|
![](/i/favi32.png) Tashkent Medical Academy Volume 4shartsiz ta’sirlovchi 5-30 sekund
davomidabolalarda-oliy-nerv-faoliyati-tiplarining-xususiyatlari-va-ularni-tarbiyalash
shartsiz ta’sirlovchi 5-30 sekund
davomida
2-10 marta takrorlab va mustahkamlanib turgandagina shartli refleks hosil
bo‘ladi
Shartli refleksii hosil bo‘lishi va
tormazlanishi bola oliy
nerv faoliyatining tipiga ham bog‘liq.
Bola ulg‘ayib jinsiy balog‘atga etgan davrda shartli reflekslarning hosil bo‘lishi bir qadar
sekinlashadi. Yoshi katta bo‘lgan sari harakat reflekslari (yurish, yugurish va boshqalar), og‘zaki
va yozma nutq reflekslari shakllana boradi. Bolada eng avvalo eshitish, ko‘rish va, asta-sekin
sezgi, ta’m bilish shartli reflekslari hosil bo‘ladi. Maktab o‘quvchilarida yangi harakat
ko‘nikmalarining hosil bo‘lishi ularning ongi, maqsadli harakati, fikrlashi, oddiy harakat
ko‘nikmalarini esda saqlab qolishi va bu xususiyatlarning nerv sistemasida qayta ishlanishi
natijasida amalga oshadi.
Bolalarda harakat ko‘nikmalarining hosil bo‘lish tezligi, avvalo, uning ongiga,
maqsadni qanchalik tushunganligiga, qiziqishiga va ixtiyoriy harakatlarni qanchalik to‘g‘ri
hamda aniq bajara olishiga bog‘liq. Maktab o‘quvchilarida harakat ko‘nikmalarini hosil
qilishda, ularni mustahkamlashda va yanada shakllantirishda o‘qituvchi tomonidan ular
faoliyatini baholab «to‘g‘ri» degan so‘zni takrorlab turilishi amaliyotda ko‘pincha ijobiy natija
berishi kuzatilgan.
Vaqtga aloqalar shartli refleks ichki organlardan, to‘qimalardan yoki tashqi
retseptorlardan nerv sistemasiga boradigan impulslarning so‘z ta’siroitlari bilan bog‘lanishi
tufayli vujudga keladi. Bunday reflekslarga maktab yoshidan boshlab bolaning kun tartibiga
rioya qilishi – belgilangan vaqtda uxlashi, uyg‘onishi, dars tayyorlashi, harakatlanishi, dam
olishi kabilar misol bo‘ladi. Bu reflekslarning barqarorligi nerv
sistemaning tipiga, qo‘zg‘aluvchangligiga, diqqatni jamlay olishiga va
|
|
|