Termiz davlat pedagogika instituti



Yüklə 474,17 Kb.
səhifə21/41
tarix16.02.2023
ölçüsü474,17 Kb.
#100909
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   41
Madaniyatshunoslik fanidan ma\'ruza matni

Moddiiy madaniyat. Amir Temur va uning avlodlari hukm surgan tarixiy davrni nazardan o'tkazar ekanmiz, bunda ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy taraqqiyotning yuksak marralari sari ko'tarilgan Movarounnahr va Xurosonning butun yorqin manzarasi ko'z o'ngimizda namoyon bo'ladi.
Markaziy Osiyo xalqlari sivilizatsiyasi va madaniyati ravnaqining yuqori cho'qqisi hisoblangan Temuriylar davri nafaqat shu mintaqa doirasida, balki umumjahon miqyosida ham o'ziga xos yuksak bosqich bo'ldi. Uning qudratli aks-sadosi asrlar osha avlodlar qalbi va tafakkurini hamon nurlantirib kelmoqda.
Ona tariximizning mana shu muhim bosqichida halq dahosi, qudrati bilan betimsol moddiy va ma'naviy madaniyat namunalari, mislsiz osori atiqalaru monumental me'moriy obidalar bunyod etildi. llm-fan yuksaldi. Bunday yuksalish Amir Temur va uning avlod-larining ilm-fan, ma'rifat ravnaqiga alohida rag'bat, katta sa'y-harakat bog'laganliklari natijasi bo'ldi.
Xususan, Amir Temur siymosiga to'xtaladigan bo'lsak, uning o'zi yuksak ma'rifatparvar hukmdor sifatida xalq ichidan chiqqan qanchadan-qancha noyob iste'dodlar, ilmu urfon va din ahllari, me'moru hunarmandlarni parvarishlab o'stirish barobarida mam-lakat obodonligi, ravnaqi uchun ham doimiy harakatda, izlanishda bo'ldi. Uning davrida Samarqand va yurtning boshqa hududlarida qad rostlagan serhasham saroylar, bog'-rog'lar, masjid-u madra-salar, rabot-u karvonsaroylar, ko'priklar, suv havzalari va boshqa inshootlar Sohibqiron salohiyati va faoliyatining nechog'lik ko'p qirraliligiga dalolatdir.
Xurosonning obod o'Ika sifatida gullab-yashnashi ham Temuriylar davriga to'g'ri keladi. Shohruh Mirzo va uning vorislari tomonidan barpo etilgan 150 dan ziyod mashhur obidalar, jumladan, «Bog'i Zog'on», «Bog'i jahon» qal'a maskanlari, «Gavharshodbegim» madrasasi, Boysunqur «Nigoristoni» (Badiiy akademiyasi), yoxud Husayn Boyqaro davrida (1469-1506) uning do'sti, she'riyat mulkining sultoni Alisher Navoiy rahnamoligida Hirot va uning atrofida qurilgan 300 dan ziyod noyob bino va inshootlar: masjid, madrasa, maqbara, xonaqoh, hammomu shifoxonalar, saroylar, istirohat bog'lari, rabotu karvonsaroylar, suv havzalari, ko'prik, korizlar-bular hammasi Temuriylar zamonasi madaniy yuksa-lishining ishonchli tasdig'idir.
Ilm-fan ravnaqi. Temuriylar ma'naviy madaniyati to'g'risida gap borganda, dastawal, ona yurtimizda Uyg'onish davrining ikkinchi bosqichi bo'lgan bu oltin asrda ilm-fanning nechog'lik ravnaq topganligi hamda uning jahon ilmu urfoni taraqqiyotiga qo'shgan bebaho hissasi haqida har qancha g'ururlansak arziydi.
Bu davrning yana bir muhim yutug'i—bu ijtimoiy fanlar, xususan, tarixshunoslik sohasida katta tadqiqotlarning yaratilganligidir.
Bu xayrli ishlarning yuzaga chiqishida ham temuriy hukmdorlar tashabbusi va rahnamoligi beqiyos bo'lgan. Jumladan, Amir Temurning «Tuzuklari», Mirzo Ulug'bekning «To'rt ulus tarixi», Bobur Mirzoning «Boburnoma»si ijtimoiy fanlar rivojiga ayricha ta'sir ko'rsatganligi shubhasizdir. Temuriylar davrida salmoqli iz qoldirgan alloma olimlardan Nizomiddin Shomiy va Sharafiddin Yazdiyning «Zafarnoma», Xofiz Abruning «Zubdat at-tavorix», Abdurazzoq Samarqandiyning «Matla ul-sa'dayn» va «Majma' ul-bahrayn» («Ikki saodatli yulduzning chiqish o'rni va ikki azim daryoning quyilish joyi»), Ibn Arabshohning «Amir Temur tarixi», Mirxondning yetti jildli «Ravzat ul-safo» («Poklik bog'i»), Xondamirning «Makorimul axloq» («Yaxshi fazilatlar»), «Xabibus siyar fi axboru afodul bashar» («Xabarlar va bashariyat odamlaridan dilga yaqin siyratlari») asarlari o'sha zamon tarixshunoslik ilmining yuksaklik darajasini o'zida ifoda etadi. Ularning har birida nafaqat u yoki bu hukmdorlarning davlat siyosati yohud harbiy yurishlari yohud shaxsiyatlariga oid ma'lumotlar aks etib qolmay, balki shu bilan birga o'sha davrning barcha murakkab, ziddiyatli jarayonlari, tarixiy voqealar, hodisalar silsilasi ham ishonarli tarzda yoritilganligi ayon bo'ladi.

Yüklə 474,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə