Tayyorlash va ularning malakasini oshirish



Yüklə 433,1 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/12
tarix29.05.2023
ölçüsü433,1 Kb.
#114038
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
portal.guldu.uz-Proyektiv testlar yordamida o’quvchilarning psixik xususiyatlarini o’rganish

Kirish 
 
Bugungi kun ta’lim tizimi o’quv faoliyati samaradorligini 
ta’minlashda, o’quvchilarni ma’naviy va ruhiy jihatdan to’gri 
tarbiyalashda, avvalo ularning psixologiyasini, psixik xususiyatlarini 
bilishni taqozo etmoqda. Uslubiy tavsiyaning maqsadi o’quvchilarning 
ruhiyatini yaxshiroq anglashga, ularning shaxsiy xususiyatlarini 
bilishga, o’z munosabatlarini to’g’ri yo’naltira olishga va hayotda o’z 
o’rnini topishiga yordam berish.
Amaliyotchi psixologlar va pedagoglarimiz o’z kasbiy 
faoliyatlarida 
ushbu 
proyektiv 
metodikalardan 
foydalanishsa,
psixologik bilimlari bilan bir qatorda o’quvchilar bilan muloqot 
o’rnatish, ular bilan ishlash malakalarini rivojlantirib boradilar.
 
PROYEKTIV METODIKALAR. 
1.
 
GEOMETRIK FIGURALAR ASOSIDA ODAM RASMINI CHIZISH
Odam chizgan rasm mantiqiy, natija, xulosalardan emas, rasmning 
ma’nosini, chizuvchining dunyoqarashi, hayotga bo’lgan munosabati, uning 
mantiqiy iste’dodi va kechinmalarini anglatadi, o’sha to’g’risida ma’lumot beradi. 
Rasmlarni o’rganib chiqib, insonlarni asosan 8 tipdagi xarakter-xususiyatlarga 
bo’lish mumkin. 
Tip - insonning xarakteristikasini aniqlaydi. Masalan, lider 
(boshqaruvchi) tipiga moslashgan yoki o’rinbosar tipiga moslashgan xarakter 
egasi va hokazolar. Rasmlarni o’rganib chiqish jarayonida unda tip u yoki bu 
tug’ma xislarning ustunligi, temperament, ruhiy holatni tekshirishda aniq, muhim 
xulosalarga asoslanganligi isbotlangan. 



Grafolog Enn Maxoni ilk bor rasm orqali inson xarakterini o’rganishda 
geometrik shakllar: uchburchak to’rtburchak yoki kvadrat, aylanalardan 
foydalanish kerakligini tushuntirgan. Uning fikr va g’oyalari ko’plab shu bo’yicha 
o’tkazilgan tadqiqot ishlarida aniq va to’g’ri javoblarini topgan. 
Xo’sh, shunday qilib, Enn Maxoni taklif qilgan figuralar qanday ma’noga ega? 
Aylana
- maqtanish, maqullash, sezuvchanlik, sezgirlik, do’stlik, 
o’ynoqilik, sho’xlik, quvonch kabi jarayonlar ko’p kuzatiladi. 
Bu figura «yumshoqlik», «noziklik» simvoli bo’lib, unda asosan ayollarga xos 
bo’lgan hususiyatlar aks etiladi. 
To’rtburchak
— bexavotirlik mantiqiy xarakterlarning ustunligi, xohish-
istaklarni birinchi darajaga qo’yish va mustahkamlash, bunda erkak va ayollarga 
xos belgilar bir xil kuzatiladi. 
Uchburchak

tajovuz, 
bosqinchi, 
qat’iy 
bir 
fikrga keluvchi, 
shuhratparastlikni ustun qo’yuvchi (ba’zi hollarda juda kuchli darajada) insonlarga 
xos xususiyatlar kiradi.

Yüklə 433,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə