Termiz davlat universiteti psixologiya kafedrasi


O‟tmishda idrok qilingan narsalarning hisqtuyg‟u, fikr va ish



Yüklə 3,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/171
tarix23.12.2023
ölçüsü3,08 Mb.
#157153
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   171
umumiy psixologiya(1)

O‟tmishda idrok qilingan narsalarning hisqtuyg‟u, fikr va ish 
harakatlarning ongimizga qaytadan tiklanishi esga tushirish deyiladi. Esga 
tushirishning nerv-fiziologik asosi bosh miya po‟stida ilgari hosil bo‟lgan nerv 
bog‟lanishlarning qo‟zg‟alishidir. 
Idrok qilingan narsalar miyamizda o‘rnashib qolishi, esimizda turishi tufayli, 
ular turli usulda esimizga tushishi mumkin. Esda saqlash deyilganda ilgari 
tug‘ilgan taasurot, fikr, his-tuyg‘u va ish harakatlarning jonlanib, takrorlanib 
turishga moyillik paydo qilishi va mustahkamlanishini tushunamiz. Ana shunday 
moyillikning hosil bo‘lishi va mustahkamlanib qolishi nerv sistemasining plastiklik 
deb ataluvchi alohida xususiyatga ega bo‘lishi bilan bog‘liq. Shuning uchun ham 
nerv sistemasi ilgari bo‘lib o‘tgan tassurotlarni takrorlashga tayyor turadi. 
Unutish
-
ilgarilari esga olib qolingan narsalarning ongimizdan tamomila yo‘qolishi, ya‘ni 
uni esda tutishga batamom qarama-qarshi jarayon deb tushunamiz. Bu xato fikrdir. 
Esdan chiqarish xotirani ko‘pgina keraksiz detallardan holi qilish va eslab 
qolinganini umumlashtirish, shu orqali esa uning saqlanib qolishiga yordam beradi. 
Esdan chiqarishning o‘ziga xos xususiyati uning bir tekisda bo‘lmasligidir. Esdan 
chiqarishning oldini olish uchun u materialni shunday, biroq o‘z vaqtida takrorlash 
kifoyadir, chunki esdan chiqarilgan narsani qayta tiklash uchun anchagina mehnat 
talab qilinadi. 
Xotiraning mexanizmlari haqidagi fiziologik nazariyalar I.P.Pavlovning oliy 
nerv faoliyati qonuniyatlari haqidagi ta‘limotining eng muhim qoidalari bilan 
chambarchas bog‘liqdir. Muvaqqat shartli bog‘lanishlarning hosil bo‘lishi haqidagi 
ta‘limot-bu sub‘yektning individual tajribasi tarkib topishi mexanizmlari haqidagi 
ta‘limot, ya‘ni aslida «fiziologik darajada esda olib qolish» nazariyasidir.
Xotira kishi hayoti va faoliyatining barcha jabhalarida ishtirok etishi sababli 
uning namoyon bo‘lishi shakllari ham benihoya rang-barangdir. Xotiraning 
turlarga bo‘linishi, eng avvalo, esda olib qolish va yana qayta eyaga tushirish 
jarayonlari o‘rin olgan faoliyatning aynan o‘ziga xos xususiyatlar bilan bog‘liq 
bo‘lishi kerak. Bu xotiraning u yoki bu turi kishida uning psixik tuzilishiga xos 
xususiyat sifatida gavdalangan hollar uchun ham to‘g‘ridir. Muayyan psixik 
xususiyat faoliyatda gavdalanmasidan oldin unda shakllanadi. 
Xotira ta‘riflarining esda olib qolish va qayta esga tushirish jarayonlari sodir 
bo‘ladigan faoliyatning xususiyatlariga bog‘liqligi xotiraning har xil turlarini 
ajratish uchun umumiy asos bo‘lib xizmat qiladi. Bunda xotiraning ayrim turlari 
uchta asosiy mezonga muvofiq tarzda bo‘linadi:
1) faoliyatda ko‘proq sezilib turadigan psixik faollikning xususiyatiga qarab 
xotira harakat, emosional, obrazli va so‘z-mantiqli turlariga bo‘linadi; 
2) faoliyatning maqsadlari xususiyatlariga ko‘ra ixtiyoriy va ixtiyorsiz xotira 
turlariga bo‘linadi 
3) materialni qancha vaqt esda olib qolish va esda saqlash muddatiga ko‘ra 
(uning faoliyatdagi roli va tutgan o‘rniga bog‘liq ravishda) qisqa muddatli, uzoq 
muddatli xotira turlariga bo‘linadi. 
Harakat xotirasi
-turli xildagi ish harakatlari va ularning sistemasini esda olib 
qolish, esda saqlash va yana qayta esga tushirishdan iboratdir.


66 
Xayol deb biz ilgari idrok qilmagan, tajribamizda uchratmagan narsa va 
xodisalarning obrazlarini mavjud xotira tasavvurlari asosida miyamizda yaratishda 
ifodalanadigan faoliyatga aytiladi.
Emotsional xotira
-his-tuyg‘uga xos xotiradir. His-tuyg‘ular hamisha bizga 
ehtiyojlarimiz va qiziqishlarimiz qanday qondirilayotgani, bizning tevarak-
atrofdagi olamga munosabatimiz qanday yo‘lga qo‘yilganligi haqida xabar berib 
turadi. Shuning uchun ham hissiy xotira har bir kishining hayoti va faoliyatida juda 
muhim ahamiyatga egadir. 
Obraz xotirasi
tasavvurlarni, tabiat va hayot manzaralarini, shuningdek, 
tovushlarni, hidlarni, ta‘mlarni esda olib qolishdan iborat xotira hisoblanadi. U 
ko‘rish, eshitish, hid bilish, ta‘m bilishga oid xotiradir. 
Bizning o‘y-fikrlarimiz 
so‟z-mantiq
xotiraning mazmunini tashkil etadi. O‘y-
fikrlar nutqsiz mavjud bo‘la olmaydi, shuning uchun ham ularga oid xotira ham 
shunchaki mantiqiy deb emas, balki so‘z-mantiq xotira deb ataladi. O‘y-fikrlar turli 
xildagi til shakllarida mujassamlashgan bo‘lishi mumkinligi vajidan ularning aks 
ettirilishi materialning yo faqat asosiy mohiyatini yetkazishga, yoxud uning aynan 
so‘z bilan ifoda etilishiga qaratilgan bo‘lishi mumkin. 
Biron narsani esda olib qolish yoki eslash uchun maxsus maqsad bo‘lmagan 
holda esda olib qolish va yana qayta esga tushirish ixtiyorsiz xotira deb ataladi. 
Oldimizga bironta maqsad qo‘yib esda olib qolganimizda ixtiyoriy xotira 
haqida gap boradi. 
Har kimning o‘ziga xos xotira xususiyatlari bor. Xar kimning xotirasidagi 
farq xotiraning kuchida ifodalanadi. Ma‘lumki, xotirasi kuchli va xotirasi zaif 
odamlar bor. Xotiraning kuchli-kuchsiz bo‘lishi esda olib qolish va esdan chiqarish 
tezlik darajasiga qarab belgilanadi. Tez esga olib sekin, bora-bora unutish kuchli 
xotiraning xarakterli xususiyati bo‘lsa, sekin esda olib qolish va tez esdan chiqarib 
qo‘yish kusiz xotira belgilaridandir. 

Yüklə 3,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə