Tayyorlash va ularning malakasini oshirish



Yüklə 433,1 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/12
tarix29.05.2023
ölçüsü433,1 Kb.
#114038
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
portal.guldu.uz-Proyektiv testlar yordamida o’quvchilarning psixik xususiyatlarini o’rganish

Oltinchi kvadrat
- sevgi-muhabbat va intim munosabatga bo’lgan 
qiziqishlarni bildiradi. Parallel chiziqlarga nisbatan qanchalik ko’p qarama-qarshi 
chiziqlar chizilgan bo’lsa, qanchalik ko’p bezatilsa, shunchalik bu masalaga 
qiziqish ko’p. Agar parallellarga qarama-qarshi chiziqlar yo’q bo’lsa, qiziqish ham 
yo’q. 
 
4. SIZ YOQTIRGAN RANG VA SIZNING XARAKTERINGIZ. 
O’g’il bolalar va qizlar bitta yoki ikki-uch rangni afzal ko’radilar. 
Rangni idrok etish vaqt o’tishi bilan o’zgarishi ham mumkin. Biroq har qanday 
holatda ham siz yoqtirgan rang xarakteringiz va emotsional holatingiz haqida 
xabar beradi. Ta’kidlanishicha, to’q ranglar (ko’k yashil va ularga o’xshash) deb 
ataluvchi ranglar xotirjamlik noziklik g’amg’inlik och ranglar kuch, hokimiyat
faollik quvonch ramzidir.Ushbu test asosida keltirilgan mulohazalarga qarab, har 
birimiz o’zimiz uchun zarur xulosalarni chiqarib olishimiz mumkin. 
Oq rang
- barcha ranglarning sintezi hisoblanadi, chunki u «ideal» rang, 
«orzular rangi»dir. Unda bir necha ma’no mujassamlashgan. Oq rang bir vaqtning 
o’zida yorug’lik jilvasi hamda muz haroratini aks ettiradi. Ushbu rangni inson 
xarakteridan qat’iy nazar afzal ko’rishi mumkin, chunki u o’zidan hech kimni 
itarmaydi. 


13 
Qora rang
- oq rangning aksi. Ushbu rang hayotni qayg’uli idrok etish 
ramzi, ishonchsizlik rangidir. Qora rangli liboslar kiyishni yoqtiruvchi kishilar 
ko’pincha hayotni to’q ranglarda idrok etadilar, o’zlariga ishonchni xis qilmagan 
ruhiyatini tez-tez almashtirib turish tushkunlik kayfiyatining ko’pincha o’zgarib 
turishidan dalolatdir. 
Kul rang
- biror qaror qabul qilishdan avval ko’p o’ylaydigan, 
muloxazalilik va ishonchsizlik xos bo’lgan kishilarning sevimli rangidir. 
Shuningdek kul rang o’zini ko’rsatishdan cho’chiydiganlar afzal ko’radigan 
neytral rangdir. Kul ranglar, baxtsiz, depressiyaga moyil bo’lib, hayotda 
ideallariga erishishga shubxa bilan qaraydilar. Qora rangli kostyum yoki ko’ylakni 
ancha yorqin, ko’zga tashlanadigan salbiy munosabat esa impulsiv, yengil tabiatli 
xarakter ko’rsatkichidir. 

Yüklə 433,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə