Termiz davlat universiteti psixologiya kafedrasi



Yüklə 3,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/171
tarix23.12.2023
ölçüsü3,08 Mb.
#157153
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   171
umumiy psixologiya(1)

Xayol turlari.
Xayol har xil turlarda namoyon bo‘ladi. Tasavvur xayoli, ijodiy 
xayol, ixtiyorsiz va ixtiyoriy xayol – xayol turlari jumlasidan bo‘lib, ular bir-
biridan farq qiladi. 
Tasavvur xayoli va ijodiy xayol. Tasavvur xayoli deb, hozir yoki o‘tmishda 
aslida mavjud bo‘lsa ham, lekin bizning tajribamizda hali uchramagan va biz idrok 
qilmagan narsa va hodisalar to‘g‘risida tasavvur hamda obrazlar yaratishdan iborat 
bo‘lgan xayol turini aytamiz. 


68 
Bu narsalarning obrazlari boshqa kishilarning aytib bergan so‘zlari asosida, 
shuningdek, yozma va boshqa hujjatlar asosida yaratiladi. Mana shu hamma 
misollardagi tasavvur obyektlari hozir yoki o‘tmishda aslida bo‘lgan bo‘lsa-da, 
lekin biz o‘zimiz bevosita idrok qilmagan obyektlardir. Tasavvur xayoli jarayonida 
odam o‘zi ko‘z oldiga keltirayotgan obrazning obyekti haqiqatan ham muayyan 
joyda bo‘lganligini yoki muayyan vaqtda bo‘lganligini anglaydi. Tasavvur 
xayolining xarakterli xususiyati ham mana shudir. Masalan, arxiv hujjatlari va 
tarixiy yodgorlik bilan ishlayotgan tarixchining xayoli ham shu jumladandir
chunki u tarixda bo‘lib o‘tgan voqealarni shu materiallar asosida ko‘z oldiga 
keltiradi. 
Kimdir – birov ma‘lum bir sistemaga solgan, undagi obrazlarni ham yaratgan 
tayyor material asosida biron-bir obraz yaratayotganda qilingan xayol ham 
tasavvur xayoli bo‘ladi. Masalan, badiiy asarni o‘qiganimizda, badiiy suratni 
ko‘rganimizda, texnika chertyojlarini va sxemalarini o‘qiganimizda, hikoya 
eshitganimizda bizning 
ongimizda shaxslarning, suratlarning, tabiat manzaralarining, voqealarning 
obrazlari paydo bo‘ladi. 
Ijodiy xayol deb,
bizning tajribamizda bo‘lmagan va voqelikning o‘zida ham 
uchramagan narsa va hodisalar haqida tasavvur va obrazlar yaratishdan iborat 
bo‘lgan xayol turini aytiladi. 
Odam o‘zining ijodiy xayolida o‘zi biror yangi, original narsa yaratadi. 
Masalan, 
yozuvchi 
o‘z 
asari uchun 
personajlarning 
tipik 
obrazlarini 
yaratayotganida uning xayoli mana shunday ijodiy xayol bo‘ladi. Ixtirochining 
yangi mashina, yangi asbob loyihasini yaratayotganidagi xayoli mana shunday 
ijodiy xayoldir. 
Tadqiqotchining biror gipoteza yoki eksperiment rejani yaratayotganidagi 
xayoli mana shunday ijodiy xayoldir. Ijodiy xayolning o‘ziga xos xususiyatlari 
quyidagilardan iborat bo‘ladi. Avvalo yaratilayotgan obrazning obyekti haqiqatda 
yo‘qligi, qandaydir biron yangi narsa yaratilayotganligi anglanadi. So‘ngra, 
jamiyatning va shu muayyan kishining ehtiyoj va manfaatlari o‘sha obrazni 
yaratishga 
rag‘batlantiradi, shu obrazning yaratilishi o‘sha obrazni yaratayotgan odamdagi 
shaxsiy tasavvurlar va bilimlar boyligiga, shuningdek, o‘sha odam xayolining 
alohida ijodiy xislatlariga bog‘liq bo‘ladi. Ijodiy xayol obrazlari so‘zlarda yoki 
moddiy obyektlarda gavdalantirilishi, tasvir qilinishi mumkin. 
Ijodiy xayol san‘atning hamma turlarida – poeziyada, musiqada, tasviriy 
san‘atda (suratkashlikda), arxitekturada, qishloq xo‘jaligidagi novatorlikda, fan va 
texnika sohasidagi ixtirolarda namoyon bo‘ladi. 
Ijodiy xayol jarayonida odam o‘z ongida faqat yangi mazmun yaratibgina 
qolmaydi, shu bilan birga, obyektiv olamda yangi real narsalar ham yaratadi. Shuni 
nazarda tutish kerakki, tasavvur xayoli bilan ijodiy xayol o‘rtasidagi farq faqat 
nisbiy farqdir. Ijodiy xayol jarayonida bo‘lgani kabi, tasavvur xayoli jarayonida 
ham obyektlarning obrazlari yaratiladi, yangidan ijod qilinadi. Xayolning bu ikki 
turi ham aslida ijodiy jarayondir. 
Orzular va shirin xayol surishlar ijodiy xayolning alohida turlaridir. Orzu – 
ijodiy xayolning tilakdagi kelajakka qaratilgan faoliyatidir. Orzu qilish – 


69 
Tafakkur deb narsa va hodisalar o‘rtasidagi eng muhim bog‘lanishlar va 
munosabatlarning ongimizda aks ettirilishiga aytiladi.
ko‘nglimizga yoqadigan istiqbol obrazlarini yaratish demakdir. Chunonchi, yosh 
yigit kelgusida pedagog, muhandis, tokar, shifokor, traktor haydovchi, uchuvchi va 
hokazo bo‘lishni orzu qiladi. 
Odamning kosmosga uchishi yaqin-yaqingacha ham ro‘yobga chiqmaydigan 
orzu, deb hisoblanib kelgan edi, endilikda esa kosmonavtlar kosmosda bir necha 
o‘n million kilometr masofani bosib o‘tdilar. Endi biz Oy, Mars, Venera, 
Koinotning boshqa planetalariga uchishni orzu qilmoqdamiz. Bu orzu ham real 
orzudir. Bu orzu ham amalga oshiriladi. Binobarin, agar xayolda yaratilgan 
obrazlar amalga oshirilishi mumkin bo‘lsa va haqiqatan amalga oshirilayotgan 
bo‘lsa, bunday obrazlarni yaratib bergan xayolni real xayol deb aytamiz. 
Texnikaning, san‘atning hamma turlari mana shunday real xayol mahsullaridir. 
Maktab o‘quvchisining «kelgusida qahramon bo‘laman» degan orzusi va shu 
orzuning haqiqatan amalga oshirilganligi mana shunday real orzudir. Kuchli real 
xayol ilmiy bashoratning, fan istiqbolini oldindan ko‘rishning eng muhim tarkibiy 
bo‘laklaridan biridir. Masalan, K. E. Siolkovskiy mana shunday juda kuchli real 
xayol qilish quvvatiga ega edi. Bu haqda Yu. A. Gagarin quyidagilarni yozadi: 
«Shuni aytish mumkinki, Siolkovskiy o‘zining «Yerdan tashqarida» degan 
kitobida men o‘zim uchgan vaqtda ko‘rgan narsalarning hammasini juda ravshan 
tasavvur qilgan. Kosmosga ko‘tarilgan insonning ko‘zi oldida gavdalangan olamni 
Siolkovskiy hammadan ko‘ra ravshanroq tasavvur qilgan edi». 

Yüklə 3,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə