tarbiyasi
Reja: 
1.Tarbiya jarayoni haqida tushuncha 
2.Shaxs rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar. 
3.Shaxs rivojlanishida yosh va individual xususiyatlar. 


4.Tarbiya usullari xaqida tushuncha. 
5.Tarbiya turlari. 
1. Tarbiya jarayoni haqida tushuncha 
Tarbiya jarayoninig mohiyati nimadan iborat? Bu oddiy savol bo‘libgina 
qolmay, pedagogika rivojlanishi shu vaqtga qadar ushbu muammoni yechish yuzasidan 
ko‘pgina qiyinchiliklarni yuzaga keltirdi. Avvalo shu narsani bilib olish lozimki, 
tarbiya tushunchasi har xil mavzuda qo‘llanishi lozim. Masalan, tarbiya deganda, yosh 
avlodning kelajak hayotga tayyorlash deb tushuniladi. Lekin, bu tayyorlash maxsus 
tashkil qilingan tarbiya faoliyatlari bilan amalga oshirilishi mumkin. 
Tarbiya shaxsni maqsadga muvofiq shakllashtirish uchun uyushtirilgan 
pedagogik jarayon bo‘lib, tarbiyalanuvchining shaxsiga muntazam va sistemali ta’sir 
etish imkoniyatini beradi. Tarbiya jarayoni o‘zaro bog‘liq bo‘lgan ikki yoqlama 
faoliyatni pedagog va talaba faoliyatini o‘z ichiga oladi. Tarbiya jarayonida 
tarbiyalanuvchining ongi shakllanadi, his-tuyg‘ulari rivojlanadi, ijtimoiy hayot uchun 
zarur bo‘lgan va ijtimoiy aloqalarga xizmat qiladigan xulqiy odatlarni hosil qilinadi. 
Tarbiya jarayonida tarbiyalanuvchilarning hayoti va faoliyatini pedagogik 
jihatdan to‘g‘ri uyushtirish g‘oyat muhimdir. 
Psixologik va pedagogik tadqiqotlarga qaraganda shaxsga tashqi omillar ta’siri 
u xoh ijobiy, xoh salbiy ta’sir ko‘rsasin, tarbiyalanuvchi tarbiyasida ular ta’sir 
ko‘rsatadi. Tarbiyalanuvchining shaxsiy tajribasi va ehtiyojlari tashqi ta’sirga 
munosabatni belgilab beradi va uning xulqiga ta’sir etadi. Shuning uchun 
tarbiyalanuvchi faoliyatini uyushtirishning o‘zigina kifoya qilmaydi. To‘g‘ri 
tarbiyalash uchun tarbiyalanuvchining bu faoliyatga nisbatan qalbidan paydo 
bo‘ladigan munosabatni, turli xil kechinmalarni qanday anglashni, his qilishni hamda 
ulardan o‘zi uchun nimalarni maqsad qilish olganligini bilish zarur. 
Tarbiya jarayonida tarbiyalanuvchining ongigina emas, balki, his tuyg‘ularini 
ham o‘stira borish, unda jamiyatning shaxsga qo‘yadigan ahloqiy talablariga muvofiq 
keladigan xulqiy malaka va odatlarni hosil qilish lozim. Bunga erishish uchun 
talabaning ongiga (ta’lim jarayoni asosida) hissiyotiga (darsda va turli sinfdan tashqari 
ishlarda) va irodasiga (faoliyatni uyushtirish, hulqini idora qilish jarayonida) sistemali 
va muntazam ta’sir etib boriladi. Talabani tarbiyalashda bularning birontasi (ongi, 
hissiyoti, irodasi) e’tibordan chetda qolsa maqsadga erishish qiyinlashadi. Shuning 
uchun tarbiya jarayoni ko‘p qirrali va murakkab jarayon deb yuritiladi.Uning 
xususiyatlari quyidagicha aks ettiriladi. 
2.2.Shaxs va uning rivojlanishi hakida tushuncha. 
Har qanday jarayon o‘z natijasiga erishishga qaratilgan qonuniy va izchil 
harakatlar xajmidan iborat buladi. Tarbiya jarayonining eng asosiy natijasi har 
tomonlama kamol topgan shaxsni shakllantirishdan iboratdir. Bu jarayon ikki 
tomonlama bo‘lib uyushtirishni va rahbarlikni ham, tarbiyalanuvchi shaxsning o‘zi 
aktivlik ko‘rsatishni ham talab etadi. Chunki u tarbiyaning umumiy maqsadlarini 
amalga oshirish dasturini ishlab chiqadi, tarbiya formalari, metodlari va usullarini 


asosli tarzda tanlab oladi va tadbiq etadi. 
Sharqda ham azaldan farzand tarbiyasiga katta e’tibor bilan qarab kelingan. 
Ma’rifatparvar bobomiz Abdulla Avloniy yozganidek «Tarbiya bizlar uchun yo hayot 
- yo mamot, yo najot -yo halokat, yo saodat, yo falokat masalasidir”. 
Yurtga, vatanga muhabbat, insonparvarlik tuyg‘ulari xalqimizning qon-qoniga 
singib ketgan azaliy xususiyatdir. Ana shu noyob insoniy fazilatlarni asrab, avaylash 
va yanada takomillashtirish, farzandlarimizni ozod va demokratik O‘zbekistonning 
munosib o‘g‘il - qizlari qilib tarbiyalash masalasi ma’naviyat sohasidagi ishlarimizning 
asosiy yo‘nalishini tashkil etmog‘i kerak. Ma’naviyat tarbiyaning eng ta’sirchan quroli 
ekan, undan oqilona foydalanish, tarbiyalanuvchilarni vatanparvarlik, rostgo‘ylik, 
halqsevarlikka o‘rgatish kerak bo‘ladi. Aslida olganda ahloq ma’naviyatning o‘zagi. 
Inson ahloqi shunchaki salom-alik xush muomaladagina iborat emas. Ahloq bu insof 
va adolat tuyg‘usi, imon, halollik deganidir. 
Qadimda ajdodlarimiz komil inson haqida butun bir ahloqiy talablar majmuasini 
zamonaviy tilda aytsak, sharqona ahloq kodeksini ishlab chiqqanlar. 
Sharq tarbiyasida islom dinining roli muhimdir. «Islom dini-bu ota-bobolarimiz 
dini, u biz uchun ham iymon, ham ahloq, ham diyonat, ham ma’rifat ekanligini 
unutmaylik. Ana shu ma’rifatli kishilarimiz jon-jon deb qabul qiladigan va yaxshi 
o‘gitlarga amal qiladilar. Mehr-oqibatli, nomusli, oriyatli bo‘lishiga izzat-ehtirom 
tushunchalariga rioya etishga harakat qiladilar”. Islom dini har qanday davrda ham 
insonlarni poklikka undagan, yaxshi xislatlarni ko‘paytirib yomon xislatlardan xalos 
etishga chorlagan. 
Pedagogika tarbiyalanuvchi shaxsini har tomonlama rivojlantirish uchun zarur 
bo‘lgan eng samarali shart-sharoitlarini o‘rganadi va aniqlaydi. Bu masalani hal qilish 
uchun avvalo «shaxs” degan umumiy tushunchaning ma’nosini va shaxsning 
rivojlanish qonuniyatlari, rivojlanishning ko‘rsatkichlarini shaxsning shakllanishida 
ayrim muhim omillar rolini bilish, individning rivojlanish jarayoni bosqichlarini 
aniqlash, shaxsni shakllantirishda ta’lim-tarbiyaning shaxs aktivligi rolini o‘rganish 
kerak bo‘ladi. 
Birinchi galda rivojlanish tushunchasining ma’nosini ochib berish lozim. Bu 
masalaga filosofik jihatdan baho berish bilan asoslanadi. Filosofiya rivojlanishini 
tabiat, jamiyat va tafakkurning xususiyati deb quyidan yuqoriga tomon bo‘lgan harakat 
deb, yangining tug‘ilishi va eskining yo‘q bo‘lishi yoki tubdan o‘zgarishi deb 
hisoblaydi. 
Shuning uchun pedagogikada shaxsning rivojlanish jarayoniga inson shaxsini 
takomillashtirishning murakkab va ziddiyatli yo‘li deb qaraladi. 
Murakkab bo‘lgan tushunchani tahlil qilinganda turli olimlar turli xususiyatlarni 
asosiy tomonlar deb ko‘rsatib kelganlar. Aql, hissiyot va irodani shaxsning uch asosiy 
tomoni deb ajratib ko‘rsatish eng dastlabki o‘rinishlardan edi. Keyinchalik pedagog 
olimlar shaxsni o‘rganishga boshqacha yondasha boshladilar. Shaxs doim bir butun, 
murakkab hodisa bo‘lib unda insonning biologik xususiyatlari ham, ijtimoiy 


xususiyatlari ham gavdalanadi. Bir shaxsda uning hamma tomonlari, xususiyatlari ham 
sifatlari bir-biri bilan bog‘langan bo‘ladi. Bu bog‘lanishlar nihoyatda xilma-xil bo‘lib, 
turli kishilarda turlicha sodir bo‘ladi. Ba’zan ular bir-biriga zid va o‘zgaruvchandir. 
Shuning uchun ham kishining har bir sifati, masalan irodasi, xotirasi yoki xarakter 
xususiyati uning qanday tilak va orzular bilan yoki boshqa sabablar bilan kirishganiga 
qarab mutlaqo har xil ahamiyat va qimmat kasb etadi. Xayol boyligi kishining ijodiy 
faoliyati uchun zarur bo‘lgan qimmatli xususiyatdir ammo, odam xayolida o‘ylab 
turgan narsalarini amaliy faoliyatida ro‘yobga chiqarmasa, bu xayol boyligi salbiy 
xususiyat bo‘lib qoladi. Musiqaga qobiliyati bo‘lgan kishi uni yaxshiroq o‘rganish 
uchun intilmasa va mehnat qilmasa, uning qobiliyati o‘smaydi. Turmushda kishi 
o‘zidagi ba’zi zaif tomonlarni, odatlarni kuchliroq sifatlari bilan qoplashga harakat 
qiladi. Biror narsani uncha tez tushunib ololmaydigan odam astoydil harakat qilib va 
zo‘r berib uni tushunib oladi va mehnatini to‘g‘ri tashkil etadi. Har bir kishi juda ko‘p 
odamlar bilan xilma-xil munosabatlarga kirishganda o‘zining turli xususiyatlarini 
namoyon qiladi. 
Shaxsning eng barqaror va ahamiyatli xislatlari uning boshqa odamlarga, 
mehnatga, Vatanga bo‘lgan turli munosabatlarida ifodalanadi. Bu xislatlar kishidagi 
ayrim psixik jarayonlarning kechish xarakterini ham ko‘p jihatdan belgilab beradi. 
Pedagogika fani shaxsni biologik va ijtimoiy xususiyatlari o‘zaro chambarchas 
bog‘liq bo‘lgan bir butun narsa deb hisoblaydi. Kishining yoshi, sog‘ligi, kasalligi,
uning faoliyatidagina emas, balki turmush tarziga ham ta’sir qiladi. Lekin shaxsning 
butun qiyofasini belgilab beradigan unga o‘z jismoniy kamchiliklarini xarakteridagi 
salbiy xususiyatlarni yo‘qotish kuch bag‘ishlaydigan sabablar, qiziqishlar, maqsadlar, 
ya’ni ijodiy hayot natijalari hal qiluvchi rol o‘ynaydi. 
Shaxs tushunchasi ijtimoiy foydali faoliyatda qatnashishga ehtiyoj sezishini va 
aktiv ishtirok etishini har bir kishining boshqa odamlar bilan munosabatda bo‘lishi 
ehtiyojini, bu munosabatning mazmuni va formalarini, shaxs bilan uning atrofidagi 
kishilar o‘rtasidagi munosabatlar tizimini, uning tabiatga tevarak atrofdagi dunyoga 
munosabatini shaxsning asosiy xususiyatlari deb ajratish mumkin. Shaxsning ko‘p 
sohali va har tomonlama faoliyatida turli xil odamlar bilan aloqada shaxsning hamma 
qiziqishlari namoyon bo‘ladi, uning odamlarga umumiy ishga, o‘z malakasiga o‘ziga 
bo‘lgan munosabatlari shakllanadi. Biroq shaxs ijtimoiy turmush mahsuli bo‘lish bilan 
birga tirik organizm hamdir. Organizmning hayoti biologik qonunlarga bo‘ysunadi. 
Birinchi galda nerv sistemasining xossalari mavjudga keltiradigan temperament 
xususiyatlari tufayli insonning butun xulq-atvori alohida xarakterga ega bo‘ladi. 
Shaxsning tarkib topishi va xulq-atvorida ijtimoiy va biologik jihatlar munosabati 
nihoyatda murakkab bo‘lib, kishi tarakqiyotining turli davrlarida uning boshqa odamlar 
bilan bo‘lgan aloqalarining turli vaziyat va ko‘rnishlarida har xil keskinlikda namoyon 
bo‘ladi. 
Shaxsga avvalo uning ijtimoiy qiyofasiga, kishining o‘z atrofidagi odamlar 
hayoti bilan bog‘liq holda ifodalanadigan qiyofasiga qarab baho beriladi, kishi tevarak 


atrofidagi odamlar bilan xilma-xil munosabatlarga ba’zan o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan 
munosabatlarga kirishib o‘zining mohiyatini namoyon qiladi. Shaxsning barcha 
xislatlari atrofdagi kishilar bilan munosabatida shakllanadi. Shaxs odamlar orasidan 
tashqarida yashay olmaydi va shakllanmaydi. 
Hozirgi davrda shaxsni ma’naviy jihatdan barkamol qilib tarbiyalash davlat 
siyosatining bosh mezoni hisoblanadi. Shaxs rivojlanishiga to‘g‘ri yondashish uchun 
shaxsning tabiatini, tuzilishini uning xulq-atvorini va unga ta’sir ko‘rsatish vositalarini 
bilish zarur. 
Tug‘ilgan inson shaxs bo‘lib shakllanishi lozim. Bu jarayon bir qancha omillar 
ta’sirida sodir bo‘ladi va muayyan qonunlarga bo‘ysunadi. Odatda shaxs shakllanishi 
uchun uchta asosiy omillar tan olinadi. Bular irsiyat, atrof-muhit va tarbiyadir. Ushbu 
omillarning hech biri vaziyat va sharoitlarga bog‘liq bo‘lmagan holatda mustaqil 
ravishda shaxs shakllanishiga ta’sir eta olmaydi. Bundan tashqari ba’zi omillar faolroq, 
muntazamroq ta’sir ko‘rsatadi va kishilarning ongli irodasiga bo‘ysunadi boshqalari 
esa boshqarilishi qiyin bo‘lgan omillardir. Ba’zi omillarning ta’siri stixiyali ravishda 
sodir bo‘ladi va shaxs tarbiyasi bilan shug‘ullanuvchi ayrim kishilarning irodasiga, 
tashkilosizlik qobiliyatlarida va boshqalarda bog‘liq bo‘lmaydi. 
Tarbiyaga shaxsni uning his-tuyg‘ularini xarakterini, jismoniy rivojini, xulq-
atvorini muayyan yo‘nalishda shakllantirish maqsadida kishilar bir-biriga ta’sir 
ko‘rsatadigan ijtimoiy hodisa deb qarash lozim. Pedagogika sohasining yetuk olimlari 
ijtimoiy omilning hal qiluvchi ahamiyatiga ega ekanligini himoya qiladilar, shaxs 
yaxshi yoki yomon bo‘lib tug‘ilmaydi. Balki, tarbiyaning ta’siri ostida yaxshi yoki 
yomon bo‘lib o‘sadi deb isbotlaydilar. Xo‘sh shaxs tarbiyasi uchun ta’sir etuvchi 
omillar qaysilaridan iborat? Bu asosan uchta omilni tashkil etadi. Biologik omil, atrof 
- muhit va tarbiyadagi omillardan iboratdir. 
Biologik omil. Bu omilning ta’sirini avvalo shuning uchun e’tiborsiz qoldirib 
bo‘lmaydiki, shaxs tirik organizmdir, uning hayoti biologiyaning umumiy qonunlariga 
ham, yoshlar anatomiyasi va fiziologiyasining maxsus qonunlariga ham bo‘ysunadi. 
Hayotning muayyan davrlarida shaxsning ayrim organlari va butun bir organlar 
sistemasining tuzilishida va funksiyalarida o‘zgarishlar yuz beradi. Shaxsning sog‘lik 
holati va bu holat ko‘p yoki oz muddat buzilib turishi biologik omilga taalluqli. Shaxs 
hayotida nerv faoliyatining individual va tipologik xususiyatlari, yosh va jinsiy 
jihatdan bo‘lgan tafovutlar katta rol o‘ynaydi, ular oldida irsiy emas, balki tug‘ma 
xususiyat va tafovutlardir. Organizmning biologik yetilishi qonunlarga asoslanadi. Bu 
qonun muhitning ba’zi bir tarbiyaviy ta’sirlariga turli darajada bo‘ysungan holda amal 
qilishi kerak. Lekin shaxs organizmining biologik hayoti uning psixik rivojlanishini 
bevosita belgilab bermaydi va shu bilan birga, unga nisbatan mutlaqo betaraf va befarq 
hodisa bo‘lib ham qolmaydi. Biologiyaning asosiy tushunchasi bo‘lgan irsiyatning roli 
olimlar tomonidan jiddiy muhokama qilinib kelinmoqda. Ilmiy izlanishlar shuni 
ko‘rsatmoqdaki, ota-ona organizmining uzoq muddat bir xil sharoitda yashash 
natijasida mustahkam o‘rnashib qolgan xossalari irsiyat yo‘li bilan o‘tadi. 


Muhit. Biologiya fani muhitni organizm yashaydigan joy deb, muhitning ta’siri 
esa organizm bilan bog‘liq muhit o‘rtasidagi assimiliyasiya va dissimiliyasiya yoki 
moddalar almashish qonuni asosida amalga oshadi, deb tushuntiradi. Bu qonunga 
binoan organizm yashab turgan muhit bir butun narsadir. Tabiiy muhit yorug‘lik, 
issiqlik, ovqat, havo kabi komponentlari shaxsning organizm sifatida rivojlanishi 
uchun katta ahamiyatga ega. Ammo shaxsning shaxs sifatida shakllanishi uchun bu 
mutlaqo yetarli emas. Shaxsning yashab turgan muhitida odamlar, birinchi navbatda 
tarbiyalanuvchiga yaqin kishilar, ya’ni oz sonli oila a’zolarigina emas, balki unga 
uzoqroq bo‘lgan kishilar uning qo‘ni-qo‘shnilari, mahallasi, tarbiyalanuvchilar 
bog‘chasidagi o‘rtoqlari, so‘ngra esa u birga o‘qiydigan o‘ynaydigan, birga 
ishlaydigan, turli aloqada bo‘ladigan o‘rtoqlari hal qiluvchi rol o‘ynaydi. 
Hozirda tarbiyalanuvchilar ommaviy axborot vositalari orqali o‘zlariga notanish 
avlod-ajdodlarning jonli obrazlariga duch keladilar. Bu obrazlar yosh avlodning fikr va 
hislariga uning voqea-hodisalariga beradigan baholariga va intilishlariga ta’sir 
ko‘rsatadi. Bunday ta’sir ijobiy yoki salbiy o‘tadigan birdan-bir yo‘l shaxsning tevarak 
- atrofidagi odamlar bilan munosabatda bo‘lishidir, shaxs munosabatda bo‘lgan kishilar 
uning muhitidir. Shaxs bilan jamiyat o‘rtasidagi o‘ziga xos modda almashish tipi 
bo‘lgan aloqa orqaligina shaxs o‘tmish - avlodlarining qimmatli tajribasini o‘zlashtira 
olishi eng yaxshi katta kishilardan namuna ola bilishi mumkin. 
Faqat munosabatda tarbiyalanuvchilarning tarbiyachilari-kattalarga emas, balki 
tarbiyalanuvchilarning o‘zlari ham faol qatnashadigan mana shu aloqadagina, faqat ana 
shu ikki yoqlama jarayondagina shaxs xilma-xil bilim oladi juda ko‘p malakalarni va 
ish usullarini egallaydi, o‘zining sezgi organlari orqali idrok qilgan narsalarini anglab 
olishga tashqi dunyodagi voqea va hodisalarga turli xil his-tuyg‘ular fikr va tasavvurlar 
bilan javob berishga o‘rganadi. 
Odamlar bilan munosabatda u nima yaxshiyu nima yomonligini nimani qilish va 
qilmaslikni bilib oladi, u muayyan maqsad ko‘zlab aqlga muvofiq tutishni hamda 
insonlarga va ularning fe’l-atvorlariga tanqidiy baho berishni o‘rganadi. Odamlar bilan 
bo‘lgan munosabatlarida shaxs yaxshi fazilatlari bilan boshqa shaxslar o‘rtasida ajralib 
tura boshlaydi, o‘zi yashab turgan jamiyatda qabul etilgan ahloq me’yorlarini 
boshqalarga va o‘ziga nisbatan qo‘llab, ularni o‘z ishida mezon qilib ola boshlaydi. 
Demak, birinchidan, muhit shaxsni rivojlantiruvchi omil sifatida tarixan o‘zgaruvchi 
ijtimoiy hodisadir, chunki muhit, hatto shaxs dunyoga kelgan dastlabki kunlardanoq 
uning hayoti o‘tadigan eng tor muhit ham, ya’ni shaxsning oilasi ham jamiyatning bir 
uyasi, hujayrasidir. Tarixiy taraqqiyotning har bir davrda yangi kishini tarbiyalashning 
maqsadlari va vositalari o‘zgaradi, ahloq me’yorlari, madaniyat boyliklari, katta 
yoshdagi odamlarning did va qiziqishlari, fikr yuritish usullari o‘zgaradi. 
Ikkinchidan, tarbiyalanuvchi o‘z aktivligi tufayli, moddiy, tabiiy va ayniqsa 
ijtimoiy muhit bilan o‘zaro aloqaga kiradi. Faqat ana shu sharoitdagina muhit o‘sib 
kelayotgan shaxsni rivojlantiruvchi omil bo‘lib qoladi. Inson tarbiyasida muhit 
muhimmi yoki tarbiya degan savolni qo‘yish mantiqan to‘g‘ri bo‘lmaydi. Bu narsa 


g‘ayriqonuniydir. Ammo muhit shaxsga ma’lum darajada tarbiyalovchi ta’sir 
ko‘rsatgan taqdirdagina rivojlantiruvchi omil bo‘la oladi. Bu ta’sir stixiyali, tartibsiz 
ko‘rinishda bo‘lishi mumkin, bunday holda shaxsning rivojlanishi ham mauyyan 
maqsadga qaratilmagan bo‘ladi, natijada shaxsda jamiyat uchun ham, shaxsning o‘zi 
uchun ham zararli bo‘lgan shaxsiy fazilatlar vujudga keladi. 
Tarbiyalanuvchining o‘z atrofidagi moddiy va ijtimoiy muxit bilan aloqada 
bo‘lishi, uni rivojlantiruvchi asosiy sabab ekanini tushunish munozarali bir masalani, 
shaxsning psixik taraqqiyotida eng muhim narsa biologik omilmi yoki ijtimoiy omilmi 
degan masalani hal qilish imkoniyatini beradi. Shaxs hayotda va kattalar bilan 
munosabatda o‘z individualligini tashkil etgan jismoniy va psixik sifatlarining butun 
majmui bilan harakat qiladi. Shunday qilib biologik va ijtimoiy omilni biri-biriga 
qarama-qarshi qo‘ymaydi. 
Pedagogikada tarbiyalanuvchining rivojlanishini uning faoliyati va shu faoliyat 
tufayli yuz beradigan, shaxsning tevarak-atrofdagi voqelikka bo‘lgan munosabatlarida, 
bilish jarayonlari va xarakter xususiyatlarini rivojida hosil bo‘ladigan sifat 
o‘zgarishlardan iborat murakkab jarayon deb hisoblaydi. Faoliyasiz rivojlanish 
bo‘lmaydi. Shaxsdagi rivojlanish mohiyati avvalo shundan iboratki, uning faoliyati 
o‘zgarib va takomillashib boradi, faoliyat turlari (o‘yin, o‘qish, mehnat va boshqalar) 
ko‘payadi, har xil faoliyat turlarining o‘zaro nisbati, ularning natijalari o‘zgaradi va 
shu o‘zgarishlar jarayonida shaxsning rivojlanishi yuqoriroq darajaga ko‘tariladi. 
Shunday qilib, bilish prosesslarida ham tarbiyalanuvchining dunyoga bo‘lgan 
munosabatida ham, uning turli faoliyatida ham murakkab sifat o‘zgarishlari sodir 
bo‘ladiki, bu shaxs rivojlanishining mohiyatini tashkil etadi. 
Faoliyatning har xil turlarida shaxsning individual xususiyatlari shakllanadi. Bu 
xususiyatlar faoliyatning maqsadlarida, faoliyatga undagan sabablarda kishi o‘z oldiga 
qo‘ygan maqsadni amalga oshirish uchun foydalanadigan yo‘l, usul va vositalarni va 
uning o‘z ishiga, o‘z faoliyatiga, o‘zi va boshqalarning yutuq va 
muvaffaqiyasizliklariga qanday qarashida namoyon bo‘ladi. 
Kishi o‘z oldiga qo‘ygan maqsadga erishishda foydalanadigan vositalarga qarab 
ham shaxsga baho berishi mumkin. Bunda odam o‘zidagi bilimini, o‘zi yaxshi bilib 
olgan ish usullari, malaka va ko‘nikmalarni qo‘llaydi, qobiliyatlar ham shaxsning 
imkoniyatlaridandir. Kishining imkoniyatlari aksariyat hollarda o‘zi o‘ylaganidan 
ko‘ra, ancha ko‘p yoki oz bo‘ladi. Talabchanlik darajasi ochiq ifodalangan sabab 
vaziyatning murakkabligi va masalani hal qilish yo‘lini topish zarurligi unda bo‘lgan 
yashirin imkoniyatlarini oshirib ko‘rsatadi. 
Shaxsning o‘zi yutuq va kamchiliklariga munosabati, beradigan bahosi bu 
boradagi ruhiy kechinmalari ham uning onglilik darajasini ko‘rsatadi. O‘z yutuqlariga 
takabburlik yoki kamtarlik bilan baho berish, muvaffaqiyasizlikka uchraganda 
umidsizlanish yoki masalani hal etish yo‘lini topishi uchun yana ham ko‘proq sabr, 
matonat bilan harakat qilish bu turli xil ruhiy kechinmalarning hammasi kishining 
o‘ziga va boshqalarga bo‘lgan talabchanligini, o‘ziga-o‘zi baho berishini va bu 


bahoning qanchalik asosli ekanini har xil tarzda yaqqol namoyon etadi. 
Shunday qilib, shaxsning eng muhim xususiyati uning tevarak-atrofidagi 
dunyoga bo‘lgan munosabatlari tizimidir. Kishi qancha ko‘p bilsa har - xil odamlar 
bilan aloqada bo‘lib turli xil ishlarda bo‘lsa, shaxs sifatida unda o‘z mamlakatining 
fuqarosi, yangi jamiyatning faol quruvchisiga xos eng yaxshi xislatlar shuncha 
yorqinroq ifodalangan bo‘ladi. 
Shaxs shakllanishi uchun zarur bo‘lgan omillardan yana biri bu tarbiyadir. 
Tarbiya bu aniq maqsadga yo‘naltirilgan, muayyan vazifalar belgilangan, shuningdek, 
shaxsga ta’sir o‘tkazishning aniq yo‘l, vositalari ko‘rsatilgan va maqsadga muvofiq 
tashkil etilgan jarayondir. 
Tarbiyaning asosiy vazifasi yosh avlodni xalqning hayotini yaxshilashga, 
Vatanining gullab-yashnashiga sarflashni biladigan, istaydigan a’zolari qilib 
tayyorlashdir. 
Tarbiya shaxsning rivojlanishini ta’minlashi uchun shaxsdagi rivojlanish 
mohiyatini tushunish, uning bilish va aloqa boshlash faoliyatining o‘zgarish sabablarini 
aniqlashi zarur. Tarbiyachi shaxsni rivojlantiruvchi eng muhim omilni ham bilishi, 
stixiyali ta’sir ko‘rsatayotgan faktorlarni bartaraf etishi, shaxsda dunyoqarashni 
shakllantirish, uning o‘sishi va rivojlanishining muayyan yosh bosqichlariga oid 
tarbiya qonunlarini aniqlashi kerak. Tarbiyaning shaxsni rivojlantirishdagi roli 
to‘g‘risida turli xil nuqtai nazarlar bo‘lganligi pedagogika fanining taraqqiyoti 
tarixidan ma’lumdir. Pedagogika tarbiya omiliga aktiv rol ajratadi va shaxsning 
jismoniy, aqliy, ahloqiy va estetik rivojlanishiga to‘g‘ri tashkil etilgan tarbiyagina 
yordam beradi. Shu bilan birga tarbiyaga ikki yoqlama jarayon deb qaraladi, unda faqat 
katta yoshdagilar emas, balki kattalar tajribasini o‘zlashtiruvchi shaxslar ham aktiv rol 
o‘ynaydilar. 
Tarbiyaviy ishda talabaning kuchi va qobiliyatlarini hisobga olmaslik kabi 
jiddiy kamchilik ham uchrab turadi. Har bir shaxsning o‘z ehtiyoj va qiziqishlari bor. 
U aqlli tarbiyachining izidan borishi yoki belgilangan yo‘nalishda aktiv harakat qilishi, 
ba’zan esa tarbiyachiga e’tiroz bildirishi, kattalar bilan turli xil aloqada bo‘lishi yoki 
boshqalarga qo‘shilmay, passiv holda yurishi mumkin. Tarbiyalanuvchi o‘z 
rivojlanishining ob’yekti va sub’yekti sifatida harakat qilganda bu jarayon eng 
muvaffaqiyatli boradi. Shu bilan birga shaxsning aktivligi, tashabbuskorligi, 
mustaqilligi ancha oshadi va uning o‘zini o‘zi tarbiyalashida namoyon bo‘ladi. 
Pedagogika fanining asoschisi Ya.A. Komenskiy: «Har bir hunarmand buyumni 
yasashga yaroqli materialning xossalarini o‘rgangani singari, o‘z oldiga insonnini 
barkamol qilib tarbiyalash vazifasi turgan pedagog ham shogirdining qanday 
xislatlarga ega ekanligini bilishi kerak” - degan edi. Albatta pedagog qaysi fandan dars 
bersa o‘sha fanni talabalarning shu fanni to‘g‘ri o‘zlashtirishlariga yordam beradigan 
uslublarni yaxshi bilishlari lozim. Ammo talabaning ehtiyojlari, qobiliyatlari 
qiziqishlari va ularning chin ko‘ngildan xohlab chidam va matonat bilan o‘qishga 
tayyormi-yo‘qmi ekanligini hisobga olinmasa, o‘qish qoniqarli natija bermaydi, 


pedagogning mehnati og‘ir kechadi. Shaxsning fikrlash qobiliyati va xarakter 
xususiyatlarini nazarda tutgan holda olib borilgan ta’lim talabalarni bilim olishga 
rag‘batlantiradi, o‘qishning muvaffaqiyatini ta’minlaydi, pedagog va talabalar 
faoliyatini zavqli ijodiy ishga aylantiradi. 
2.3. Shaxs rivojlanishida yosh va individual xususiyatlar 
Tarbiyalanuvchilar kattalarga ko‘ra o‘zgacharoq fikr yuritishlari, his qilishlari 
va yurish-turishlari hammaga ma’lum. Tarbiyalanuvchidagi o‘sish va rivojlanishning 
yosh bosqichlari masalasi yuzaki qarashda oddiy masala bo‘lib ko‘rinadi. Ma’lum 
bo‘lishicha, bu jarayon bir tekisda bormay, sakrashlar bilan notekis holda borar ekan, 
har qaysi yosh davrining o‘ziga xos rivojlanish xususiyatlari bor. Anatomiya, 
fiziologiya va psixologiya fanlari sohasida tananing ayrim organlarining rivojlanish 
qonuniyatlarini ham bu organlar butun sistemasining faoliyatini ham ochib beruvchi 
g‘oyat ko‘p faktik material to‘playdi. Tadqiqotchilar tananing ayrim organlari va 
qismlari ko‘pincha bir-biridan o‘zib ketib, o‘zaro kelisha olmay o‘sishi va 
rivojlanishini ko‘rsatdi. Bu hol shaxsning yoshini davrlarga bo‘lishda alohida 
qiyinchiliklar tug‘diradi. 
Tarbiyachi albatta tarbiyalanuvchini aqlli va odobli qilib tarbiyalashi uchun bor 
kuch va imkoniyatni ishga soladi.Tarbiya jarayoni haqidagi tasavvurda tarbiyaning 
inson shaxsini shakllantirishda katta imkoniyatlar va buyuk roli borligini tasdiqlovchi 
to‘g‘ri fikr bayon etilgan. Ammo bu tasavvur aniq emas. U tarbiyaviy ta’sir 
ko‘rsatiladigan ob’yektning o‘ziga xos xususiyatini, ya’ni uning rivojlanayotgan, jonli 
mavjudod ekanligi e’tiborga olinmaydi. Shaxs doimo tarbiya jarayonning faol 
ishtirokchisidir. U pedagogik ta’sirlarni yaxshi qabul qilishi mumkin, biroq ularga 
qarshilik ko‘rsatishi, ularni qabul qilmasligi ham mumkin. Shaxs tarbiyachining 
maslahati, iltimosi va topshirig‘ini bajarishni xohlaydi. Tarbiyalanuvchi pedagogning 
uyga bergan darsini tayyorlashga moyil bo‘lishi kerak. Ularning faoliyati asosan 
beixtiyor faoliyatdir yoki tabiiy yoki ijtimoiy muhit ta’siriga berilgan javobdir. 
O‘smirlik davrida insonning faoliyatiga ko‘p darajada ichki sabablar tufayli 
sodir bo‘ladi. 
Shunday qilib shaxs rivojlanishidagi uning intellektual qobiliyatlari va ijtimoiy 
ongi o‘sishidagi muayyan bosqichda shaxs o‘zi uchun tashqi bo‘lgan maqsadlarnigina 
emas, balki o‘z shaxsiy tarbiyasining maqsadini ham anglay boshlaydi. U o‘ziga 
ob’yekt deb qarashga o‘tadi. Shaxsning ichki sabablari shaxsning o‘z nuqsonlarini 
yo‘qotish va eng yaxshi insoniy fazilatlarni hosil qilish vazifasini o‘z oldiga 
qo‘yishining asosidir. Shaxsning o‘z bilim va malakasini oshirishi, o‘zini-o‘zi 
tarbiyalashi uning ob’yektiv maqsadni o‘z faoliyatining sub’yektiv zarur motivi deb 
anglashi va qabul qilishdan boshlanadi. Shaxs o‘z xulq-atvori yoki faoliyatini 
sub’yektiv ravishda muayyan maqsadga qaratishi ifodasini ongli suratda ishga soladi, 
ertangi kunning rejasini tuzish masalasini qo‘yadi. Bu maqsadning amalga oshirilishida 
ob’yektiv va sub’yektiv qiyinchiliklar yuz berishi muqarardir. 
Tarbiya san’ati shaxsda o‘zini-o‘zi takomillashtirishga intilishini mumkin qadar 


ertaroq uyg‘otish va unga o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlarni amalga oshirish yo‘lini 
ko‘rsatib, yordam berishdan iboratdir. Bu ishda pedagoglar, ota-onalar hamma vaqt va 
hamma joyda kuchli va yaxshi bo‘lishni istaydigan shaxsning o‘ziga tayanishlari kerak. 
Tarbiyalanuvchilarning o‘sish bosqichlari asosan uch bosqichda rivojlanib 
boradi. 
O‘quv muassasasida tizimli ravishda o‘qishga borganidan keyin hayot tarzi 
butunlay o‘zgarib boradi. Endilikda u qiziqarli bo‘lmagan ammo kerakli narsalarni 
bilib oladi. O‘qish ukuv muassasasigacha davrda egallashgan hali ilmiy bo‘lmagan 
hayotiy tushunchalarga qator o‘zgartirishlar kiritadi. 
O‘spirinlik yoshining eng xarakterli belgisi-tarbiyalanuvchining katta odamga 
aylanishi ya’ni balog‘atga yetishidir. O‘spirin xuddi shaxsga o‘xshab barcha 
taassurotlarni jon jahdi bilan o‘zlashtiradi, jismoniy va ma’naviy jihatdan voyaga 
yetadi, bo‘ysinishini idrok qiladi, undan o‘zi uchun kuch va jasorat oladi, lekin o‘z 
kuch qudratining chegarasini o‘zi hali bilmaydi. O‘spirin nisbatan ko‘proq darajada 
kattalar hayotining ishtirokchisi hisoblanadi, oiladagi ancha ma’suliyatli vazifalar 
uning zimmasida bo‘ladi. Tevarak-atrofidagilar ham o‘spiringa nisbatan boshqacha 
munosabatda bo‘la boshlaydilar. Lekin uning ma’naviy va jismoniy kuchlarini 
kattalarga tenglashish uchun, o‘zining porloq rejalarini amalga oshirish uchun xali 
yetarli darajada aniq emas. O‘spirinlik yoshining ichki ziddiyatlari ana shulardan 
iborat. O‘zining jismoniy taraqqiyotini anglash o‘spirinda xususiy qadr-qimmatini 
ta’qid etish istagini, mustaqillik sari intilishni keltirib chiqaradi. O‘spirin biron bir 
darajada o‘zini ko‘rsatishini xohlaydi. Bularning hammasi uning faolligini 
kuchaytiradi, ijodiy tashabbuskorligini rivojlantiradi, uni ijtimoiy hayotga olib kiradi, 
ma’suliyat va burch tuyg‘usini oshiradi. Aytib o‘tilgan xususiyatlar o‘quv muassasasi 
talabasining ijtimoiy pozisiyasini shakllantirish uchun o‘spirinlik yoshini ayniqsa 
maqbul qilib qo‘yadi. Ushbu davrda ayrim yomon illatlar ham shaxsda borligi yaqqol 
ko‘zga tashlanishi mumkin. 
Yoshlik davri-bu shaxs balog‘atga yetishi va shakllanishining yakunlovchi 
bosqichdir. Bu eng avvalo mustaqillikning rivojlanishida namoyon bo‘ladi. Hali 
o‘spirinlik yoshidayoq shaxsda o‘zini qaror toptirishga munosabati bilan o‘zining va 
uning xususiyatlariga katta qiziqish uyg‘onadi. Yosh yigit va qiz xuddi o‘spirin kabi 
o‘zining nimaga qodirligi bilishini istaydi. Lekin endilikda u erishgan natijada hayotiy 
timsol haqidagi umumlashgan tasavvur bilan taqqoslangan holda o‘z faoliyatini 
boshlaydi. Yigit va qizlar tafakkurining falsafiy yo‘nalishi ularni o‘zicha tahlil qilishga, 
o‘zicha kuzatishga va o‘zicha belgilashga olib keladi. 
4.Tarbiya usullari xaqida tushuncha 
Tarbiya jarayoni to‘xtovsiz va sistemali davom etadigan jarayon bo‘lib, unga 
pedagog, tarbiyachi rahnomalik qiladi va tarbiyaning ayni vaqt uchun zarur bo‘lgan 
maqsadini, shu maqsadni hal etishga xizmat etadigan faoliyatni belgilaydi. 
Tarbiyalanuvchilarning ushbu faoliyatga aktiv ishtirok etishini ta’minlab, ular o‘rtasida 


ijtimoiy, jamoa, o‘rtoqlik aloqalari va munosabatlari uchun sharoit yaratadi. 
Tarbiyani yaxshi yo‘lga qo‘yish uchun uning harakatlantiruvchi kuchini, tarbiya 
jarayoni manbaini yaxshi bilish va hisobga olish muhimdir. Bu tarbiya jarayonidagi 
ichki va tashqi qarama-qarshiliklardan iboratdir. Masalan, tarbiyalanuvchining 
odobliligi, yetukligi bilan unga qo‘yiladigan talab o‘rtasidagi farq tarbiyachi va jamoa 
ta’siriga shaxsning o‘z pozisiyasi, ya’ni munosabati tarbiya jarayonining ichki qarama-
qarshiligi bo‘lsa, tarbiyachining talablari bilan shaxs mikro muhit ta’siri o‘rtasidagi 
uzilish tashqi qarama–qarshilikdir. Yana shuni e’tiborga olish kerakki, tarbiyada 
tarbiyalanuvchining tarbiyalanganlik dajarajasini ham e’tirof etish lozim. Bordi-yu, bu 
masala unutilib qo‘yilsa, tarbiya jarayonida yana qarama-qarshiliklar vujudga keladi. 
Masalan, tarbiyalanuvchilarning faoliyatida faol ishtirok etishlarini ta’minlash uchun 
shu faoliyat nima uchun, qaysi maqsadda, qancha muddatda bajarilishini ularning 
ongiga yetkazish, bajarish usuli va natijasini hisobga olishda esa o‘zlariga havola qilish 
ma’qulroqdir. Bordi-yu, yaxshi faoliyat turi tavsiya qilinganda ularning onglilik va 
ishni bajarishga tayyorgarlik darajasi hisobga olinmasa, uni bajarish istagi 
uyg‘otilmasa, tarbiyachining o‘rinishlari befoyda bo‘ladi, talabalar passiv, behafsala 
bo‘lib qolaveradilar. 
Tarbiya usullarida har tomonlama shaxsni shakllantirish maqsadida shaxs ongi, 
his tuyg‘ulari, irodasi va munosabatlar sistemasiga ta’sir ko‘rsatish usulini tushunish 
kerak. Tarbiya usullari ham ma’lum bir elementlarga bo‘linib tarbiya usullari deb 
yuritiladi. Masalan, pedagog tarbiyalanuvchiga biror bir vazifani topshirdi. O‘z 
navbatida bu vazifani bajarish uchun ko‘rsatmalar beradi. Bu ko‘rsatmalar va 
tushuntirish maxsus holda metodik usul sifatida namoyon bo‘ladi. Tarbiya usullari va 
vositalari o‘zaro mustahkam bog‘liqdir. Tarbiya usullari shaxsga ta’sir ko‘rsatishdan 
iborat emas. Tarbiya ikki tomonlama jarayon bo‘lib pedagog tarbiyachi faoliyati bilan 
talaba faoliyatini birlashtiradi. 
Talabalarning tarbiyaviy ta’sirga faol tayyor bo‘lishiga erishish uchun buni 
muayyan sharoitga qo‘yish, uning faol faoliyatini tashkil etish lozim. U yoki bu 
tarbiyaviy vazifalarni hal etishning muvofiq tashkil etilgan me-todik yo‘llari tarbiya 
vositalari deb yuritiladi. Talabalar bilan tarbiyaviy ishda foydalaniladigan vositalar 
bunda televideniye, radio, kitoblar shaxslar jalb qilinadigan faoliyat turlari tarbiya 
vositalari bo‘la oladi. 
Pedagogning jonli nutqi, shaxslarning o‘yinlari, jamoatchilik, havaskorlik 
to‘garaklari tarbiya vositasi vazifasini bajaradi. Ammo tegishli tarbiyaviy vazifalarni 
hal etish uchun ularni albatta murabbiy pedagog ishining muayyan sistemasiga kiritish 
kerak. Tarbiya natijasining samarali bo‘lishi tarbiyaviy jarayonni tashkil etish usullari, 
vositalari va shakllaridan mohirona foydalanishga va ularni qo‘shib olib borishga 
bog‘liq. 
Tarbiya usulini tadbiq etish muayyan yoshdagi shaxs faoliyatiga mos kelsa 
muvaffaqiyatli bo‘ladi. Tarbiyaning umumiy usullari asosan 4 gruppaga bo‘linadi. 
1. Ijtimoiy ongni shakllantirish usuli. 


2. Ijtimoiy ahloqni shakllantirish usuli. 
3. Rag‘batlantirish usuli. 
4. O‘z-o‘zini tarbiyalash. 
Ijtimoiy ongni shakllantirish usullari - talabalarning ongli, his tuyg‘usi va 
irodasiga har tomonlama ta’sir ko‘rsatish usullarini umuman shaxs ongiga ta’sir 
ko‘rsatishni o‘z ichiga oladi. 
Ijtimoiy ongni shakllantirish usullari tushuntirish, suhbat va o‘rnak ko‘rsatish
qismlardan iboratdir. 
Tushuntirish - talabalarda e’tiqod hosil qilishning eng keng yoyilgan usulidir. 
Tushuntirish usulidan ko‘zlangan maqsad shaxsga hatti-harakatlar, voqealar va 
hodisalarga u yoki bu talablarning ma’naviy, estetik, mazmunini ochib berish, unga 
xulq - atvorga va insoniy munosabatlarga to‘g‘ri baho berishni shakllantirishda 
ko‘maklashishdan iboratdir. 
Hikoya va suhbat pedagogning jonli so‘zi asosida shaxsni g‘oyaviy va ma’naviy 
shakllantirishning ta’sirchan usuli hisoblanadi. Hikoya qilinadigan mavzu talabalar 
uchun dolzarb, shaxslarni ma’naviy ishonch, ijobiy his tuyg‘ular vujudga keltirishga 
olib kelishi kerak. Masalan, pedagog boshqa gurux jamoasi metallom yig‘ishda yordam 
berganligini maroq bilan gapirib bersa, buning samaradorligi talabalarning qanday 
quloq solishiga qarab tekshirish mumkin. Agar talabalar “Biz ham metallom terishda 
yordam beramiz”-degan umumiy istak bildirsa, demak, pedagogning hikoyasi shaxslar 
ongiga yetib borgan va bunga javoban biron maqsad yo‘lida faoliyat ko‘rsatishga 
tayyorgarlik tuyg‘usini keltirib chiqaradi. 
Suhbat xilma-xil mavzularda olib boriladi, masalan etika- estetika mavzusida 
ya’ni insonni yurish-turishi, atrofdagi voqealar, hulq atvor, go‘zalligi, davlatning ichki 
va tashqi siyosati, bilim olishi, talabalarni bilim doirasini kengaytirish va boshqa 
mavzularda olib boriladi. Suhbat vaqtida talabalar passiv tinglovchilar emas, balki 
muhokama qilayotgan faol ishtirokchilarga aylanadi. Suhbat vaqtida pedagog, 
tarbiyachilar tarbiyalanuvlarni tajribasiga, ularning bilimiga tayanishi lozim. 
O‘tkazilayotgan suhbat talaba uchun ahamiyatliligini hisobga olish zarurdir. Yangi 
materiallarni tanlash, tarbiyalanuvchini o‘ylashga, mazkur masala bo‘yicha o‘z 
bilimlarini orttirishga yordam beradi. Pedagogning o‘zi qanchalik kam gapirsa, 
talabalar dunyosiga shunchalik yaxshiroq kirib borishi, ular bilan ajablanishi, 
quvonishi lozim, shunda suhbat muvaffaqiyatli olib boriladi. 
Suhbat natijasida qabul qilingan axloqiy me’yor keyinchalik talabalar hulq 
atvori va faoliyatida amalga oshirilishi lozim. Va keyingi davrga mo‘ljallangan o‘z 
hulq atvorini kuzatishlar bilan bog‘liq bo‘lgan topshiriqlar berish imkoniyati tug‘iladi. 
Tarbiyalanuvchi xayotiy faoliyatga intilar ekan, kattalar hurmat qiladigan 
kishilarni o‘ziga namuna qilib oladi, ularga taqlid qiladi. Taqlid qilishga moyillik ko‘p 
sabablar bilan izohlanadi. Chunonchi, tarbiyalanuvchilarning hayotiy tajribasi hali 
kam, barqaror hulq atvor ko‘nikmasi yo‘qligidadir. Tarbiyalanuvchilarning aktivligi 
taqlid xarakteriga ega. Talaba kattalar tarjibasini o‘zlashtira borar ekan, ko‘pincha o‘zi 


hurmat qiladigan, o‘ziga yoqtiradigan kishilarning xulq - atvori obrazlarida 
foydalanadi, ulardan nusxa ko‘chiradi. Taqlid ularda bir muncha tanlash xarakteriga 
ega. Ularni boshqa kishilarning xarakteridagi ma’lum hislatlar jalb qiladi. 
Yoshlikdagi taqlid va ishtiyoq doirasi namunalar yordamida kengayib boradi. 
Taqlid qilish uchun ijobiy namunalar tanlashda axloqiy, g‘oyaviy, siyosiy omillarning 
ahamiyati kattadir. Tarbiyalanuvchilar va o‘smirlarning taqlid qilishga moyilligi 
ko‘pincha salbiy odatlarni ham o‘zlashtirish imkoniyatini beradi. Ba’zan 
tarbiyalanuvchilarni o‘quv muassasasi tartibini buzuvchilar, ularning qo‘polligi soxta 
jasurligi jalb qiladi. Ota - onalar va pedagoglar farzandiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin 
bo‘lgan o‘rtoqlari bilan aloqa qilishini ta’qiqlasa bu aksincha tarbiyalanuvchining 
haligi tarbiyalanuvchi bilan birga bo‘lish istagini yanada kuchaytiradi. Eng muhimi
yomon ta’sirga ijobiy namunani qarama-qarshi qo‘yish, oilada va ukuv muassasasida
faoliyatni shunday tashkil etish kerakki, toki bu faoliyat unga zerikarli, mazmunsiz, 
majburiy bir narsa bo‘lib tuyulmasin. 
Tarbiyalanuvchi bo‘ladigan muhitga ham imkoni boricha ijobiy ta’sir 
ko‘rsatmog‘i zarur. Tarbiyada taqlid qilish va nusxa ko‘chirish bilan cheklanib 
qolmasligi lozim. Har bir shaxsning o‘ziga xos tarzda alohida takrorlanmaydigan 
shaxs bo‘lib uyg‘onishiga erishmoq kerak. Namuna onglilikni, ijobiy faollik va 
mustaqillikni rag‘batlantirib turgandagina bunga erishsa bo‘ladi. Kichik yoshdagi 
tarbiyalanuvchilar uchun oilada ota-ona, aka-uka, sevimli pedagog namuna bo‘la olishi 
mumkin. 
Rag‘batlantirish uslubi biron-bir omilning tarbiyalanuvchiga ta’sirini 
kuchaytirish hamda tarbiyalanuvchining shaxsini, xatti-harakatlarini aktivlashtirish 
maqsadida qo‘llaniladi. 
Rag‘batlantirish harakat qilishga ilhomlantirishdan iboratdir. Tarbiyaviy 
ishlarning formasi har qaysi tarbiyalanuvchining xususiyatiga qarab o‘zgaradi. 
Istiqbolga doir talablar tarbiyalanuvchi faoliyatini aktivlashtiradi. Istiqbolni qo‘yish 
har xil insonning ulg‘ayishi uchun ham, jamoa uchun ham muhimdir. Rag‘batlantirish 
usullari orasida musobaqa katta o‘rin tutadi. O‘quv muassasasi hayotida musobaqa 
ishlarini ommaviylashtirish muhimdir. Musobaqaning mohiyati qoloqlarni ilg‘orlar 
darajasida yetkazish ishning umumiy yuksalishiga erishishdir. Musobaqa har bir 
talabaning imkoniyatlarini ko‘ra olish va baholashda olg‘a harakat qilishda, kuch 
yetadigan istiqbolni belgilashda iroda va xarakterni tarbiyalashda yordam beradi. 
Rag‘batlantirish talabaga shunday ta’sir ko‘rsasinki, bunda tarbiyachi alohida bir 
talabaning xatti-harakatiga, xulq-atvoriga ijobiy baho bera olsin. Jamoa talablarining 
bajarilishini rag‘batlantirishi uchun asos deb hisoblash kerak. Rag‘batlantirish insonga 
yashayotgan va ishlayotgan jamoaning undan mamnunligini ko‘rsatadi. 
Jamoa to‘g‘ri xulq–atvor ko‘nikmalarini mustahkamlash va salbiy 
ko‘nikmalariga barham berishi mumkin. Rag‘batlantirish tarbiyalanuvchining
takomillashuviga, xulq atvor va xatti–harakat bobida qanday yo‘l tutish kerakligini 
anglab olishga imkon beradi. Talabani qanday va nima bilan rag‘batlantirishni pedagog 


bilmog‘i lozim. 
Masalan, o‘quv yili oxirida yakun yasaladi va baholash nimaga asoslanishi 
kerak, o‘qish natijasigami, yoki talabaning o‘quv mehnatiga, munosabatigami? 
Istiqbolni tasvirlash talaba faoliyatini rag‘batlantiradi, bu narsa quvonch bilan 
kutish kayfiyatini oshirib, qo‘ygan maqsadga erishish uchun butun kuchini sarflashga 
beradi. 
Istiqbolni tasvirlash har bir tarbiyalanuvchining rivojlanishi uchun ham, jamoa 
uchun ham zarur. 
Maqtov rag‘batlantirish usulidir. Maqtov tarbiyachining alohida olingan shaxs 
xususiyatlariga ijobiy baho berishidir. Talaba tarbiyalanishida maqtovning o‘rni 
muhimdir. Maqtov shaxsni ijobiy xislatlarini tarkib topishga yordam beradi. Lekin 
maqtov ham talaba xissiyotlari rivojlanishi tezlashtirib yuboradi, unda manmanlik, 
xotirjamlik tuyg‘ularini keltirib chiqaradi. 
Jazolash usuli 
Jamoa talabaning axloqidan uning ishga munosabatidan, muomalasidan 
mamnun bo‘lmasa, shaxsning o‘z xulqini tuzatib olishda yordam ko‘rsatish uchun jazo 
usullaridan foydalanadi. Maqtov singari jazo ham talabaning o‘zini noqulay sezishga, 
uyalishga majbur qiladi. 
Tarbiyalanuvchilarni yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda jazolash ham 
me’yor darajasida bo‘lishi shart. Chunki buning natijasida tarbiyaviy ta’sir 
ko‘rsatishning bir qator usullarini ishlab chiqilishi lozim. 
O‘z-o‘zini tarbiyalash usullari 
Tarbiya jarayonida talaba o‘z-o‘zini tarbiyalashi, ya’ni o‘z ustida ishlash, aktiv 
ish olib borsagina tarbiyani samarali deb aytish mumkin. 
Talaba o‘z-o‘zini tarbiyalash borasida istiqbolini yaratishga intilishi, hayotda 
ma’lum mustaqillikka intilishda namoyon bo‘ladi. O‘z-o‘zini tarbiyalash oilada va 
o‘quv muassasasidagi tarbiyaviy ishlarning ta’siri ostida ro‘y beradi. O‘z-o‘zini 
tarbiyalash jamoadagi shaxslarda faolroq amalga oshishi mumkinligi ularda iroda, 
tirishqoqlik intizomni tarbiyalaydi. O‘z-o‘zini tarbiyalash shaxslarning o‘z oldida 
muayyan vazifa qo‘ya olishini, uni bajarishida ichki ishtiyoq bilan bajarish jarayonida 
shu vazifani bajarishi mumkinligini anglashni, nima qilganligi haqida hisobot 
berilishini nazorat qilishni va to‘plangan vazifalarning aniq natijalariga baho berishni 
o‘z ichiga oladi. O‘z-o‘zini tarbiyalash shaxsiy majburiyat, o‘z ishi haqida hisobotlarni 
tahlil qilish, o‘z-o‘zini nazorat qilish, o‘z-o‘ziga baho berish usullariga bo‘linadi. 
5.Tarbiya turlari 
Har bir ishning o‘ziga xos, ma’lum qonun-qoidalari bo‘lganidek, inson 
tarbiyasining ham o‘ziga xos bir qator muhim tamoyillari, qonun-qoidalari mavjud, 
ularga amal qilish tarbiya ishining samarali bo‘lishini ta’minlaydi: 
Tarbiya jarayonining tamoyillari quyidagilar: 
• 
tarbiyaning bir maqsadga qaratilganligi; 


• 
tarbiyaning hayot, mehnat bilan O‘zbekistonimizning mustaqilligi, 
gullab-yashnashi yo‘lida qilinayotgan fidoyi ishlar bilan bog‘lanishi; 
• 
shaxsni jamoada, jamoa orqali tarbiyalash; 
• 
tarbiyada shaxsni hurmat qilish va unga talabchanlik; 
• 
tarbiyaviy ishlarning izchilligi, muntazamligi hamda birligi; 
• 
tarbiyada shaxsning yoshi va o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olish 
kabilardir. 
Yuqoridagi tamoyillar va qonun va qoidalarga amal qilib, yangi ijodiy uslublarni 
qo‘llab, rivojlantirib tarbiyaviy jarayonni tashkil etish maqsadga erishishning eng 
samarali yo‘lidir. 
Aqliy tarbiya 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida kelib chiqayotgan yangidan-yangi muammolarni 
ilmiy asosda hal qila oladigan shaxsni tarbiyalash bosh masala hisoblanadi. Buning 
uchun esa aqliy qobiliyatlarni rivojlantirish, aqliy mehnat qilish madaniyatiga o‘rgatish 
zarur. Aqliy tarbiyani shakllantirishda faqat tushuncha va faktlardan foydalanishning 
o‘zi yetarli emas, buning uchun fikrlash, isbotlash, xulosa chiqarish, umumlashtirish, 
sistemalashtirish, taqqoslash, asosiy ma’lumotni ajratib olish kabi jarayonlarni ham 
faol qo‘llash lozim bo‘ladi. Bularning hammasi dars vaqtida amalga oshirib borishi 
aqliy mehnatni to‘g‘ri tashkil qilish malakasini shakllantirish kerak. Aqliy mehnatni 
to‘g‘ri tashkil qilish, talabalarga mustaqil bilim olishda eng muhim element bo‘lib 
hisoblanadi. Aqliy tarbiya o‘quvchilarda aqliy mehnatni to‘g‘ri tashkil etish, o‘z-o‘zini 
boshqarish, o‘z-o‘zini nazorat qilish, malakasini hosil bo‘lishiga ko‘maklashadi. Aqliy 
tarbiya talabalarda didaktikani jamlab olish xususiyati, xotirasini mustahkamlash
fikrlash operasiyalarini rasional o‘tkazish kabi malakalarni o‘stiradi. 
Aqliy tarbiyasi yetuk, o‘tkir zehnli, zukko va zakovatli insonlarni xalqimiz 
donishmand kishilar deb ataydilar. Donishmandlik - bu donolik. Donolik - bu 
insonning eng buyuk va oliyjanob fazilatidir. Donolik shunday bir noyob ne’matdirki, 
u har kimga ham nasib etavermaydi. Shuning uchun bo‘lsa kerak, xalq donoligida «Aql 
toji oltindan, oltin har kimda ham bo‘lmas”, - deyiladi. 
Axloqiy tarbiya 
«Axloq”, «xulq” va «atvor” so‘zlari arabcha so‘z bo‘lib ular o‘zbek tilida ham 
o‘z ma’nosida qo‘llaniladi. Ayrim odatlarda «axloq-kishilarning har bir jamiyatga xos 
xulq me’yorlari majmui” desa, boshqalar esa «axloq-ijtimoiy ong shakllaridan biri 
bo‘lib, hamma sohalarda kishilarning hatti-harakatlarini tartibga solish funksiyasini 
bajaradi” deyishadi. 
Ahloq me’yorlari hulq atvorning regulyatori sifatida odat me’yorlariga zid hatti-
harakat ahloqsizlik harakati deb qaraladi. Shunisi ham borki, huquq majburiy bo‘lsa 
ahloq ixtiyoriydir. 
Ahloqiy tarbiya odamlarni nomusli vijdonli, adolatli, vatanparvar, mehnasevar 
bo‘lishga o‘rgatish bilan profilaktika ishlarini ham olib boradi. Axloqiy tarbiyada 


yaxshi hulqni takomillashtirish uchun kurashiladi. Xalq ta’limi tizimida o‘qitish 
tarbiyalanuvchilarning ahloqiy mukammallashish bilan bog‘liq bo‘ladi. Ularda ong 
bilan xulq birligi tarbiyalanadi. Shaxsning jamoat va vatanga, mehnatga, kishilarga, 
o‘z hulqiga munosabatlarni quyidagilarda o‘z aksini topgan: 
a) jamiyatga, vatanga muhabbat va sadoqatni tarbiyalash; 
b) mehnatga ahloqiy munosabatni tarbiyalash; 
v) atrofdagi kishilarga ahloqiy munosabat, yuqori muomala madaniyatiga ega 
bo‘lgan shaxsni shakllantirish; 
g) shaxsning o‘ziga, o‘z xulqiga, axloqiy munosabatni tarbiyalash. 
Dars va darsdan tashqari tarbiyaviy ishlar jarayonini Alpomish, To‘maris, 
Shiroq kabi xalq qahramonlari; A.Temur, Ulug‘bek, Bobur singari davlat arboblari va 
sarkardalarimiz, Ibn Sino, Beruniy kabi olimu fuzalolarimiz qarashlariga tez-tez 
murojaat qilishimiz, yoshlarni Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash ishning asosini 
tashkil qiladi. Shu bilan birgalikda tarbiya borasidagi jahon standartlariga ham 
e’tiborni qaratmoq lozim. Estetik tarbiya ancha keng ma’noga ega bo‘lib shaxsni tabiat 
va jamiyatdan go‘zalliklarni ideal nuqtai nazardan idrok etishga o‘rgatadi. [30] 
Tarbiya turlarining hammasi bir-birlari bilan o‘zaro uzviy bog‘liq, lekin shunga 
qaramasdan o‘z mazmunidan kelib chiqqan holda, ular o‘z spesifikasiga ham egadir. 
Endi biz quyidagi: aqliy tarbiya, axloqiy tarbiya, iqtisodiy tarbiya, ekologik tarbiya, 
xuquqiy tarbiya, estetik tarbiya, jismoniy tarbiya, mehnat tarbiyasi kabi tarbiya 
turlarining har biriga alohida-alohida to‘xtalib o‘tamiz. 
Inson kundalik hayotida undan (axloq normalaridan) norma sifatida foydalanadi. 
Axloqiy tarbiya normalari har bir jamiyatning huquqiy normalariga asos bo‘ladi. 
Axloqiy tarbiyada kishi axloqiy bilimlarni o‘zlashtiribgina qolmay, har qanday 
vaziyatlarda o‘zini ana shu normalarga munosib tuta oladigan kishilar axloqiy 
tarbiyalangan hisoblanadi. Axloqiy tarbiyalangan kishida barqaror ma’naviy motivlar 
shakllangan bo‘ladi. Bu motivlar esa o‘sha kishini jamiyatda munosib xulq-atvorga 
rag‘batlantiradi. 
Yosh avlodni jamiyatga, mehnatga, o‘ziga munosabatni ochib beruvchi 
ma’naviy fazilatlarga muvofiq ravishda tarbiyalash - tarbiyalanuvchi shaxsni, axloqiy 
tarbiyaning pedagogik va psixologik asoslarini chuqur bilishni talab qiladigan 
murakkab jarayondir. Axloqiy bilimlarni ongli ravishda o‘zlashtirib olishgina 
o‘quvchilarga atrofdagi kishilar xatti-harakatidagi qaysi jihatlar yaxshi-yu, qaysilari 
yomon ekanligini anglab olishga yordam beradi. Axloqiy tushunchalarning turli yosh 
davrlarida shakllanish darajasi turlichadir. Jumladan: 
1. Axloqiy onglilik. 
2. Axloqiy qadriyatlar. 
3. Axloqiy his-tuyg‘ular. 
Pedagogikada axloqiy tarbiyani rivojlantirishni bir necha uslublari mavjud 
bo‘lib, bu uslublarni biz 2-rasm orqali ifoda etib o‘tamiz. 
Ekologik tarbiya. 


Ekologiya so‘zi «tom” yoki «uy” degan ma’noni anglatib, nemis olimi Ernest 
Gekkel tomonidan birinchi bor fanga kiritilgan. Ekologiya fani hozirgi bozor 
munosabatlari davrida ko‘pgina tarmoqlarga ega: o‘simliklar ekologiyasi, 
zooyekologiya, tuproq ekologiyasi, inson ekologiyasi va boshqalar. Ekologiya fani 
tanlab olingan bir yoki bir necha ob’yektning yashash sharoitini yoki normalarini 
o‘rganadi va yashashning optimal darajasini aniqlashga yordam beradi. 
Bu yo‘nalishdagi ishlar bizga ekologik bilimlarni yetkazadi, ammo bu bilan 
insoniyat cheklanib qolmaydi. Davr talabiga ko‘ra, yana boshqa yo‘nalishda ham ish 
olib borishni talab etmoqda. U ham bo‘lsa ekologik tarbiya masalasidir. 
Ekologik tarbiya albatta ekologik bilim asosida shakllanadi, lekin u o‘ziga xos 
xususiyatlarga ham ega. Ekologik tarbiya insonda tabiatga nisbatan to‘g‘ri, oqilona 
munosabatni shakllantirish masalasi ustida ish olib boradi va o‘z oldiga talabalarda 
ekologik madaniyatni shakllantirishdek maqsadni qo‘yadi. Ekologik tarbiyaning 
mazmuniga ekologik onglilik, ekologik his-tuyg‘ular (tabiatga, insonlarga, hayotga 
nisbatan munosabatlar) kiradi. Shunday qilib, ekologik tarbiya inson hayotida, 
jamiyatda, vatanda muhim ahamiyat kasb qiladi. 
Ekologik tarbiyaning shakllanishiga ekologik bilimlarni egallash bilan bir 
qatorda ekologik munosabatlarni ham shakllantirib borish zarur bo‘ladi. Ekologik 
munosabatlarga: 
1. Hayotga munosabat. 
2. Yaxlitlik hissini tarbiyalash. 
3. Javobgarlik hissini tarbiyalash. 
4.Tabiat go‘zalliklarini his etish kabi komponentlarni kiritish mumkin. 
Huquqiy tarbiya. 
Huquqiy tarbiya - bu shaxsga nisbatan huquqiy ongni, huquqiy munosabatlarni, 
qonunga itoatkor xulq-atvor ko‘nikmalari va odatlarini shakllantiruvchi uyushgan, aniq 
maqsadni ko‘zlagan holda ifodalanishidir. Huquqiy tarbiyani bolaning kichik yoshidan 
boshlab amalga oshira boshlash, huquqiy axborotlarning birinchi darajali tus olishiga 
erishish, shaxsning umumiy dunyoqarashi va ijtimoiy yo‘naltirilganligining tarkibiy 
qismi tarzida huquqiy qarashlariga asoslanishi zarurdir. 
O‘sib kelayotgan yosh avlod huquqiy tarbiyasining xususiyatlari yangi 
jamiyatning o‘z xarakteri, turmush tarziga asoslanadi. Ularning hammasi prinsipial 
jihatdan yangi, yanada murakkab muammolarni hal etish zarurligini ifoda etadi. 
Avvalo, huquqiy tarbiya yangi yosh avlodni kamol toptirishning samarali vositasi 
sanaladi. 
Yuqorida qayd qilingan mulohazalar huquqiy tarbiyaning yaxlit tizimi 
quyidagilardan iboratligini ifodalaydi: 
Birinchidan, huquqiy tarbiya sub’yektlariga: davlat idoralari, jamoat 
tashkilotlari, mehnat jamoalari, mansabdor shaxslar va boshqalar kiradi. 
Ikkinchidan, huquqiy tarbiya ob’yektlariga: mansabdor shaxslar, fuqarolar, ichki 


ishlar idoralari xodimlari kiradi. 
Uchinchidan, huquqiy tarbiya mazmuniga: huquqiy ta’lim, huquqiy targ‘ibot va 
tashviqotlar kiradi. 
To‘rtinchidan, huquqiy tarbiya shakllariga: ma’ruzalar, seminarlar, suhbatlar, 
viktorinalar kiradi. 
Beshinchidan, huquqiy tarbiya metodlariga: ishontirish, rag‘batlantirish, 
majburlash kiradi. 
Oltinchidan, huquqiy tarbiya vositalariga: matbuot, radio, televideniye, adabiyot 
va san’at asarlari, ko‘rgazmali tashviqot hamda targ‘ibot vositalari kiradi. 
Mustaqillik sharoitida huquqiy madaniyat bilan huquqiy tarbiyaning bog‘liqligi 
yanada ortadi. 
Estetik tarbiya 
Hayotda tabiat - go‘zallikning manbasidir. U estetik tuyg‘ularni, bolalarning 
kuzatuvchanligini va tasavvurini rivojlantirish uchun juda boy material beradi. Bundan 
tashqari, san’at ham estetik tarbiya vositasi hisoblanadi. San’at orqali estetik 
tarbiyalash pedagogikada badiiy tarbiya deb ataladi. U quyidagi metodlardan 
foydalangan holda olib boriladi: 
1. Badiiy asarlarni namoyish qilish va ijro etish. 
2. Badiiy asarlarni tahlil qilish va baholash. 
3. San’atshunoslik bilimlaridan xabardor qilish, talabalar san’atning har xil 
turlarini ifoda vositalari, tarixi va nazariyasini xarakterlovchi muayyan ma’lumotlar 
jamg‘armasiga ega bo‘lishi zarur. 
4. Talabalar ijodiy va ijrochilik faoliyatini tashkil etish, talabalar badiiy 
faoliyatining xilma-xil shakllarida mashqlar o‘tkazib, ijodiy qobiliyatlarini, voqelik 
predmetlarini va hodisalarini san’at vositalari yordamida mustaqil tasvirlash 
ko‘nikmalari va malakalarini rivojlantiradi. 
Jismoniy tarbiya 
Jismoniy tarbiya shaxsni har tomonlama rivojlantirish tizimidagi o‘z vazifasini 
bajarish bilan birga, u quyidagi asosiy vazifalarni hal qilishga qaratilgan: salomatlikni 
mustahkamlash, inson oranizmini chiniqtirish va talabalarning jismoniy rivojlanishiga 
yordam berish; harakat ko‘nikmalarini va malakalarini shakllantirish hamda 
takomillashtirish; o‘g‘il bolalarni armiya safariga tayyorlash; fizkultura va sportning 
mohiyati hamda ijtimoiy roli haqidagi ma’lumotlardan xabardor qilish. Talabalarning 
sog‘ligini himoya etish va boshqarish jismoniy tarbiyaga ayniqsa, O‘zbekiston 
Respublikasi mustaqilligini qo‘lga kiritgandan buyon davlat darajasida ahamiyat 
bermoqda. Jismoniy tarbiya va sport ishlariga hukumatimiz tomonidan katta 
g‘amxo‘rlik qilmoqda. Buning dalili sifatida Toshkent shahri va barcha viloyatlar, 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va tumanlarda bunyod etilayotgan sport inshootlari, 
sport komplekslarini keltirish mumkin. 
Mehnat tarbiyasi 


Mehnat tarbiyasi yosh avlodni tarbiyalashda markaziy o‘rinlardan birini 
egallaydi. Rivojlanishning asosiy vazifalaridan biri mehnat tarbiyasi va ta’lim 
samaradorligini umumiy ta’lim ukuv muassasasi talabalarini kasb tanlash, mustaqil 
hayotga amaliy va texnika inqilobi va hozirgi zamon ishlab chiqarish sharoiti 
talabalarning mehnat tarbiyasi va ta’limi ana shu talablar darajasiga ko‘proq muvofiq 
bo‘lishini talab qilayotir. Nega deganda tarbiyalanuvchilar o‘quv yurtini 
tamomlagandan keyin ishlab chiqarishning butun tizimini bemalol bilishlari va unda 
ro‘y berayotgan o‘zgarishlarni tezda payqab olishlari kerak. 
«Umumiy va kasb-hunar ta’limini isloh qilishning asosiy yo‘nalishlari”da 
ta’kidlanadiki, mehnat tarbiyasini shaxsni shakllantirishning eng muhim omili va xalq 
xo‘jaligining mehnat resurslariga talabini qondirish vositasi deb bilish kerak. 
Mehnat faoliyati jarayonida inson tabiatini o‘zgartiribgina qolmay u bilan birga 
o‘zi ham o‘zgaradi. Mehnat faoliyati shaxsning axloqiy fazilatlarini shakllantirishga 
uning tabiat va jamiyatga qarashli tizimiga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. Mehnat inson aqliy 
qobiliyati jarayonini o‘z ijodiy faolligini namoyon qilib ijodiy qobiliyatlarini 
rivojlantiradi va takomillashtiradi. Mehnat tufayli insonning ma’naviy munosabatlari 
shakllanadi. Jismoniy jihatdan kamol topib o‘z mehnat ko‘nikmalari va malakalarini 
rivojlantira boradi. 
Mexnat faoliyatini tashkil etishga qo‘yiladigan umumiy talablarni quyidagi 
jadvalda keltirib o‘tildi. 
Mehnat faoliyatini tashkil etishga qo‘yiladigan talablar. 
Mehnat faoliyatining axloqiy asosda, ijtimoiy-g‘oyaviy mazmunga egaligi. 
Mehnat faoliyatini jamoa xarakteriga egaligi. Mehnat topshiriqlarini berishda 
o‘quvchilar imkoniyatini hisobga olish.Mehnat faoliyatining tizimli va rejali bo‘lishiga 
erishish. Mehnat faoliyatining ijodiy xususiyat kasb etishi. Ammo har qanday mehnat 
ham shaxsni har tomonlama tarbiyalash va kamol toptirish omili bo‘lavermaydi. 
Ekspulatasiya va zo‘ravonlikdan xoli bo‘lgan mehnatgina insonga hal qiluvchi va 
tarbiyalovchi ta’sir ko‘rsatadi. Agar inson majburan mehnat qilsa bu jarayon ma’naviy 
rivojlanishga xalaqit beradigan va ma’naviy mamnuniyat keltirmaydigan mehnatga 
aylanadi. O‘quv yurtlarida mehnat tarbiyasini rivojlantirish yo‘llarini ijodiy ishlab 
chiqishda shaxs mehnatini tashkil etish metodikasiga jiddiy e’tibor berish kerak. 
Mehnatdan maqsadga muvofiq foydalanilsagina u tarbiyalanuvchilar ma’naviy 
kamolotini omili bo‘lib qolishi mumkin. Buning uchun mehnat shaxsni qiziqtirishi, 
jismoniy mehnatgagina emas, balki aqliy mehnat bo‘lishi lozim. Shaxs mehnat 
natijasini tushunishi kerak. Shaxs faqat o‘quv muassasasidagina emas, undan 
tashqarida ham mehnat qilishi kerak. Mehnat tarbiyalanuvchilar uchun ularning qurbi 
yetadigan ijodiy faoliyat bo‘lishi lozim. Mehnat tarbiyasini bir qator yetakchi 
vazifalarini ajratib ko‘rsatish mumkin: 
• umumfoydasi uchun mehnat qilish zarurligi; 
• talabalarda jamoa mehnat faoliyatida ishtirok etish uchun zarur bo‘lgan 


barqaror ma’naviy va irodaviy xislatlarni tarbiyalash; 
• talabalarni umumiy bilim va politexnik bilimlar tizimi bilan hozirgi zamon 
ishlab chiqarishda qatnashish uchun zarur bo‘lgan maxsus mehnat ko‘nikmalari va 
malakalari bilan qurollantirish; 
• talabalarga bo‘lajak kasbni ongli tanlashda yordam berish; 
• mehnat madaniyati asoslarini tarbiyalash, tarbiyalanuvchilarning iqtisodiy 
tarbiyasi. 
Mehnat tarbiyasining vositalari quyidagilar: 
1. Ijtimoiy foydali mehnat. 
2. Oilaviy mehnat. 
3. Mehnat faxriylari va turli mehnat vakillari bilan uchrashuv. 
Mehnat ikki xil bo‘ladi: 
Aqliy mehnat. 
Jismoniy mehnat. 
Aqliy mehnat - shaxs uchun eng og‘ir mehnatdir. Bu mehnat aqliy zo‘r berishni 
talab qiladi, uzoq vaqt davom etadi va qunt bilan shug‘ullanishni talab qiladi. Bu 
mehnatning murakkabligi yana shundaki, bundagi natijalarning namoyon bo‘lishi 
qiyinroq bo‘ladi, bu natijalarni shaxs deyarli tushunmaydi. 
Aqliy mehnati jarayonida tarbiyalanuvchilar turli darajada murakkablikka ega 
bo‘lgan va mustaqillikni turli darajada talab qiladigan bir qator aqliy, hamda amaliy 
xarakterlarni egallaydilar. Bu esa ularda bilimga qiziqishini, aqliy faoliyatning 
samarali turlarini shakllantiradi. 
Aqliy mehnati tarbiyalanuvchilarning qurbi yetadigan darajada bo‘lishi kerak. 
Tarbiyalanuvchilarning qurbi yetmaydigan mehnat inson organizmiga ziyon yetkazadi. 
O‘qishdan ko‘nglini sovutishi mumkin. Shu sababli pedagog har bir 
tarbiyalanuvchining yosh xususiyatini va ta’lim olishga individual tayyorligini 
aniqlash, shaxsning e’tibori va tafakkuridagi xususiyatlarini bilishi, mehnat va dam 
olish rejimiga rioya qilishi muhimdir. O‘quv mehnatning bosh vazifasi-shaxsni 
o‘qishga o‘rgatishdan, uni o‘quv mehnati metodikasi va texnikasini qurollantirishdan, 
ûzi bilim oladigan bo‘lish imkoniyatini berishdan iborat. O‘quv mehnati jarayonida 
ta’sir qiladigan ko‘nikma va malakalar tarbiyalanuvchilarning ijtimoiy foydali unumli 
mehnatda qatnashishga tayyorgarligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Tarbiyalanuvchini 
bo‘lajak mehnat faoliyatiga tayyorlash uchun yaxshi poydevor bo‘ladi. Pedagogning 
o‘quv muassasasi tarbiyalanuvchilarida darsliklar, kompyuter texnikasi bilan ishlash 
ko‘nikmasini shakllantirishda mehnat tarbiyasiga doir ishi ayniqsa muhim ahamiyatga 
ega. O‘quv mehnati jarayonida aqliy mehnat madaniyati hosil qilinadi. O‘rtoqlik, 
xayrixohlik, intizomlilik, uyushqoqlik singari fazilatlar tarbiyalanadi. Binobarin, 
bularning bari mehnat tarbiyasini eng samarali hal qilish uchun xizmat qiladi. 
Qisqa xulosa 
Tarbiya jarayoni to‘xtovsiz va sistemali davom etadigan jarayon bo‘lib, unga 
pedagog, tarbiyachi rahnomalik qiladi va tarbiyaning ayni vaqt uchun zarur bo‘lgan 


maqsadini, shu maqsadni hal etishga xizmat etadigan faoliyatni belgilaydi. 
Tarbiyalanuvchilarning ushbu faoliyatga aktiv ishtirok etishini ta’minlab, ular o‘rtasida 
ijtimoiy, jamoa, o‘rtoqlik aloqalari va munosabatlari uchun sharoit yaratadi. 
Tarbiyani yaxshi yo‘lga qo‘yish uchun uning harakatlantiruvchi kuchini, tarbiya 
jarayoni manbaini yaxshi bilish va hisobga olish muhimdir. 
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR 
1.Tarbiya jarayoni nima? 
2.Tarbiya jarayonining murakkabligi nimada? 
3.Tarbiya tamoyillari. 
4.Tarbiya usullari, turlarini sanab bering? 
5. Shaxs tushunchasiga ta’rif bering? 
6. Muhit nima? 
7. Tashqi muhitning shaxsga ta’siri nimalarda namoyon bo‘ladi? 
8. Tarbiya orqali insonni to‘liq o‘zgartirish mumkinmi? 
9.Tafakkur, idrok, ilmiy dunyoqarash deganda nimani tushunasiz? 
10.Milliy qadriyatlarning ahamiyati ahloqiy tarbiyada qay darajada namoyon 
bo‘ladi? 
ADABIYOTLAR: 
1. 
Tursunov I., Nishonaliyev U. Pedagogika. T. 1996. 
2. 
Gʻoziyev E. Psixologiya. (o‘quv qo‘llanma) T. 1994 
3. 
Vospitaniye i razvitiye detey v prosesse obucheniya.M.1981. 
5 - Mavzu

Yüklə 3,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə