Termiz davlat universiteti psixologiya kafedrasi


Tafakkur haqida tushuncha. Tafakkur va hissiy bilish. Taffakkur



Yüklə 3,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/171
tarix23.12.2023
ölçüsü3,08 Mb.
#157153
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   171
umumiy psixologiya(1)

6.3. Tafakkur haqida tushuncha. Tafakkur va hissiy bilish. Taffakkur 
operatsiyalari 
Tafakkur bilish jarayonining eng yuksak shaklidir. U shaxsning obyektiv 
voqelikdagi narsa va hodisalarni, ularning muhim xususiyatlarini, bog‘lanish 
hamda munosabatlarini bevosita umumlashgan holda aks ettirishdan iborat bo‘lgan 
aqliy jarayonidir. Tafakkur amaliy faoliyat asosida hissiy bilishdan boshlanadi va 
hissiy bilish chegarasidan tashqariga chiqadi. Dunyoni bilish faoliyati ikki yo‘ldan 
borishi mumkin. Bevosita yo‘l bilan narsa va hodisalarning ayrim xossalarni 
sezgilar yordamida, idrok orqali narsa va hodisalarni yaxlitligicha, shuningdek, 
ilgari sezib idrok qilgan narsalarni ko‘z oldimizda yaqqol tasavvur qilib bilib 
olamiz. Bu bevosita hissiy bilishdir. 
Dunyoda shunday narsa va hodisalar borki, biz ularni sezish, idrok qilish, 
tasavvurlar orqali bila olmaymiz. Bunday vaqtda dunyoni hissiy (bevosita) 
bilishdan tasavvur orqali tafakkurga (bavosita) o‘tiladi. Dunyodagi narsa va 
hodisalar o‘rtasidagi munosabat, bog‘lanish hamda qonuniyatlarni biz hissiy yo‘l 
bilan bila olmay, faqat bavosita yo‘l bilan tafakkur orqali to‘liq va chuqur bilib 
olamiz. Tasavvur qilishimiz mumkin bo‘lmagan hodisalar fikr yuritish orqali hal 
qilinadi. Voqelik tafakkurda idrok va tasavvurlardagiga qaraganda chuqurroq va 
to‘laroq aks etadi.


70 
Biz sezgi, idrok va tasavvur vositasi bilan bilib olishimiz mumkin bo‘lmagan 
narsa yoki hodisalarni, bu narsa yoki hodisalarning xususiyatlarini, ularning 
bog‘lanish va munosabatlarini tafakkur vositasi bilan bilib olamiz. Masalan, bizga 
ma‘lumki, agar yorug‘lik nuri shisha prizma orqali o‘tkazilsa, bu nur spektrning 
yetti rangiga ajralib ketadi, bu ranglarni biz idrok qilamiz (ko‘zimiz bilan 
ko‘ramiz), lekin fizikadan bizga shu narsa ma‘lumki, bu nurlardan bo‘lak, yana 
boshqa nurlar ham bor. Bu nurlar, infraqizil va ultrabinafsha nurlar deb ataladi. Bu 
nurlarni biz ko‘rmaymiz, idrok qilmaymiz. Bunday nurlarning borligi tafakkur 
yordami bilan kashf qilingan. 
Tafakkur – voqelikning umumlashtirib aks ettirilishidir. Biz ayrimayrim 
narsalarni va hodisalarni, masalan, alohida stolni yoki stulni idrok qilamiz va 
tasavvur qilamiz, ammo umuman stol va stul to‘g‘risida, umuman mebel va 
umuman narsa to‘g‘risida esa fikrlashimiz mumkin.
Umumiylash natijasida bir hukmning o‘zida ayni vaqtda yakka bir narsa 
to‘g‘risidagina fikr qilib qolmasdan, balki, shu bilan birga narsalarning butun bir 
turkumi to‘g‘risida ham fikr yuritish mumkin. Masalan, «O‘zbekistonning 
fuqarolari teng huquqlidirlar» degan hukmda ayrim bir kishi haqida fikr 
yuritmasdan, balki O‘zbekistonning hamma fuqarolari haqida fikr yuritiladi. 
Tafakkur qilish jarayoni biror psixik elementlarning shunchaki birbiri bilan 
almashinishi tarzida voqe bo‘lmasdan, balki alohida aqliy operatsiyalar – biz idrok 
qilayotgan 
yoki 
tasavvur 
qilayotgan 
narsalar 
(obyektlar) 
ustida, 
biz 
umumiylashgan va abstrakt tushunchalarga ega bo‘lgan obyektlar ustida aqliy 
harakatlar qilish tarzida voqe bo‘ladi. 
Tafakkur qilish – operativ jarayondir. Taqqoslash, analiz va sintez, 
abstraksiya va umumiylashtirish, aniqlashtirish, klassifikatsiya va sistemaga solish 
aqliy operatsiyalarning asosiy turlaridir. 
Bizda yangi hukmlar ana shu operatsiyalar jarayonida hosil bo‘ladi, real 
olamdagi narsalar va hodisalar to‘g‘risidagi tushunchalar vujudga keladi. 
Taqqoslash – shunday bir aqliy operatsiyadirki, bu operatsiya ayrim narsalar 
o‘rtasida o‘xshashlikni yoki tafovutni, tenglik yoki tengsizlik borligini, bir xillik 
yoki qarama-qarshilik borligini aniqlashda ifodalanadi. Narsalarning o‘xshashligi 
yoki tafovuti dastlab bevosita sezgilarda va idroklarda aks etadi. Taqqoslash fikr 
qilish jarayoni bo‘lib, bu jarayon idrok qilinayotgan narsalarning o‘xshashligi yoki 
tafovutini 
aniqlash lozim bo‘lganda, yoxud sezgilarda va idrokda bevosita aks etmagan 
o‘xshashlik va tafovutni topish lozim bo‘lgan hollarda voqe bo‘ladi. 
Analiz – narsani (buyumlarni, hodisalarni, jarayonni) tarkibiy elementlarga, 
qismlarga yoki tarkibiy belgilarga bo‘lish demakdir. Analiz jarayonida butunning 
uning qismlariga uning elementlariga bo‘lgan munosabati aniqlanadi. Biror 
moddiy narsani uning moddiy elementlariga ajratib bo‘lish eng oddiy shakldagi 
analizdir. Stolni ayrim qismlarga bo‘lish – uning oyoqlarini, yashiklarini va boshqa 
shu kabilarni 
bir-biridan ajratib olish mumkin. Kimyogar suvni vodorod bilan kislorodga ajratib 
yuboradi. Mana shu hollarning hammasida analiz narsalar va hodisalar bilan 
qilinadigan ish-harakatlarda ifodalanishi mumkin. Analiz obyektlarni amalda 
ajratib bo‘lmaydigan elementlarga yoki belgilarga bo‘lishda ham ifodalanishi 


71 
mumkin. Bu fikriy analiz, ya‘ni fikrda qilinadigan analizdir. Matematika 
masalasini yechish analiz qilishdan – dastlab bir qancha ma‘lum sonlarni, so‘ngra 
esa noma‘lum sonlarni topishdan boshlanadi. 
Sintez – analizning aksi yoki teskarisi bo‘lgan tafakkur jarayonidir. Bu 
jarayon obyektning ayrim elementlarini, qismlarini, belgilarini bir butun qilib 
qo‘shishdan iboratdir. Sintez jarayonida murakkab bir butun narsa, yoki hodisa 
tarkibiga kirgan elementlar, yoki qismlar tariqasida olingan buyum yoki 
hodisalarning shu murakkab bir butun narsa yoki hodisaga bo‘lgan munosabati 
aniqlanadi. 
Sintez elementlarning, narsa va hodisalarning qismlarini bir butun qilib 
qo‘shishdan iboratdir, amaliy analiz bo‘lgani singari, sintez ham amaliy bo‘lishi 
mumkin. Chunonchi, mashinaning ayrim detallari birbiriga tegishli tarzda 
biriktirilganda, ya‘ni ular sintez qilinganda, yaxlit, butun mashina, masalan, 
odimlovchi ekskavator hosil bo‘ladi. Kislorod bilan vodorodning kimyoviy 
birikishi natijasida suv hosil bo‘ladi. Mana shu va shunga o‘xshash hollarning 
hammasida sintez fikr qilish jarayonlarida va ish-harakatlarda sodir bo‘ladiki, bu 
ish-harakatlar natijasida bir butun, yaxlit moddiy narsa hosil bo‘ladi. 
Analiz singari, sintez ham, fikran bo‘lishi mumkin, ya‘ni sintezda ayrim 
elementlarni faqat fikrda bir butun qilish mumkin. Masalan, biz chet tilining 
o‘zimizga ma‘lum bo‘lgan so‘zlaridan mazmunli gap tuzayotganimizda yoki ana 
shunday ma‘lum so‘zlardan tarkib topgan tayyor gapni o‘qib tushunayotganimizda 
xuddi shunday jarayon sodir bo‘ladi. 
Analiz singari, sintez ham, o‘qish jarayonida katta o‘rin tutadi. Masalan, 
o‘qishga o‘rgatish vaqtida tovushlar va harflardan bo‘g‘inlar, bo‘g‘inlardan so‘zlar, 
so‘zlardan gap tuziladi. Mana shuning o‘zi – sintezdir.
Adabiy asarlardagi ayrim qahramonlarning yoki tarixiy arboblarning qilgan 
ishlarini, fikrlarini, hislarini tasvirlash va analiz qilish yo‘li bilan hamda sintez 
qilish natijasida shu arboblarning, shu qahramonlarning xarakteristikasi hosil 
bo‘ladi. 
Abstraksiya – shunday bir fikrlash jarayonidirki, bunda tafakkurda aks 
etilayotgan bir yoki bir necha obyektlarning biror belgisi (xususiyati, harakati, 
holati, munosabati) shu obyekt yoki obyektlardan fikran ajratib olinadi. Bu 
jarayonda obyektdan ajratilgan bir belgining o‘zi tafakkurning mustaqil obyekti 
bo‘lib qoladi. Abstraksiya, odatda, analiz jarayonida yoki analiz natijasida sodir 
bo‘ladi. Masalan, sinfdagi doskani tasviriy analiz qilish jarayonida uning faqat bir 
belgisini – qoraligini ajratib olish mumkin va qora doska to‘g‘risida emas, balki 
doskaning qoraligi to‘g‘risida, so‘ngra esa umuman qoralik to‘g‘risida fikr qilish 
mumkin. Biz odamlar, samolyotlar, suv, ot va hokazolarning ko‘z oldimizdagi 
harakatini kuzatib turib, ularning bitta umumiy belgisini – harakatini fikran ajratib 
olishimiz va umuman harakat to‘g‘risida fikr qilishimiz mumkin. Chunonchi, 
abstraktlash yo‘li bilan bizda uzunlik, kenglik, miqdor, tenglik, son, qiymat va 
boshqa shu kabilar to‘g‘risida abstrakt tushuncha hosil bo‘ladi. 

Yüklə 3,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə