Termiz davlat universiteti psixologiya kafedrasi



Yüklə 3,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/171
tarix23.12.2023
ölçüsü3,08 Mb.
#157153
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   171
umumiy psixologiya(1)

 Sensibilizasiya.
Analizatorlarning o‘zaro munosabati va mashq qilish 
natijasida sezuvchanlikning ortishi sensibilizasiya deb ataladi. Masalan, mashq 
qilish natijasida musiqa bilan shug‘ullanadigan bolalarda past, baland ohanglarni 
eshitish qobiliyati rivojlanib boradi.
Qo‘zg‘alish jarayonining tarqalishi (irradiatsiyalashuvi) natijasida boshqa 
analizatorning sеzuvchanligi oshadi. Kuchli qo‘zg‘otuvchi ta‘sir qilganda 
ko‘zg‘alishning aksincha to‘planish xususiyatiga ega bo‘lgan jarayoni yuzaga 
kеladi. O‘zaro induktsiya qonuniga binoan bu markaziy bo‘lmalarda boshqa 
analizatorning tormozlanishiga va ular sеzuvchanligining susayib qolishiga olib 
kеladi.
Analizatorlarning sеzuvchanligi boshqa sеzgilarga mansub qo‘zg‘otuvchilar 
ta‘siri ostida ham o‘zgarishi mumkin. Jumladan sinaluvchilarga eshittirib «limon 
kabi nordon» dеgan so‘zlarga javoban ko‘zlarning elеktr sеzuvchanligini 
o‘zgartirib yuborgani kuzatiladi.
Sеzgi a‘zolari sеzuvchanligining o‘zgarishi qonuniyatlarini bilgan holda 
maxsus tanlangan qo‘shimcha qo‘zg‘otuvchilarni qo‘llanish yo‘li bilan u yoki bu 
rеtsеptorni sеnsibillashtirish, ya‘ni uning sеzuvchanligini oshirish mumkin. 
Sеnsibillashtirishga mashq qilish natijasida ham erishish mumkin. Masalan, 
musiqa bilan shug‘ullanadigan bolalarga past-baland ohanglarni eshitish qobiliyati 
qanday rivojlana borishini bilamiz.
Sinesteziya.
Sinesteziya deb, bir analitorning qo‘zg‘alishi ostida boshqa 
analizaortga xos sezgining hosil bo‘lishiga aytiladi. Sinesteziya sezgilarning har xil 
turlarida kuzatiladi. Tovush qo‘zg‘atuvchilari ta‘sir qilganda kishida ko‘rish 
obrazlari paydo bo‘lsa, bu ko‘rish-eshitish sinesteziyasi hisoblanadi. Har xil 
odamlarda bu sinesteziyalarda muvofiqlik bo‘lmaydi, lekin o‘lar alohida kishi 
uchun 
turg‘un 
xususiyat 
hisoblanadi. 
Masalan, 
ayrim 
kompozitorlar 
(N.A.Rimskiy-Korsakos, Shopen, Betxoven kabilar)da «rangni eshitish» qobiliyati 
mavjud bo‘lgan. Bu xildagi sinesteziyaning yorqin namunasini Litvalik rassom 
M.K.Churlyonisning ijodida, uning ranglar simfoniyasida ko‘rish mumkin. 
Keyingi paytlarda tovush obrazini rang obraziga aylantiradigan rang-
musiqaviy sozlarning yaratilayotganligi va rang-musiqaning jadal tadqiq 
qilinayotganligi sinesteziya hodisasiga asoslangan. Sinesteziya juda keng tarqalgan 
bo‘lsada u hamma odamlarda ham uchrayvermaydi. «O‘tkir did», «antiqa rang», 
«shirin tovush» va shu kabilarni ishlatish mumkinligi hech kimda shubha 
tug‘dirmaydi. 
Sezgilarning o‟zaro munosabati
. Analizator sezuvchanligining boshqa sezgi 
a‘zolarining qo‘zg‘alishi ta‘siri ostida o‘zgarishi sezgilarning o‘zaro munosabati 
deyiladi. 
Masalan, 
ko‘rish 
analizatorlarining 
sezuvchanligi 
eshitish 
qo‘zg‘atuvchisining ta‘sirida o‘zgaradi. Shuningdek, ko‘rish sezuvchanligi ba‘zi 
hid qo‘zg‘atuvchilarining ta‘siri bilan ham oshadi. Lekin keskin ifodalangan salbiy 
his tug‘diradigan hid ko‘rish sezgirligini pasaytiradi. Xuddi shunday sust yorug‘lik 
qo‘zg‘alishida eshitish sezgilari kuchayadi, jadal yorug‘lik qo‘zg‘atuvchilari ta‘siri 
ostida 
eshitish 
sezuvchanligi 
yomonlashadi. 
Shuningdek, 
sust 
og‘riq 
qo‘zg‘alishlari ta‘sirida ko‘rish, eshitish, taktil va hid bilish sezgilari oshishi 
hammaga ma‘lum. Demak, bir sezgi xususiyatining ikkinchi sezgi ta‘sirida o‘ziga 
xos tarzda o‘zgarishi sezgilarning o‘zaro munosabatini ifodalaydi.


59 
Boshqa analizatorlarga quyi chegaradagi qo‘zg‘atuvchilarning ta‘sir etishida 
ham biron bir analizatorning sezuvchanligi o‘zgarishi mumkin. Jumladan, 
P.P.Lazerev (1878-1942) teri ultrabinafsha nurlari bilan nurlanishi natijasida 
ko‘rish sezuvchanligi susayib ketishini aniqlagan. 

Yüklə 3,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə