Termiz davlat universiteti psixologiya kafedrasi



Yüklə 3,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/171
tarix23.12.2023
ölçüsü3,08 Mb.
#157153
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   171
umumiy psixologiya(1)

 
 
7-MAVZU: IRODA.TEMPERAMENT 
 
Reja: 
7.1.Iroda haqida tushuncha. Irodaviy faoliyatning umumiy xususiyatlari. 
7.2.Irodaviy harakatlar va uni boshqarish. 
7.3.Temperament haqida tushuncha. Temperament haqidagi tasavvurlarning 
rivojlanish tarixi.
7.4.Oliy nerv faoliyati tipi va temperament. 
 


73 
Tayanch so‟z va iboralar 
Iroda, chidamlilik, matonat, sabrtoqatlilik, mustaqillik, tirishqoqlik, 
sobitqadamlik, temperament, xolerek, sangvinik, melonxolik, flegmatik. 
 
7.1.Iroda haqida tushuncha. Irodaviy faoliyatning umumiy xususiyatlari 
1. Shaxs irodaviy sifatlarini psixologik nuqtai nazardan o‘rganilishiga, qadim 
zamonlardan buyon olimlar tomonidan e‘tibor qaratilib kelingan. Bugungi fan 
texnika rivojlanishi bilan bir qatorda irodaviy sifatlarni o‘rganish bo‘yicha xam 
ilmiy izlanishlar olib borilmoqda.
Psixologiya fanida irodani o‘rganish turli ilmiy-metodologik asosga 
qurilgan holda ijtimoiy-tarixiy taraqqiyotning barcha bosqichlarida amalga 
oshirilib kelinmoqda. Uzoq tarixga ega bo‘lgan izlanishlar falsafa fani qobig‘ida 
o‘tkazilgan, lekin sof psixologik masalalarni ochishga harakat qilingan. Iroda 
to‘g‘risidagi mulohazalar, talqinlar, uning ichki mohiyatini ochishga intilish antik 
dunyoda yuzaga kelgan. Ularning bir qator asosli fikrlari, prinsiplari to hozirgi 
davrgacha o‘z qiymatini tarixiy omil sifatida saqlab turibdi. CHunki qadimgi 
zamonlarda ham insonning tabiat va jamiyat o‘rtasidagi munosabatlari, shaxsning 
mazkur munosabatdagi roli, o‘rni muhim ahamiyat kasb etgan. Ana shundan kelib 
chiqqan holda shaxs irodasi mohiyatini tushunishga qaratilgan ilmiy-psixologik 
yondashuvlar vujudga kelgan. 
Ijtimoiy-tarixiy taraqqiyotning XVII asriga kelib psixologiyaning iroda 
kategoriyasiga nisbatan qiziqish avj olgan. Bu ajoyib ijtimoiy-psixologik voqelik 
bo‘lib, nazariya bilan amaliyotning uzviyligini namoyish qilish uchun xizmat qilar 
edi. Inson imkoniyatini ilmiy jihatdan ochish uchun uning harakatlantiruvchi, 
ichki mexanizmi yuzasidan muayyan ham nazariy, ham miqdoriy ma‘lumotga ega 
bo‘lish kerak edi. Mazkur davrning yyetakchi nazariyotchilaridan bo‘lmish 
mutafakkirlar Gobbs va Spinozalar o‘rganilayotgan masala yuzasidan shaxsiy 
mulohazalarini shunday ta‘kidlab o‘tganlar – faollik manbaini bemahsul sohaning 
paydo bo‘lishi, deb tushunish mumkin emas, chunki uni shaxs kuch-quvvatining 
hissiy intilishi bilan uzviylikda qaramoqlik lozim.
Psixologlar tomonidan irodaga nisbatan bildirilgan munosabatlarning tahlili 
ko‘rsatishicha, psixologiya fanida irodani tushunish, talqin qilish, uni ta‘riflash 
bo‘yicha ular o‘rtasida ilmiy-metodologik nuqtai nazaridan bir xil yoki o‘xshash 
munosabat yaratilmagan. Qolaversa, irodaviy sifatlarning ma‘noviy asosini tahlil 
qilishda ham umumiylik, ham umumiy qarashlar majmuasi mavjud emas. Qiyosiy 
tavsif bunga yorqin misol bo‘lib xizmat qiladi.
Psixologiya fanida irodaviy sifatlar va ularning ma‘nosi, mohiyati, 
mazmuni, ko‘lami jihatidan ham qarama-qarshi, e‘tirozli mulohazalar mavjud. 
Psixologlarning irodaviy sifatlariga munosabatlari to‘g‘risida ayrim fikr va 
mulohazalar bildiramiz. Jumladan, V.A.Krutetskiy o‘z izlanishlarida irodaviy 
sifatlar tarkibiga sobitqadamlilik, mustaqillik, qat‘iyatlilik, intizomlilik, dadillik
jasoratlilik va tirishqoqlikni kiritadi. Ularning ta‘rifiga, foydalanish imkoniyatiga, 
shakllantirish yo‘l-yo‘riqlariga to‘xtalib o‘tadi. P.M.YAkobson esa irodaning 
muhim sifatlarini mustaqillik, qat‘iyatlilik, tirishqoqlik, o‘zini uddalashga ajratadi. 
Insonda namoyon bo‘ladigan irodaviy sifatlari qatoriga mana bularni kiritadi: 
sobitqadamlik va tashabbuskorlik, tashkillashganlik va intizomlilik, urinchoqlik va 


74 
tirishqoqlik, dadillik va qat‘iyatlilik, chidamlilik va o‘zini uddalashlik, botirlik va 
jasoratlilik. O‘tkazilgan tahlillarimizga qaraganda, nima uchundir aksariyat ilmiy-
psixologik adabiyotlarda irodaviy sifatlar qatoriga ―ishonch‖ tushunchasi 
kiritilmagan. Bunday izlanishdagi uzilishlarga qaramay, ―ishonch‖ iroda sifati 
tariqasida tadqiq etilishga loyiqdir. Fikrimizni tasdiqlash uchun A.I.SHcherbakov 
tadqiqotidan namuna keltirishning o‘zi, chamamda, etarlidir. Izlanuvchining 
ta‘kidlashicha, bir talabaga qisqa vaqt ichida institutni tugatish taklif qilingan, 
lekin sinaluvchi bu ishni uddasidan chiqa olmasligini oshkora bildirgan. Shundan 
so‘ng eksperimentator talabada o‘z kuchiga ishonch tuyg‘usini uyg‘otishni 
maqsad qilib qo‘ygan va unda irodaviy zo‘r berish, qiyinchiliklarni yengish 
vositalarini shakllantirgan. Buning natijasida talaba o‘z maqsadiga erishishga 
muvaffaq bo‘lgan. Bunga o‘xshash tajriba boshqa tadqiqotchilar tomonidan ham 
o‘tkazilganligi ilmiy manbalarda uchraydi. Hozirgi davrda shuning uchun ham o‘z 
kuchiga ishonch psixologik hodisa sifatida o‘rganilishi ko‘pchilik psixologlarni 
qiziqtiradi. Chunki kuchli irodaviy zo‘r berish qanday ob‘ektiv yoki sub‘ektiv 
omillar bilan shartlanganligini kashf qilish muhim ilmiy-psixologik masala bo‘lib 
hisoblanadi. Xuddi shu bois, hozirgi zamon psixologiyasida irodaga oid nazariyasi 
zaifligi tufayli irodaviy sifatlarni tasniflashning asosiy prinsiplari ishlab 
chiqilmagan. Lekin bundan bu borada izlanishlar olib borilmayapti, degan ma‘no 
kelib chiqmasligi kerak. 
Ta‘kidlab o‘tilgan, zaiflikda o‘z ifodasini topgan psixologik masalani hal 
qilish xohish-istagida V.K.Kalin irodaviy sifatlarni tasniflashga harakat qilgan. 
Muallif nuqtai nazaricha, bazal irodaviy sifatlar irodaviy jarayonlar asosida 
vujudga keladi. Lekin bunda uning intellektual va axloqiy jabhalari ishtirok 
etmaydi. Kalin bazal sifatlarni aniqlash uchun ongning mana bunday tarzda 
namoyon bo‘lishini tanlaydi: a) faollik darajasining ortishi; b) zaruriy faollik 
darajasini qo‘llab-quvvatlash; v) faollik darajasining pasayishi. Oldingi fikr va 
mulohazalardan kelib chiqqan holda tadqiqotchi quyidagi sifatlarni muhokama 
uchun mutaxassislar diqqat-e‘tiboriga tavsiya qiladi: g‘ayratlilik, chidamlilik, 
vazminlik. Agarda bu jarayonda intellektual negiz ishtirok etmasa, u holda qaysi 
hal qiluvchi qurilma hisobiga vaziyat baholanadi, harakatni kuchaytirish, 
quvvatlash, pasaytirish to‘g‘risida komanda qanday beriladi, bu narsani tushunib 
bo‘lmaydi. Bu yo‘nalishdagi talqinni davom ettirgan V.K.Kalin bazal tizimga 
kirmagan irodaviy sifatlarni ikkilamchi, deb nomlaydi. Chunki ularda bilimlar, 
ko‘nikmalar, emotsiya va intellektning paydo bo‘lishi mujassamlashadi. Negadir 
muallif qat‘iyatlik tushunchasini uning so‘zi bilan aytganda, ikkilamchilar qatoriga 
kiritadi. Vaholanki, V.K.Kalinning mulohazasicha, u o‘ziga mahliyo qiladigan his-
tuyg‘ularni engishdan, shuningdek, rad etilgan variantlardan, ishonchsizlikni 
to‘sishdan tashkil topadi. Tadqiqotchi o‘zining qaysidir psixologik bazisiga ko‘ra, 
tirishqoqlik tushunchasini ham ikkilamchi sifatlar qatoriga kiritadi. Lekin 
matnlarda bu qarorga izoh berilmaydi, o‘z-o‘zidan dildagi dilda qolib ketganday 
tasavvur kishida paydo bo‘ladi. Bizning faraz qilishimizcha, ularda ob‘ektning 
to‘planganligi ifodasi o‘z aksini topgan, ravshan, aniq hayotiy-ijtimoiy qadr-


75 
qiymat mujassamlashgan. Bularning echimi to‘g‘risida alohida fikr-mulohaza 
yuritish, dadil g‘oyalarni ilgari surish fursati etib kelganga o‘xshaydi. 
1
Ilmiy-psixologik rasmiy manbalarda ta‘kidlanishicha, chidamlilik sifati 
tavsifida ―qo‘shimcha impulslar‖, ―qo‘shimcha irodaviy zo‘r berish‖, ―iroda 
kuchi‖, ―sabr-toqat‖ jabhalari ifodasining o‘rni mavjud. Ma‘lumotlarga asoslanib 
shuni aytish mumkinki, chidamlilik tushunchasiga xos turtkilarning xususiyatlari 
tirishqoqlik irodaviy sifatiga mutanosib tutish hollari uchraydi.
T.Gobbs ham irodani insonning har qanday xatti-harakatini amalga oshirish 
bilan bog‘laydi. U irodani predmetga nisbatan moyillik o‘rnini undan nafratlanish 
egallagandan keyin insonning harakat oldidan qabul qilgan so‘nggi xohishi 
sifatida talqin qilgan. Istak predmet yoki xatti-harakatning foydasi to‘g‘risidagi 
mulohazalardan keyin qabul qilinadi. ―Iroda va moyilliklar bu bir narsa‖, - deb 
ta‘kidlaydi olim. Uning nuqtai nazaridan muammo ko‘rib chiqiladigan bo‘lsa, 
iroda intilish, moyillik, hirs, aql bilan bir qatorda mustaqil voqelik bo‘lmay qoladi. 
Iroda bor-yo‘g‘i aql bilan foydasi aniqlanadigan oddiy moyillik (xohishga)ka 
aylanib qoladi. Mazkur dunyoqarash tufayli iroda va motivatsiyani ayniylashtirish, 
ularni ajrata olmaslik vujudga keladi (Ayniqsa, K.Levin ilmiy ishlaridan so‘ng bu 
yo‘nalish AQSH psixologiyasi keng kuzatiladi).
T.Gobbsning irodaga yondashuvi D.Gartliga ham xosdir. ―Iroda – bu 
harakatni vujudga keltirishga qodir mayl yoki jirkanishdir. SHu tariqa iroda aynan 
hozirgi daqiqada kuchli istak yoki e‘tirozdir‖.
D.Pristli iroda deb inson harakat qilish to‘g‘risidagi qarorni qabul qilganidan 
so‘ng hosil bo‘luvchi intilish yoki istakni atashni taklif qiladi. CHunki istalgan 
predmet ko‘z o‘ngimizda bo‘lsa-da, harakat qilish xohishi har doim ham vujudga 
kelavermaydi, buning uchun harakat qilish istagi bo‘lishi shart. Bu intilish va 
harakatlar doimo motivlar tomonidan belgilab beriladi, oqibatda irodaning 
hamisha sababi bo‘ladi degan hukmga keladi olim.
A.Kollinz iroda deganda ―biror harakatni boshlash yoki undan voz kechish, 
davom ettirish yoki to‘xtatishni‖ tushungan. Uning fikricha, xohish-istak iroda 
akti, uning ifodasi bo‘lib, undan keyingina harakat boshlanadi.
G.Spenser ham irodani ongimizda yyetakchilik qiluvchi xohish bilan 
ayniylashtirishga intilgan. ―Irodani aynan hozirgi damda qolgan hissiyotlarmiz 
ustidan hukmron qo‘shimcha voqelik deb talqin qilamiz. Aslida esa, iroda bizning 
xatti-harakatlarimizni belgilab beruvchi yetakchi hissiyotning o‘zidir...‖ 
V.Vindelbandt iroda tushunchasi ostida alohida istak va mayllarni o‘zida 
mujassamlashtiruvchi voqelikni tushungan. Iroda o‘z mohiyatiga ko‘ra shaxsni 
tavsiflovchi, uning asosini tashkil etuvchi doimiy motiv (xohish-istak) lar 
majmuasidir.
A.Ben irodani assotsiatsiya bilan bog‘langan istak hamda harakat deb talqin 
qiladi. U iroda tarkibida motiv va harakatni ajratib ko‘rsatadi. Spontan 
harakatlarga moyillikni u irodaning dastlabki unsuri deb tan oladi. Motivlar 
rohatlanish hamda azoblanish hislari bilan belgilanadi. A.Benning fikricha, iroda 
nafaqat tashqi harakatlarda, balki diqqatda ham o‘z aksini topadi. Xulq motivlari 


76 
o‘rtasida g‘oyaviy motivlar bo‘lganligi sababli vaziyatni baholash harakatning 
tormozlanishiga olib kelishi mumkin. Olimning mulohazalariga ko‘ra, irodaning 
kuchayishi yoki zaiflashishi avvalo motivlar kuchiga, fikrlar ta‘sirida hamda 
insonning jismoniy holati bilan bevosita bog‘liqdir.
V.Vundt tomonidan kiritilgan irodaning emotsional nazariyasini ham 
motivatsion yondashuvga kiritish mumkin. U ehtiyojni intellektual jarayonlardan 
irodaviy harakatga o‘sib o‘tishiga keskin qarshilik bildirgan bo‘lib, eng sodda 
irodaviy jarayon sifatida emotsional jarayonlardan bo‘lgan maylni tushungan. 
O‘zini volyuntarist deb tan olar ekan, ya‘ni irodaning mustaqilligini tan olsa-da, 
Vundt uni motivatsiyadan alohida bo‘lgan jarayon tariqasida talqin etilishini tan 
olmaydi. Olimning fikricha, iroda bu motivlar bilan birga kechuvchi, biroq ularga 
bog‘liq bo‘lmagan o‘ziga xos jarayondir. Eng sodda irodaviy akt negizida, u 
affekt va undan kelib chiquvchi harakatni nazarda tutgan. Tashqi harakatlar oxirgi 
natijani qo‘lga kiritishga qaratilgan bo‘lsa, ichki bo‘lsa – emotsional va boshqa 
jarayonlarni o‘zgartirishga yo‘naltirilgan.
T.Ribo ishlarida ham iroda to‘g‘risida harakatga undovchi qobiliyat sifatida 
yondashiniladi. Irodaning sodda ko‘rinishiga olim tirik materiyaning vaziyatga 
reaksiya bildirish qobiliyatini tushungan. Iroda asosida motivlashtiruvchi kuch 
sifatida hirs va mayllar yotadi. T.Ribo bo‘yicha iroda taraqqiyoti bu reflektor 
reaksiyalardan abstrakt g‘oyalar sari harakatni amalga oshirishdir. Irodaning 
rivojlangan shakllarida u shaxsning o‘zidan, uning ―Men‖idan vujudga keluvchi 
faollikdir. T.Riboning fikricha, iroda nafaqat harakatga undashda va psixik 
jarayonlar (diqqat)ning yo‘nalishini belgilashda, balki ularning tormozlanishida 
ham ifodalanadi. Irodavviy zo‘r berish ayniqsa, ongli tanlov ham harakat qilishga 
bo‘lgan tabiiy intilish o‘rtasidagi nizoni bartaraf etishda namoyon bo‘luvchi 
mexanizm (vosita)dir.
K.Levinning irodaning undash funksiyasini ko‘zlangan harakatga undovchi 
mexanizm sifatida shakllanuvchi kvaziehtiyojlar bilan ayniylashtirishi g‘arb 
psixologiyasida iroda hamda motivatsiya tushunchalarining aynan birdek talqin 
etilishiga sabab bo‘ldi. Buning natijasida uzoq yillar mobaynida iroda 
psixologiyasi bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlari butunlay to‘xtatildi, irodaviy 
harakatlar deb baholanuvchi ayrim xulq ko‘rinishlari boshqa muammolar negizida 
tadqiq etila boshlandi. L.Farber buni psixologiyaga irodani boshqa nomlar bilan 
olib kirish deb baholagan.
V.I.Selivanov irodani tadqiq etishning negizidan kelib chiqqan holda, shaxsiy 
tajribalari natijalariga asoslanib ayrim xulosalar ham chiqaradi: 
1) iroda – bu shaxsning o‘z faoliyatini va tashqi olamdagi o‘zini o‘zi 
boshqarish shakllarini anglashning tavsifi; 
2) iroda – bu inson yaxlit ongining bir tomoni hisoblanib, u ongning barcha 
shakllari va bosqichlariga taalluqli; 
3) iroda – bu amaliy ong, o‘zgaruvchi va qayta quriluvchi olam, shaxs 
tomonidan o‘zini ongli idora qilishlik holati; 
4) iroda – bu shaxsning hissiyoti va aql-zakovati bilan bog‘liq bo‘lgan 
xususiyati, lekin qaysidir harakatning motivi hisoblanmaydi.
Bizningcha, V.I.Selivanov tomonidan chiqarilgan xulosalar irodani umumiy 
psixologiya predmetiga kiruvchi muhim kategoriya sifatida baholanishiga xizmat 


77 
qiladi. V.I.Selivanov irodaning psixologik jabhalarini o‘rganishda to‘plangan 
ma‘lumotlarni yoritayotganda, shunday g‘oyani ilgari suradi. Insonning ongini 
jarayonlar, holatlar va xislatlarni o‘zida mujassamlantiruvchi yaxlit tizim sifatida 
tasavvur qilish mumkin, deydi. Bundan mana shu tarzda fikrni oydinlashtirishga 
harakat qilamiz. Demak, shaxsning u yoki bu ongli harakati o‘zining tuzilishiga 
ko‘ra, u bir davrning o‘zida ham aqliy, ham hissiy, ham irodaviy hisoblanadi. 
Bunda biz ong harakatning uch jabhasi o‘zaro uyg‘unlashgan holda maqsadga 
erishish yo‘lidagi to‘siqlarni engishda ishtirok qiladi, deya olamiz.
2
V.I.Selivanov irodani mustaqil psixik jarayon, kognitiv yoki emotsional 
sohalar singari alohida psixik soha deb tushungan. Yuqorida qayd etilgan uch soha 
markazida ehtiyoj va motivlar joylashtirilgan uchburchakni tashkil etadi. Olimning 
irodaga bergan yana bir ta‘rifi: ―iroda bu – shaxsning qiyinchiliklarni ongli 
ravishda engish chog‘ida uning harakatlarini idora qiluvchi aks ettirishning o‘ziga 
xos shaklidir‖.

Yüklə 3,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə