Termiz davlat universiteti psixologiya kafedrasi



Yüklə 3,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/171
tarix23.12.2023
ölçüsü3,08 Mb.
#157153
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   171
umumiy psixologiya(1)

Umumiylashtirish
– tafakkurda aks etgan bir turkum narsalarning o‘xshash, 
muhim belgilarini shu narsalar to‘g‘risidagi bitta tushuncha qilib, fikrda 
birlashtirish demakdir. Masalan, olmalarda, noklarda, o‘riklarda, apelsinlarda va 


72 
boshqa shu kabilarda bo‘lgan o‘xshash belgilar bitta tushunchada birlashadi, biz 
buni meva degan so‘z bilan ifodalaymiz. 
Daraxtlar, o‘tlar, gullar va boshqa shu kabilar «o‘simlik» degan tushunchada 
umumiylashtiriladi, o‘simlik va hayvonlar «organizm» degan tushunchada 
umumiylashtiriladi, harf va raqamlar «belgi» degan bir tushunchada 
umumiylashtiriladi. Umumiylashtirish tafakkurning abstraktlashtiruvchi faoliyati 
bilan 
chambarchas bog‘langandir. Abstraktlashtirish jarayonida ayrim narsalarning 
o‘xshash belgilari aniqlanadi va shu o‘xshash belgilar umumiylashtiriladi.
Xulosa chiqarish 
– tafakkurning tarixan tarkib topgan mantiqiy shaklidir
tafakkurning shu mantiqiy shakli vositasi bilan bir yoki bir necha ma‘lum hukmlar 
(asoslar) dan yangi hukm – xulosa chiqariladi. Masalan, «Osmondagi hamma 
jismlar singari Quyosh ham, Yerdagi kabi elementlardan tarkib topgandir», 
«Quyoshda geliy elementi bor» degan ikkita hukm bor. Mana shu ikki hukmdan: 
«Demak, Yerda ham geliy bor» degan yangi hukm chiqariladi. Yerda geliy borligi 
dastlab xuddi ana shunday xulosa chiqarish yo‘li bilan kashf qilingan edi. So‘ngra 
bu xulosa amaliyotda ham tasdiqlandi. 
Xulosa chiqarishning uch turi bor. Bular – induktiv xulosa chiqarish, deduktiv 
xulosa chiqarish va analogiyaga asosan xulosa chiqarishdir. Induktiv xulosa 
chiqarish (yoki induksiya) xulosa chiqarishning shunday bir turidirki, bunda bir 
necha yakka yoki ayrim hukmlardan bitta umumiy hukm chiqariladi. Masalan, 
shunday hukmlar bor: «Yog‘och qizdirishdan kengayadi», «Temir qizdirishdan 
kengayadi», «Suv isitishdan kengayadi», «Havo qizdirishdan kengayadi» va 
hokazo. Biz mana shu hukmlar (asoslar) dan yangi umumiy hukm (xulosa) 
chiqarib, demak, «jismlar qizdirishdan kengayadi» deb aytamiz. Umumiy hukmda 
yakka hukmga o‘tish yo‘li bilan xulosa chiqarishni deduktiv xulosa chiqarish (yoki 
deduksiya) deb ataymiz. 
Masalan: «Jismlarning hammasi qizdirishdan kengayadi». Asos. «Havo jismdir». 
Asos. «Demak, havo ham qizdirishdan kengayadi» – xulosa. O‘qitish jarayonida 
umumiy qoidalarni juz‘iy, yakkalarga tatbiq qilish vaqtida o‘quvchilar deduksiya 
yo‘li bilan fikrlaydilar. Masalan, o‘quvchilarga oxiridagi undosh tovush aniq 
eshitilmaydigan so‘z uchrab qoladi (kitob, ozod va hokazo). Ular umumiy qoidani 
bilganliklari sababli o‘sha qoidani mana shu juz‘iy holda tatbiq qiladilar va aniq 
eshitilmayotgan undosh tovushning aniq eshitilmog‘i uchun so‘zni turlab, uni 
to‘g‘ri yozadilar.Analogiya yo‘li bilan, ya‘ni o‘xshashligiga qarab xulosa chiqarish 
– juz‘iy yoki yakka hukmlarga asoslanib juz‘iy yoki yakka hukm keltirib 
chiqarishdir. 

Yüklə 3,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə