Termiz davlat universiteti psixologiya kafedrasi


-MAVZU: XOTIRA. XAYOL. TAFFAKKUR



Yüklə 3,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/171
tarix23.12.2023
ölçüsü3,08 Mb.
#157153
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   171
umumiy psixologiya(1)

6-MAVZU: XOTIRA. XAYOL. TAFFAKKUR 
Reja: 
6.1. Xotita haqidagi tushuncha. Xotira jarayonlari, esda olib qolish, esga tushirish, 
esda saqlash, unitish. 
6.2. Xayol haqida tushuncha. Xayol turlari, tasavvur xayoli, ijodiy xayol, ixtiyoriy 
va ixtiyoriy xayo, orzu, tush ko‘rish va shirin xayol. 
6.3.Tafakkur haqida tushuncha. Tafakkur va hissiy bilish. Taffakkur operatsiyalari. 
Tayanch so‟z va iboralar 
Xotita, operativ, tezkor, aks ettirish, mnemik, assosiativ, esga tushurish
unutish, Xayol, ijodiy xayol, ixtiyoriy xayol, Tafakkur, analiz sintez 
umumlashtirish, xulosa. 
6.1. Xotita haqidagi tushuncha. Xotira jarayonlari, esda olib qolish, esga 
tushirish, esda saqlash, unitish 


64 
Biz sezgan, idrok qilgan narsalar iz qoldirmasdan yo‘qolib ketmaydi, balki 
ma‘lum darajada esda saqlanib qoladi va qulay sharoitda yoki kerak bo‘lganda 
esimizga tushadi. Kunlik tajribamiz shuni ko‘rsatadi, esda qolgan narsalarning 
hammasi ham esimizga tushavermaydi, ularning bir qismi unutiladi. Unutish ham 
xotiraga oid hodisadir. Esda qolgan narsa xotira materialini, esda saqlanib 
turadigan va esga tushiriladigan narsa esa xotiraning mazmunini tashkil qiladi. 
Ongimiz aks ettirgan narsalarni mustahkamlash, saqlab qolish va keyinchalik 
tiklashdan iborat bo‟lgan aqliy faoliyat xotira deyiladi.
Xotira bir necha ruhiy 
jarayonni o‘z ichiga oladi: 
1.
Esda olib qolish; 
2.
Esga tushirish; 
3.
Esda saqlash va unitish. 
Bu jarayonlarning har biri alohida mustaqil psixik xususiyat hisoblanmaydi. 
Ular faoliyat davomida shakllanadi va o‘sha faoliyat bilan belgilanadi. Muayyan 
bir materialni 
esda olib qolish
hayot faoliyati jarayonida individual tajriba 
orttirilishiga bog‘liqdir. Esda olib qolingan narsani keyinchalik bo‘ladigan 
faoliyatda qo‘llash uchun uni 
esga tushirish
taqozo etiladi. Muayyan bir 
materialning faoliyat doirasidan chiqib qolishi esa uning 
unitilishiga
olib keladi. 
Materialni 
esda saqlash 
uning shaxs faoliyatidagi ishtirokiga bog‘liq bo‘ladi. 
Chunki har bir muayyan paytda kishining xulq-atvori uning butun hayotiy tajribasi 
bilan belgilanadi. 
Xotira shaxs psixik hayotining eng muhim, belgilovchi xususiyati 
hisoblanadi. Xotiraning roli «o‘tmishda yuz bergan» narsani aks ettirish bilangina 
cheklanib qolishi mumkin emas. 
Xotira barcha psixik jarayonlarning eng muhim xarakteristikasi bo‘lish bilan 
birga inson shaxsining birligi va yaxlitligini ta‘minlaydi. 
Xotira faoliyati esda olib qolishdan boshlanadi. Biz hamisha biror narsa yoki 
xodisani idrok qilamiz, biror narsa yoki hodisani esda olib qolamiz. Esda olib 
qolish jarayoni eng avval miya po‘stida idrok qilinayotgan narsalar-buyum, surat, 
so‘z, fikr va hokazolarning «izlari» hosil bo‘lishidan va ayni vaqtda esda olib 
qolinadigan material bilan kishida mavjud bilim va tajriba o‘rtasida, esda 
qoladigan materialning ayrim qismlari yoki elementlari o‘rtasida bog‘lanish 
vujudga kelishidan iboratdir. 
Esda olib qolishning ikki turi mavjud: assosiativ va mantiqan esda qoldirish. 
Bir vaqtda va bir joyda birin-ketin idrok qilingan ikki yoki bir qancha narsa va 
hodisalarning obrazlari o‘rtasida miyada hosil bo‘ladigan bog‘lanish assosiativ 
bog‘lanish yoki assosiasiya deyiladi. Masalan, birorta ashulani eshitib turib, ayni 
zamonda shu ashulani aytayotgan odamning o‘zini ham ko‘rsak, shu ashulani idrok 
qilish o‘rtasida yondosh assosiasiya hosil bo‘ladi. Assosiasiyaning yondoshlik 
assosiasiyasidan tashqari o‘xshashlik, qarama-qarshilik turlari ham mavjud. 
Ma‘nosiga tushunib yoki mantiqan esda olib qolish jarayonida asosiy o‘rinda 
fikrlash jarayonlari turadi. Esda qoldirilayotgan materialning ayrim qismlari va 
elementlari o‘rtasidagi ma‘no va mantiqiy bog‘lanishlarni fikr yuritish yo‘li bilan 
ochiladi. Ma‘no bog‘lanishlarni ochish birorta narsaning obrazini oddiy esda olib 
qolish emas, balki narsa va xodisalarga xos bo‘lgan eng muhim va zaruriy 
bog‘lanishlarni ochish demakdir, bir guruh doirasiga kirgan narsa va hodisalarning 


65 
umumiy va muhim belgilari, ular o‘rtasidagi sabab va natija bog‘lanishlarini 
aniqlash demakdir. 

Yüklə 3,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə