Termiz davlat universiteti psixologiya kafedrasi


Xayol haqida tushuncha. Xayol turlari, tasavvur xayoli, ijodiy xayol



Yüklə 3,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/171
tarix23.12.2023
ölçüsü3,08 Mb.
#157153
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   171
umumiy psixologiya(1)

 
6.2. Xayol haqida tushuncha. Xayol turlari, tasavvur xayoli, ijodiy xayol,
ixtiyoriy va ixtiyoriy xayo, orzu, tush ko‟rish va shirin xayol 
Turmushning muayyan bir sharoiti, odamning bilish, amaliy, axlokiy, estetik 
va boshka extiyojlari xayol jarayoniga sabab buladi. Ma‘lumki, kishilar utmishda 
tabiat berayotganiga kanoat qilmay, uni uzgartirish, kayta kurish va undan kuprok 
narsalarni undirib olish uchun xayol so‘rganlar. Natijada xayollarida yangi-yangi 
mexnat kurollari obrazlarini yaratganlar, bu obrazlar asosida esa usha kurolning 
uzini yasaganlar. Demak, dastlab xayol obrazlari tabiatni uzgartirshga extiyoj 
sezish tufayli kishilarda paydo bulgan.
Xayol yuksak bilish jarayoni bo‘lib, u kishining o‘ziga xos insoniy xarakterga 
ega bo‘lgan faoliyatida namoyon bo‘ladi. Mehnatning natijasini xayolga keltirmay 
turib, ishga kirishb bo‘lmaydi. Fantaziya yordami bilan kutilayotgan natijani 
tasavvur qilish uning muhim xususiyatidir. 
Bizning ongimizda o‘zimiz ilgari idrok qilgan obyektlar to‘g‘risidagina emas, 
shu bilan birga, biz idrok qilmagan obyektlar (narsalar, voqealar, shaxslar, joylar 
va shu kabilar) to‘g‘risida ham tasavvurlar bor. Masalan, garchi biz Antarktikada, 


67 
Janubiy qutbda bo‘lmagan, Mirniy pasyolkasidagi tadqiqotchilarning hayotini va 
ishini ko‘rmagan bo‘lsak ham, lekin ular haqida bizning tasavvurimiz bor, biz 
Vatanimizning uzoq o‘tmishidagi voqealar to‘g‘risidagi tasavvurga egamiz, o‘n, 
yuz va ming yillardan keyin nimalar bo‘lishini tasavvur qilamiz va hokazo. Biz 
kosmik kemalarning Oyga va boshqa planetalarga uchishini tasavvur qilishimiz 
mumkin. Bu tasavvurlarni xayolimiz yaratib beradi, xotira tasavvurlaridan farq 
qilgan bu tasavvurlar xayol tasavvurlari yoki fantaziya tasavvurlari deb ataladi. 
Xayol vujudga keltirayotgan obrazlar (tasavvurlar) faqat ongning subyektiv 
mazmunigina bo‘lib qolmaydi, shu bilan birga, bu obrazlar odamlarning hayoti va 
faoliyatida og‘zaki va yozma nutqda ifodalanadilar; narsalarda, bo‘yoqlarda, 
tovushlarda, she‘r va proza tariqasidagi adabiy asarlarda va san‘atning boshqa 
turlarida gavdalanadi. 
Shunday qilib, xayol ong faoliyatidir, bu faoliyat ilgari biz idrok qilmagan, 
tajribamizda uchratilmagan narsa va hodisalarning obrazlarini mavjud 
tasavvurlarimiz asosida miyamizda yaratishda ifodalanadi. Odamning miyasida 
ilgari vujudga kelgan muvaqqat bog‘lanishlarning miyada gavdalanishini va bu 
bog‘lanishlar bir-biri bilan tutashib, yangicha paydo bo‘lishini xayolning nerv-
fiziologik negizi deb hisoblamoq kerak. 
Ongning boshqa funksiyalari kabi xayol ham, tarixan, avvalo odamning 
mehnat faoliyatida rivojlanib kelgan. Odamlar o‘z ehtiyojlarini qondirmoq uchun 
odam aralashmasdanoq tabiat berayotgan mahsuldan ham ko‘ra ko‘proq mahsul 
olish 
niyatida 
tevarak-atrof 
olamni 
o‘zgartirganlar 
va 
uni 
o‘zlariga 
bo‘ysundirganlar. O‘zgartirmoq va yaratmoq uchun esa istalgan narsani oldindan 
tasavvur qilish, shunday o‘zgartirishga qanday yo‘llar bilan erishishni va uning 
natijalarini tasavvur qilish lozim bo‘lgan. Bora-bora odamning xilma-xil ehtiyojlari 
– ijtimoiy, bilish, estetik va shu kabi ehtiyojlari rivojlana borgan sari xayol ham 
rivojlana borgan. Jamiyatdagi odamlarning ijodiy faoliyatida namoyon bo‘layotgan 
xayol ham ijtimoiy hayot sharoitiga va umumiy madaniy rivojlanish darajasiga 
qarab, shu jamiyatdagi odamlarning asosiy intilishlariga qarab, alohida xarakter, 
alohida yo‘nalish kasb qilaveradi. 
Xayol tasavvurlarining idrok obrazlaridan va xotira tasavvurlaridan farqi 
shuki, xayol tasavvurlari tajribamizda orttirilgan obyektlarga ega emas. Xo‘sh, 
odamlarning ongida bu obrazlar qayerdan va qanday qilib paydo bo‘ladi, degan 
savol tug‘iladi. Albatta, bu obrazlar biror manbaga ega bo‘lmay, yo‘q narsadan 
paydo bo‘lishi mumkin emas. Muayyan bir ehtiyoj mavjud bo‘lgan taqdirda 
xayolning tegishli obrazlari xayol tasavvurlari insonning tajribasiga va xotira 
tasavvurlariga asoslanib hosil bo‘lishi va tarkib topishi mumkin. Bu tasavvurlar 
xayol tasavvurlarini vujudga keltirishga asos bo‘ladigan materialdir. 

Yüklə 3,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə