|
![](/i/favi32.png) Tashkent Medical Academy Volume 4bolalarda-oliy-nerv-faoliyati-tiplarining-xususiyatlari-va-ularni-tarbiyalashTashkent Medical Academy
Volume 4 | TMA Conference | 2023
Integration of Science, Education and Practice
in Modern Psychology and Pedagogy:
Problems and Solutions
Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan,
ta’lim va amaliyot integratsiyasi:
muammo va yechimlar
709
May 6
https://tma.uz/ International Scientific and Practical Conference
mashq qilishiga bog‘liq bo‘lib, uzoq vaqt davomida asta-sekinlik bilan takomillashib boradi.
Iz qoldiruvchi shartli reflekslar shartli ta’sirlovchilardan so‘ng miya yarimsharlari
po‘stlog‘i hujayralarida qolgan iz hisobiga vujudga keladi. O‘quvchiga ma’lum vazifa
berilishi, u vazifani ma’lum vaqtdan so‘ng bajarib o‘qituvchi aytgan muddatda olib kelib
topshirishi mazkur refleksga misol bo‘la oladi. Iz qoldiriuvchi shartli reflekslar miya
yarimsharlari po‘stlog‘ida dastlabki qo‘zg‘alish o‘chog‘i bilan shartsiz refleksning qo‘zg‘alish
o‘chog‘i o‘rtasidagi vaqtinchalik nerv bog‘lanipsh natijasida yuzaga keladi. Ushbu shartli
reflekslar bola ikki yarim yoshga to‘lganidan so‘ng kuzatila boshlaydi hamda kattalardagiga
qaraganda birmuncha tez hosil bo‘lishi, mustahkamligi va aniqligi bilan ajralib turadi.
Bolalarda shartli reflekeslarning tormozlanishi.
Bola qanchalik yosh bo‘lsa, shartli
refleks shunchalik tez tormozlanadi. Shartli refleksning so‘nishi bolaning yoshiga, sog‘ligiga,
oliy nerv faoliyati tipiga hamda hosil bo‘lgan shartli refleksning turi va mustahkamligiga
bog‘liq. 11-12 yashar bolalardagi shartli reflekslar 8-10 yashar bolalardagiga qaraganda tez
so‘nadi. Sog‘lom bolalarda differensiyallangan shartli refleks 2-6 marotaba
mustahkamlanganda vujudga keladi. Vaqt o‘tishi bilan so‘ngan shartli tormozlanish yana asl
holatiga kaytadi. Ba’zi hollarda, shartli tormozlanishning ta’siri tugagandan so‘ng, qo‘zg‘alish
induksiya asosida rivojlanishi mumkin.
Bolalarda befarq ta’sirlovchi bir necha marta birlamchi, ikkilamchi, uchlamchi va
bundan yuqori tartibdagi shartli tormozlanishlarni hosil qilishi mumkin. Ular uzoq vaqt
saqlanishi, so‘nishi va asl holiga kelishi mumkin. Shartli tormozlanish bolalarni o‘qitishda
odob-axloqli va intizomli qilib tarbiyalashda katta ahamiyatga ega.
Bolalarda kuzatiladigan oson va murakkab shartli reflekslar mustahkamlab turilmasa,
ular tez orada so‘nishi mumkin. 3-5 yashar bolalarda oliy nerv faoliyatining rivojlanishi
tubdan farq qilganligi bois, bu yoshda mo‘ljallash reaksiyalarining tartibi o‘zgaradi. Bola «bu
nima?» degan savol bilan turli narsalar va hodisalarni bilishga harakat qiladi – 2-3 yashar bola
narsalarga qarab ularni ushlab ko‘rib shaklini aniqlay boshlaydi, oldin hosil bo‘lgan ko‘rish va
kinestetik bog‘lanishdan foydalanib ularning shaklini chamalab biladi.
Bola 5 yoshga to‘lganida tashqi va ichki tormozlanishning tabiati o‘zgaradi. Bu yoshda
bosh miya yarimsharlari po‘stlog‘ida kechikuvchi va iz qoldiruvchi shartli reflekslar qiyinlik
bilan hosil bo‘ladi – bu hol bolada dinamik stereotipni bir qadar еngillik bilan o‘zgartirish
imkonini beradi. Chamalash refleksi tobora kuchayib va mustahkamlanib boradi. Bu
yoshdagi bolalarda turli o‘yinlar, harakatlar, musiqa, rasm chizish va so‘zlarga nisbatan yangi
shartli reflekslar namoyon bo‘lib hamda mustahkamlanib boradi.
Dostları ilə paylaş: |
|
|