‘Тастыйы3лайман’


Mumtoz adabiyotda adabiy turlar va she’r nav’lari



Yüklə 418,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/23
tarix09.02.2023
ölçüsü418,8 Kb.
#100528
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   23
5A111201-Өзбек-тили-ҳәм-әдебияты

Mumtoz adabiyotda adabiy turlar va she’r nav’lari. 
Adabiy tur 
tushunchasi va uning ifodalanish shakllari (nasr, nazm). Baytli she’r shakllari. G‘azal, 
qasida va mustazod janrlari. Kichik lirik janrlar tavsifi.
Qadimgi davr adabiyoti. Eng qadimgi davrlardan X asrgacha bo‘lgan 
adabiyot. 
Turonzamin qadimgi madaniy markazlardan biri sifatida. Qadimgi 
davrlardan eramizning VIII asrigacha Markaziy Osiyoda yashagan xalqlar 
madaniyati, yozuvi va san’ati. Qadimgi shumer madaniyati va turkiy qavmlar tarixi. 
“Bilgamish” dostonining turkiy xalqlar eposiga munosabati.
Eng qadimgi og‘zaki adabiy yodgorliklar. 
Ularning asosiy manbalari. Mif va 
afsonalar qadimgi hayot aksi, tabiat haqidagi tasavvurlarining badiiy ifodasi ekanligi. 
Mif va afsonalarda badiiy xayolotning o‘rni. Xitoy manbalarida Markaziy Osiyo 
xalqlariga doir ma’lumotlar.
Islom madaniyatining shakllanishi va musulmon intibohi (renessansi). 
Somoniylar, saljuqiylar, g‘aznaviylar va qoraxoniylar davrida islomiy madaniyat. 
Hadis to‘plash an’anasi va unda turkistonlik buyuk muhaddislarning roli. Imom 
Buxoriy va at-Termiziy. «Al-jome’u-s-sahih» va «Shamoyili Muhammadiyya» 
asarlari. IX-X asrlarda arab tilining madaniy hayotga faol aralashuvi. 
Arab va fors 
tillaridagi adabiyot. 
Turkiy xalqlarning arab va fors tillarida ijod etishi. Markaziy 
Osiyo buyuk allomalar vatani: Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino 
asarlarida adabiyot masalalari. Badiiy asarlar va tazkirachilik. Abu Mansur as-Solibiy 
va uning «Yatimatu-t-dahr» asari.Chag‘oniyon adabiy muhiti. 
XI-XIII asrlar 
adabiyoti. 
XI-XIII asrlarda Markaziy Osiyoda madaniy hayot. Turkiy tilning yangi 
adabiy bosqichga ko‘tarilishi. Qoraxonlilar davrida turkiy madaniyatning taraqqiyoti. 
Bolasog‘un va Koshg‘ardagi madaniy hayot. Turkiy dostonchilik maktabining 
vujudga kelishi. Badiiy asarlarda Qur’oni karim va Hadisi sharif sharhlari.

Yüklə 418,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə