Tashqi iqtisodiy faoliyatda iqtisodiy xavfsizlikni


ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR



Yüklə 468,55 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/12
tarix19.04.2023
ölçüsü468,55 Kb.
#106164
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Tashqi iqtisodiy faoliyatda iqtisodiy xavfsizlikni

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR. 
Rus iqtisodchi olimi V.Pankovning talqinicha, “milliy iqtisodiy xavfsizlik
iqtisodiyotning shunday holatiki, bu uning ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarining bir zayl 
davom etishiga halal beradigan, aholining erishilgan hayot darajasini izdan chiqarib, 
jamiyatda kuchli ijtimoiy tanglikni yuzaga keltiradigan, shuningdek, davlatning 


Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 1 | ISSUE 9 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 
138 
w
www.oriens.uz
October 
2021
 
suverentligiga xavf tug‘diradigan tashqi va ichki omillar ta’siriga “bardoshli 
immuniteti” bilan tavsiflanadi
1
”.
MUHOKAMA VA NATIJALAR 
Y. Prudiusning fikricha “iqtisodiy xavfsizlikning uch asosiy darajasi mavjud 
bo‘lib, quyi (asosiy) darajasi o‘z ichiga moddiy bazani, o‘rtacha darajasi tashkiliy-
huquqiy asoslarni, yuqori darajasi uni ta’minlashning chora-tadbirlaridan iborat”
2

Ayrim tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra: 
“iqtisodiy xavfsizlik – bu shunday sharoitki, unda milliy iqtisodiyotning 
mustaqilligi, barqarorligi, bardavomligi ta’minlanadi, doimiy yangilanish va 
muvofiqlashish qobiliyati yaratiladi”;
“iqtisodiy xavfsizlik deganda, iqtisodiyotning milliy va xalqaro darajada 
umumiy ehtiyojlarni samarali qondirish qobiliyati tushuniladi”; 
“iqtisodiy xavfsizlik deganda, milliy iqtisodiyotning normal faoliyatini, 
aholining mavjud turmush darajasini buzilishiga ta’sir etuvchi, oqibatda, jamiyatda 
ijtimoiy beqarorlikni yuzaga kelishi, hamda davlat hayotiga xavf solishi mumkin 
bo‘lgan, tashqi va ichki tahdidlarga qarshi tura olish qobiliyati tushuniladi”. 
“iqtisodiy xavfsizlik bu shunday holatki, xalqaro iqtisodiy tizimda ishtirok 
etayotgan milliy xo‘jalikka, o‘z iqtisodiy suverenitetini amalga oshirish, iqtisodiy 
qudratini mustahkamlash va turmush darajasi sifatini yaxshilash imkonini beradi”. 
Ilmiy adabiyotlarda milliy iqtisodiy xavfsizlik tushunchasiga yagona ta’rif 
berilmagan. Ayrim mutaxassislar iqtisodiy xavfsizlikni xalqaro iqtisodiy tizim 
xavfsizligi muammolari bilan bog‘lagan holda (iqtisodiy o‘sishning bir xilda emasligi, 
qarzdorlikning ortishi, ochlikning tarqalib borishi va shunga o‘xshash boshqa jahon 
iqtisodini beqarorlashtiruvchi omillar), boshqa mutaxassislar esa, milliy iqtisod 
o‘sishiga ta’sir etuvchi sharoit yaratish (xorijiy xom-ashyo va resurs manbalaridan 
foydalanish, investitsiya kirib kelishi barqarorligi, tovar va xizmatlar ayrboshlanishi 
erkinligi kafolatlanganligi) bilan bog‘lagan holda ta’riflaydi. 
Yuqoridagi ta’riflardan ko‘rinib turibdiki, iqtisodiy xavfsizlik tushunchalari 
o‘zida suverenitet, iqtisodiy qudrat, raqobatbardoshlik, iqtisodiy o‘sish, normal 
turmush darajasi kabi asosiy elementlarni mujassam etgan.
Mamlakatning iqtisodi o‘sib borishi sari, tashqi sharoit va ichki omillar o‘zgarib, 
uning ta’sirida mamlakat iqtisodiy manfaatlari yangidan shakllanib boradi. Shu bois, 
bir jihatan, iqtisodiy xavfsizlik konsepsiyasi doimiy o‘zgartirish kiritish va aniqlikni 
1
В.Паньков., Экономическойбезопасность: сущность и проявления. Международная жизнь, 2010, №12, с.107-
119, 
2
Прудиус Е. В, «О понятии и системе экономической безопасности», Бизнес в законе, 2008, №1, С.66-70 



Yüklə 468,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə